Kasbiy kompetentlik. Kompetentlik-bu shaxsning kasbiy va shaxsiy sifatlari hamda xususiyatlari bolib, bilim, konikma va ularni amaliy faoliyatda qollash tajribalarini hamda mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini ozida mujassamlashtiradi [42].
Boshlangich kasbiy kompetentlik- bu informatika oqituvchisining faoliyat sohasida mavjud pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib informatika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini oqitish masalalarini yecha olishi, shu darajadagi bilim, konikma va malakalarining mavjudligi, informatika fanini fizika, matematika, pedagogika, psixologiya, chet tili, iqtisod, musiqa va boshqa fanlar bilan aloqasini bilishi, metapredmetli yondashuvi, asos va dalillar tayanib chuqur tahlil eta olishi;
Tayanch kasbiy kompetentlik-bu informatika oqituvchisining kasbiy faoliyati sohasida mavjud pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib darsni tashkil etish, pedagogik va metodik tizimni, oz faoliyatini tahlil etish, korreksiyalash, oziga xos tajribalar asosida elektron talim resurslarini yaratish, masofali talimni joriy etish. Bu jarayonda zamonaviy oquv texnik vositalari, pedagogik dasturiy vositalar (PDV), pedagogik dizayn va turli loyihalashtirishlardan foydalanishni bilishlaridir.
3)Maxsus kasbiy kompetentlik- informatika oqituvchisining faoliyati sohasida boshlangich va tayanch kompetentlikka egalik bilan birga oquv jarayonini va axborotlashgan talim muhitini metodik va tashkiliy qollab quvvatlash, uni korsatib yutugi va kamchiliklarini aniqlash, tahlil qilish, haqiqiy baholash, ananaviy va masofaviy talim jarayonida hosil bolgan har qanday savolga ikkilanmay javob topib bera olish kabilar kiradi.
Pedagogik faoliyatni loyihalashtirish. Talimiy loyiha–aniq reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir, loyihalashtirish esa boshlangich malumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakatlardir.
Bizga ma’lumki metodik tизим ta’limning maqsadi, mazmuni, metodi, shakli va vositalaridan tashkil topgan tizim bolib, bu metodik tizimning barcha tashkil etuvchilari shu qadar mustahkam aloqadaki, ulardan birining ozgarishi butun tizimdagi boshqa tashkil etuvchilarni butunlay ozgarishiga olib kelishi mumkin [7].
Informatika oqituvchisi oz pedagogik faoliyatini metodik tizim sifatida loyihalaydi.Buning uchun u oquv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etadi, bunda fanga ajratilgan soatlar, oquv soatlari tuzilishi, fanni oqitish haftasiga necha soatga togri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolarni tahlil etadi [42].
Talim maqsadini loyihalash. Bunda maqsadning qoyilishi va unga muvaffaqiyatli erishish oqituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bolsa, oquvchi va ota-onalar uchun ham shunday bolishi (aniq va tushunarli bayon) taminlanishi lozim. Maqsadni qoyish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi sozlardan orinli foydalanish. Masalan, ... bajara olish, ... bilib olish, ...qollash, ...ga ega bolish, ... xususiyatlarni ifodalay olish kabi soz tuzilishlaridan foydalanish, masadning asosi sifatida ozlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanadi;
Talim shaklini loyihalashtirish. Bizga malumki, talim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. Oqituvchi aynan ana shu shakllarda oquvchilarga talim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim oqituvchi Nimani, qachon, qayerda orgatishni loyihalab olishi zarur.
Talim mazmunni loyihalashtirish. Talimning mazmuni davlat talim standartlarida, fanning oquv dasturida korsatilgan holatda darslik, oquv qollanma, maruza matni, oquv-uslubiy majmualarda oz aksini topadi [40]. Oqituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, oquvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va oquvchi talim mazmunini ozlashtirishiga erishishi lozim.
Talim metodini loyihalashtirish. Talim metodlari deyilganda, organilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish boyicha oqituvchining orgatuvchi ishi va oquvchilar oquv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda talim jarayonida ananaviy usullar bilan bir qatorda turli noananaviy talim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Talim metodini loyihalashda oqituvchi qaysi mazmunni qanday ananaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishni loyihalaydi.
Talim vositalarini loyihalashtirish. Talim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, oquv materialini korgazmali taqdim etish, organish, shu bilan birga talim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar talim vositalari bolib, oqituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
Talim nazorat va baholashni loyihalashtirishda talimni oldindan kutilgan, natijasiga erishish, talim natijasi monitoringini olib borish, nazorat qilish, tashxislash va togrilab borishni nazarga tutib, joriy, oraliq yakuniy baholash mezonlarini ishlab chiqish kerak boladi.
Oqituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, oquv-uslubiy majmualarda oz aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |