M uammoli va mantiqiy nazorat savollari
Siz qanaqa virtual talim texnologiyalaridan foydalangansiz?
Siz pedagogik dasturiy vosita, elektron talim resursi deganda nimani tushunasiz? Qayerda foydalangansiz?
Ananaviy talim resursidan virtual, noananaviy talim resursining farqi nimada deb oylaysiz?
Masofali talim texnologiyasi nima va uni siz qayerda uchratgansiz?
Masofali talimni tashkil etish uchun qanday vositalardan foydalanish kerak?
Web1.0, Web 2.0, Web 3.0 texnologiyalarining bir-biridan farqi nimada?
Siz oz tajribangizda mobil texnologiyalaridan qanday foydalangansiz yoki foydalanmoqchisiz?
Barcha telefonlardan mobil texnologiyasi sifatida foydalanish mumkinmi, nima uchun, fikringizni asoslab bering!
2-MODUL. TALIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANLARINING MAQSADI, MAZMUNI, UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TAMINLASHGA QARATILGAN INNOVATSIYALAR
5-mavzu. Informatika fanlarini oqitishda innovatsiyalar.
Reja
5.1.Talim tizimida informatika fanlarining maqsadi va mazmunini aniqlashda innovatsiyalar
5.2.Informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini taminlashga qaratilgan innovatsiyalar
5.1.Talim tizimida informatika fanlarining maqsadi va mazmunini aniqlashda innovatsiyalar. Talim jarayonini tahlil etadigan bolsak, u talimning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, vositalari va nazorat kabi qismlardan tashkil topib, bu jarayonda oqituvchi faol subyekt bolishi talab etiladi.
SH.Amanashvili oz tadqiqotlarida -Pedagogik jarayon-bu oqituvchi va oquvchilarning birgalikdagi binar (ikki tomonli)faoliyati bolib, bunda oqituvchi oquvchilariga fanni organish qiyinchiliklarini yengish, bartaraf etishda yaqindan yordam beradi- deb takidlaydi [9]. Pedagog talim-tarbiya jarayonida oquvchiga yordam berishi: tushuntirish, eslatish, maslahat berish, oquvchida ishonch hosil qilish, motivatsiya berish,ilhomlantirish, ruh bagishlash kabilar oquvchi shaxsini shakllanishi va rivojlanishiga hissa qoshadi.
Innovatsion oqitish texnologiyalarining oqitish jarayoniga kirib kelishi oqituvchilarni ijodiy izlanishga yonaltiradi. Buning uchun informatika oqituvchisi har bir dars mashguloti uchun oqitish maqsadini aniqlash-nega, nima maqsadda oqitish, oqitish mazmunini aniqlash-nimani oqitish, oqitish shaklini aniqlash-nazariy, amaliy, laboratoriya, mustaqil talimni qanday qilib tashkil etish, vositani aniqlashtirish-nimalar yordamida darsni tashkil etish, erishilgan natijani aniqlash-qaysi usulda (test, ogzaki sorov, yozma ish, loyihalar tuzish va h.k.) foydalanib baholashni tashkil etish kabi faoliyatlarni amalga oshiradi.
Bizga malumki, hozirgi vaqtda darsning aniq maqsadlari uch turga bolinib, ular talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ozida mujassamlantiradi [39, 77].
Talimning maqsadi innovatsion metodik funksiyani bajaradi, agarda:
maqsadning qoyilishida innovatsiyalar mavjud va unga muvaffaqiyatli erishish oqituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bolsa, oquvchi va ota-onalar uchun ham shunday bolishi (aniq va tushunarli bayon) taminlansa;
maqsadni qoyish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi sozlardan orinli foydalanish. Masalan, ... bajara olish, ... bilib olish, ...qollash, ..innovatsion bilimga ega bolish, ... innovatsion xususiyatlarni ifodalay olish kabi soz tuzilishlaridan foydalanish, maqsadni asosi sifatida ozlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanilsa;
maqsadning qoyilishi davlat talim standartlari talabini ifoda etsa. YAni oqituvchining metodik mahorati davlat talim standartlari talablaridan kelib chiqib maqsad aniq, puxta, pishiq ifodalangan, qoyilgan maqsadga erishish jarayonida oquvchining yangi qirralarini namoyon etib, innovatsiya darajasiga kotarilishiga erishilsa. Ananaviy metodikada kop hollarda metodistlar ham, oqituvchilar ham maqsadning aniq qoyilishi va unga erishishga emas, balki materiallarning hajmiga etibor qaratadilar, zamonaviy talimda asosiy etibor maqsadni qoyish va unga erishishda innovatsiyalardan foydalanishni lozimligini korsatmoqda;
maqsadni qoyishda uni tashxislashning taminlanganligiga etibor qaratilgan bolsa. Tashxislash (baholash) talim maqsadiga muvaffaqiyatli erishish mexanizmini taminlaydi. Talim jarayonida qoyilgan maqsad ham, kutiladigan natija ham talimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga talim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida qaraladi.
maqsadni qoyishda qatiy ketma-ketlikka amal qilingan bolsa.
Informatika talimining mazmuni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan fanning Davlat talim standarti (DTS)da mavzular shaklida korsatiladi [39].
5.2-rasm. Informatika talimining mazuni
Talim mazmunini ozlashtirishda oquvchilarning bilim saviyasi, ozlashtirish qobiliyati, talim manbai, didaktik vazifalariga qarab innovatsion talim metodlari qollaniladi.
Keyingi vaqtlarda talim mazmuni tubdan ozgardi, bunga sabab axborot texnologiyalari sohasida ikkita yonalishda ozgarishlar boldi. Birinchisi-bu Internet va telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, dunyoning ixtiyoriy joyidagi fan ozgarishlarini, yangiliklarini tezda bilib olish, bilimlarni kopaytirish imkoniyati va ayni vaqtda dasturiy taminotlar, PDV, axborot resurslarning internetdan olish, web texnologiya, mobil texnologiya, bulutli texnologiyalar va internet interfeysining ozlashtirilishining osonlashganligi bolsa, ikkinchidan-katta hamdagi (yuzlab gigabaytlarda) axborot tashuvchi qurilmalarning CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) kompakt disklari va tashqi xotira qurilmasi (fleshka) ishlab chiqilib amaliyotda foydalanilayotganligi. Ular yordamida ixtiyoriy gipermatnli, multimediali PDVni olib yurish, elektron talim resurslaridan foydalanish mumkinligi, hamda AKT doimiy ravishda rivojlanib, talim tizimida har bir ish joyi avtomatlashtirilib, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |