Moddiy ishlab chiqarish asoslari



Download 1,05 Mb.
bet56/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

17. Don xo‘jaligi, kungaboqar, go‘sht-sut chorvachiligi, mayin junli qo‘ychilik rayoni. Kavkazoldi dashtining sharqida g‘arbidagiga nisbatan iqlim ancha quruq. Qishloq xo‘jalik intensiv tipda, katta-katta maydonlarda tabiiy yem-xashak etishtiriladi. Namgarchilik ko‘proq talab qiladigan ekinlar maydoni ko‘p emas. Yerlarga dam berish uchun shudgor qilinadi. Shunga qaramasdan, bu yerda ham ekinlar orasida chopiq qilinadigan ekinlar anchagina (makkajo‘xori, kungaboqar). Chorvachilikning asosiy tovar tarmog‘i mayin junli qo‘ychilikdir. Sobiq ittifoqning mayin junli ko‘y zotlarining eng yaxshi asosiy zotdor fondi ana shu yerdadir. Manich botig‘idagi va Kaspiybo‘yi pasttekisligidagi chalacho‘l yaylovlarda mayin junli qo‘ylar boqiladi.
18. Don xo‘jaligi, go‘sht-sut chorvachiligi, mayin junli qo‘ychilik rayoni. Sobiq ittifoqning Yevropa qismining dasht zonasidagi Manich bo‘yi va Volganing sharqidagi qismlarida namgarchilik kamroq bo‘lib, g‘alla ekinlari dehqonchilikda ajralib turadi. Bu erlarda tez-tez qurg‘oqchilik bo‘lib turganidan oldingi rayonlarga nisbatan chopiq qilinadigan ekinlar kamroqdir. Kishda temperatura minimumi past bo‘lganidan kuz­gi bug‘doy ekib bo‘lmaydi. Asosan g‘alla bilan shudgor qilingan erlar almashinib turiladi. Bir tomonlama g‘allachilikka ixtisoslashgan dehqonchilik barcha qora tuproqli dasht zonasini o‘z ichiga oladi. Zavoljega (volga ortiga) kirib borib, o‘rmon-dasht chegarasigacha davom etadi. SHo‘rtob tuproqlar keng tarqalgan, Janubiy Uralda esa toshloq tuproq ko‘p uchraydi. Natijada qishloq xo‘jaliligida foydalaniladigan erlar orasida yaylovlar katta o‘rin tutadi. Demak, chorvachilikda qo‘ychilik muhim ahamiyatga ega.
G‘ARBIY SIBIR TEKISLIKLARI VA QOZOG‘ISTON SHIMOLIY QISMLARINING QISHLOQ XO‘JALIK RAYONLARI
G‘arbdan sharqqa borgan sari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tiplarining o‘zgara borishi tendensiyasi G‘arbiy Sibirda ham ko‘zga tashlanadi. Bu yerlarda issiqligi bir xil bo‘lgan xuddi shu zonalardagiga qaraganda yog‘in-sochin miqdori kamaya boradi. G‘arbiy Sibir tekisligining suvi oqib ketmaganligidan qishloq xo‘jaligi uchun o‘ziga xos sharoit vujudga keladi. Tabiiy muhitning o‘ziga xosligidan tashqari qishloq xo‘jaligi tiplarining tarkib topishiga Sibirning iqtisodiy va ijtimoiy tarixi xususiyatlari ham ta’sir etgan. Bu yerda Sobiq Ittifoqning Yevropa qismidagi xuddi ana shu zonalardagiga nisbatan qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan bir xodimga to‘g‘ri keladigan yer maydoni ancha katta.
Qishloq xo‘jaligining intensivligi ancha past va uning tiplari zonalar bo‘ylab katta farq qilmaydi. Igna bargli o‘rmonlar va podzol hamda botqoq tuproq zonasida Rossiyaning Yevropa qismidagi o‘rmon zonasining rayonlaridagi xo‘jaliklarga o‘xshash xo‘jaliklar, ya’ni ixtisoslashishi, dehqonchiligi sistemasi, mol boqish xususiyatlari unumli bo‘lgan xo‘jaliklar tarkib topgan emas. G‘arbiy Sibir tekisligidagi chimli-podzol tuproqlar zonasida dehqonchilik asosan yirik daryolarning vodiylaridagi kichik-kichik maydonlardagina rivojlangan. Daryolar bo‘yidagi kambar polosadan tashqarida hamma joyni botqoqlik bosib yotadi. Qayin-tog‘terak o‘rmonlari zonasidagi yerlar ko‘proq o‘zlashtirilgan.
19. Go‘sht-sut chorvachiligi va G‘arbiy Sibirdagi don xo‘jaligi rayoni aralash o‘rmonlar zonasining janubiy chekkasini (chimli-podzol va botqoq tuproqlar), mayda bargli o‘rmonlar (bu yerning zonal tuproq tipi sur o‘rmon tuproqlari) va o‘tloq dashtlarni (tuprog‘i qora tuproq) o‘z ichiga oladi. Biroq daryolar o‘rtasidagi tekisliklarda zonal tuproqlar intrazonal tuproqlarga nisbatan kichikroq maydonni egallaydi. Qishloq xo‘jaligining ixtisoslashishi butun rayonda katta farq qilmaydi. Rayonning shimolroqdagi qismlarida xo‘jalik ko‘proq chorvachilikka ixtisoslashgan. Yerlari quruq bo‘lgan uchastkalarda haydalgan maydonlar katta o‘rin tutadi. Tabiiy yem-xashak bilan band yerlar hamda ekinzorlar nisbatiga ko‘ra G‘arbiy Sibir o‘rmon-dashti Rossiyaning Yevropa qismidagi janubiy tayga va chimli-podzol tuproqlar zonasiga o‘xshab ketadi.
Bu yerlarda o‘simlikchilik yuksak tovar beradigan tarmoq bo‘lib, ahamiyatga ko‘ra chorvachilikdan keyinda turadi. Shu bilan birgalikda dehqonchilik ekinlar tarkibi va sistemasiga ko‘ra Rossiya Yevropa qismidagi o‘rmon-dasht dehqonchiligiga emas, balki dasht zonasining dehqonchiligiga o‘xshab ketadi. Bu bir tomonlama g‘alla dehqonchiligi bo‘lib, ekinlar orasida bahori bug‘doy asosiy o‘rin tutadi va yerlar ekin ekilmasdan shudgor qilib tashlanadi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish