Xodimning ishga qayta tiklanishi o‘rniga sud xodimning talabiga binoan uning foydasiga uch oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha to‘lov undirishi mumkin (ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgandan tashqari). Nizolarni ko‘rib chiqishda mehnat shartnomasining bekor qilinishi qonuniy ekanligini isbotlash majburiyati ish beruvchining bo‘yniga qo‘yiladi. Xodimning mehnat shartnomasining bekor qilinishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |