Mirzdavlatova xolidaxonning



Download 209,04 Kb.
bet2/9
Sana06.07.2022
Hajmi209,04 Kb.
#752140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzdavlatova xolidaxonning

Amorf jismlar. Qattiq jismlarning ikkinchi ko’rinishi amorf jismlardir. Garchi ular qattiq jismlar sifatida qaralsa ham aslida sovitilgan suyuqliklardir. Amorf jismlar kristall strukturaga ega bo’lmaydi, ular o’zlarining ichki tuzilishlari bo’yicha suyuqlikka yaqin bo’lib, suyuqlikdan faqat molekulalar o’rtacha oralig’ining kichikligi bilan va shu tufayli molekulalar tortishish kuchlarining katta bo’lishi bilan farq qiladi. Amorf jismlar ularning aniq erish temperaturaga ega bo’lmasligi, isitilganda qovushoqlikning kamayishi natijasida suyuq holatga asta-sekin yumshash orqali o’tishi bilan ham kristall jismdan farq qiladi. Agar amorf jismning biror atomini markaziy atom sifatida qaralsa, unga yaqin bo’lgan atomlar ma’lum tartib bo’ylab joylashadi. Lekin markaziy atomdan uzoqlashgan sari tartib buzilib, atomlarning joylashuvi turli xil, ya’ni tasodifiyga aylanib qoladi. Kristall jismlardan farqli o’laroq, amorf jismlarda qo’shni atomlarning o’zaro joylashuvida yaqin tartibgina mavjud bo’ladi. Amorf jismlarga shisha, plastmassa, beton, mum, smola, polimerlar va boshqalar misol bo’ladi. Oltingugurt, glitserin, shakar va boshqa moddalar ham kristall, ham amorf ko’rinishda mavjud bo’lishi mumkin. Bunga ba’zan shishasimon shakl ham deyiladi. Amorf jismlar har doim izotrop xossaga ega bo’ladi. Past temperaturalarda amorf jismlarning xossalari qattiq jismlarnikiga o’xshab ketadi. Bu holda ular deyarli oqmaydi. Lekin temperatura ortgan sari amorf jismlar asta-sekin yumshab, ularning xossalari suyuqliklarning xossalariga yaqinlasha boradi. Amorf jismlar tabiatda kristall jismlarga nisbatan kam tarqalgan.

Bogʻlanishlarning turi boʻyicha qattiq jism bir-biridan elektronlarning fazoviy taqsimoti bilan farq qiladigan 5 sinfga ajraladi: 1) ionli kristallarda ionlar orasida asosan elektrostatik tortishish kuchlari taʼsir etadi; 2) kovalent bogʻlanishli kristallarda qoʻshni atomlarning valent elektronlari umumiylashgan boʻladi. Kristall ulkan molekulaga oʻxshaydi; 3) koʻpchilik metallarda bogʻlanish energiyasi harakatlanayotgan elektronlarning ion asos bilan oʻzaro taʼsiri tufayli hosil boʻladi (metall bogʻlanish); 4) molekulyar kristallarda molekulalar ularning dinamik qutblanishi tufayli paydo boʻladigan zaif elektrostatik kuchlar (VanderVaals kuchlari) yordamida bogʻlanadi; 5) vodorod bogʻlanishli kristallarda vodorodning har bir atomi tortishish kuchlari yordamida bir vaqtning oʻzida 2 ta boshqa atom bilan bogʻlanadi. Bogʻlanishlar turi boʻyicha tasnif shartli boʻlib, koʻpgina moddalarda turli bogʻlanishlarning kombinatsiyasi kuzatiladi.


Qattiq jismlar fizikasi — fizikaning qattiq jismlarning tuzilishi va asosiy xossalarini hamda ularda yuz beruvchi xodisalarni oʻrganuvchi sohasi. Mustaqil soha sifatida 20-asr boshlarida shakllanib, kvant mexanika yaratilgandan soʻng tez rivojlana boshladi. Qattiq jismlar fizikasi. kristallografiya, metallar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mustahkamlik va plastiklik fizikasi, qattiq jismlar magnetizmi, oʻta oʻtkazuvchanlik, radiatsion fizika va boshqalar sohalarni, optika, akustika, past temperaturalar fizikasi, tutash muhit mexanikasi, kinetik fizika, polimerlar fizikasi, tartibsiz va amorf muhitlar fizikasi va boshqalar sohalarning ayrim boʻlimlarini birlashtiradi. Bu yoʻnalishlarning nazariy asoslari qattiq jismlar nazariyasining tushunchalari va qonunlariga asoslanadi. Qattiq jismlar fizikasida fizik hodisalar (kristall panjaralarning tebranishi, fazaviy oʻtishlar, elektromagnit toʻlqinlar, xususan, yorugʻlikning nurlanishi hamda yutilishi va boshqalar) ni eksperimental va nazariy oʻrganishga katta ahamiyat beriladi. Kristallarda nuqsonlarning hosil boʻlishi, ularning qattiq jismning fizik xossalariga taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Qattiq jismlar fizikasida ikki asosiy usul: fenomenologik va mikroyekopik usul qoʻllanadi. Fenomenologik usulda qattiq jism simmetriyaning maʼlum qonunlarini qanotlantiruvchi uzluksiz yaxlit muhit deb qaraladi. Bu usul koʻp sonli eksperimental faktlarni tushuntirish imkonini beradi, biroq qattiq jismlarda kuzatiladigan hodisalarning mohiyatini ochib bermaydi. Mikroskopik usulda har qanday qattiq jismga maʼlum qonunlar boʻyicha oʻzaro taʼsirlashuvchi zarralar sifatida qaraladi. Bu usulda qattiq jismlarning xossalari va ularda yuz beradigan hodisalar kvant mexanika, statistik fizika, kvant elektrodinamika qonunlari asosida tushuntiriladi. Qattiq jismlar fizikasida mutlaq qattiq jism, elementar gʻalayonlanish yoki kvazizarralar kabi taqribiy model va konsepsiyalardan foydalaniladi. Eksperimental qattiq jismlar fizikasida tadqiqotlar radioaktivatsion analiz, rentgenostruktura analizi, radiospektrokopiya, optik spektroskopiya va boshqalar koʻpgina usullar bilan olib boriladi. Qattiq jismlar fizikasining muhim vazifalaridan biri — berilgan xususiyatli yangi materiallar (oʻta qattiq va oʻta toza moddalar; yuqori trali oʻta oʻtkazgich moddalar) yaratish va ularni hosil qilish yoʻllarini asoslab berish.

Download 209,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish