Informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini taminlashga qaratilgan innovatsiyalar. Talim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi oquvchilarni Vatanimizni sevadigan, oz bilimi va istedodiga suyanadigan hamda zamonaviy AKTdan foydalangan holda mustaqil ravishda puxta bilim oladigan, Ozbekistonning qudratli davlat bolishiga oz hissasini qoshadigan, har tomonlama barkamol, soglom qilib tarbiyalashdan iborat.
Talimning uzviyligi va uzluksizligi Ozbekistonda talim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, informatika fanlari oqitilishining uzviyligi va uzluksizligi ham ana shu tamoyilga asoslanadi. Mamlakatimizda informatika fanlarining talim turlari uzluksiz bolib, u maktabgacha talim,umumiy orta talim,orta maxsus, kasb-hunar talimi, oliy talim,oliy oquv yurtidan keyingi talim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash va maktabdan tashqari talim.
Bizga malumki, uzluksiz talim jarayoni oquvchini biror bir kasb-hunarga qiziqishini oshirish, shakllantirib boradi informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini taminlashga qaratilgan innovatsiyalarni yoritishni bolajak informatika oqituvchisini tayyorlash misolida korib otamiz [37].
Maktabgacha talimda informatika fani elementlari bu turli-tuman oyinli dasturlar bolib, bu yoshdagi bolalarga maxsus oyinli dasturlar orqali alifbo harflarini, ranglarni, matematik shakllarni orgatish, turli rasmlarni chizish, fikrlashni rivojlantirish uchun qismlarni toldiruvchi mashqlar bajartirish va hokazo amallar orgatiladi. Bunda orgatuvchi dasturlar, pedagogik dasturiy vositalar va trenajyorlardan foydalaniladi.
Maktabdagi oquv jarayonida oquvchini kasb egasi bolishiga qiziqishini orttirishga erishish uchun:
informatika fani oqituvchisi kundalik darsni qiziqarli, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishi, fan sirlarini yetkaza bilishi, informatikani bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida kirib borayotganligini jonli misollar bilan tushuntirib, oquvchining qalbiga singdira olishi;
fan oqituvchisi informatika fanini metapredmetli yondashuv asosida aniq fanlar ayniqsa, fizika va matematika, kimyo, musiqa, chet tili va boshqa fanlar bilan uzviy bogliqligini tushuntirib borishi, darsda va darsdan tashqari togaraklarda, Zakovat bellashuvlarida oquvchilar ongida informatikaga oid bilimlarni chuqur singdirib borishi;
informatika darsini pedagogik va axborot texnologiyalaridan, interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etib, oquvchilarning motivatsiyasini oshishiga, mustaqil fikr yuritishi, kichikkichik dasturlarni tuzib natija olishi, kompyuterda berilgan topshiriqlarni natijasini korib turishi, mustaqil qaror qabul qilishi, ijodiy faoliyatni yuzaga keltirishga erishishi va h.k.
maktabdagi talim asosan fanni organishga qaratilgan bolib, bu davrda oquvchilarning yoshi kasb tanlashning boshlangich davrida boladi. Ana shu davrda oquvchilarni ozi qiziqqan kasbiga yoki kasbning kelajakda qanchalik muhim orin egallashini yetarli darajada tushunib yetishiga qiynalishlar boladi. Shuning uchun informatika fani oqituvchisi oquvchining qiziqishlarini, fanni ozlashtirish darajasini hisobga olib, oquvchiga turli motivatsiyalar bilan tasir etishi lozim. Masalan, Sizdan juda yaxshi informatika oqituvchisi chiqadi, Siz talabchan oqituvchi bola olasiz, Oqituvchi bolishingiz uchun juda yaxshi qobiliyatlaringiz bor va h.k.
Orta-maxsus, kasb-hunar talimi oquvchilari yosh jihatdan maktab oquvchilardan ancha ulgaygan bolib, kasb-hunar, uni amalga oshirish haqida maktab yoshidagilardan kengroq fikrlaydigan, tushunadigan boladilar. Shunday bolsada, bu yoshda ham talim-tarbiya yosh xususiyatidan kelib chiqib davom ettiriladi.
pedagogika yonalishidagi kollejlarda oquvchilar pedagog kasbini egallashiga etibor qaratilib, bunday kollejlarda talim olganlarda oqituvchilik kasbini egallashga bolgan moyillik boshqa yonalishdagilarga qaraganda koproq namoyon boladi. Kasb-hunar kolleji (akademik litsey)larda ham informatika fani oqituvchilari oz oquvchilarini aynan informatika oqituvchisi bolishi uchun etiborli bolishlari maqsadga muvofiq boladi. Bu davrda maktabdagi tasirlar bilan birga, oquvchilarning oqituvchilakka bolgan qiziqishlarini ortishiga ijobiy tasir etuvchi omillarga:
informatika oqituvchisi oz kasbini sevib, fan sirlarni tushunarli, qiziqarli, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazib bera olishlari;
oquvchilarda informatika va axborot texnologiyalarining jamiyatdagi orni beqiyosligini, bu kasb egalari kelajakda oz ish orinlari va mavqelariga ega bola olishlari mumkinligini singdira olishi;
dars va darsdan tashqari tadbirlarda kichik mutaxassislarni pedagogik faoliyat, uning ijobiy tomonlarini yoritib bera olishga erishishlari va h.k.
oquvchi maktab davrida, kasb-hunar kolleji (akademik litsey) davridagi qiziqishlari, olingan bilimlari asosida oliy talimning informatika oqituvchisi tayyorlanadigan yonalishlarida oqishga hujjat topshiradilar va talabalikkka muyassar boladilar. Endi ulardagi mutaxasislikni egallashdagi qiziqishlar ongli, mulohazali, dunyoqarashning kengayishi hisobidan amalga oshadi.
Oliy talimda informatika fani oqituvchiligiga qiziqish shu faoliyatni amalga oshiruvchisi sifatidagi shakllanishlarning asosini quyidagilar tashkil etadi:
maktab, kasb-hunar kolleji(akademik litsey)lardagi bazaviy bilimlarning rivojlantiriladigan bilimlarning berilishi talabada organgan bilimlarni kengaytirish mumkinligini tushunib yetishga olib keladi;
mutaxassislik fanlaridan nazariyani va amaliyot bilan boglab tushuntirilishi, amalaiy mashgulot, laboratoriya ishlarining bajarilishiga bolgan etibor talabalarda mustaqil qarorlar qabul qilish, ularda shaxsiy fikrlarni bayon eta olish, ijodiy yondashish kabi xususiyatlarni shakllantiradi;
Informatika oqitish metodikasi, Informatikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish Umumiy pedagogika, Umumiy psixologiya va boshqa mutaxasislik fanlaridan organilgan bilimlar talabalarda boshqaruvchanlik faoliyatini vujudga keltirib, zamonaviy oqituvchiga qoyiladigan talablarni tushunib yetishga hissa qoshadi;
Oliy talim jarayonining 3-kursida Pedagogik amaliyot, 4-kursdagi Bitiruv oldi amaliyotlarni amalga oshirilishi bolajak informatika oqituvchisini boshqaruvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib, pedagogik faoliyatni tashkil etish, tashkil etishdagi muammolar va ularni hal etish usullarini organadilar va shu kasbning haqiqiy egasiga aylanib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |