5.2.2-jadval
“Yashil energetika”ni rivojlantirish istigbollari142
|
Amaldagi holal
|
Mol’tadil senariy
|
Jadal senariy
|
2015 y-
|
2018
|
2030 y-
|
2050 _JL_
|
2030 y-
|
2050
|
Pirovard energiya iste’molida muqobil energiya ulushi, %
|
9,5
|
10,5
|
17,0
|
25,0
|
28,0
|
66,0
|
Energiya sig’imkorligi, %
|
1,8
|
1,8
|
2,4
|
2,6
|
3,6
|
3,2
|
Elektroenergiya ishlab chiqarishda muqobil energiya ulushi, %
|
23.0
|
26,0
|
38,0
|
55,0
|
57,0
|
86,0
|
Elektromobillar soni, mln. dona
|
1,2
|
7,9
|
269
|
627
|
379
|
1109
|
Isitish qurilmalari, mln. dona
|
20
|
38
|
63
|
119
|
155
|
334
|
“Yashil energetika” sohasidagi barqaror rivojlanish tendentsiyaari istiqbolda dunyo mamlakatlari uchun yangi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish imkonini yaratishi mumkin. Sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar 2050 yilga qadar muqobil energiya tarmoqlarida 42 milliondan ortiq ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu vaqtga kelib energetika sohasida band bo'lganlar soni 100 million kishiga yetishi mumkin. Energetika sohasida “yashil energetika’'ga o‘tish jarayonlarining jadallashuvi 2050 yilgacha dunyo mintaqalarida aholi farovonligining 13,5%ga yaxshilanishiga olib kelishi bashorat qilinmoqda. Sohadagi islohotlar havoning ifloslanish darajasining pasayishiga olib keladi va bu o‘z navbatida aholi salomatligining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Yashil energetika”ning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Jahon amaliyotida tiklanadigan energiya manbalarini faol o’zlashtirishga jiddiy halaqit berayotgan to'siqlar deyarli qolmadi. Mavjud muammolaming hal etilishida quyidagilar hal qiluvchi omillar hisoblanadi:
texnologik innovatsiyalaming rivojlanishi.
Narx bo'yicha tarmoq paritetiga erishisbga harakat qilisb. Yaqin vaqtga qadar quyosh va shamoidan energiya olish usuli juda qimmatga tushadi va ayrim bozorlardagina qo'llash mumkin, deb hisoblangan. Hozirda ushbu manbalar olinayotgan energiya qiymati bo‘yicha an’anaviy manbalami ortda qoldirmoqda. Tiklanadigan energiyadan foydalanishda energiya tizimlari integratsiyasi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilib, quyosh va shamol energiyasidan foydalanisb tizimlari integratsiyalashmoqda. Hozirda tiklanadigan energiyani o'zlashtirish sohasida innovatsion ishlanmalaming faol qo‘llanishi an’anaviy tarmoqlardan olinadigan energiyaga nisbatan arzon energiya ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
IRENA agentligi tiklanadigan energiyani o'zlashtirish samaradoriigini baholashda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanadi:
Eiektroenergiya ishlab chiqarish xarajatlari (Levelized Cost of Electricity (LCOE)). Sodda tushuntirilganda LCOE ishlab chiqarilayotgan eiektroenergiya qiymatini o'lchash usuli sanaladi.
LCOE hisoblashda quyidagi o'zgaruvchilami to'g'ri hisoblash muhim ahamiyatga ega:
Tizimning to'liq qiymati = moliyalashtirish xarajatlari - soliq imtiyozlari, amortizatsiya ajratmalari kabi rag'batlar.
Tizim qancha energiya ishlab chiqaradi?
misol. 50 kVt quvvatga ega loyihaning umumiy qiymati - 125 000 doll., qonunchilikda bclgilangan soliq imtiyozlari - 75 000 doll., loyihaning sof qiymati - 50 000 doll, o'matilgan uskunaning xizmat muddati - 25 yil. O'matilgan quwatlaming yillik ishlab chiqarish hajmi - 62 500 kVt-soatga. xizmat muddati davomidagi ishlab chiqarish hajmi esa - 62 500 * 25 yil= 1 562 500 kVt-soatga teng. Demak, 1 kVts soat elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari - LCOE = 50 000 doll. / 1 562 500 kVt-soat = 0,032 doll. / kVt-soat, ya’ni 0,032 dollarga teng ekan.
misol. Quyoshli fotoelektrik tizimi tijorat ob’ektining tomiga o'matilgan va loyiha ko'rsatkichlari quyidagicha: loyiha quvvati - 100 kilovatt, boshlang'ich investitsiyalar miqdori 300 000 dollar, texnik xizmat ko'rsatish xarajatlari - yiliga 3000 doll, (boshlang'ich investitsiyalaming l%i miqdorida), o'matilgan quwatlamingyillik ishlab chiqarish hajmi - 182 500 kVt-soat, loyiha muddati - 25 yil.
Fotoelektrik tizimning xizmat muddati davomidagi umumiy ishlab chiqarish hajmini yillik ishlab chiqarish hajmini uskunaning xizmat muddatiga ko'paytirish orqali hisoblaymiz: 182 500 kVt-soat / yil x 25 yil = 4562 500 kVt-soat. Loyiha uchun sarflangan boshlang'ich investitsiyalar va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini hisobga olgan holda loyihaning umumiy qiymatini topamiz: 300 000 doll. + 3 000 doll, x 25 yil = 375 000 doll.
Demak, loyihaning 1 kVt-soat elektroenergiya ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar darajasi (LCOE) - 375 000 doll. / 4562 500 kVt-soat = 0,0822 doll. I kVt-soat, ya’ni 0,0822 dollarga teng ekan.
Quvvatlardan foydalanish koeffisienti (capacity factors). Energetika sohasi korxonalarining ish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo'lib, o‘matilgan elektr uskunaning muayyan vaqt mobaynida ishlash quwatini uning o rtacha arifmetik to'liq quvvatiga bo'lish orqali aniqlanadi.
Misol. 1000 MVt quwatga ega elektr uskunasi 30 kunda 648 000 MVt-soat elektroenergiya ishlab chiqardi. Agar uskuna 1 oyda to'liq quwat bilan ishlaganda 1000 MVt x 30 kun x 24 soat = 720 000 MVt-soat elektroenergiya ishlab chiqargan bo‘lar edi. Uskunaning 1 oyda haqiqatda ishlab chiqargan elektroenergiyasi miqdorini uning to‘liq quwatda ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan elektroenergiya miqdoriga bo'lamiz: 648 000 MVt-soat / 720 000 MVt-soat = 0,9. Demak, elektr uskunaning o'matilgan quwatidan foydalanish koeffisienti 90%ga teng ekan.
Quwatlarni o‘rnatishning umumiy xarajatlari (total installed cost - TIC). Ushbu ko'rsatkich energetika korxonaiarida asbob-uskunalami o‘matish uchun zarur materallar, ish haqi va subpudrat xarajatlari yig'indisini hisoblash orqali aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan omillar ta’sirida quyosh va shamol elektrostansiyalari yordamida olinayotgan elektroenergiya qiymati an’anaviy elektroenergiya qiymatiga narx va unumdorlik bo‘yicha deyarli tenglashib qoldi.
Aksariyat mamlakatlarda quyosh va shamol texnologiyalarida subsidiyalashtirilmagan LCOE darajasi boshqa texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilayotgan energiya qiymatiga nisbatan sezilarli darajada pasaydi. Jumladan, 2010-2018 yillarda gidroenergiya hisobidan olinadigan elektroenergiya narxi 107,3%ga qimmatlashgani holda, quyosh (fotoelektrik) energiyasidan olinayotgan elektroenergiya narxi 77,0%ga arzonlashdi.
Narx nuqtai nazaridan qirg‘oqlarga o‘matilgan shamol uskunalari (I MVt-soat uchun 55 dollar) jahonda elektroenergiya olishning eng arzon manbaiga aylanib ulgurdi (5.3.1-jadval).
jadval
Tiklanadigan cnergiyadan elektroenergiya olish xarajatlari (LCOE),
dolí. / kVt-soat136
Do'stlaringiz bilan baham: |