Tayanch iboralar:
Yorug’lik difraksiyasi, Frenel-Gyuygens tamoyili, Frenel difraksiyasi, Fraungofer difraksiyasi, Frenel zonalari, to’lqin fazasini aniqlash, grafik usulda amplitudani aniqlash, zonali plastinkalar.
Mavzu bo’yicha savollar.
1. Yorug’lik har doim to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladimi?
2. Yorug’lik difraksiyasi nima?
3. Gyuygens tamoyilining qanday kamchiliklari mavjud?
4. Ikkilamchi nurlar interferensiyasi deganda nimani tushunasiz?
5. Frenel-Gyuygens tamoyilini tushuntirib bering.
6. Difraksiyaning qanday turlarini bilasiz?
7. Frenel zonalari nima?
8. Frenel zonalari yordamida natijaviy to’lqin fazasi qanday aniqlanadi?
9. Amplitudani grafik usulda aniqlashni tushuntirib bering.
14-MAVZU: FRENEL TIPIDAGI DIFRAKSIYA. DUMALOQ TIRQISH VA TO’SIQ, TO’G’RI CHIZIQLI TIRQISH VA TO’SIQDAGI DIFRAKSIYA. FRAUNGOFER DIFRAKSIYASI.
Reja:
1. Doiraviy teshikdan va to’siqdan hosil bo’ladigan difraksiya.
2. Sodda to’siqlarda yuzaga keladigan difraksiyada natijaviy to’lqin amplitudasini aniqlash.
3. To’g’ri chiziqli tekislik chetidan bo’ladigan difraksiya.
4. Cheksiz uzun tirqishdan bo’ladigan difraksiya.
5. Natijaviy to’lqin amplitudasini grafik usulda aniqlash. Kornyu spirallari.
6. Parallel nurlar dastasida kuzatiladigan difraksiya.
7. Bitta tirqishdan kuzatiladigan Fraungofer difraksiyasi.
Doiraviy tirqishdan hosil bo’ladigan difraksiya. Sferik to’lqin yo’liga radiusi r0 bo’lgan doiraviy teshikli ekran joylashtiramiz.
Agar teshik radiusi (14.1)
shartni qanoatlantirsa, u birinchi m ta Frenel zonasini o’tkazadi. Bu ifodadan m ni topsak:
(14.2)
ga teng bo’ladi. R nuqtadagi natijaviy to’lqin amplitudasi quyidagicha aniqlanadi:
(14.3)
Monoton kamayuvchi qator uchun qavs ichidagi ifodalar nolga tengligini bilgan holda, natijaviy to’lqin amplitudasi uchun quyidagi munosabatni yozamiz:
(14.4)
Agar m- toq son bo’lsa, Am amplituda musbat ishora bilan, m- juft son bo’lsa, manfiy ishora bilan olinadi.
m- ning kichik qiymatlarida Am kattalik A1 dan kam farq qilali. Demak, m toq son bo’lganda P nuqtadagi amplituda taxminan A1 ga teng bo’ladi. Bu holda, rasmda ko’rsatilaganidek, teshikli to’siqqa parallel qilib joylashtitrilgan ekranning P nuqtasida hosil bo’ladigan interferension manzaraning markazida oq dog’ va undan keyin ketma-ket joylashgan qorong’i dog’lardan iborat konsentrik xalqalar ko’rinishida bo’ladi. m juft bo’lganda esa P nuqtadagi amplituda nolga teng bo’ladi va interferension manzara markazida qorong’i dog’ bo’ladi.
Endi ekran bo’yicha P nuqtadan P’ nuqtaga siljiymiz. U vaqtda SP to’g’ri chiziq to’siq uchuí simmetriya o’qi bo’lmaydi. Teshik gardishi keyingi Frenel zonasini qisman yopganligi uchun konstentrik xalqalar yuqoriga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |