Modul. Informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faliyatining nazariy metodik asoslari


M uammoli va mantiqiy nazorat savollari



Download 1,33 Mb.
bet16/65
Sana14.06.2022
Hajmi1,33 Mb.
#669033
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
fayl 1654 20210826

M uammoli va mantiqiy nazorat savollari

  1. Siz qanaqa virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalangansiz?

  2. Siz pedagogik dasturiy vosita, elektron ta’lim resursi deganda nimani tushunasiz? Qayerda foydalangansiz?

  3. An’anaviy ta’lim resursidan virtual, noan’anaviy ta’lim resursining farqi nimada deb o‘ylaysiz?

  4. Masofali ta’lim texnologiyasi nima va uni siz qayerda uchratgansiz?

  5. Masofali ta’limni tashkil etish uchun qanday vositalardan foydalanish kerak?

  6. Web1.0, Web 2.0, Web 3.0 texnologiyalarining bir-biridan farqi nimada?

  7. Siz o‘z tajribangizda mobil texnologiyalaridan qanday foydalangansiz yoki foydalanmoqchisiz?

  8. Barcha telefonlardan mobil texnologiyasi sifatida foydalanish mumkinmi, nima uchun, fikringizni asoslab bering!

2-MODUL. TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANLARINING MAQSADI, MAZMUNI, UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN INNOVATSIYALAR


5-mavzu. Informatika fanlarini o‘qitishda innovatsiyalar.
Reja
5.1.Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi va mazmunini aniqlashda innovatsiyalar
5.2.Informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyalar
5.1.Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi va mazmunini aniqlashda innovatsiyalar. Ta’lim jarayonini tahlil etadigan bo‘lsak, u ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, vositalari va nazorat kabi qismlardan tashkil topib, bu jarayonda o‘qituvchi faol subyekt bo‘lishi talab etiladi.
SH.Amanashvili o‘z tadqiqotlarida -“Pedagogik jarayon-bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi binar (ikki tomonli)faoliyati bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘quvchilariga fanni o‘rganish qiyinchiliklarini yengish, bartaraf etishda yaqindan yordam beradi”- deb ta’kidlaydi [9]. Pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchiga yordam berishi: tushuntirish, eslatish, maslahat berish, o‘quvchida ishonch hosil qilish, motivatsiya berish,ilhomlantirish, ruh bag‘ishlash kabilar o‘quvchi shaxsini shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Innovatsion o‘qitish texnologiyalarining o‘qitish jarayoniga kirib kelishi o‘qituvchilarni ijodiy izlanishga yo‘naltiradi. Buning uchun informatika o‘qituvchisi har bir dars mashg‘uloti uchun o‘qitish maqsadini aniqlash-nega, nima maqsadda o‘qitish, o‘qitish mazmunini aniqlash-nimani o‘qitish, o‘qitish shaklini aniqlash-nazariy, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’limni qanday qilib tashkil etish, vositani aniqlashtirish-nimalar yordamida darsni tashkil etish, erishilgan natijani aniqlash-qaysi usulda (test, og‘zaki so‘rov, yozma ish, loyihalar tuzish va h.k.) foydalanib baholashni tashkil etish kabi faoliyatlarni amalga oshiradi.
Bizga ma’lumki, hozirgi vaqtda darsning aniq maqsadlari uch turga bo‘linib, ular ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni o‘zida mujassamlantiradi [39, 77].
Ta’limning maqsadi innovatsion metodik funksiyani bajaradi, agarda:

  • maqsadning qo‘yilishida innovatsiyalar mavjud va unga muvaffaqiyatli erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlansa;

  • maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”, “..innovatsion bilimga ega bo‘lish”, “... innovatsion xususiyatlarni ifodalay olish” kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, maqsadni asosi sifatida o‘zlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanilsa;

  • maqsadning qo‘yilishi davlat ta’lim standartlari talabini ifoda etsa. YA’ni o‘qituvchining metodik mahorati davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib maqsad aniq, puxta, pishiq ifodalangan, qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida o‘quvchining yangi qirralarini namoyon etib, innovatsiya darajasiga ko‘tarilishiga erishilsa. An’anaviy metodikada ko‘p hollarda metodistlar ham, o‘qituvchilar ham maqsadning aniq qo‘yilishi va unga erishishga emas, balki materiallarning hajmiga e’tibor qaratadilar, zamonaviy ta’limda asosiy e’tibor maqsadni qo‘yish va unga erishishda innovatsiyalardan foydalanishni lozimligini ko‘rsatmoqda;

  • maqsadni qo‘yishda uni tashxislashning ta’minlanganligiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa. Tashxislash (baholash) ta’lim maqsadiga muvaffaqiyatli erishish mexanizmini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad ham, kutiladigan natija ham ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida qaraladi.

  • maqsadni qo‘yishda qat’iy ketma-ketlikka amal qilingan bo‘lsa.

Informatika ta’limining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan fanning Davlat ta’lim standarti (DTS)da mavzular shaklida ko‘rsatiladi [39].

5.2-rasm. Informatika ta’limining mazuni


Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab innovatsion ta’lim metodlari qo‘llaniladi.


Keyingi vaqtlarda ta’lim mazmuni tubdan o‘zgardi, bunga sabab axborot texnologiyalari sohasida ikkita yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Birinchisi-bu Internet va telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, dunyoning ixtiyoriy joyidagi fan o‘zgarishlarini, yangiliklarini tezda bilib olish, bilimlarni ko‘paytirish imkoniyati va ayni vaqtda dasturiy ta’minotlar, PDV, axborot resurslarning internetdan olish, web texnologiya, mobil texnologiya, bulutli texnologiyalar va internet interfeysining o‘zlashtirilishining osonlashganligi bo‘lsa, ikkinchidan-katta hamdagi (yuzlab gigabaytlarda) axborot tashuvchi qurilmalarning CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) kompakt disklari va tashqi xotira qurilmasi (fleshka) ishlab chiqilib amaliyotda foydalanilayotganligi. Ular yordamida ixtiyoriy gipermatnli, multimediali PDVni olib yurish, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mumkinligi, hamda AKT doimiy ravishda rivojlanib, ta’lim tizimida har bir ish joyi avtomatlashtirilib, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotganligidir.


    1. Download 1,33 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish