O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FAR’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA YO’NALISHI 19.10-GURUH TALABASI
MIRZDAVLATOVA XOLIDAXONNING
“OPTIKA” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: Izotrop va anizotrop kristallar va ularning qo’llanilishi.
TAYYORLADI: 19.10-guruh talabasi
Mirzadavlatova Xolidaxon
ILMIY RAHBAR: Mahmud Nabiyev
FARG’ONA-2021
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………... 3
Qattiq jismlar haqida ma’lumot……………………………………….3
ASOSIY QISM……………………………………………………7
Izotrop va anizotrop kristallar………………………………………...7
Kristallarning optik xususiyatlari……………………………………..9
Izotrop va anizotrop materiallar………………………………………11
Izotrop va anizotrop kristallarning optik muhit sifatida qo’llanilishi...12
Izotrop va anizotrop muhitlarning optik xossalari…………………….19
XULOSA………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….28
Foydalanilgan saytlar…………………………………………….28
KIRISH
Qattiq jismlar haqida ma’lumot.
Qattiq jism — moddaning shakli turgʻun agregat holati. Bu holatda modda atomlarining issiqlik harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat boʻladi. Kristall va amorf qattiq jismlar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda davriy joylashadi. Amorf jismlarda atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. qattiq jismning turgʻun (eng kichik ichki energiyali) holati kristall holatdir. Termodinamik nuqtai nazardan amorf jism metaturgʻun holatda boʻladi va vaqt oʻtishi bilan kristallanishi kerak. Tabiatdagi barcha moddalar (suyuq geliydan tashqari) atmosfera bosimida va T>0 K temperaturada qotadi. Qattiq jism xossalarini uning atommolekulyar tuzilishini va zarralari harakatini bilgan holda tushuntirish mumkin. Qattiq jismning makroskopik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash va tartiblashtirish 17-asrdan boshlangan. Qattiq jismga mexanik kuch, yorugʻlik, elektr va magnit maydon va hokazolarning taʼsirini ifodalovchi bir qator empirik qonunlar ochildi: Guk qonuni (1660), Dyulong va Pti qonuni (1918), Om qonuni (1826), Videman — Frans qonuni (1835) va boshqalar
Qattiq jism atomlar, molekulalar va ionlardan tuziladi. Qattiq jismning tuzilishi atomlar orasidagi taʼsir kuchiga bogʻliq. Bir xil atomlarning oʻzi turli strukturalarni hosil qilishi mumkin (kul rang va oq qalay, grafit va olmos va h.k.). Tashqi bosim yordamida atomlararo masofani oʻzgartirib, Qattiq jismning kristall tuzilishini va xossalarini tubdan oʻzgartirish mumkin. Koʻpgina yarimoʻtkazgichlar bosim ostida metall holatga oʻtadi (oltingugurt 8 120000 atmosfera bosimi ostida metallga aylanadi). Tashqi bosim tufayli 1 atomga toʻgʻri keladigan hajm atomning odatdagi hajmidan kichik boʻlib qolganda atomlar oʻz indivialligini yoʻqotadi va modda oʻta siqilgan elektronyadroviy plazmaga aylanadi. Moddaning bunday holatini oʻrganish, xususan, yulduzlarning strukturasini tushunish uchun juda muhim. Qattiq jismning tuzilishi va xossalarining oʻzgarishi (fazaviy oʻtishlar), temperatura oʻzgarganda, magnit maydon taʼsirida va boshqalar tashqi taʼsirlar natijasida ham yuz berishi mumkin.
Qattiq jismlar turli xususiyatlariga asoslanib ikki turga, kristall va amorf jismlarga ajraladi. Kristall jismlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning ba’zi fizik xossalari unda tanlab olingan yo’nalishga bog’liq, ya’ni kristallning xossalarini xarakterlovchi mexanik mustahkamlik, elektr o’tkazuvchanlik, nur sindirish ko’rsatkichlari, yorug’lik, issiqlik tarqalish tezligi kabi kattaliklar kristall ichida olingan turli yo’nalishlarda turlicha qiymatga ega bo’ladi. Moddalarning fizik xossalarining (mexanik, optik, elektrik va boshqalar) turli yo’nalishlarda turlicha bo’lishi anizotropiya deb ataladi. Barcha yo’nalishlarning teng kuchliligi izotroplik, teng kuchli emasligi anizotroplik deyiladi. Amorf jismlar esa izotropdir. Shuningdek, gazlar va ko’plab suyuqliklar ham izotrop moddalarga kiradi. Kristallarning anizotropligiga sabab zarralarning (atomlarning, molekulalar, ionlar) fazoviy panjara hosil qilib batartib joylashganligidir. Kristall jismlarning hammasi anizotrop jismlardir. Ular aniq erish temperaturasiga ega bo’ladi.
Kristal jismlar ikki guruhga bo’linadi: monokristallar va polikristallar.
Zarralari bir xil kristall panjara hosil qiladigan qattiq jismlar monokristallar deyiladi. Monokristallar anizotropdir. Ko’pchilik minerallar monokristall hisoblanadi. Monokristallarning kristall tuzilishi ularning tashqi shaklida ham namoyon bo’ladi. Katta kristallar tabiatda juda kam uchraydi. Lekin sanoatda, fan va texnikada bunday kristallarga ehtiyoj juda katta. Ular radioelekrtonikada, optikada, ayniqsa, zamonaviy elektron hisoblash vositalarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Misol uchun yoqut kristali lazer nurlarni hosil qilishda, segneta tuzi kristallari ultratovush tebranishlarini hosil qilishda foydalaniladi. Aynan shuning uchun ham kristall sun’iy ravishda, hatto kosmik kemalarda ham hosil qilinadi. Hozir shu yo’l bilan kvars, olmos uchun maxsus shart-sharoitlar zarur. Masalan, olmos kristalini hosil qilish uchun MPa bosim va 200 temperatura zarur.
Qattiq jismlarning aksariyati polikristallardir. Ular betartib joylashgan kichik kristalchalar-kristallitlar-kichik monokristallardan tashkil topgan bo’ladi. Har bir monokristallcha anizotrop, Lekin kristallchalar betartib joylashgan bo’lganligi uchun polikristall jism izotrop bo’ladi. Metallar polikristall jismga misol bo’la oladi. Biroq erigan metallni sekin sovitish bilan metal monokristalini hosil qilish mumkin. Bir xil kimyoviy elementning atomlari turli xil kristall tuzilish hosil qilishi ham mumkin. Masalan, uglerodning o’zi xususiyatlari bir-biridan keskin farq qiladigan qatlamli grafit tuzilishiga va fazoviy olmos tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Suvning o’zi besh xil kristall tuzilishga ega bo’lgan muz hosil qiladi. Tarkibi bir xil moddaning turli fizik xossalarga ega bo’lgan har xil kristall tuzilishni hosil qilishi polimorfizm deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |