2-rasm. Delphi ishga tushganidan keyin ekranning ko`rinishi.
Object TreeView oynasida dasturchi tomonidan boshlang’ich formaga joylashtirilgan komponentalar ro`yxati namoyish qilinadi.
3-rasm. Bosh oyna
Object Inspector (4-rasm) - ob’yektning hususiyat va metodlarini tahrirlash oynasi. Ob’yekt hususiyati deganda shu ob’yektga hos bo`lgan alomatlar nazarda tutiladi. Masalan, Width va Height hususiyatlari forma o`lchamlarini (balandligi va kengligi), Top va Left lar esa uning ekrandagi holatini aniqlaydi, Caption hususiyati sarlavha matnini ko`rsatadi.
Kodlarni tahrirlash oynasi orqa planda joylashgan bo`lib, deyarli to`laligicha boshlang’ich forma oynasi bilan to`sib qo`yilgan. Bu oyna Form1 oynasiga joylashtirilgan komponentlar ishini boshqarish hamda ma`lumotlarni qayta ishlash buyruqlarini ko`rsatish uchun mo`ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |