Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§-4- JANUBI-SHARQIY OSIYO XALQLARI



Download 1,14 Mb.
bet15/39
Sana02.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#733018
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§-4- JANUBI-SHARQIY OSIYO XALQLARI
Yevroosiyo qifasining janubi-sharqiy qismidagi Hindixitoy yarim orolida va qoshni Malayya arxipelagi orollarida oziga xos madaniyatga ega bolgan turli elatlar yashaydi. Taxminan 4,6 mln. km2 hududda bir necha yirik mustaqil davlatlar joylashgan. Uning aholisi 324 mln.dan ortiq. Eng katta yarim orol (jahonda maydoni jihatdan uchinchi orinda) hisoblangan Hindixitoydagi Vetnam (53 mln.), Laos (3,7 mln.), Kambodja Xalq Respublikasi (4,5 mln.), Bir-ma (32,6 mln.) va Tailand qirolligi (46 mln.) joylashgan. 15 ming-
dan ortiq orollardan tashkil topgan Malayya arxipelagida esa katta hududni egallagan Indoneziya (148 mln.) va Filippin (45 mln.) res-publikalari, Malayziya Federatsiyasi (13,5 mln.), Singapur Respub-likasi (2,4 mln.) kabi davlatlar mavjud.
Janubi-sharqiy Osiyoning materik va orol qismlari tabiati va iqlimi jihatdan bir oz farq qiladi. Uning kop qismi namli tropik bog’lamadagi ekvatorial va subekvatorial (musson) iqlimli, tog’li qismi esa bir oz qurg’oq iqlimlidir. Kontinental qismida Mekonga, Menama, Irovadi, Soluen kabi daryolar, orollarda juda mayda daryolar, kollar va botqoqliklar mavjud. Kop daryolar, ayniqsa, sersuvli Mekonga daryosi bir necha mamlakatlarni bosib otib juda kop tarmoqlari bilan (uzunligi 4500 km) dehqonchilikda hayot manbasi bolibgina qolmay, muhim ozaro aloqa yoli va katta gidroenergetika zaxirasiga ham ega. Malayya arxipelagi orollarida ham transport va irrigatsion ahamiyatga ega bolgan bir necha sersuv daryolar mavjud. Region kopgina qazilma boyliklarga ega: neft, qorg’oshin, volfram, xromit, uran va boshqalar. Janubi-sharqiy Osiyo hozirgi davrda xromit va qorg’oshin qazib olishda jahonda peshqadamlardan hisoblanadi. Ammo haligacha kop mineral boyliklar organilmay yer bag’rida xazina bolib saqlanmoqda. Faqat Kalimantan sohillarida va Sumatrada endigina yirik neft quduqlari ochilgan. Vetnamda katta komir koni topilib ishga tusha boshladi.
Hindixitoy va Malayya arxipelagi jahonda eng kop turli osimlik dunyosiga ega. Masalan, birgina Kalimantan orolida 11 mingdan ortiq gullaydigan osimlik turlari (qiyos qilib olinganda butun Afrika qifasida atigi 13 ming turi bor) mavjud. Abadiy yashil ormonzor va butazorlar mintaqaning eng katta boyligidir. Mangrovo osimliklarining ayrim turlari balandligi 30 metrgacha yetadi, ba'zi past boyli palma daraxtlar uzunligi 5,5 metrgacha yetadigan yaproqqa ega, ayrim mana osimliklarining uzunligi esa 200-300 metr keladi. Tropik xazonrezlik ormonlar ham ancha yerni egallaydi (ayniqsa, Birma, Tailand va Hindixitoy yarim orolining sharqiy qismi). Malayya arxipelagining sharqiy orollarida evkalipt ormonlari, ayniqsa, bambuk kop osadi (bu yerda yuzga yaqin bambuk turlari ma'lum). Bir vaqtlar butun Janubi-sharqiy Osiyo hududining yarmidan kop qismini egallagan ormonzorlarda qimmatbaho daraxt turlari kop osgan (masalan, muhim xojalik ahamiyatiga ega turlaridan temir, qora, qizil, sandal, eben, kamfora,
156
tik kabi daraxtlar). Hozirgi paytga kelib bunday ormonlar ancha kamayib qolgan.
Turli osimliklarga boy ormonzorlarda oziga xos h^yvonot dunyosi ham yaratgan. Bu yerda sutemizuvchilardan maymun-larning har xil turlari (orangutan kabi yirik odamsimon maymun-lardan tortib yarim maymun hisoblangan lemurg va boshqa may-da turlari kop), qisman fil, yolbars, karkidon, tapir; har xil ilonlar, toshbaqa, timsohlar uchraydi. Ayniqsa, rang-barang qush-lar va kapalaklarning turlari kop. Tinch va Hind okeani suvlari bilan har tomondan yuvilib turgafi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining sohil boylari nihoyatda baliqqa boy. Baliq va dengiz mahsulotlari mahalliy aholining taomida muhim orinni egallaydi.
Tabiiyki, bunday olkalar qadimdan mustamlakachilarning diqqatini doimo oziga jalb qilib kelgan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini bosib olib boylik orttirish manbaiga aylantirishni yirik davlatlar mustamlakachilari orzu qilib kelgan. Oqibatda XVI-XIX asrlar mobaynida butun mintaqa yirik kapitalistik mamlakatlar tomonidan mustamlaka qilingan.
Tarixiy-geografik jihatdan ham Janubi-sharqiy Osiyo oziga xosdir. Hali toliq organilmagan bolsa-da, mezolit davridayoq bu yerda muayyan madaniy birlik paydo bolgan. otkazilgan tadqi-qotlardan ma'lum boldiki, Tailandning tog’ vodiylari (arvohlar g’ori)da mil.aw. IX-VIII ming yilliklarda ilk dehqonchilik xojaligi bolganligi aniqlandi. Odamlar tog’ vodiylarini, dengiz sohillaridagi tekislikni sholikorlik dehqonchiligi uchun qulay bilib, u yerlarni egallay boshlaganlar. Bunday xojaliklar dastlab neolit davridayoq qifaning sharqiy qismida paydo boladi, birinchi marta sholikorlik madaniyati qifada tay va avstroneziya xalqlari tomonidan egallangan va qoshni olkalarga ham tarqalgan. Sug’orishga asoslangan qoshli omoch dehqonchiligi eramizning boshlariga kelib butun mintaqada tarqalgan. Bronza tishli omoch asli dongshon nomli madaniyat (mil. aw. VIII-VII asrlar) obidalarida topilgan. Hozirgi moddiy va ma'naviy madaniyat xususiyatlari ham osha davrlardan shakllana boshlagan va hozirgacha oz xususiyatlarini asosan, saq-lab qolgan.
Antropologik jihatdan Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining deyarli hammasi mongoloid tipidagi Janubiy Osiyo kichik irqiga oid. Paleoantropologik ma'lumotlarga qaraganda paleolit va mezolit
davrlarida mahalliy aholining bir qismi avstroloid guruhini tashkil qilgan yoki oziga xos aralashma tipidan iborat bolgan. Shuning uchun ham hozirgacha Janubi-sharqiy Osiyo aholisining etnik qiyofasi ancha murakkab.
Qifa qismida yashovchi eng katta etnos - vetnamlik (vet)lar 40 mln.dan ortiq kishidan iborat. Tili va madaniyati jihatidan ularga yaqin bolgan mianglar respublikaning turli vohalarida joylashgan. Vetlarning g’arbi, butun Hindixitoy yarim orolida tay tilida sozlashadigan xalqlarining katta guruhi yashaydi. Shulardan eng kop sonlilari kxontanlar yoki Tailand siamlari (21 mln.), lao (laoslik) va shan (birmalik) xalqlardir. Vetlar va taylarga irqiy, xojalik va madaniy belgilari bilan (taxminan 1 mln. kishi) myao-yao guruhiga oid xalqlar yaqin turadi. Bularning hammasi lingvistik jihatdan mon-kxmer til oilasiga kiradi. Asli kxmer tillarida Kambodjaning tub aholisi, Vetnam, Laos va Tailand kxmerlari, Birma va qisman Tailandda yashovchi mon (talain)lar, Malakkadagi senon va semanglar sozlashadi. Xitoy-tibet til oilasiga oid katta til guruhining vakillaridan birmaliklar (23 mln.) va ularga yaqin koren, kaya, kachin va boshqa xalqlardir. Maxsus adabiyotda avstroneziya yoki malayya-polineziya til oilasiga kiritilgan avstroosiyo til guruhiga eng kop millatli Indoneziya xalqlari kiritilgan. Songgi lingvistik ma'lumotlarga qaraganda bu yerda 300 dan ortiq tillar va 1000 ga yaqin shevalar mavjud bolib, shularning 96 foizi avstroneziya til oilasiga tegishli. Yavaliklar (60 mln.) sundlar, madurlar, minengkabau, bugi, makasara, filippin-lardan tagal, ilok, bilok, visayya kabilar ham shu til oilasi vakilla-ridir. Til va millatlarning shakllanish jarayoni mustamlakachilik davrida bir oz sustlashgan bolsa-da, ammo har holda davom qilib kelgan.
Faqat XX asrning 40-50-yillaridan boshlab, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kopchiligi mustaqillikka erishgandan song bu jarayon ancha- kuchaydi. Yirik millatlar shakllana boshlab hozirgi etnik qiyofa paydo boldi. Mintaqaning tub aholisidan tashqari kelgindi xalqlar ham anchagina qismni tashkil etadi. Masalan, turli mamlakatlardan kelib joylashib qolgan xitoylar (14 mln.ga yaqin), tamillar va boshqa dravid xalqlarining vakillari, bengalliklar va boshqa hindariy xalqlar, butun mintaqadagi mamlakatlarda tarqoq holda ornashgan 1,2 mln.dan ortiq Malayziya, Birma va singapur-
158
liklar va boshqalar. Bu yerlarga yevropaliklar juda kam darajada kirib kelganlar.
Qadimiy tarixiy davrlarda Osiyo qifasi Avstraliya bilan birikkan bolib beshinchi qit'aga odam osha tabiiy koprik orqali kochib tarqagan. Mahalliy xalqlarning etnogenezi ham uzoq otmishdagi etnik guruhlarning migratsiyasi bilan bevosita bog’-liqdir. Hindixitoy yarim orolida qadimiy davrlarda hozirgiga nisbatan mon-kxmer tilida sozlashadigan qabilalar koproq bolgan. Indoneziya va Filippin orollarida negro-avstroloid xalqlar joylashgan bolib papuas va melaneziya tiplari bilan chatishib ketgan. Eramizning boshlarida shimoli va sharqiy to-mondan koplab kela boshlagan mongoloid elatlar mon-kxmer-larni siqib chiqara boshlaydi va hozirgi vet, tay, lao va birma tillariga asos soladi. oz navbatida, Malakka va Indoneziya orollarining aborigen aholisini qifadan bir necha tolqinda kochib kelgan mongoloid aralash qabilalar sohillardan ichki ormonzorlarga kochishga majbur qilgan. Yava va Sumatra orol-lariga eramizning boshlarida Janubiy Osiyodan kelib joylashgan kelgindilar mahalliy xalqlarning siyosiy va madaniy hayotida muhim rol oynagan edi. Ular induizm va buddizm dinlari, yozuv va boshqa madaniy an'analarning keng tarqalishiga sabab bolgan. osha davrlardayoq bu yerda dastlabki davlatlar paydo boladi, bu davlatlar orta asrlarga kelib ancha taraqqiy etadi va dehqonchilik, savdo, hunarmandchilik, fan va san'at ancha rivojlanadi. VII-VIII va ayniqsa, XIV asrlarda Indoneziya va Malayziyaga qisman Filippinga (moro xalqiga), Vetnam va Kambodja (tyamlar)ga islom dini tarqala boshlagan.
XVI asrdan boshlab Hindixitoyga dastlab portugaliyaliklar, keyin gollandlar va inglizlar keladi. XIX asrda Indoneziyaning kop qismi Gollandiyaning mustamlakasiga aylanadi: Malakka, Birma, Kalimantanning shimoliy qismini Angliya; Vetnam, Kampuchiya, Laosni esa Fransiya bosib oladi. Mustamlakachilik davrida missionerlar nasroniy dinini ornatishga intilib Filippin orollarida ma'lum darajada muvaffaqiyat ham qozonganlar.
Janubi-sharqiy Osiyoning serunum tuprog’i, namli va issiq iqlimi qadimiy davrlardan dehqonchilik xojaligini, ayniqsa, sholikorlikni keng tarqalishiga sabab bolgan. Yuqorida qayd qilinganidek, sholikorlik bu yerda neolit davrida paydo bolib, dastlab uni tay va avstroneziya xalqlari egallagan. Endi sug’or-
1SQ
ma omoch dehqonchiligi Janubi-sharqiy Osiyo aholisining asosiy mashg’uloti bolib, ular kop joyda yiliga ikki marta hosil oladi-lar. Ular sholidan tashqari dukkakli va ildizmevali ekinlar, makka, bog’dorchilik va sabzavot ekinlar yetishtiradilar. Texnik ekinlardan kauchuk va kofe daraxtlari, kokos palmasi ham ekiladi. Ishlab chiqarish qurollari deyarli bir xil: oddiy yog’och omoch va tishli mola bilan yerga ishlov beradilar, haydalgan yerga yog’och bilan kovlab urug’ soladilar yoki tayyor kochat ekiladi, hosilni oroq yoki pichoq bilan orib, xirmonni tayoq bilan yoki mol yuborib yanchadilar. Asosiy ekinlardan, masalan, Vetnamda, sholi, makka, kauchuk daraxti, ildizmevali ekinlar, choy va paxta ekiladi. Laosda qizil shilliq sholi, bog’dorchilik, sabzavotchilik, qisman chorvachilik va baliqchilik rivoj topgan. Birmada poliz ekinlari, bog’dorchilik qishloq xojaligining asosini tashkil qiladi, sholidan tashqari ba'zi joylarda choy, kofe daraxti, shakarqamish, kokos palmasi va banan ekiladi. Kambodjada sholikorlik bilan baliqchilik muhim soha bolsa-da, kauchuk kabi qimmatbaho daraxtlar ham yetishtiriladi. Indoneziya va Filippinda sholi, makka, loviya, baliq, sabzavot, meva, shakarqamish, kofe kabi ekinlar keng tarqalgan. Orollarida baliqchilik muhim rol oynaydi. Guruch, baliq, sabzavot, meva, osimlik yog’i kabi mahsulotlar butun mahalliy aholining tirikchiligidir. Gosht kam, asosan, bayramlarda iste'mol qilinadi, koproq parranda, nomusulmon aholi esa chochqa goshtini iste'mol qiladi.
Kop joylarda chopqi dehqonchiligi hozirgacha saqlanib kelmoq-da. Janubiy Osiyodagi singari bu yerda ham ormon va butazorlarni chopib, qurigandan keyin kuydirib kuliga urug’ sepadilar. Urug’ni chopqi yoki tayoq bilan kovlab komilgan, ba'zi qabilalar esa (Kalimantandagi dayaklar va boshqalar) chuqurchalarga tashlab ketaverganlar. Shundan song bu ekinga boshqa hech qanday ishlov berilmagan, oqibatda juda past hosil olingan. Kuydirilib ekiladigan dalalar ikki-uch yildan song yangilangan. Ular qoshimcha ovchilik, baliqchilik\a terimchilik bilan ham shug’ullanganlar. Ayniqsa, ilon ovi ancha daromad keltirgan. Ilonni tutib, terisini ishlab qimmat bahoga sotganlar. Uy hunarmandchiligi ham ularga qoshimcha daromad manbai bolgan.
XIX asrning oxirlari va XX asr boshlarida kpij) orollarning botqoq va tog’li joylarida daydi ovchi va terimchi guruhlar yasha-gan. Malakkadagi semangi va senonlar, Sumatradagi kubu va
160
qisman sakaya, Kalimantandagi punan va bukitlar, Filippindagi aeta va boshqa qabilalarning asosiy tirikchiligi tropik ormonlardagi yemishli osimliklarni terib-termachlab, mayda hayvonlarni ovlashdan iborat bolgan. Nihoyatda og’ir sharoitda yashagan daydi qabilalar siyrak yemishli osimlik va ildizmeva-lar va boshqa turli oziq-ovqat axtarib doimo harakatda bolgan-lar. Har bir guruh muayyan hududda kochib yurgan. Ular ovchi-lik va termachilikdan tashqari uy-rozg’or buyumlari, oddiy qurol, bezaklar, chipta va boyra ishlab chiqarish bilan ham shug’ullan-ganlar. Metallni va kulolchilikni bilmaganlar, ammo qoshni xalqlardan savdo-sotiq orqali olganlar. Savdo-sotiq «gung» holatda otkazilgan, ya'ni daydi qabilalar oz mahsulotlarini muayyan joyga qoyib ketgan, qarama-qarshi guruh kelib, zarurini olib orniga oz mahsulotini qoldirgan. Hozir bunday qabilalar kam saqlangan, ancha qismi otroq turmush tarziga otib, chopqi dehqonchiligi bilan shug’ullana boshlagan.
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining mustaqillikka erishishi ularning xojalik faoliyatida ham ancha erkinlik tug’dirdi. Songgi yillarda otkazilgan bir necha agrar islohotlar va boshqa tadbirlar qishloq xojaligi rivojini ta'min etdi. Ayniqsa, Vetnam, Laos va Birmada otkazilgan agrar tadbirlar hosildorlikni bir necha baravarga kopayishiga sabab boldi.
Bugungi kunda ham ushbu mintaqa jahondagi plantatsion xojalikning eng rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda dunyoda tayyorlanadigan kokos yong’og’ining yarmi, kopraning 70 foiz, natural kauchukning deyarli ondan toqqiz qismi ishlab chiqariladi. Kauchuk asosan, Malayziya va Indoneziyada yetishtiriladi. Jahon bozorida yog’ palmasi, shakarqamish, choy, kofe, har xil ziravorlr muhim ahamiyatga ega. Aholining kop qismi plantatsiya xojaliklarida band, ular davlatga katta daromad keltiradi. Eksport mahsulotlari yirik plantatsiyalardan tashqari mayda xojaliklarda ham yetishtiriladi. Masalan, Malayziyada ishlab chiqariladigan kauchukning 50 foizini, Indoneziyada 70 foizdan ortig’ini mayda dehqon xojaliklari yetishtirib beradi.
Yaylovlar yetishmasligi tufayli Janubi-sharqiy Osiyoda chorva-chilik sust rivojlangan. Ammo baliqchilik, dengiz xojaligi hozirgacha muhim soha hisoblanadi. Ushbu mamalakatlarda ormonchilik katta daromad beradigan xojalik tarmoqlaridan biri.
161
Masalan, Birma va Filippin eksport daromadining tortdan bir qismini yog’och mahsuloti egallaydi.
Hunarmandchilik hozirda ham keng tarqalgan. Vetnamda har xil mehnat qurollari, rozg’or buyumlari, gazlama, badiiy buyum-lar, lak va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish, chipta, yelpig’ich, shlapa toqish kabi kasb-hunarlar qadimdan mashhur. Laos va Tailandda paxta va ipak gazlama, chipta buyumlar yasash, badiiy haykaltaroshlik ancha rivojlangan. Maxsus milliy mato - batik faqat Yavada zor mahorat bilan toqiladi. Balida oymakorlik mashhur. Hozir chopqi dehqonchiligi xojaliklarida ishlatiladigan kop asbob-uskunalar, rozg’or buyumlari an'anaviy tarzda mayda hunarmandlar tomonidan yasaladi.
Dehqon xojaligidagi taomlar asosan, osimlik mahsuloti (guruch, tariq, makkajoxori, sabzavot)dan tayyorlanadi. Guruch turli usulda pishiriladi, katta idishlarga suzilib, qayla bilan tortiladi va qo'1 bilan yeyiladi. Mintaqada gosht kam iste'mol qilinadi. Hindixitoy aholisi it goshti, baliqdan pishirilgan taomlarni iste'mol qiladi. Sut va sut mahsulotlari deyarli iste'mol qilinmaydi. Qishloqlar (Tailand)da qurbaqa, korshapalak, ilon, qisqichbaqa, ipak qurti kabi jonivorlarni ham iste'mol qiladilar. Orolliklar koproq osimlik, baliq, parranda va turli mevalarni iste'mol qiladilar. Nosvoyga oxshash betelni kap otish keng tarqalgan14.
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining uy-joylari, qishloq va qarorgohlari har xil. Kol, dengiz, daryo sohillarida joylashgan dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi rejali qurilgan qishloqlar-da yashaydilar. Hozirgacha aholining bir qismi suvdagi kemalarda istiqomat qiladilar, Tog’li joylarda yashovchi aholi atrofi bambuk yoki tikanli devor bilan oralgan kichkina qishloqlarda joylashgan. Kop xalqlarning uylari umumiy xarakterda bolib, bambuk va xurmo yog’ochlaridan tiklangan, turli yaproqlar bilan yopilgan va yerdan birmuncha kotarilgan poldan iborat. Betak, dayak kabi qabilalarda katta oila, ba'zan jamoa joylashadigan hashamatli uylar bolgan. Filippinda ilgari maxsus jamoaning kengash uylari qurilgan. Uylar asosan, polga toshalgan chipta, devorlarga osilgan rozg’or buyumlari bilan jihozlangan. Shaharda yashovchi boy oilalarning uylarida zamonaviy mebellar ham bor. Tog’ va botqoqlik
14 ^inorpaiJHW rorraHna napoflOB crpan 3apy6e>KHOH ashh.. — M: «Hayxa». 1981.
162
ormonlarda daydi ovchi va terimchi qabilalar bambuk va xashaklardan tiklangan yengil uylarda yoki pono qoyib istiqomat qiladilar.
Azaldan janubi-sharqiy osiyoliklarda orama kiyim keng tar-qalgan. Masalan, ilgari Vetnamda belbog’, keng shim, kalta kurtka yoki xalat erkaklarning an'anaviy kiyimi bolgan bolsa, hozir kopchilik yevropacha kiyimga otgan. Ayollar kokragi ochiq kofta, uzun ishton, qishda kurtka yoki xalat, boshiga somon shlapa, oyog’iga esa sandal kiyganlar. Laosliklar asosan, xitoycha kiyingan, kalta keng shim, kurtka va sandal, ayollari esa topig’i-dan qoltig’igacha mato bilan orab belbog’ boylagan. Tailandlik-lar keng matoni belga orab, uchini butini orasidan otkazib ishtonga oxshatib kiygan, birmaliklarning erkak va ayollari keng matoni yubka qilib oragan, ustiga yaxtak koylak yoki kurtka kiygan, boshiga shlapa yoki qiyiqcha yopingan, oyog’iga teri sandal kiyishgan yoki umuman yalangoyoq yurganlar. ormonlarda yashovchi ovchi-terimchi qabilalar asosan, dub daraxtidan toqilgan etakcha belbog’ yoki yubka kiyganlar. Barcha xalqlarda turli bezaklar, ayniqsa, elatlarda esa tatuirovka qilish, tishni qoraga bo' yash kabi pardozlar bo' Igan.
Oilaviy turaiush va ijtimoiy tuzumi jihatidan mazkur xalqlar har xil darajada turgan. Uzoq vaqtlar Hindixitoy va Indoneziyaning kop qismida patriarxal oila va turmush munosabatlari saqlanib kelgan. Ijtimoiy tuzumga va oilaviy turmushga din (buddizm, islom, nasroniy) zor ta'sir qilgan. Ayrim qoloq elatlar - ovchi-terimchi qabilalarda urug’-jamoa munosabatlari hali ham mustahkam saqlangan. Ular ma'lum hududga ega bolib, urug’chilik hatto ona urug’i qoldiqlarini saqlab qolgan, ijtimoiy va oilaviy munosabatlarni qabila boshliqlari va jamoa boshqargan.
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati, san'ati va folklori juda boy. Ma'lumki, bu yerda orta asrlar-dayoq ma'rifat ancha taraqqiy qilgan, diniy va badiiy adabiyot tarqalgan. Ammo mustamlakachilik siyosati tufayli an'anaviy madaniyat inqirozga uchragan edi. Qadimdan Vetnamda har xil epik asarlar, musiqa, raqs va qoshiqlar rivoj topgan. Tailandda har xil xalq teatrlari - imo teatri, qog’irchoq va niqob teatrlari tarqalgan. Kambodjada va Birmada balet juda mashhur, epos janriga asoslangan xalq tomoshalari va soya teatri (ayniqsa, Indoneziyada vayang-nurvo nomli) katta obro' qozongan.
An'anaviy xalq tabobati hozirgacha oz ta'sirini yoqotmagan: har xil tabiiy ot-olanlar bilan davolash, xalq xirurgiyasi usul-lari va boshqa tibbiy faoliyatga sehrgarlik bilan yondashuv mavjud.
Buddizm butun Hindixitoy yarim orolida eng keng tarqalgan diniy tasavvurdir. Birma aholisining 83 foizi, Kampuchiya va Laosda taxminan 90 foiz, Tailandda esa 94 foizini buddistlar tashkil etadi. Vetlarning ham kopchiligi buddizm diniga boysu-nadi. Buddistlar bir necha mazhablarga bolingan (xinoyana, maxayana va bir necha mayda guruhlar). Maxayana bilan boshqa sharqiy dinlar va nasroniylikning aralashmasidan ikkita yirik sinkretik mazhablar paydo bolgan (kao-day va xoa-xao). Filippin aholisining 90 foizi nasroniy diniga otgan, kopchiligi (84 %) katoliklar. Indoneziyada islom dini hukmron, ya'ni aholi-sining 94 % i musulmon, 4 % i nasroniy, qolgani induistlar va buddistlardan iborat. Malayziyada ham kopchilik aholi musul-monlar, ammo konfutsiylik, buddizm, daosizm, induizm va nasroniy dinidagilar ham ancha qismni tashkil qiladi. arbiy Malayziyaning yarmidan kopi islom diniga itoat qilsa, sharqiy qismdagi aholisining kopchiligi mahalliy urug’-qabilaviy diniy tasavvurlarga ega. Ibtidoiy diniy e'tiqodlar qisman Birma (ka-chin, naga, china, lisu, karen, kaya, tog’li monlar), Tailand, Vetnam (tog’li tay, kxmer va monlar), Laos (tay, mon, myao, yao) va Sharqiy Timorda hozirgacha saqlangan. Sumatra, Kalimantan va Filippinning ayrim orollarida urug’-qabilaviy dinlar haligacha uchraydi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari orasida hukmron bolgan eng yirik dinlarning barchasi mahalliy diniy e'tiqodlar, xalq urf-odatlari va milliy bayramlaridan keng foydalanib ularga diniy tus bergan. Masalan, butun mintaqada tarqalgan qishloq xojaligi bayram marosimlari, bahor faslida ajdaho shaklidagi kemalarda otkaziladigan poygalar, dehqonning yordamchisi sabr-toqatli va mehnatkash qotos obrazi, mard va topqir quyon sujeti (yolbars va timsohlar ustidan g’olib chiqadigan) diniy tasavvurlar bilan chatishib ketgan. Oilaviy va ijtimoiy bayramlar doimo turli taomlar, rang-barang kuy va raqslar, ommaviy tomoshalar bilan nishonlangan.
164

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish