Halqaro valyuta fondi (XVF) shuni maʼlum qildiki, jahon iqtisodiyoti, iqtisodiy manzaraning oʻzgargani uchun Yevropadagi kuchli iqtisodiy oʻsishdan minnatdor boʻlishi kerak, deb yozadi Bloomberg.
XVF bu yil 2016 yildagi 1,7% bilan solishtirganda 2,4%ga oʻsishni oldindan moʻljallayotib, shuni aytib oʻtdiki, iqtisodiy manzaraning yaxshilanishiga asosiy sabab jahon iqtisodiyotining oʻsishi oktyabr oyida kutilagnidan oshgani boʻldi. Fond yana shuni xabar qildiki, yevrohududdagi 19 mamlakatning oʻsish tempidagi farqlar deyarli oxirgi ikki oʻn yillik davomida eng kam darajada boʻlmoqda.
XVF Yevropa departamenti direktori oʻrinbosari Yorg Dekressen dushanba kuni chop etilgan hudud iqtisodiyoti haqidagi maʼruzasi taqdimotida "Bu tiklanish ayni vaqtda Yevropaning koʻpgina mamlakatlarida yanada mustahkamlanmoqda va kuchaymoqda”, -deb aytdi.
(function(w, d, n, s, t) { w[n] = w[n] || []; w[n].push(function() { Ya.Context.AdvManager.render({ blockId: ʻVI-257822-0ʻ, renderTo: ʻinpage_VI-257822-0_357893303ʻ, inpage: { slide: true, visibleAfterInit: false, }, }, function callback (params) { // callback }); }); t = d.getElementsByTagName(“script”)[0]; s = d.createElement(“script”); s.type = “text/javascript”; s.src = “//an.yandex.ru/system/context.js”; s.async = true; t.parentNode.insertBefore(s, t); })(this, this.document, “yandexContextAsyncCallbacks”); Bir necha yil davomida misli koʻrilmagan monetar ragʻbatlantirish, hududdagi ishsizlikni kamaytirishga va shaxsiy isteʼmolni yaxshilashga yordam berdi. Biroq, XVF: salbiy demografik tendensiyalar va oʻrtacha unumdorlik fonida uzoq muddatli perspektivadagi “sapchishning barqarorligi soʻroq ostida qolmoqda”,- deb ogohlantirmoqda.
Bundan tashqari, qisqa muddatli perspektivalarda prognozlarning oshish havfi mavjud, deydi Dekressen.
U, “Butun dunyo boʻylab shu vaqtgacha kuzatilganiga nisbatan kuchliroq tiklanishni, lekin shu bilan birga Yevropada ichki talabning yanada kuchliroq oʻsayotganini koʻrish mumkin, ayniqsa, Sharqiy Yevropaning, biz ish haqi juda tez oʻsib borayotganini kuzatayotgan mamlakatlarida buni koʻrish mumkin”, -deb sharhladi.
Yevropadagi ancha yuqori talab xalqaro savdoni kuchaytirmoqda. XVF maʼlumotlariga asosan, 2016-2017 yillarda tovarlarning global importidagi oʻsishda Yevropaning ulushi Xitoy va AQSHning birgalikdagi ulushi bilan deyarli teng boʻldi. Bunda Buyuk Britaniyada istesno tariqasida talab kamayib ketdi, bunga sabab esa, funt sterlingning qadrsizlanishi tufayli inflyatsiyaning tezlashishi va real daromadlarning kamayib ketishi boʻldi.
Yevropadagi impulsning kuchayishi, koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda bir necha yil davomida narxlarning sekin oʻsishi kuzatilayotgan vaqtda, inflyatsion bosimning oshishiga imkon beradi.
Markaziy banklar ish haqining oshishini tezlashishiga qarab, bosqichma-bosqich stimullarni qisqatirishga tayyor boʻlishi kerakligiga qaramasdan, XVF, regulyatorlar sabr qilishi va bu tendensiyaga oʻz barqarorligini isbotlashga imkon berishi kerakligi haqida ogohlantirdi.
"Yevrohudud va Yevropaning rivojlangan mamlakatlarining katta qismida kuzatilayotgan bir maromdagi bazaviy inflyatsiya shuni koʻrsatmoqdaki, ragʻbatlantiruvchi pul-kredit siyosatini uzoq muddat davomida saqlab qolish kerak,” –deb hisoblashmoqda fond ekspertlari.
Yevropa markaziy banki, oktyabrdagi majlisining xulosasiga koʻra, oylik xarid hajmini qisqartirib, QE dasturini uzaytirdi. Regulyator shuni tasdiqladiki, 2017 yil dekabrning oxirida aktivlarning oylik xaridi 60 mlrd€ni tashkil etadi. 2018 yil yanvardan YEMB aktivlarning oylik xaridini 30 mlrd€danamalga oshiradi va buni 2018 yil sentyabrning oxirigacha, agar zarurat tugʻilsa undan keyin ham davom ettiradi.
“Vesti.Ekonomika”ning xabar berishicha oktyabrda XVF jahon iqtisodiy oʻsishi prognozini 2017 yilga 0,1 foizli nuqtalarga 3,6%gacha, 2018 yilga ham 0,1 f.n.ga 3,7% gacha oshirdi.
Yevrohududdagi iqtisodiy oʻsish prognozi iyuldagi baholar bilan solishtirilganda qaytadan koʻrib chiqilib, 2017 va 2018 yillarga 0,2 f.n.ga 2,1% va 1,9%gacha muvofiq ravishda oshirilgandi. Qayta koʻrib chiqish eksportning jonlanganini, ichki talabning yanada kuchayganini va siyosiy xavfning kamayganini koʻrsatadi. Bu prognoz Kataloniyada Ispaniyadan mustaqil boʻlib ajralib chiqish borasidagi referendumlar natijasida kelib chiqqan tartibsizliklarga qadar tuzilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |