2.4. Xodisa va xodisalarni qayta ishlash protsedurasi
Interfeysdagi biror tugma chertilishini xodisa deb atash qabul qilingan. Ana shunday xodisalardan biri sodir bo`lganda, ya`ni tugmalardan (odatda, Button lardan) birortasi chertilganda, dastur bunga nisbatan qandaydir reaktsiya ko`rsatishi lozim.
Xodisa (Event) — bu dasturning ishi jarayonida sodir bo`ladigan voqea bo`lib, tugmalardan biri ustida sichqoncha tugmasini bir marta chertish - OnClick, ikki marta chertish OnDblClick xodisasi deb ataladi. 9-jadvalda ayrim xodisalar ro`yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |