Mirsaid Aripov, Nurillo Otaxanov



Download 9,81 Mb.
bet20/209
Sana16.01.2022
Hajmi9,81 Mb.
#371485
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209
Bog'liq
DELPHI dasturlash titli 2018

2-misol. Shashka donasi rang, gorizontal va vertikaldagi o’rni kabi hususiyatlarga hamda yurish, urish va taxtadan cnetga olish kabi amallarga (metodlarga) ega. O’yinchi berilgan xususiyatlarni o’zgartirib, mumkin bo’lgan amallarni bajargan holda o’yin taqdirini hal qilishi mumkin.

Ob’yektli algoritm quyidagi talablarga javob berishi lozim, aks holda u ob’yektli algoritm bo’la olmaydi:

1. algoritmda ishtirok etayotgan har bir ob’yekt biror klassga taalluqli bo’lishi lozim;

2. algoritm masala shartida berilgan ma'lumotlarni kiritish hamda talab qilingan ma’lumotlarni chiqarish uchun interfeysga (muloqot oynasi) ega bo’lishi shart;

3. algoritmning har bir qadami buyruq tarzida rasmiylashtiriladi;

4. algoritmning qadam va buyruqlari soni chekli bo’lishi kerak;

5. amal yoki metodlarda foydalanilayotgan o’zgaruvchilarning qiymatlari oldindan aniqlanishi lozim;

6. har bir amal yoki metodning natijasi bir qiymatli bo’ladi;

7. interfeysga ishni boshlash uchun bir yoki bir nechta tugmali oynalar kiritilishi hamda bu tugmalarning har biri uchun algoritm reaksiyasini aniqlash kerak;



8. algoritm ommaviy bo’lishi lozim.

Bu talablarning ayrimlarini quyidagicha izohlash mumkin.

1-talabga ko’ra, har bir ob’yekt biror klassga taalluqli boladi va shu sababli klassga xos bo’lgan barcha xususiyatlarn o’ziga oladi. Zaruratga ko’ra bu xususiyatlarni algoritm qadamlari yordamida o’zgartish mumkin. Masalan, 2-misoldagi shashka donasi rang, taxtaning gorizontal va vertikal qatoridagi o’rni kabi xususiyatlarga ega bo’lib, o’yin davomida shashka donasining u yoki bu xususiyatlari o’yinchi tomonidan o’zgartiriladi.

2-talabda foydalanuvchi bilan algoritm ijrochisi o’rtasidagi muloqot oynasi bo’lgan interfeys yaratilishi kerak. Bu interfeysdagi barcha ob’yekt xususiyatlarini ehtiyojga qarab yoki oldindan, yoki algoritm ko’rsatma-larining bajarilishi davomida o’zgartirish mumkin.

4-talabda algoritmning qadamlari soni chekli bo’lishi ta'kidlangan. Demak, ijrochi chekli sondagi amallami bajarganidan so’ng, masalaning kutilgan yechimiga keladi. Ayrim hollarda bu talabning buzilishi natijasida hech qachon tugamaydigan “cheksiz sikl” effekti sodir bo’ladi. Masalan, quyidagi buyruq ana shu effektni namoyish qiladi:



1. hisoblansin x:=1;

2. hisoblansin x:=x+1:

3. 1-qadamga o’tilsin.

5-talabga binoan, amal yoki metodlarda ishtirok etayotgan o’zgaruvchilarning qiymatlarini oldindan aniqlash masalaning to’r’ri hal qilinishiga olib keladi. O’zgaruvchilarning boshlang’ich qiymatlarini oldindan ko’rsatmaslik ularni har xil talqin qilinishiga olib keladi. Masalan, ijrochi qiymati aniqlanmagan x o’zgaruvchi uchun y:=2*x-1; buyrug’ini qay tarzda bajarishi lozim?

6-xossaga ko’ra, algoritm qadamlarini tashkil qilishda "biror sonni o’ylang yoki x1,2=N ko’rinishidagi buyruqlardan foydalanish mumkin emas.

8-talabda algoritmning ommaviy bo’lishi ta'kidlangan. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, oalgoritm mumkin bo’lgan barcha boshlang’ich qiymatlarni qayta ishlashga mo’ljallanadi, ikkinchidan, algoritm qo’yilgan masalaning umumiy holi uchun quriladi hamda ana shu masalaning ixtiyoriy xususiy holi uchun qo’llash mumkin bo’ladi, uchinchidan, shu masala bilan bitta sinfga kirgan boshqa masalalar uchun ham o’rinli bo’ladi.

Ob’yektlarning xususiyatlarini ikki xil usulda belgilash mumkin.

I. algoritmning xususiyat va ko’rsatmalarini bajarishni oldindan belgilab qo’yish (1-misolga qarang).

2) Algoritm xususiyatlarini bajarish vaqtida o’zgartirish. Zarur bo’lganda, ob’yektning u yoki bu xususiyatini “eski” qiymatini “yangi’ si bilan almashtirib qo’yish mumkin. Masalan, isitgich ishlab turgan vaqtda uy haddan tashqari isib ketgan bo’lsa, uning ish rejimi qiymatini


Download 9,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish