Oksitotsin — mehr va muhabbat gormoni. Buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Homilador ayollarda ushbu gormon farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda juda zarur. U bachadon qisqarishiga xizmat qiladi. Bola tug‘ilganidan keyin ham oksitotsin muhim rol o‘ynaydi. Shu bois u onalarning go‘dagiga berayotgan ona mehri, deb atash mumkin. Mazkur gormonning yetishmasligi g‘am-qayg‘uni (ba’zan mutlaqo besabab kayfiyat tushib ketadi) keltirib chiqaradi, xavotir darajasini oshirib yuboradi. Ushbu gormon shokolad, banan, avakado va selen moddasiga boy bo‘lgan kabachki (qovoqcha), selderey, patisson (kulchaqovoq) kabi mahsulotlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Shuningdek, farzandi kulgan vaqtda ota‑ona qonida ko‘p miqdorda mazkur gormon ishlab chiqarila boshlar ekan.
Tiroksin - Yana bir muhim gormon hisoblangan tiroksin qad‑qomat go‘zalligi va aql‑idrokning shakllanishiga javobgar sanaladi. Qalqonsimon bezlarda ishlab chiqariluvchi ushbu gormon organizmda moddalar almashinuvi, harakatlar koordinatsiyasi va tana tuzilishini boshqarishda ishtirok etadi. Uning ortiqchasi mushaklar vaznining kamayishiga olib kelsa, yetishmovchiligi tana vaznining ortishi (semirish) hamda aqliy zaiflikka sabab bo‘lishi mumkin. Uning me’yori buzilganini uyqusizlik, yurak o‘ynog‘i yoki bezovtalikdan bilish mumkin. Aytish joizki, mazkur gormon organizmda yod moddasi me’yoriga chambarchas bog‘liq. Shu bois yodga boy bo‘lgan dengiz karami, dengiz mahsulotlari yoki yodlangan tuz, non va sut mahsulotlari iste’molini kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Noradrenalin - o‘z‑o‘zini himoya qilish gormoni bo‘lib, buyrak usti bezlariboradi. Melotonin ishlab chiqarilishi yorug‘lik darajasiga bevosita bog‘liq. Ya’ni, kech tushsa ham yorug‘lik kamaymasa, yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi, natijada uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Yetti yoshda melotonin eng ko‘p miqdorda ishlab chiqarilar ekan. So‘ngra asta‑sekinlik bilan kamayib boradi. 45 kyoshda epifiz hajmi kichrayishni boshlaydi va uning hujayralari melotonin ishlab chiqarishni kamaytiradi. Shuning uchun ham 60 yoshga yetganda melotonin ishlab chiqarilishi 20 yoshdagiga qaraganda 50 foizga ham yetmaydi va shu sababli keksalar uyqusizlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi.
Melotonin o‘ziga xos antioksidant hisoblanib, ba’zi kasalliklar, masalan, saratonning ayrim turlari(ko‘krak bezi saratoni)ga qarshi kurashda uning o‘rni beqiyos. Melotonin yetishmovchiligi ham ayrim xastaliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Zero, muxtaram o‘quvchilarimizga uyqusizlik qanchalik og‘ir asoratlarga olib kelishi yaxshigina ma’lum bo‘lsa kerak. Mazkur gormonning yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u ovqat hazm qilish jarayonida ham ishtirok etadi. Shu sababdan me’yoridan ortiqcha ovqat iste’mol qilganimizda, ortiqcha taomni hazm qilish uchun ko‘proq melatonin ishlab chiqariladi va bizni uyqu bosadi.
Serotonin – «Baxt gormoni». Serosotin bosh miya neyromediatori bo‘lib, ko‘proq gormon deb ataladi. Bosh miya markazidagi g‘uddasimon bezda ishlab chiqariladi. Insonning psixologik va jismoniy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ishtaha, kayfiyat, libido, ijtimoiy xulq-atvor, kognitiv fikrlashga ta’sir ko‘rsatadi. Serotonin miqdori aqliy salohiyat, organizmga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deyiladi tibbiy maqolalarda.
Serotonin miqdorini tabiiy usulda oshirgan ma’qul. Jumladan, oson hazm bo‘luvchi uglevodlarga boy maydalanmagan donlar, yasmiq, suli yormasi va loviya iste’molini kanda qilmaslik zarur. Ko‘p bosqichli tozalashdan o‘tkazilgan, nosog‘lom va ko‘p bor qayta ishlangan mahsulotlar (oq non, bulochki, konfet)dan tiyilishni ham unutmaslik lozim. Shuningdek, meva va sabzavotlardagi qimmatli uglevodlar, B2, B6 vitaminlari, Omega-3 yog‘ kislotalari (baliq), Quyosh nurlari ostida sayr qilish, mustahkam uyqu, jismoniy mashqlar ham uning miqdorini oshirish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |