SOZ BOSHI
Vatanimiz mustaqillikka erishgan kundanoq hayotimizda muhim siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maonaviy ozgarishlar roy bermoqda. Ozbekiston Respublikasida chuqur, keng kolamli islohatlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz talim tizimini rivojlantirishga katta etibor berila boshlandi. YUrtboshimiz I. A. Karimov takidlaganlaridek: «Biz qiyin sharoitda kelajagimiz poydevorini qurib oldik. Bunga ornimizga kelayotgan yosh avlod qanday baho beradi, loyihalarimizni taroziga solib korib nima deydi? Har birimiz ana shu savolni dilga tugib, mehnat qilishimiz lozim. Mening ishonchim komilki, Ozbekiston xalqi farovon turmush kechiradigan buyuk davlat boladi».
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyo qarashi ozgargan xodimlarimiz, mutaxassislarimizga kop jihatdan bogliqdir. YAngicha fikrlaydigan, bozor sharoitida muvaffaqiyatli ish yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bolib qoldi. Vatanimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam orin egallashi uchun zamonaviy yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish, ayniqsa, bu texnologiyalarni talim tizimiga keng joriy qilish zarur. Bu esa bizning kelajagimiz bolgan yosh avlod ongidagi kimyoviy ishlab chiqarish savodxonligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega boladi. SHu sababli ham oliy oquv yurtlarida «Mineral ogitlar texnologiyasi», «Uskunalar va loyihalash asoslari», «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kabi fanlarni organish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu uslubiy qollanma doirasida «Mineral ogitlar texnologiyasi» fanining nazariy va amaliy asoslari, uning mazmuni va usullari organiladi, ishlab chiqarish texnologiyalarining moddiy va issiqlik tushunchalari, uning texnologiyadagi orni, ishlab chiqarish qurilmalarining hisoblash kabi masalalar oz aksini topadi. Mazkur uslubiy qollanma quyidagi maqsadlarga erishishga katta yordam beradi:
- qurilmalarni hisoblash va loyihalash, hamda kataloglar yordamida tipik qurilmalarni tanlash;
- bir turdagi masalalarni echish uchun talabalarni mantiqiy fikr yuritishga orgatishdan iborat.
Mazkur uslubiy qollanma shu xil uslubiy qollanmalar chop etishdagi dastlabki ishlardan biri bolgani uchun bazi bir malumotlar kamchiliklardan holi deb bolmaydi. SHuning uchun mualliflar ushbu korsatma haqidagi barcha fikr va mulohazalarni zor samimiyat hamda minnatdorchilik bilan qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |