Eritmalarning konsentrasiyasi
Eritmalar ikki va undan ortiq komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat gomogen (bir jinsli) sistemadir. Har qanday eritma erituvchi va eruvchi moddalardan iborat bolib, eruvchi modda erituvchi modda ichida molekulalar va ionlar holida tarqalgan boladi. Erituvchi va eruvchi moddaning agregat holatlariga qarab, eritmalar gazsimon, suyuq va qattiq holatda bolishi mumkin.
Eritma va erituvchining malum massa miqdorida yoki malum hajmda erigan modda miqdori eritmaning konsentrasiyasi deb ataladi. Eritilgan modda miqdori kop bolgan eritmalar konsentrlangan eritmalar deb, erigan modda miqdori kam bolgan eritmalar esa suyultirilgan eritmalar deb ataladi.
Eritmalarning konsentrasiyasini miqdor jihatdan har xil usullarda ifodalash mumkin.
1. Massaviy foiz konsentrasiyasi. Eritmaning ozgarmas miqdoridagi konsentrasiyasi foizli konsentrasiya bilan ifodalanadi. Foiz konsentrasiya asosan uch hil boladi:
100 gramm eritma tarkibidagi erigan moddaninig miqdori foiz hisobida grammlar bilan ifodalanishiga massaviy foiz konsentrasiya deb ataladi. Masalan, sulfat kislotaning 5% li eritmasi deganda 100 gramida 95 gramm suv va 5 gramm sulfat kislotasi bolgan eritma tushuniladi. Massaviy foiz konsentrasiya quyidagi formula bilan ifodalanadi:
s = m /m + m1
bu erda, s foiz konsentrasiya; m eruvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi; m1 erituvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi.
Agar m+ m1 = R bolsa, yuqoridagi formula quyidagi korinishga keladi:
s = m · 100 / R
bu erda, R eritmaning grammlarda ifodalangan massasi.
Agar eritmaning massasi uning zichligi va hajmi orqali ifodalansa, R = dV korinishida boladi.
s = m · 100 / dV
bu erda, d eritmaning g/ml da ifodalangan zichligi; V eritmaning ml da ifodalangan hajmi.
Molekulyar foiz konsentrasiya. 100 g/mol eritma tarkibidagi erigan moddaning va erituvchining miqdori foiz hisobida g/mol soni bilan ifodalanishiga molekulyar foiz konsentrasiya deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Sm = n · 100/N + n
bu erda, Sm molekulyar foiz konsentrasiyasi; n eruvchi moddaning molyar soni; N erituvchi moddaning molyar soni.
1- misol. 80 g suvda 20 g sulfat kislota erigan. Eritmaning molekulyar foiz konsentrasiyasini hisoblang.
Echish. Masalaning shartiga muvofiq
n = 20/98,08 = 0,204 mol
bu erda, 98,08 - sulfat kislotaning molekulyar massasi.
N = 80/18,02 = 4,43 mol
bu erda, 18,02 - suvning molekulyar massasi.
Sm = 0,204 · 100/(4,43 + 0,204) = 4,4 mol % sulfat kislota.
100 4,4 = 95,6 mol % suv.
2. Molyal konsentrasiya. Erituvchining ozgarmas miqdordagi erigan moddaning konsentrasiyasi molyallik bilan ifodalanadi.
1 kg erituvchidagi erigan moddaning miqdori g/mol soni bilan ifodalanishiga molyal konsentrasiya deb ataladi. 1 kg suvda 3 mol modda erigan bolsa, bunday eritmani 3 molyalli eritma deyiladi.
Molyal konsentrasiyani quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Smolyal = m · 1000 / M · m1
bu erda, Smolyal molyal konsentrasiya; m eruvchi moddaning grammlarda olingan massasi; m1 erituvchining grammlarda olingan massasi; M erigan moddaning molekulyar massasi.
2 misol. 400 g efirda 15 g xloroforim (SNSl3) erigan. Eritmaning molyal konsentrasiyasini hisoblang.
Echish. 1000 g erituvchida erigan moddaning miqdorini topamiz:
400 g efirda 15 g xloroforim bolsa
1000 g efirda X g xloroforim boladi
X = 15 · 1000 / 400 = 37,5 g
Bir mol xloroform 119,5 g desak, xloroformning 37,5 grami 37,5/119,5 = 0,31 mol boladi.
3. Eritmaning ozgarmas hajmidagi konsentrasiyasi molyar, normal konsentrasiya va titr bilan ifodalanadi.
Molyar konsentrasiya. 1 l eritmada erigan moddaning miqdori g / mol soni bilan ifodalanishiga molyar konsentrasiya deb ataladi va M harfi bilan belgilanadi. Masalan, 1 l eritmada 1 mol modda erigan bolsa, 1 molyar (1M), 2 mol modda erigan bolsa, 2 molyar (2M) eritma deyiladi.
Molyar konsentrasiyani quyidagi formulalar bilan ifodalash mumkin:
Sm = m · 1000/M · V
bu erda, Sm molyar konsentrasiya; m erigan moddaning grammlarda ifodalangan massasi; M erigan moddaning molekulyar massasi; V eritmaning millilitrlarda ifodalangan hajmi.
Normal konsentrasiya. 1 l eritmadagi erigan moddaning miqdori gramm ekvivalentlar soni bilan ifodalanishiga normal konsentrasiya deyiladi va N harfi bilan belgilanadi. Masalan, 1 l eritmada 1 g/ekvivalent modda erigan bolsa, 1 normal (1 N) eritma deyiladi.
Normal konsentrasiya quyidagi formula bilin ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |