Gramm atom va gramm molekula.
Kimyoviy element atomlarining massasining olchash uchun maxsus birlik uglerod birligi (u.b) qabul qilingan. Uglerod birligi qilib, massasi 12 ga teng bolgan uglerod atomining 1/12 massa qismi qabul qilingan.
1 u.b. = 1,66 · 10-24 g; 1 g = 6,02 · 1023 u.b.
Ayni atomning uglerod birligida ifodalangan massasi atom massa deyiladi. Elementning atom massasiga son jihatdan teng qilib grammlar hisobida olingan miqdori gramm atom deyiladi.
Eslatma: Ba’zi adabiyotlarda moddaning miqdori quyidagicha ifodalanmoqda: element atom massasi uglerod atom massasining 1/12 qismiga nisbati elementning nisbiy atom massasi deyiladi. Elementning atom massasi Ar (r - «relative» sozining birinchi harfi bolib, «nisbiy» degan ma’noni bildiradi) bilan belgilanadi. Uglerod atomining massasi 2,0 · 10-23 g, kislorod atomining massasi 2,66 · 10-23 g keladi. Elementning atom massasini ifodalash uchun mahsus atom massa birligi (a.m.b) qabul qilingan. 1 a.m.b. uglerod atomi massasining 1/12 qismiga, yani 1,66 · 10-24 g teng. element atomlarining massasini 1 a.m.b. bilan taqqoslab, sonlar topiladi, ularni nisbiy atom massalar deyiladi. Masalan, kislorod uchun
2,66 · 10-23 /0,166 · 10-23 = 16
Nisbiy atom massa, atom massa birligida (a.m.b) ifodalangan massadan farq qilish kerak.
ma (S) = 12 a.m.b. Ar(C) = 1
ma (S) = 32 a.m.b. Ar(S) = 32
Ayni modda massasi uglerod atomi massasining 1/12 qismiga nisbati shu moddaning nisbiy molekulyar massasi deyiladi. Masalan,
mm (N2O) = 18 a.m.b. Mr = (N2O) = 18
Moddaning miqdori (v) shu moddaning struktura zarrachalari (atomlari, molekulalari yoki boshqa zarrachalari) soni bilan aniqlanadi. Modda miqdori mollar (mol) bilan ifodalanadi. «Mol» sozi lotincha «moles» sozidan olingan. Har qanday moddaning 1 molida 6,02 · 1023 ta zarracha boladi. Amalda modda miqdorini mollar bilan ifodalash orniga modda massasini gramm bilan hisoblanadi. SHuning uchun moddaning molyar massasi degan kattalikdan foydalaniladi. Moddaning molyar massasi M shu modda massasining modda miqdoriga bolgan nisbatiga teng. molyar massa gramm taqsim mol (g/mol) bilan ifodalanadi; masalan,
M = m/ v
bu erda, m gramm hisobidagi massa; v mollar hisobidagi madda miqdori; masalan,
M (N2O) = 18 g / 1 mol = 18 g/mol
Eslatma: molyar massa har bir modda uchun doimiy kattalikdir.
Moddaning molekulyar massasiga son jihatdan teng qilib olingan grammlar miqdori g/ mol deyiladi.
Atom massa bilan g/atom, molekulyar massa bilan g/mol orasida quyidagicha boglanish mavjud:
g/atom = m/A
bu erda, m gramm bilan ifodalangan massa; A atom massa.
g/mol = m/M
bu erda, m gramm bilan ifodalangan massa; M molekulyar massa.
1 misol. 2 g kalsiy necha g/atom boladi?
Echish. ASa = 40 u.b. , mSa = 2 g/atom
Sa = mSa / ASa = 2/40 = 0,05
2 misol. 0,1 g / atom magniy necha gramm boladi?
Echish. AMg = 24 u.b. g/atom MMg = mMg/AMg bolgani uchun mMg = g/ atom MMg· AMg = 0,1 · 24 = 2,4
3 misol. 0,25 g/atom oltingurgut 8 grammga teng. Oltingurgutning atom massasini toping.
Echish. g/atom S = 0,25; mS = 8 g; g/atom S = mS / AS bolgani uchun, AS = mS/g/atom S = 8 / 0,25 = 32 a.m.b.
Do'stlaringiz bilan baham: |