Faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanishga qoyilgan talablar. Informatika fanlarini oqitish jarayonida oquvchilar oquv-biluv faoliyatlarini faollashtirish texnologiyalarini tahlil qilish natijasida bu texnologiyalardan foylalanishda quyidagi talablar mavjudligini hisobga olish lozim deb topdik:
oquvchilarda motivatsiyali faoliyatni shakllantirish:
oquvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish, individual qobiliyatlarini rivojlantirib borish;
guruhdagi har bir oquvchining faol talim jarayoniga ishtirokini taminlash;
berilgan mustaqil ishlarni bajarishda oquvchilar faolligini taminlashga erishish va h.k.
6.3 Informatika fanlarini oqitishda shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari. Informatikani fanlarini oqitishda shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalaridan foydalanishda talim oluvchilar oqituvchidan kam bolmagan faollikka ega bolib, oquv dasturini ozlashtirishda oquvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratiladi. Pedagog oz faoliyati davomida inson shaxsining bir butunligi, individualligi, takrorlanmasligini hisobga olish bilan birga, oquvchi shaxsining hissiy, emotsional, estetik, manaviy, ijodiy imkoniyatlarini ham hisobga olishi lozim boladi [37].
Shaxsga yonaltirilgan talimning maqsadi oquvchi shaxsning faolligiga erishish va quyidagi vazifalarni toliq bajara olishi uchun shart-sharoit yaratishdir:
tanlash (mavjudlardan eng maqbulini) qobiliyati shakllantirish;
oquvchining oz hayoti, faoliyati, qobiliyatini baholashga orgatish;
oquvchini oz hayot mazmunini qidirish, ijodkorlik (-Men kimman? - qolimdan nima keladi? -Kelajakda kim bolaman? -Qanday yashayman? va hokazo savollarga javob bera olish)ga orgatish;
oquvchi shaxsining avtonomligi: ozini tuta bilishi, oz taqdirini ozi belgilashi, xatti-harakat, his-tuygulariga javobgarligi, ozining ongli qaror qabul qilishiga erishish.
Informatika fanlarini oqitish jarayonida oqituvchi axborot manbai, axborot yetkazuvchi, nazoratchi, tashxislovchi bolishi bilan birga ....oquvchining mustaqil bajarishiga yordamchi bolishi lozim.
Shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyasi barcha oquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda oqitish, tarbiyalash va rivojlantirishda quyidagilarga etibor qaratish lozim:
oquvchilarning fiziologik, psixologik, yosh xususiyatlarini hisobga olish;
oquv ehtiyojlari, oquvchilarga yetkaziladigan materiallarinig qiyinlik darajasini har xil bolishiga erishish;
oquvchilarni guruhlarga ajratishda bilim va qobiliyatini hisobga olish;
bir xil, bir-biriga yaqin bilimli, xususiyatli oquvchilar guruhini shakllantirish;
guruhdagi har bir oquvchiga individual, oziga xos munosabatni shakllantirishga erishish va h.k.
Pedagog tomonidan shaxsga yonaltirilgan talimni tashkil etish vositalariga quyidagilar kiradi:
oquvchining subyektga xos xususiyatlari(mustaqillik, individuallik, qiziquvchanlik va h.k.)ni ochish, oqitishning turli usul va vositalaridan foydalanish;
oquvchini baholashda oxirgi natijani hisobga olib (togri yoki yoki notogri) emas, topshiriqni bajarishdagi urinishlari, harakatlarini ham hisobga olish;
didaktik materiallarni tayyorlash va tanlashda oquvchilar uchun eng qulaylarini tanlashga erishish;
oquvchilarning organganlarini turli usullar(ogzaki, amaliy bajarib, chizma, slaydlar korinishida, maruza, referat, loyihalar shaklida va h.k.)dan foydalanib bayon etishlariga imkon yaratish;
darsda pedagogik vaziyatni yaratish, topshiriqni bajarishda har bir oquvchining mustaqilligi, tashabbuskorligi, zukkoligini namoyon etishga undash;
oquvchilarning tabiiy ravishda oz fikrlarini samimiy ifoda etishga erishish va h.k.
Professor Y.V. Bondarskaya fikricha, shaxsga yonaltirilgan talimni tashkil etishda quyidagi talablarni hisobga olish lozim: dialoglilik, ijodiy faollik, individual rivojlanishni qollab quvvatlash, unga yonaltirish, shaxsiy qarorlar qabul qilishda erkinlikni yaratish, mazmunni tanlash va bayon etishda erkinlik, ijodiy yondashuvga etibor qaratish va h.k/[38].
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
hamkorlikda oqitish texnologiyasi;
Oyinli texnologiyalar;
Muammoli talim texnologiyasi;
SH.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi;
dasturlashtirilgan oqitish;
modulli talim texnologiyasi;
ozini-ozi rivojlantirish texnologiyasi (Celevko G.K) [81].
Do'stlaringiz bilan baham: |