3. Mendeleev Klapeyron tenglamasiga asoslanib, gazning molekulyar massasini topish.
Gazning hajmi, bosimi va harorati orasidagi boglanish, odatda Boyl - Mariott va Gey Lyussakning gazlarga oid qonunlarini birlashtiruvchi Klaypeyron (gazlarning holati) tenglamasi bilan ifodalanadi.
RV =Ro · Vo · T/To
bu erda, R tajriba sharoitidagi bosim; V tajriba sharoitidagi bosim; To 0oS dagi absolyut harorat (273 oK); T t oS dagi absolyut harorat (273 + t oS); Ro bosim (n.sh); Vo hajm (n.sh).
Tenglamadagi Ro·Vo/To nisbatni Avogadro qonuniga kora D.I. Mendeleev har qanday gazning bir moli uchun ozgarmas kattalik ekanligini topadi va R bilan belgilab, ozgarmas gaz doimiysi deb qabul qilishni taklif etdi.
(1) tenglamadagi Ro · Vo/To ning orniga gaz gaz doimiysi R ni qoysak, yangi tenglama hosil boladi.
RV = RT
Bu tenglama Mendeleev Klapeyron tenglamasi deb ataladi. n mol gaz uchun bu tenglama quyidagicha yoziladi:
RV = nRT
Gazning g/mol soni n orniga m/M qoysak, quyidagi tenglama hosil boladi:
RV = m / M · RT
bu erda, m moddaning massasi; M moddaning molekulyar massasi.
Bu tenglamadan har qaysi kattalikni hisoblab topish mumkin, buning uchun nomalum bolgan kattalikdan boshqalari malum bolishi kerak. R ning son qiymati hajm va bosimning qanday birliklarda ifodalanganligiga bogliqdir. Agar hajm litr bilan, bosim atm. bilan ifodalansa, yani 0oS da R 1 atm, V = 22,4 l bolsa,
Ro · Vo / To = 1 atm. · 22,4 / 273 = 0,082 atm. / grad mol boladi.
Bosim Paskalda (Pa), hajm millilitr bilan ifodalansa, yani 0oS haroratda R = 101325 Pa, Vo = 22400 ml bolsa, u holda
Ro · Vo/To = 101325 · 22400/273 = 8313845 Pa / grad · mol boladi.
3 misol. 380 ml gazning massasi 27 oS va 106657,84 Pa bosimda 0,455 grammga teng. Bir litr havoning massasi 1,293 gramm. Gazning molekulyar massasini toping.
Echish. Gazning hajmini normal sharoitga keltiramiz, ml.
Vo = 106657,84 · 380 · 273 / 101325 (273 + 27) = 364
Gazning bir litrini normal sharoitdagi massasini topamiz:
0,455 g _________ 364 ml, X g _________ 1000 ml
Tekshirilayotgan gazning havoga nisbatan zichligini topamiz:
dhavo = 1,25 /1,293 = 0,97
Gazning molekulyar massasi quyidagicha:
M = 29 · 0,97 = 28
4 misol. 350 ml xloroform bugi 91 oS haroratda 95045,5 Pa bosimda 1,34 g keladi. Xloroformning molekulyar massasini toping.
Echish. RV = m / M RT dan M = mRT / R V
Bu tenglamaga masala shartida berilgan kattaliklarni qoysak:
M = 1,34 · 8313845 · 364 / 97045,5 · 350 = 119,5
Do'stlaringiz bilan baham: |