Yoqilg‘i sanoati-yoqilg‘i xom ashyosini qazib olish va uni iste’molchiga etkazib berish tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Yoqilg‘i sanoati ko‘mir, neft, gaz, torf, yonuvchi slanets, uran rudasi qazib olish hamda yog‘och tayyorlashdan iborat.
Quyosh elektr stansiyalari, yoki geliostansiyalar AQSH, Fransiya, Ispaniya, YAponiya va Ukrainada, geotermal elektr stansiyalar AQSH (Geyzer stansiyasining quvvati 1 mln/kVt), Rossiya, Filippin va Italiyada, qalqish stansiyalari Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda, shamol elektr stansiyalari AQSH va Daniyada qurilgan.
Elektr energiyasi jahondagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Ammo bir yilda 100 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan faqat 13 ta davlat bor (AQSH, Rossiya, YAponiya, Kanada, Germaniya, XXR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Braziliya, Hindiston, Polsha, Norvegiya). O‘zbekistonda bir yilda taxminan 55 mlrd. kVt/soatdan ortiq elektroenergiya ishlab chiqariladi.
Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda Norvegiya (26 ming kVt/soat), Kanada (17 ming kVt/soat), SHvetsiya (14 ming kVt/soat), AQSH (11 ming kVt/soat) etakchi. Rossiya, Ukraina, Vengriya, Fransiya, SHveysariya, Kanada elektr energiyasini eksport qiladi, Italiya, Niderlandiya, AQSH import qiladi.
Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnashadigan va bir-biri bilan elektr liniyalari va turlari bilan bog‘langan yirik elektr stansiyalar birlashmasi energiya tizimi deb ataladi. Energiya tizimlari qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: lokal (shahar, rayon), zonal (rayonlararo), milliy (butun mamlakat) va xalqaro (masalan, Markaziy Osiyo) energiya tizimlari.
Demak, energetika sanoati xo‘jalikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanish darajasi ilmiy-texnik taraqqiyot bilan, turli mamlakatlar va hududlar aholisining turmush darajasi bilan bog‘liq. Quyida biz yoqilg‘i-energetika sanoatining tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Yog‘och tayyorlash-yog‘och insoniyat tarixida bir necha ming yillar davomida asosiy yoqilg‘i manbai bo‘lib keldi. Natijada juda ko‘p o‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketdi yoki maydoni keskin qisqardi. Ko‘mir, neft, gaz va boshqa yoqilg‘ilarga o‘tilgandan keyin yog‘ochni yoqilg‘i sifatida ishlatish keskin kamaydi. Ammo hozir ham baland tog‘ mintaqalarida, cho‘llarda, ekvatorial-tropik mintaqalarda (janubiy o‘rmon mintaqasi) joylashgan qoloq davlatlarda yog‘och yoqilg‘i sifatida hamon ishlatilmoqda. Yog‘och eramizning XVI asrlarigacha asosiy yoqilg‘isi bo‘lib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |