14.3. Loyihaviy oqitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish. Informatika oqituvchisi loyihaviy faoliyati ikki turga bolinadi. Birinchisi, oz pedagogik faoliyatini loyihalash, ikkinchisi esa, dars jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanish.
Informatika oqituvchisi oz pedagogik faoliyatini loyihalashi quyidagi bosqichlardan iborat:
talim maqsadlari (talimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) va natijalar(mavzu organilgandan song nimalarga erishish kerakligi)ni belgilash;
natijalar asosida nazorat topshiriqlari(yozma, ogzaki uchun savollar, test,) va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
oquv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish va oqitish jarayonini amalga oshirib, xulosa va tavsiyalarga ega bolish [42].
Informatika oqituvchilarini tayyorlashda loyiha texnologiyasidan foydalanishni korib otamiz:
Fan. Informatika oqititsh metodikasi. Kurs: 3-kurs, 6-semestr
Mavzu. Zamonaviy informatika xonasini jihozlash
Dars turi: laboratoriya mashguloti
Mashgulotning maqsadlari (maqsad aniqlashtiriladi)
a) mashgulotning talimiy maqsadi: Bu darsda bolajak informatika oqituvchilarini:
informatika xonasini jihozlashni organishiga erishish;
informatika xonasida partalar, kompyuterlar, oqituvchi orni, elektron doskaning joylashuvini orgatish;
informatika xonasidan togri foydalanishni orgatish;
zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga orgatish.
б) mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida zamonaviy informatika xonasidan foydalanishga erishish orqali o‘z-o‘ziga ishonch, o‘qituvchilik g‘ururini tarbiyalash.
v) mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
Bo‘lajak informatika oqituvchilarida mavjud mutaxasislikka oid bilimlarini zamonaviy informatika xonasidan foydalanish orqali rivojlantirishga erishish.
2.Mashgulot turi (mashgulot shakli) - laboratoriya mashguloti
3. Mashgulotda qollaniladigan metod va texnologiya (mashgulot qollaniladigan metod va texnologiya tahlil qilinib tanlanadi): aqliy hujum, loyiha texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash hamkorlikda ishlash
4. Mashgulotning jihozlari (vositalar tahlil qilinib, tanlanadi): kompyuter, elektron doska, zamonaviy informatika xonasi aks ettirish uchun plakatlar yoki prezentatsiyalar.
5.Mashgulotdan kutiladigan natijalar (kutiladigan natija aniqlashtiriladi)
Bu dars yakunida bolajak informatika oqituvchilari:
informatika xonasini jihozlashni organishga erishadilar;
informatika xonasida partalar, kompyuterlar, oqituvchi orni, elektron doskaning joylashuvini organadilar;
informatika xonasidan togri foydalanishni organadilar;
zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni organib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |