Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§1. SHEMOLIY AFRIKA XALQLARI



Download 1,14 Mb.
bet18/39
Sana02.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#733018
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§1. SHEMOLIY AFRIKA XALQLARI
Afrikaning shimolida asosan, arab tilida gapiradigan xalqlar yashaganligi uchun uni Arab afrikasi deb ataganlar. Aslida bu yerdagi xalq va elatlar qadimiy aborigen aholisining avlodlaridir. Hozirgi davrda Shimoliy Afrika xalqlariga Misr, Sudan va katta Mag’rjb (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya, Mavritaniya, arbiy Saxara) aholisi kiradi.
Qadimiy yunon mualliflarining asarlarida Mag’rib aholisini liviyaliklar, deb tilga olinadi. Ularning bir qismi kochmanchilik bilan tirikchilik qilib kelgan qabilalardan, ikkinchi qismi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholidan iborat bolgan. Eramizdan avvalgi I ming yillikda finikiyaliklar Shimoliy Afrika sohillarida asos solgan Utiku, Karfagen kabi davlatlar bilan oz mustaqilligi uchun urushlar olib borganlar. Liviyalik qabilalarning tinimsiz kurashlari Numidiya va Mavritaniya davlatlarini yuzaga keltirgan edi. Rim imperiyasi Karfagenni qolga kiritishi bilan (miloddan avval II asr ortalari) bu ikki podsholik ham yemiriladi. Shu bilan lotin manbalarida liviya va numidiya nomlari ham yoqolib, mahalliy aholi mavrlar va keyin arablar kelishi bilan barbarlar deb atala boshlangan.
XI asrlardan boshlab arablarning sulaym va hilol qabilalarining Mag’ribga ommaviy kochishlari natijasida barbarlarni arablashtirish kuchayadi. Mag’ribni toliq oziga boysundirgan Arab feodal davlatlarining (xalifalik, idrislar, aglabiylar, fatimiylar, almorobiylar va hk.) jiddiy soliq va diniy siyosatlarning amalga oshirilishi natijasida arab tili va islom keng tarqalgan edi. XIII asrda Shimoliy Afrikada (hozirgi Mag’rib chegarasida, ya'ni Marokash, Jazoir, Tunisda) uchta feodal davlati — Marinilar, Zayyaniylar va Xavsidiylar paydo bolib, to XVI asrlargacha, ya'ni turk istilosiga-cha saqlanib kelgan. Mazkur tarixiy jamoa negizida barbar va arab qabilalarining aralashishi natijasida mag’rib xalqlari — marokash-
191
lar, jazoirlar, tunislik va liviyaliklar keyinchalik mustamlakachilar-ga qarshi faol milliy-ozodlik kurashiga tortilib hozirgi millatlar shakllana boshlagan edi.
Misr xalqi eng qadimiy yuksak madaniyat yaratgan etnoslardir. Misrliklar eramizdan avvalgi IV ming yilliklardayoq sun'iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikni bilganlar. Arxeologik kashfiyotlarga, kraniologik dalillarga qaraganda (topilgan ibtidoiy kishilarning suyak qoldiqlari asosida) antropologik jihatdan Misrning eng qadimiy aholisi eramizdan avvalgi III ming yillikda Nil vodiysida paydo bolgan dastlabki Misr davlatining aholisidan farq qilmaydi. Hozirgi misrliklar ham buyuk madaniyat yaratgan ajdodlaridan irqiy jihatdan kam farqlanadilar. 1952-yili iyul oyida Misr qiroli Farruh taxtdan ag’darilib, Respublika e'lon qilinib, hozirgi misr millatining rivojiga keng imkoniyat yaratilgan edi.
Misrdan janubda joylashgan Sudan xalqi ham milliy ozodlik kurashiga bel bog’lab, 1956-yili 1-yanvarda mustaqillikka erishgan va oz davlatini respublika deb e'lon qilgan. Sudanliklar (Qadimgi Nubiya) misrliklar singari yuqori madaniyat yaratgan qadimiy elatlardan. Nubiya tog’risidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan avvalgi III ming yilliklarida Misr solnomalarida tilga olinadi. Miloddan awalgi XVI-XIV asrlarda hatto Nubiyaning ancha qismi Misr provinsiyasi hisoblangan. Bir-ikki asrlardan keyin bu yerda mustaqil Napata davlati paydo boladi va miloddan awalgi IX asrga kelib u Nil vodiysini bosib olib, qisqa davr Misr ustidan hukmronlik qiladi. Keyinchalik Sudanda quldorlik Meroe davlati tashkil topdi. Milodning VI asrlarida nasroniy dini tarqalib, orta asrda Nubiya davlatining rasmiy dini deb e'lon qilinadi. Bu yerda arablar XIII asrdan boshlab bir-ikki asr davomida asta-sekin arab tilini tarqatib, nasroniylikni siqib chiqaradi, islom dini hukmron boladi. Arablashtirish va islomni singdirish ancha qiyinchilik bi-lan otgan.
Shimoliy Afrika xalqlarining xojaligi jahondagi eng qadimiy dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’liq bolib, uning ajoyib an'analari hozirgacha yetib kelgan. Ammo dehqonchilik bilan chorva xojaliklarining nisbati turli hududlarda ozaro farq qiladi. Nil vodiysi va dengiz sohillaridagi serunum yerlarda, asosan, dehqonchilik, sahro va yarim dasht hududlarda yarim kochman-chilik asosiy xojalik tarmog’i bolib, daryo va dengiz sohillardan uzoqlashgan sayin chorva dehqonchilikdan ustun turadi. Agar
192
misrliklar va sudanliklar uzoq davrdan beri sug’orish dehqonchiligi bilan shug’ullansa Janubiy Sudanda chopqi dehqonchiligi bilan baliqchilik, Mag’rib mamlakatlarida (ayniqsa, qirg’oq boyi Atlas tog’larida) dehqonchilik bilan bog’dorchilik va yirik chorvachilik, bepoyon sahro hududlarida faqat mayda chorvachilik bilan kun kechiradilar. Yirik chorva yaylovlar juda kam bolganligidan uncha rivojlanmagan, kop joyda yirik shoxli mol ishchi kuchi sifatida saqlangan xolos.
Tarixiy etnografik nuqtayi nazardan Misr dehqonchiligi mu-him ahamiyatga ega bolib, uni organish umuman dehqonchilik-ning kelib chiqishi va taraqqiyotini bilishga imkon beradi. Eng qadi-miy neolit davrida paydo bolgan va qisman hozirgacha saqlanib kelgan sun'iy sug’orish tizimi Yuqori Misrdagi daryo toshqinlari-dan foydalanib ekin ekishdan iborat bolgan. Nil vodiysida ilgari bir necha ming gektar maydonni qismlarga bolib, rosh bilan chek solingan va ikki metrgacha yetadigan daryo toshqini shu yerlarni toldirib bir yarim oygacha suv saqlagan. Suv singib qaytgandan keyin Nilning serunum loyqasiga urug’ sepilgan. Odatda, bug’doy, arpa, lobiyo, beda va boshqa ekinlar ekilgan va qish boyi osib yozga borib hosil olingan.
XIX asrga kelib sug’orish tizimi ancha rivojlangan, Misrni Ang-liya ozining toqimachilik sanoati uchun paxta bazasiga aylantirish maqsadida fallohlar kuchi bilan asr boshlaridan ekin dalalarini kengaytirib, tog’onlar va yangi kanallar qurdirgan. Sudanda ham Oq va Kok Nil oralig’idagi Gezirada doimiy sug’orish tizimi qurilib, serunum yerlarda paxta plantatsiyalari yaratilgan.
Yil boyi sug’orish imkoniyati paydo bolishi bilan qishloq xojalik ekinlarining turlari ham kopaygan. An'anaviy don, lobiyo va paxta ekinlaridan tashqari fallohlar sholi, shakarqamish, makka, suli, zig’ir, turli sabzavot va poliz ekinlari, molga yem uchun beda (bersim) kabilarni ekkanlar. Yerni haydashda qadimiy temir uchli omoch ishlatilgan, unga hokiz, qotos, eshak, xachir yoki tuya qoshilgan. Yerga ishlov berishda chopqidan foydalanilgan, hosil oroq bilan orilgan va maxsus xoda yoki chanaga oxshash yog’ochga ishchi hayvon qoshib yanchilgan. Agar Misrda asosan, don, paxta va sabzavot ekilsa, Marokashda makka, Tunisda zaytun daraxti, Janubiy Mag’ribda xurmo ekilgan, dengiz sohillarida bog’dorchilik rivojlangan, bu yerda uzum, anjir, bodom, sitrus osimliklari va sabzavot ostirilgan.
193
Misr dehqonchiligi qadimiy an'anaga binoan uch faslga bolin-gan: qishgi (shitvi), yozgi (sayfi) va Nilning toshqin davriga tog’ri kelgan kuzgi (nili). Shitvi (noyabr-mart) faslida bug’doy, arpa, piyoz, lobiyo va bersim (beda) ekilgan, sayfi (aprel-avgust)da paxta, zig’ir, kandir, shakarqamish, sholi va makka, Nil toshqini davri (sentabr-noyabr)da asosan, sholi, makka va suli ekilgan.
Shimoliy Afrikaning qishloq aholisi qadimdan turli uy hunarmandchiligi bilan ham shug’ullanadilar. Ular qolda va charxda sopol buyumlar yasaydilar, boyra va chipta toqiydilar. Chorva aholisi esa jundan har xil mato, gilam toqiydilar, kigiz, teri poyabzal, egar kabi zarur buyumlar ishlab chiqaradilar. Shaharlarda yirik hunarmandchilik, ayniqsa, temirchilik, misgarlik, zargarlik, konchi, kulolchilik ancha rivojlangan. Sanoat keyingi yillarda osa boshlagan.
Arablarning moddiy madaniyati juda kop umumiylikka ega bolsa-da, ayrim olkalarda oz xususiyatlarini saqlab kelgan. Misr fallohlari kichik qishloqlarda Nil vodiysining sug’orma joylarida yashaydilar. Ular xomg’ishtdan yoki guvaladan bir qavatli tekis tomli uy quradilar. Dehqon uylari, asosan, bir xujrali tog’riburchak, oynasiz va tuynuksiz, yarmisini supali pechka (morisiz ochoq, tezak bilan yoqiladi) egallagan bolib, shunga toshalgan boyrada yotib turiladi. Boylar katta hovlilarda yashaganlar.
otroq Mag’rib aholisi katta yo'l boyida joylashgan qishloq-larda tartibsiz joylashgan somon aralash loydan tog’riburchak shaklida qurilgan tekis tomli uylarda yashaydi. Atlas tog’larida uylar toshdan tiklangan. Qishloq markazida minora qad kotaradi. Har bir qishloq bir necha katta oilaviy jamoadan iborat. Mag’rib aholisining 1|4 qismi shaharlarda yashaydi. Ba'zi shaharlar hozirgacha orta asrlardagidek qing’ir-qiyshiq tor kochalar, ichkariga qaratilgan hovlili baland devorli bir-ikki qavatli uylar, minorali machitlar, markazida hunarmand va savdogarlar rastalari joylashgan bozorlar saqlanib qolgan. Dasht kochmanchi qabilalari jazirama issiq va izg’irin shamoldan saqlanish uchun kochishga qulay jundan toqilgan mato yoki kigiz yopilgan chodir (falij)larda yashaydilar.
Fallohlar og’ir turmush sharoitida tirikchilik otkazadilar. Ularning taomlari, asosan, makka, suli yoki tariqdan yopilgan chuchuk non va atala, piyoz, qalarnpir yoki bodring, ba'zan qurt iste'mol qiladilar, dengiz sohili va Nil vodiysidagilar baliq qovurib yeydilar, gosht juda kam ishlatiladi. Sabzavot ham
194
iste'mol qilinadi. Ovqatlanish uch mahal, issiq ovqat odatda kechki payt yeyiladi. Ichimliklardan qandsiz qora kofe, achchiq choy, arpadan tayyorlangan pivo ichiladi. Mag’ribda sabzavot va meva koproq iste'mol qilinadi. Afrika arablarining eng se-vimli taomi bug’doy yoki arpa uni xamiridan yumaloq qilib tur-li ziralar solingan bug’da pishiriladigan kuskus. Uni tayyorlash katta san'at talab qiladi. Kochmanchi qabilalarning taomi xurmo, chorva mahsulotlari — qatiq, suzma, pishloq va qisman goshtdaniborat.
Fallohlarning an'anaviy kiyimlari oq yoki kok chitdan (butun boyiga) tikilgan uzun va keng yengli koylak va kaltaroq ishton, sovuq paytlarda tuya junidan toqilgan matodan chakmon, boshida doppi yoki salla. Ayollar ham keng yengli yuqorisi bog’ma, tik yoqali uzun koylak kiyadilar, boshida shol yoki romol yopinadilar, turli rangdagi munchoqlar, misdan, kumush yoki oltindan ishlangan uzuk, sirg’a, bilaguzuk taqadilar. Mag’ribliklar, ayniqsa, sohillarda yashovchi shahar aholisi asosan, yevropacha kiyinishga otgan. Ammo milliy kiyimlar ham saqlangan. Aholi qimmatbaho burnus (yaktak)ga oxshash kiyim kiyadilar. Marokashda boshiga salla oralsa, Tunisda koproq hoji doppi (fas) kiyiladi. Ayollar keng va uzun koylak ustiga plash yoki shol, yuziga oq yoki kulrang chachvon yopinadilar. Qishloqlarda shaharga nisbatan yuzini kamroq bekita-dilar. Tuareg qabilalarida, aksincha, erkaklar yuzini bekitib, ayollar esa ochiq yuradilar.
Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy tuzumida turli ukladlar mavjud. Ular quldorlik tuzumini bosibotib, mustamlaka arafasida feodalizmga erishgan edilar. Ammo Mag’rib va Sharqiy Sudandagi kochmanchi elatlar uzoq davrlargacha urug’chilik munosabatlarini saqlab kelganlar. Yevropa davlatlarining mustamlaka hukmronligi ornatilgandan keyin Shimoliy Afrika mamlakatlari bozor munosabatlariga tortilib, feodalizm tuzumi yemirila boshlaydi va uning ornida yangi bozor munosabatlariga asoslangan ishlab chiqarish kurtak otib chiqadi.
Faqat ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik kurashi g’alabasi tufayli Shimoliy Afrika xalqlari, ayniqsa, Jazoir, Misr, Liviya mustaqil taraqqiyot yoliga otib katta yutuqlarga erishmoqdalar.
Mag’ribning ichkari hududlarida yarim patriarxal yarim feodal munosabatlari, jaraoatchilik tuzumi qoldiqlari hozirgacha saqlanib
195
kelmoqda. Saxaradagi tuareglarda jamoa kengashi boshqaruvi mayjud bolib, unda ayollar ham ishtirok qiladi, Sudan kochmanchi qabilalarida ham islom tarqalgan bolsa-da (bakkara va hk.) matri-arxat munosabatlari saqlangan. Ularda nikohdan keyin kelin ikki-uch bola tug’ilguncha ona urug’ida yashaydi, meros ham ona tomoniga otadi. Bakkara qabilasida qizlar-va erli ayollar ham shaxsiy erkinlikka ega. Nilot qabilalarida ham ibtidoiy qabila va urug’ munosabatlari mustahkam negizga ega.
Shimoliy Afrika aholisining 94-95 % i musulmonlar (taxminan 87 milliondan ortiq kishi), 4 % i nasroniylar (4,7 mln.) qolganlari ibtidoiy va boshqa dinlarga itoat qiladilar. Mag’rib va Sudan kochmanchi qabilalarida turli sehrgarlik urf-odatlari va irimlari keng tarqalgan.
Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish