xodim ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalarini ishlatishni rad etgan taqdirda ishdan chetlashtirishi shart. Ish beruvchi xizmat tekshiruvi (rasmiy tekshiruv) o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish huquqiga ega. Ishdan bo‘shatish nafaqasi bu qonun hujjatlarida, mehnat to‘g‘risidagi qonun normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan xodim bilan alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng xodimning ishdan bo‘shatilishi oqibatlarini yumshatish uchun amalga oshiriladigan bir martalik pullik to‘lovdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |