Moddiy ishlab chiqarish asoslari


Tabiiy pichanzorlar va yaylovlar katta rol o‘ynaydigan sut-go‘sht



Download 1,05 Mb.
bet53/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

9. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlar katta rol o‘ynaydigan sut-go‘sht chorvachiligi. Shimoliy va o‘rta tayga zonachalaridagi morena relyefli tekisliklarda kamdan-kam dehqonchilik qilinadi, bu yerlarda sut-go‘sht chorvachilik xo‘jaligi tipi tarkib topgan. Bu erlarda yaqin vaqtlarda ham chorva mollari Shimoliy Dvina va boshqa katta daryolarning qayirlaridan hamda tabiiy yaylovlardan o‘rib olingan pichanlar bilan boqilar edi. Hozirgi vaqtda ham qayir o‘tloqlari qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning juda muhim qismi hisoblanadi, lekin o‘tloq o‘tlari bilan bir qatorda yem-xashak ekinlari etishtiriladi, shuningdek janubroqdagi rayonlarda konsentratsiya qilingan (omuxta) yemlar keltiriladi.
10. Sut-go‘sht va qisman go‘sht-sut chorvachiligi hamda g‘alla xo‘jali­gi rayoni. Iqlim kontinentalligining orta borishi, zonaning yog‘in-so­chin etarli bo‘lgan hamda chimli-podzol tuproqlar tarqalgan shimoliy rayonlarida bo‘lganligi dehqonchilikda o‘z aksini topgan. Bu yerlarda intensiv va namlikni xush ko‘radigan ekinlarning roli kam. Yem-xa­shak bazasining strukturasi o‘zgaradi. Tabiiy yem-xashak beradigan joylarning roli orta boradi. Bu yerlarda 1 ga qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer hisobiga chorva zichligi kamroq. Sharqiy Yevropa tekisligining ana shu qismi to‘rtlamchi davrdagi muzliklar bilan qoplanmagan, shuning uchun bu yerlarda tuproq g‘alla ekinlari etishtirish uchun xiyla qulay (Vyatka dalasi, Perm oblastining janubi). Xarakterli almashlab ekishlar: g‘alla-o‘tlar-qora shudgor.


SOBIQ ITTIFOQNING YEVROPA QISMINING DEHQONCHILIK-CHORVACHILIK RAYONLARI
Asosiy tarmoqlar nisbatidagi muhim o‘zgarishlar, qishloq xo‘ja­ligining o‘zgacha ishlab chiqarish tipiga o‘tishi, zonal tuproq tiplari, chimli-podzol tuproqlar va kamroq yuvilgan sur o‘rmon tuproqlari, so‘ngra podzollashgan va inqori yuvilgan qora tuproqlar chegarasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda o‘tloq qishloq xo‘jalik maydonining asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqlar uchun zarur bo‘lgan xossalarni tarkib toptirish uchun ketadigan xarajatlar kamayadi.
Neytral suv balansiga yaqin bo‘lgan ana shu rayonlarda ayrim ekinlar orasida, ya’ni mahalliy tabiiy sharoit optimal hisoblangan ekinlar orasida texnika ekinla­ri (g‘arbroqda joylashgan qismlarda-qand lavlagi, shimoliy qismlarda kartoshka, janubiy qismlarda kupgaboqar) asosiy o‘rin tutadi. Hamma joyda g‘alla ekinlari (kuzgi bug‘doy), silos ekinlari (birinchi galda makkajo‘xori), xashaki ildiz mevalilar, dukkakli em-xashak ekinlari (beda) uchun sharoit qulay. Yuqorida biz ko‘rib chiqqan rayonlarga nisbatan bu yerlarda yilning iliq faslida mollarnn yaylovlarda boqish uchun sharoit kamroq. Bu esa haydash uchun yaroqli yerlarning kam ekanligigagina bog‘liq emas.
Xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan bu zonalarda haydash uchun yaroqli bo‘lgan yerlarni ko‘p yillik madaniy o‘tloqlarga aylantirish chimli-podzol tuproqlar zonasidagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan kamroq rentabeldir. Ayni vaqtda bu yerlarda mollar molxonalarda boqiladigai davrda chorvani shirali yem-xashak bilan ta’minlaydigan ekinlar etishtirish uchun ketadigan xarajatlar kamroqdir (silos uchun makkajo‘xori, xashaki ildiz mevalilar, tuganak mevalilar) va texni­ka hamda g‘alla ekinlarining yem-xashak bo‘ladigan chiqindilari massasi katta. O‘simlik xom ashyosini texnikaviy jihatdan qayta ishlashda chiqadigan chiqindilarning bir qismi-turp, barda, ichki po‘stloq-mavsumiy yem-xashaklardandir. Bularning hammasi sut chorvachiligiga nisbatan go‘sht chorvachiligining intensiv formalariga qulaylik tug‘diradi. Yaylovlar kam bo‘lganda hamda yem-xashak resurslari ko‘p va xilma-xil bo‘lgan yerlarda qoramollarni go‘sht uchun yaylovlardan foydalanilmaydigan mavsumda boqish maqsadga muvofiqdir.
Bu esa tabiiy yem-xashaklar serob bo‘lgan boshqa zonalarda chorva mollarini yaylovlarda semirtirish bilan baravardir. Chorva mollarini go‘sht uchun semirtirish mavsumiy ish. Sut chorvachiligida esa mollarni yil bo‘yi bir tekisda boqishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga chorva mollarining soni ham kam o‘zgaradi. Yaylov maydonlari kichik bo‘lgan rayonlarda qoramollar ora­sida sigirlarning kam bo‘lishiga sabab ana shu.
Muayyan darajada umumiy bo‘lgan sharoitda o‘rmon-dasht zonasida tarmoqlarning ana shunday mutanosibligi bu zona ayrim qismlari ora­sida xo‘jalikning intensivligi ixtisosidagi tafovutlarda ko‘rinadi. Bu esa shimoldan janubga borgan sari iqlim va tuproq sharoitinnng almashinib borishi, tabiiy o‘rmonlar landshaftidan o‘tloq-dasht landshaftiga o‘tilishi xuddi ana shunday tuproq zonalarida g‘arbdan sharqqa tomon iqlim kontinentalligining kuchaya borishpga bog‘liqdir. Bu esa vegetatsiya davrida issiqlik va namgarchilikning kamaya boriishda o‘z aksini topgan.
11. Lavlagichilik, don xo‘jaligi, go‘sht-sut chorvachiligi, cho‘chqachilik rayoni. Chopiq qilinadigan ekinlar chopiq qilinmaydigan g‘alla ekin­lari bilan taxminan bir xil maydonni egallaydi. Bu erda boshqa biron-bir rayondagi ekinlarga nisbatan qand lavlagining salmog‘i katta. Rayonning shimoliy qismlarida, shuningdek Volin-Podoliya qirlarining sernam hududlarida tovar kartoshka ham etishtiriladi. Em-xashak bazasi strukturasi o‘ta intensiv. SHirali va yashil em-xashaklar katta rol o‘ynaydi. YAylovlar maydoni juda kichik. Maydon birligi hisobida qishlotq xo‘jaligi mahsulotining qiymatiga ko‘ra bu rayon mamlakatimizda eng oldingi o‘rinlardan biridadir. Qand ishlab chiqarish chiqindilariga asoslangan qoramollar boqish taraqqiy etgan.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish