Dastur matnidagi mavjud xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish. Dasturdagi xatoliklar ikki guruhga bo`linadi: sintaktik (matndagi) va algoritmik hatoliklar. Sintaktik hatoliklar eng oson tuzatiladigan hatolik hisoblanadi. Algoritmik hatoliklarni aniqlash esa murakkabroq. Dastur matnidagi mavjud xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish jarayoni boshlang’ich kiritiladigan ma`lumotlar uchun dastur ishonchli natija berganidan keyingina tugallangan deb hisoblanadi.
Testdan o`tkazish. Bunda turli hil boshlang’ich ma`lumotlar, shu jumladan masala shartida ko`rsatilmagan ma`lumotlar uchun dastur o`zini qanday tutishi, ya`ni kutilgan natijani bera olishi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |