B ir xil qalinlik tasmalari.Uchidagi burchagi θ - ga teng bo’lgan pona ko’rinishidagi plastinka olamiz. Unga parallel nurlar dastasi tushayotgan bo’lsin. Interferensiyani faqat bir xil qalinlikka ega bo’lgan nurlarning qo’shilishi tufayli kuzatish mumkin. Tushayotgan O-nurning bo’linishidan hosil bo’lgan nurlardan ikkitasini: plastinkaning yuqori va pastki qismidan qaytgan 1 va 2 - nurlarni linza yordamida P-nuqtada uchrashtirsak, ular interferensiyalashadi. Bu nurlarning yo’llar farqi b - qalinlik bilan aniqlanadi. O’ nurning bo’linishidan hosil bo’lgan nurlarni linza P - nuqtaga yig’adi. Bu nurlarning yo’llar farqi b - qalinlik bilan aniqlanadi.
Shu sababli bu holda interferension tasmalarga bir xil qalinlikdagi tasmalar deyiladi. Oq rangda kuzatilayotgan interferension manzara rangdor bo’ladi va plastinka yoki plyonkaning sirti kamalakdek rang-barang bo’lib ko’rinadi. Masalan, suv yuzasidagi yog’ tomchisi, sovun pufaklari shu tusda bo’ladi.
Bir xil qalinlik tasmalarining mumtoz misoli sifatida Nyuton xalqalarini ko’rib o’tamiz.
N yuton xalqalari. Egrilik radiusi katta bo’lgan yupqa linzani qalin yassi shisha plastinka ustiga qo’yamiz. Ular orasidagi havo qatlamining qalinligi markazdan uzoqlashgan sayin oshib boradi. Sirtlaridan kogerent to’lqinlarni qaytaruvchi yupqa plyonka rolini plastinka va linza orasidagi havo qatlami bajaradi. Agar plastinka sirtiga taxminan tik ravishda monoxromatik nurlar dastasi tushayotgan bo’lsa, havo qatlamining yuqorigi va pastki nuqtalaridan qaytgan yorug’liklar o’zaro interferensiyalashadi. Linzaning tegish nuqtasida qora dog’, uning atrofida esa kengligi kamayib boruvchi qator konsentrik yorug’ va qorong’i xalqalar ko’rinadi. Havo uchun n = 1 bo’lgani sababli, nurlarning yo’l yurish farqi Δ = 2b ga teng deb hisoblash mumkin.
Rasmdan kelib chiqadiki,
(12.1)
bunda R - linzaning egrilik radiusi, r - havo qatlamining qalinligi b bo’lgan nuqtalardan iborat aylananing radiusi. Bu ifodadan ekanligini va yorug’lik plastinkadan qaytgan vaqtidagi fazasining π ga o’zgarishini hisobga olsak, yo’l yurish farqi
(12.2)
Intensivlikning maksimumi va minimumi uchun yozilgan
(12.3)
shartlarni umumlashtirib quyidagicha yozish mumkin:
(12.4)
bunda m -ning juft qiymatlariga intensivlikning maksimumlari va toq qiymatlariga minimumlar mos keladi. m = 1 qiymatga r = 0 mos keladi, ya’ni plastinka va linza tegib turgan joydagi nuqta mos keladi. Bu nuqtada intensivlikning minimumi kuzatiladi. Bu yerda minimum bo’lishiga yorug’lik to’lqini plastinkadan qaytganda fazaning π -ga o’zgarishi sabab bo’ladi. Nyuton xalqalari radiusi uchun:
(12.5)
b kichik bo’lganda interferension manzara yaqqolroq ko’rinadi. Agar tushayotgan yorug’lik monoxromatik bo’lmasa, u holda turli larga turli rm- lar mos keladi, ya’ni yorug’ va qorong’i xalqalar o’rniga rangli xalqalar tizimi hosil bo’ladi.