7.7. Ko`p o`lchovli massivlar
Yuqorida chiziqli jadval deb ataladigan bir o`lchovli massivlar ko`rib chiqildi. Ushbu bobda ikki o`lchovli massivlar bilan ishlash o`rganiladi. Uning elementlari bir nechta satr va ustunlarda joylashadi. Ixtiyoriy matritsa, determinant, o`quvchilar tabelidagi baholarni ikki o`lchovli massivga misol sifatida olish mumkin.
Ko`pincha jadval ko`rinishidagi ma`lumotlar bilan ishlashga to`g’ri keladi. Masalan, DAEWOO firmasining mashinalari bilan savdo qiladigan bir firmaning 2017 yildagi faoliyati 7.7-jadval bilan berilgan bo`lsin.
Odatda har bir jadvalning bitta satri yoki ustuni bir hil mazmun va tipdagi ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun bunday jadvallarni ikki o`lchovli massiv shaklida qayta ishlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ikki o`lchovli massivlar umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
Nom : array[ n .. m, k .. l] of Tip
Do'stlaringiz bilan baham: |