С1
С3
С2
Songra S1>C3>C4 bolgan hol uchun S1 dan S3 ayriladi va chiqqan natija diagonal boylab ong tomonning pastiga yoziladi, keyin S3 dan S2 ayriladi va ayirma diagonal boylab ong tomonning yuqorisiga yoziladi.
С1 С3 ----С2
С3
С2 С1---- С3
Tasvirda eritma massaviy miqdorlarini (n1 va m) nisbati S3 - S2 bilan S1 - S3 nisbati kabi boladi, tasvirga asosan:
n/m = C3 C2 / C1 C3
4 misol. 36% li va 28% li osh tuzi eritmasidan 30% li eritma tayyorlash uchun ularni qanday nisbatlarda aralashtirish kerak.
Echish. Aralashtirish qoidasiga asosan diagonal tasvir usuli bilan hisoblaymiz:
n/m = C3 C2 / C1 C3 formulaga asosan quydagicha boladi.
36 2 (30 - 28 = 2)
30
28 6 (36 - 30 = 6)
Demak, 30 % li eritma tayyorlash uchun 36 % li eritmaning ikki massa qismini 28 % li eritmaning 6 massa qismi bilan aralashtirishi kerak.
Eruvchanlik
Har qanday modda malum bir erituvchida yaxshi eriydi. Moddaning bu erish hususiyatiga eruvchanlik deyiladi. Eruvchanlik miqdoriy jihatdan Ayni haroratda 100 g erituvchida eng kop erishi mumkin bolgan moddaning grammlar soni bilan ifodalanadi. Bunga eruvchanlik koeffisienti deyiladi.
Eruvchanlik erituvchining va eruvchi moddaning tabiatiga bogliq boladi. Masalan, osh tuzi suvda yaxshi eriydi, benzolda esa erimaydi.
Moddaning eruvchanligi quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
foiz eruvchanlik toyingan eritmadagi moddaning miqdori eritma yoki erituvchining miqdoriga nisbatan olingan foiz konsentrasiyasi bilan ifodalanadi;
molyar eruvchanlik toyingan moddaning molyar konsentrasiyasi bilan ifodalanadi;
miqdoriy eruvchanlik 1 l eritmadagi moddaning miqdori bilan ifodalanadi.
Eruvchanlik haroratga bogliq boladi. Kopchilik qattiq moddalarning eruvchanligi haroratning kotarilishi bilan oshadi. Ayrim hollarda esa haroratning ortishi bilan eruvchanlik kamayib borishi ham mumkin. Bu esa moddaning erish issiqligiga bogliq boladi. Agar erishda issiqlik yutilsa, haroratning kotarilishi bilan eruvchanlik ortib boradi, aksincha bolsa, eruvchanlik kamayadi.
Bundan tashqari gazlarning eruvchanligi harorat va bosimga bogliq bolib, haroratning kotarilishi bilan eruvchanlik kamayib boradi, bosimning ortishi bilan esa eruvchanlik ortib boradi.
1 misol. Mis kuporosining 20 oS haroratda toyingan eritmasini hosil qilish uchun 50 g suv va 10,05 g SiSO4 · 5N2O sarf boldi. Ayni haroratdagi mis kuporosining foiz eruvchanligini hisoblang.
Echish. Foiz eruvchanlikni foiz konsentrasiyadan farq qilishi uchun S1% bilan belgilab, foiz konsentrasiyani topish formulasidan foydalanib hisoblaymiz, %:
S1m = m · 100 / m + m1 = 10,05 · 100 / 50 + 10,05 = 16,7
Do'stlaringiz bilan baham: |