2.3. Edit, Label va Button komponentalari
Ilova foydalanuvchilari uchun interfeys ishlab chiqishda formaga joylangan barcha ma`lumotlarning tushunarli bo`lishi talab qilinadi. Buning uchun dasturchilarga bir qator komponentalar taklif etilgan bo’lib, ular ichida Edit, Label va Button komponentalari eng ko`p qo`llanadi (6-rasm. 1, 2, va 3 tugmalar) va ular Standard qurollar panelida joylashgan.
Komponentani formaga joylash uchun Standard komponentalar palitrasidan uning piktogrammasi tanlanadi. So`ngra, sichqoncha tugmasini formada komponenta joylashishi kerak bo`lgan nuqtaga o`rnatiladi va chap tugma bir marta chertiladi. Natijada formada standart o`lchamli komponenta paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |