Imtiyozli kreditlash dasturlari. Yaponiyada ushbu o‘n yiilik dastur muqobil energiya manbalaridan foydalanish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyani sotib olishni qo'llab quwatlash uchun ajratilgan. Bu kabi dasturlar Italiya, Shvetsiya, Germaniya, Koreya Respublikasida energiya samaradorligi yuqori texnolgiyalarni xarid qilishda soliq va boshqa imtiyozlar berish ko’rinishida keng qo’llaniladi.
Davlat subsidiyalari va dotatsiya. Daniya hukumati tomonidan issiqlik ta’minoti tizimini bioyoqilg‘iga o‘tkazish oqibatida iste’molga uzatiladigan issiqlik energiyasi narxi o'sadigan bo'lsa, u holda investitsiya subsidiyasi taqdim etiladi. Shuningdek ishlab chiqarishning energiya samardorligini oshirish va issiqlik elektrostansiyalarini modemizatsiya qilish loyihalariga ushbu imkoniyat joriy etiladi.
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun investitsiyalar. 2019 yiida tiklanadigan energiya manbalarini o^lashtirish uchun yo'naltirilgan venchur kapitali miqdori bo'yicha Hindistou (1,4 mlrd. Doll.), AQSh (797 mln. doll.) va Yevropa mintaqasi (443 mln. doll) yetakchilik qilishdi152.
Sertifikatlashtirish dasturlari. AQShda ishlab chiqarish korxonalari energiya samaradorligini doimiy oshirishni ta’minlash uchun 2012 yildan boshlab “Yuqori energiya samaradorligi” (Superior Energy Performance)™ sertifikatlash dasturi amaliyotga joriy qilingan. Ushbu dastuming asosiy maqsadi energiya menejmentiga ISO 50001 xalqaro standartini joriy qilish bo‘lib, bunda energiya samaradorligi bo’yicha maqsadlami o'rnatish va erishilgan yutuqlami doimiy nazorat qilib borish talablari qo‘shimcha tarzda 0‘matilgan143.
Energomenejment tizimini joriy qilish. AQSh, Daniya, Irlandiya va Shvetsiya kabi davlatlarda ixtiyoriy tarzda energomenejmentni joriy qilish tartibi belgilangan bo‘lib, bunda hukumat tomonidan energiya samaradorlik bo‘yicha maqsadli parametrlarga erishish uchun sanoatni texnik qo'llab- quwatlash, maslahat va iqtisodiy rag‘batlar ko’rsatiladi.
Grantlar. Rivojlangan davlatlar hukumatlari tomonidan korxonalarga energiya samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish uchun grantlar shaklida yordam berish qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Masalan, AQShda ushbu dasturlami amalga oshirishda sanoat birlashmalarini qo'llab- quvvatlash qonun bilan ruxsat etiladi. Daniya hududida issiqlik tarmoqlarini qurish va ta’mirlash uchun investitsiya grantlari mavjud bo‘lib. kapital qo'yilmalaming 30-60 foizi qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |