Energiya resurslari narxini tartibga solish. Shvetsiyada elektr energiyasini oxirgi iste’molchilarga sotish bahosi bevosita elektr narxidan, energetik samaradorlik uchun “yashil sertifikatlar”, tarmoqdan foydalanish haqi va soliqlardan (energiya solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i) iborat bo‘lsa, Qozog'istonda qayta tiklanuvchi manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi investorlarga soliq imtiyozlari. muddati kafolatli va qat’iy belgilangan tariflarda sotish bo'yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzish qonun bilan mustahkamlangan.
3. Axborot dastaklari.Ushbu dastaklar “yashil energetika”ni ommalashtirishga xizmat qiluvchi chora-tadbirlardan iborat bo'ladi. AQShda 1992 yildan boshlab Energetika vazirligi va Atrof muhit muhofazasi agentliklari tomonidan ishlab chiqilgan “Energy Star” dasturi
amal qiladi. Mazkur dastur doirasida energiya iste’moli o’rtacha energiya iste’moli ko‘rsatkichidan 20-30%ga past bo'lgan qurilmalar ‘Energy Star" dasturining obro'li logotipi bilan markirovkalanadi. Hozirda “Energy Star” logotipini 60 dan ortiq guruh tovarlarda ko’rish mumkin. Bu dastur doirasida litsenzion va hainkorlik kelishuvlari sanoat sohasi (2000 dan ortiq). chakana savdo (2000 dan ortiq), qurilish kompaniyalari (6000 dan ortiq) va biznesning boshqa sohalarida amal qiladi. 2017 yilda “Energy Star” mahsulotlarini sertifikatlash bilan 23 ta mustaqil tashkilot va 255 ta laboratoriyalar faoliyat olib borgan144.
0‘zbekistonda “yasbil energetika”ni rivojlantirish istiqbollari
O‘zbekistonda iste'mol qilinayotgan elektroenergiyaning katta qismi (88,7%) issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bunda energiya iste’moli tarkibining o'zagini neft va gaz resurslari tashkil etadi. Tabiiy gaz va neftdan foydalanishning hozirgi darajasi saqlanib qolgan holda ulaming zaxiralari tabiiy gaz va neftga bo'lgan ehtiyojni 20-30 yil davomida qondirishga yetishi mumkin. Agar milliy iqtisodiyotda elektr energiyasiga bo‘lgan yillik ehtiyoj hozirgi 59-60 mlrd. kVt/soatdan 2030 yilga borib 107 mlrd. kWsoatgacha ortishiini e’tiborga oladigan bo'lsak, tabiiy neft va gaz zaxiralarining tugash muddati yanada qisqarishi tabiiy.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi va aholi ehtiyojlari o‘sishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. 2000 yilda bir nafar maishiy foydalanuvchi bir oyda 114 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgan bo‘lsa, oxirgi yillarda bu ko'rsatkich 200 kVt/soatga yetdi. Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha elektr energiyasidan umumfbydalanishda aholi ulushi 26,5%gayetgan. Vaholanki, 1990 yilda ushbu ko‘rsatkich 13,9%ga teng edi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar tarkibida tabiiy gaz, mazut, ko‘mir ulushi 43 foizga teng. Mamlakat issiqlik elektr stansiyalarida yiliga 17 mlrd. m3 tabiiy gaz sarflanmoqda. Issiqlik elektr stansiyalarida sarflanayotgan gazni qo‘shimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilg'i, polipropilen olish) jarayonlariga yo'naltirish ijtimoiy (aholi bandligi, atrof muhit muhofazasi) muammolami hal etish imkoniyatlarini yanada oshiradi145.
Mutaxassislar tomonidan O'zbekistonning umumiy energiyani tejash salohiyati yiliga 3 mln. tonna neft ekvivalentida baholanmoqda. L'lardan foydalanish natijasida 40 min. tonna ortiqcha chiqindi gazlarini kamaytirish imkoni bor. Energiya tejash - energiya resurslariga bo'lgan talabni qondirish uchun yangi elektr va issiqlikni ishlab chiqarish quwatlarini qurishdan 2-5 barobar ko'proq foydali bo‘ladi. Iqtisodiyotning energiya ko'p sarflaydigan tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo'yicha kompieks chora- tadbirlami joriy etish 30-40% gacha energiya sarfini tejash imkonini beradi155.
Hozirgi vaqtda “yashil energetika'’ turi hisoblangan gidroelektrostansiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbaiari hisobidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi jami elektroenergiyaning bor-yo‘g‘i 1 l,3%ini tashkil etmoqda. Hisob-kitoblar ko'rsatishicha, O‘zbekistonda muqobil energiya manbalarining katta imkoniyatlari mavjud. Quyosh energiyasi, kichik daryolar, suv omborlari va kanallar, organik va noorganik chiqindilardan ishlab chiqariladigan biogaz energiyasi bu borada istiqbolli hisoblanadi. 0‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari judayuqori. Mamlakatimizdayildavornidaquyoshli kunlarsoni 320 kundan ortiqni tashkil etadi va quyosh energiyasi miqdori 51 mlrd. tonna neft ekvivalentidan oshib ketadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda quyosh elektrostansiyalaridan an’anaviy manbalar bilan birgalikda uyg‘unlashtirilgan holda foydalanish har yili 1,8 mlrd. kub metrtabiiy gazni tejab qolish imkonini beradi.
Yevropalik mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra. O'zbekistonda bir yilda yillik iste’mol hajmidan 40 baravar ko‘p elektroenergiya ishlab chiqarish iœkoniyati mavjud va zamonaviy texnologiyalami amaliyotga keng miqyosda joriy etish orqali 2030 yilga qadar mamlakat yalpi ichki mahsulotining energiya sig‘imkorligini ikki baravarga kamaytirish mumkin146147.
“Yashil energetika”ni rivojlantirish O‘zbekistonda energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda va energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g‘risida‘’gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “Energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlami joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi” to'g'risidagi PQ-2343-sonli, 2017 yil 26 maydagi “2017 — 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-son, 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3379-son, 2020 yil 13 may kuni “Samarqand viloyatida quvvati 100 mvt bo‘lgan fotoeiektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4712-son qarorlari shular jumlasidandir.
Respublikamizda tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni davlat tomonidan rag‘batlantirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari uchun qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar qo’llaniladi148:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining quriimalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to’lashdan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari quriimalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o’matganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o'n yil muddatga mol-mulk solig'ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo’lgan uchastkalar bo'yicha yer solig’ini to’lashdan;
ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan yashash uchun mo'ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig’ini to’lashdan ozod etiladi.
Mamlakatda 2018 yil 1 yanvardan boshlab energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida149:
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta'minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich quriimalarini, shuningdek, energiya tejamkor lainpalarni majburiy tartibda o’matish ko’zda tutiladi.
Mamlakatimizda “yashil energetika’’ni rivojlantirishda dastlabki arnaliy qadamlar tashlandi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrda Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida “Total Eren SA” (Fransiya) kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida umumiy quwati 100 MVt bo'lgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish to‘g‘risida hamkorlik bitimi imzolanganligi, ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida ish yuritadigan “Tutly Solar” mas'uiiyati cheklangan jamiyati shaklida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona ta’sis etildi. 2019 yil 13 sentyabrda Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida Investitsiya bitimi tuzildi. “0‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitimga muvoftq loyiha doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yagona xaridor sifatida sotib oladi150151.
5.5.1-jadval