Ish beruvchi buyrug‘ida Mehnat Kodeksiga yoxud boshqa qonun hujjatlarida havola qilingan tegishli qonun hujjatining moddalariga (bandiga) binoan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar ko‘rsatilishi shart. Xodim tomonidan mehnat majburiyatlarini bir martalik qo‘pol ravishda buzganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ish beruvchi buyrug‘ida ichki tartib qoidalari bandi ko‘rsatilishi kerak, tashkilot rahbariga nisbatan – mehnat shartnomasi bandi, tegishli intizom nizomiga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan esa – mehnat shartnomasi bekor qilinishiga sabab bo‘lgan bir martalik qo‘pol mehnat majburiyatlarini buzish holatini ko‘zda tutuvchi nizomning bandi ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |