«Mintakaviy iktisodiyot va buxgalteriya xisobi» kafedrasi «Yashil iqtisodiyot» fanidan



Download 1,2 Mb.
bet17/62
Sana29.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#594424
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
Bog'liq
Яшил ИқтисодиётУМК

Tiklanadigan energiyadan foydalanuvchi yirik “aqlli” shaharlar147

Shah ar

Aholisi, mln. kishi

Yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya tarkibida quyosh va shamol energiyasining ulushi, %

San-Diego

1,4

33

Los-Anjeles

4,1

20

Jaypur

3,0

20

Gamburg

1,8

14,8

Toronto

2,8

12,0

Bangolor

11,0

10,0

Seul

10,3

6,6

Taynan

1,9

5,1

Parij

2,3

4,2

Markazlashgan energiya tizimlari doirasida va undan tashqarida tiklanadigan uy-joy xo‘jaligi energetikasi.


Quyosh energiyasidan uy-joy xo'jaligida foydalanish jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. “Uy-joy xo'jaligida qayta tiklanadigan energetika” konsepsiyasi muqobil energiya ishlab chiqarish bilan birgalikda energiyani saqlash va energiya ta’minotini boshqarish tizimini ham qamrab oladi. Markazlashgan energiya tizimi bilan qamrab olinmagan hududlarda qayta tiklanadigan uy-joy xo‘jaligi energetikasi uy xo‘jaliklarini optimal elektrlashtirish imkonini yaratadi. Ushbu sohada muqobil energiya resurslaridan birgalikda foydalanishga asoslangan “energetika kooperativlari” keng tarqalgan. Jahcn energetika kooperativlari bozorida Germaniya yetakchi mavqega ega. 2017 yilda mamlakatda o‘rnatilgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish quwatlarining 40%dan ortig'i energetika kooperativlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishda korporatsiyalar rolining ortib bo rishi. Tiklanadigan energiya bozorida korporatsiyalar faolligi ortib bormoqda va ular bu jarayonga ko;proq tarmoqlami jalb etishmoqda. Ushbu korporatsiyalami ko‘proq muqobil energiyani yetkazib berish sifati qiziqtirgani bois sohada Energiya xaridi to‘g‘risidagi kelishuv (PPA), an'anaviy energiya tizimlarida “yashil tariflar” va tiklanadigan energiya sohasida talablar yoki majburiyatlar kabi dastaklar keng tarqalmoqda.
PPA kompaniyalar uchun tiklanadigan energiya manbalari hisobidan real qo‘shimcha energiya quvvatlarini olish imkonini yaratadi. Hozirda kompaniyalar tiklanadigan energiyani xarid qilish jarayoniga boshqa tarmoqlardan ko'plab iste’molchiiami jalb etishga harakat qilishmoqda. PPA qo'shimcha elektroenergiya quvvatlariga ega boTish imkoniyatini bersa-da, ushbu imkoniyat aksariyat hollarda yirik kompaniyalarga tegishlidir. PPA korporativ xaridlaming keng tarqalayotgan dastagiga aylanib bormoqda.
Korporatsiyalar tomonidan 2019 yilda dunyoning 23 ta mamlakatida 20Gvt miqdorida PPA imzolangan138. Ushbu ko'rsatkich oxirgi o‘n yilda korporatsiyalar tomonidan imzolangan kelishuvlaming 40%ini tashkil etadi. Google kompaniyasi 2,7 GVt ga teng tiklanadigan energiya xarid qilish orqali 2019 yilning eng yirik korporativ xaridoriga aylandi. 2020 yilning boshlarida dunyoning 229 ta yetakchi korporatsiyalari RE100 tashabbusiga qo‘shilishdi va yuz foiz tiklanadigan energiyadan foydalanish majburiyatini olishdi139.

    1. “Yashil energetika”ni davlat tomonidan qo‘Uab-quwatlashning
      xorij tajribasi

“Yashil energetika” milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejovchi texnologiyalar va tiklanadigan energiya manbalarini tatbiq etish orqali mahsulot tannarxini kamaytirishni talab etadi. Energiya tejamkorligi texnik jihatdan amalga oshirsa bo‘ladigan, iqtisodiy jihatdan asoslangan, ekologik va ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul bo'lgan, hayotimizning odatiy tarzini o‘zgartirmaydigan innovatsion qarorlami qabul qilish hisobidan energiya esurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlaridir.
Rivqjlangan mamlakatlar iqtisodiyotida energiya sig’imkorligini pasaytirish sabablaridan biri yangi texnika va yuqori texnologiyalaming imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Ushbu imkoniyat o‘z navbatida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishni mamlakatning ilmiy-texnologik rivojlanish strategiyasida ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida qabul qilinganligi bilan izohlanadi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida energetika va atrof muhit muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar shu turdagi jami xarajatlaming 4,5%ini, atrof muhitga ajratilayotgan xarajatlar esa 1,7%ni tashkil etadi140.
Jahonda “yashil energetikani” rivojlantirish tajribasi tahlili sohani tartibga solishning ma’muriy, iqtisodiy va axborot dastaklari mavjudligini ko'rsatmoqda.

  1. Ma’muriy dastaklar. Ma’muriy dastaklar “yashil energetika”ni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy cheklov va rag‘batlantirishlar hisoblanadi. Jumladan, AQShda 1997 yildan boshlab “Millionta quyosh tomlari” milliy dasturi amal qilmoqda141 142. Unga muvofiq bino tomlariga quyoshda ishlaydigan energiya tizimlari o'matilishi zarur. 2010 yildayoq mamlakatdagi 13 ta “quyosh shahar”larida 1 millionta uyning tomiga quyosh tizimlari o'matildi.

  2. Iqtisodiy dastaklar. Mazkur dastaklar energetika sohasida narx mexanizmi va iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini o’zgartirishga xizmat qiluvchi bozor munosabatlari yordamida ishlaydi. “Yashil energetika”ni rivojlantirishni qo‘llab-quwatlashning iqtisodiy dastaklari turli-tuman bo‘lib, jahon amaliyotida quyidagi dastaklardan faol foydalaniladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish