Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§-5. SHARQIY OSIYO XALQLARI



Download 1,14 Mb.
bet16/39
Sana02.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#733018
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

§-5. SHARQIY OSIYO XALQLARI
Osiyo qifasining eng kop sonli xalqlari sharqiy qismida joylashgan. Juda keng hududni egallagan bu mintaqaga Xitoy, Mon-goliya, Koreya va Yaponiya davlatlari kiradi. 1,5 milliardga yaqin aholiga ega bolgan Sharqiy Osiyoda 1985-yilgi statistik ma'lumotlarga qaraganda bir milliarddan ortiq xitoylar, 120 millionga yaqin yaponlar, 65 million koreyslar, 17,5 milliondan ortiq tayvanliklar, 3,6 millionga yaqin mog’ullar va boshqa elatlar yashaydi.
Mintaqaning tabiati va iqlimi rang-barang bolib, turli xojalik-madaniy tiplarning shakllanishiga sabab bolgan. Shimoliy qismi Sibirdagi qahraton sovuqli kontinental iqlimdan janubiy issiq tropik sohillargacha chozilgan bu katta hududda juda boy osimlik va hayvonot dunyosi mavjud. Bepoyon qumlik, sahro va dashtlar, sovuq iqlimli tog’li va noyob vodiylarga ega. Markaziy qismi ham maxsus etnogeografik viloyatni tashkil qiladi. Bu yerda qadimiy davrlardan ural-oltoy til oilasiga oid mog’ullar va turkiy xalqlar (Sinszyan aholi-si), xitoy-tibet tillaridagi tibetliklar va dunganlar yashaydi. Sharqiy Osiyo aholisi asosan, xitoy-tibet til oilasiga oid, yaponlar va koreyslar oziga xos til turkumini tashkil qiladi, qolgan mayda etnik guruhlar mon-kxmer, tay va boshqa til oilalarining vakillari. Antropologik jihatdan butun Sharqiy Osiyo xalqlari katta mongoloid irqning ayrim shoxpbchalariga oid.
Sharqiy osiyoliklarning etnogenezi va etnik tarixi nihoyatda boy va murakkabdir. Kelib chiqishi ham har xil. Xitoylarning ajdodlari Xuanxe daryosi boylarida yashagan deb faraz qilinadi. Keyingi yillarda otkazilgan antropologik, tarixiy-arxeologik tadqiqotlar va etnolingvistik ma'lumotlar Sharqiy Osiyo xalqlarining shakllanish tarixini umumiy tasavvur qilishga imkon beradi. Eraipizdan avvalgi V-IV ming yilliklarda Sharqiy Osiyoda bir necha neolitik madaniy markazlar paydo bolgan. Hozirgi Xitoyning sharqiy sohillari (Szansu va Chjetszan provinsiyalari)da kashf etilgan Sinlyangan madaniyati keyinchalik «sharqiy» nomli etnoslarning paydo bolishiga zamin yaratgan. osha davrlarda Xuanxe daryosining bosh shoxobchasi Veykxe vodiysida mashhur Yanshao neolitik dehqonchilik madaniyati paydo bolib xitoy xalqining eng qadimiy ajdodlari asosini, bir qismi esa tibet-birma etnoslarining shakllanishiga sabab bolgan. Yanshaoliklar daryo
165
sohillarida yarim yertolalarda va ustunlarga ornatilgan sinch uylarda.yashab, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.
III ming yilliklarda sharqiy yanshaoliklar orta Xitoy tekislikla-rida yashovchi janubiy qabilalar bilan aralashib ilk Xitoy tiliga asos solingan. Keyingi ming yillikda qadimiy xitoy qabilalari - sya va shan (in)lar yirik qabilaviy ittifoqlar tuzib dastlabki sinfiy jamiyatlar negizidagi ilk davlatlar (eng kuchligi shan, keyin chjou)ni yaratgan. Ular qoshni turli irqdagi etnik guruhlar bilan yaqin aloqada bolganlar. Shan davrida iyeroglif tipida yozuv paydo bolgan, uning jez idishlari va folbinlar fol ochadigan maxsus suyaklar (folbin su-yaklari)ga yozilgan namunalari bizgacha yetib kelgan. Keyinchalik bu yozuv qoshni Koreya va Yaponiyaga tarqalgan.
Shunday qilib, mil.aw. I ming yillikning boshlariga kelib orta Xitoy tekisliklarida uzoq vaqt davom etgan qadimgi xitoy etnosining shakllanish jarayoni tugaydi va ular ozlarini «xuasya» deb atay boshlaydilar. Qadimiy xitoylar etnik birligining paydo bolishi osha davrlarda Xuanxe va Yaoszi daryolari vohalaridagi davlatlarning birlashishiga dastlabki tuftki berdi. Oqibatda eramizdan awalgi III asrlarga kelib markazlashgan Sin va Xan imperiyalari yuzaga kelgan. Janubiy Xitoyda qadimdan har xil qabilalar yashagan. MiLaw. davrning songgi asrlarida xitoylar janubga harakat qilib, mahalliy qabilalarni asta-sekin xitoylashtira boshlaydi.
Yapon xalqining etnogenezi haligacha toliq aniqlanmagan. Yapon tili, yuqorida qayd qilinganidek, mustaqil til turkumiga kirmaydi. Yaponlarning eng qadimgi madaniyati neolit davriga oid umumiy «dzemon» nomi bilan ma'lum bolib, kelgindi aholisi -aynlar—indoneziyalik va qifadan kelgan koreyslar bilan aralashib murakkab etnik guruhni yuzaga keltirgan. Eramizning I asrlarida Yaponiyada jamoa - urug’ tuzumi yemirila borib, sinflar paydo boladi va VII asrda ilk davlat tashkil topadi. osha vaqtda Yaponiyaga Xitoyning ta'siri kuchli bolgan, yozuvi va madaniy belgilari kochib otgan. Asli yapon va koreys xalqlarining mustaqil millat sifatida~shakllanishi VII-XII asrlarga tog’ri keladi.
Koreyslarning ajdodlari miloddan awalgi II ming yillikka kelib joylashgan. Ular Janubiy Manchjuriya, Shimoliy Xitoydan materik orqali va dengiz boylab kelganlar. Eramizning boshlarida bir necha asrlar davomida har xil qabilalar ozaro urush olib borganlar, dastlab, X asrda Choson davlati paydo bolib, KoRyo sulolasi hukmronligida
166
(mamlakatning nomi ham shu nom bilan bog’liq) birikkanlar. Ularga xitoylarning beqiyos ta'siri bolgan, yozuvni qabul qilib, shu asosda alifbo yaratganlar. XII asrlarda Xitoy bilan Koreya mog’ullar to-monidan talon-toroj qilingan. Urushlar mamlakatni ancha orqaga tashlagan. Faqat Yaponiya bu urushlarga aralashmay, ozi Koreyaga yurishlar qilib turgan. 1948-yili Koreya Xalq Demokratik Respubli-kasi, 1949-yili Xitoy Xalq respublikasi deb e'lon qilinadi. Yaponiya erkin bozor munosabatlari ustuvor bolgan mamlakatga aylanadi. Mog’ullar bu mintaqada ancha keyin paydo bolgan. Ularning ajdodlari - kidonlar milodning I-II ming yilligi oralig’ida Markaziy. Osiyoda oz imperiyasini ornatgan va oz ichiga hozirgi Mog’ulis-ton va Shimoliy Xitoyni qamrab olgan. Mog’ullarning etnogenezi-da mil.aw. I ming yillikda yashagan, xuni, syanbiy qabilalari ham ishtirok qilgan. XII asrlarda Mog’uliston chollarida tatar, nayman, merkit kabi yirik mog’ul qabilaviy ittifoqlari paydo boladi. XIII asrlarda mazkur elat va qabilalar Temuchin (Chingizxon) boshchiligida birikib mog’ul xalqiga asos solinadi. XVII asrlarda mog’ullar manchjur-xitoy feodallariga boysunadi va 1911-yillarda qahramonona kurashi natijasida ozod boladi. XX asrning 20-yillarida eski tuzum yemiriladi, 1924-yilda esa Mog’uliston Xalq Respublikasi paydo boladi.
XX asr boshlarida yaponlar millat sifatida shakllangan. Xitoy, Koreya va Mog’ulistonda etnik konsolidatsiya jarayoni faqat xalq inqiloblari g’alabasidan keyin boshlanadi va hozir ham davom etib kelmoqda.
Sharqiy Osiyo xalqlarining xojalik faoliyati va madaniyatining turli xilda bolishi uning geografik muhiti, tabiiy iqlim sharoiti bilan belgilanib, bir necha xildagi xojalik-madaniy tiplarni yuzaga keltirgan. Shu nuqtayi nazardan mintaqada tub farq qiladigan ikki geografik qutb - issiq (subtropik va qisman tropik) va motadil iqlimli tabiatga xos xojalik-madaniy tiplar qadimiy davrdan shakllanib kelgan. Asli hozirgi davrda tortta yirik xojalik-madaniy tiplar mav-jud ekanligi aniqlangan va ular ozaro sotsial-iqtisodiy darajasi bilan farqlanadilar.
Eng qadimiy xojalik-madaniy tiplardan ovchi, baliqchi va terimchi guruhlar-ffliezolit davrida paydo bolib, sof holatda saqlanmagan. Issiq iqlimli yerlarda uchraydigan ormon terimchila-ri va ovchilari Xitoy Xalq Respublikasida mon-kxmer xalqlarida qisman (kava, bandun, bulan) saqlangan. Shimoli-sharqiy vohalarda
167
yaqin davrgacha motadil iqlimga oid terimchi va baliqchi elatlar (yapon aynlari) yashab kelgan. XXRda yashovchi tungus-manchjur xalqlari ba'zi piyoda tayga ovchilik-xojalik madaniy xususiyatlari-ni ham saqlab qolgan.
Ikkinchi xojalik-madaniy tiplar qo'1 yoki chopqi dehqonchilik bilan bog’liq bolib, asosan, orta Xitoy tekisliklarida milaw. V ming yilliklarning oxirida paydo bolgan. Ular chumiza va tariq kabi qurg’oqchilikda osadigan ekin ekkanlar, tosh yoki sopol pichoqlar yordamida ularni orib olganlar. Chochqa va it boqqan-lar (gosht uchun), mazkur xojalik tipi an'analari hozirgacha Tayvan gaoshanlarida, Xaynandagi di, qisman myao va yao nomli elatlarda saqlangan. Ular ildizmevali ekinlar (taro, yams, shirin kartoshka) ekkanlar, sholikorlikni bilganlar. Itszu va tibet xalqlarida baland tog’liqqa moslashgan qo'1 dehqonchilik-xojalik madaniy tipi mavjud, ular asosan, arpa, suli va qorabug’doy (grechka) ekib kun korganlar.
Temir mehnat qurollarining paydo bolishi mil.avv. I ming yillikning kelib uchinchi xojalik-madaniy tipi shudgor dehqon-chiligini dastlab Shimoliy Xitoyda yuzaga keltirgan edi. Keyin-chalik bu tip butun Xitoyga, Koreya va manchjurlarga tarqal-gan. Shudgor dehqonchilik xojaligining asosiy belgilari temir tishli omochga hokiz qoshib yerni haydash, hosilni temir oroq bilan orish, don ekinlaridan tashqari dukkakli ekinlar, paxta, rami, tut daraxtlari ekishdan iborat. Mintaqaning janubiy hududlardagi shudgor dehqonchiligida paxta, choy va yog’ ekinlari keng tarqalgan. Janubiy tog’li xalqlar (tibet, nu, dulun, itszu)da og’ir keng tishli omoch ishlatilgan, qorabug’doy, suli va arpa ekkanlar.
Tortinchi xojalik manchjur xalqlarida tarqalgan. Bu tip asli miloddan avvalgi I ming yilliklarda hozirgi Mog’ulistonning motadil iqlimli yerlarida paydo bolgan. Ular kochmanchi turmush tarziga ega bolib qoy, yilqi, qisman yirik shoxli qoramol va tuya boqqanlar. Keyinchalik Tibet tog’larida ham qotos boquvchi kochmanchi-chorva elatlar paydo boladi. Xitoyning shimoli-sharqiy qismida (Katta Xingan hududida) oziga xos tayga bug’uchiligi xojalik-madaniy tipi (orogon, evenk kabi etnik guruhlarda) diqqatga sazovor.
Xitoylarning asosiy mashg’uloti qadimdan dehqonchilik bolib, milavv. III ming yillikda yuzaga kelgan va yuqorida tilga olingan
168
yanshao madaniyati bilan bog’liq bolgan. Dastawal mahalliy aholi suli ekkan, keyin sholi eka boshlaganlar. Don ekinlaridan: gaolyan, dukkakli ekinlar, chomiza, loviya ekiladi; choy plantatsiyalari, pillakashlik va ipak ishlab chiqarish uch ming yildan buyon ma'lum. Yerga ishlov berishda yog’och yoki temir tishli omochdan foydalanganlar, ekinni tishli temir oroq bilan orib, molga tepkilatib yoki yog’och bilan yanchganlar. Qadimdan ekin ekadi-gan seyalkalar ham paydo bolgan. Ammo hosildor yer taqchil bolganligi uchun chopqidan koproq foydalanilgan. Irrigatsiya ri-vojlangan, dalalarni ariq tortib oz oqimi bilan, ba'zan chig’ir orna-tib sug’organlar.
Ularda chorvachilik dehqonchilikka qoshimcha sifatda rivojlan-gan. Yirik shoxli mol, janubda buyvol (hokiz) ishchi kuchi sifatida, goshtga esa chochqa, mayda shoxli mol, parranda ishlatilgan. Xitoyliklar qadimdan baliqchilik, dengiz karami, trepanga, molluska kabi mahsulotlardan yemish sifatida istifoda etganlar. Hunarmand-chilik ham qadimdan taraqqiy topgan, ipak qog’oz, chinni, lak mah-sulotlari, metall buyumlar yasash keng tarqalgan. Transport vosita-lari: yengil ikki g’ildirakli odam tortib yuradigan kolyaska - riksha, mol qoshilgan yoki dastak arava; janubda, suv yollarida yelkanli qayiq (jonka) ishlatilgan. Xojalikda ishchi kuchi sifatida asosan, qotos va hokiz ishlatilgan.
Mog’ullar asrlar davomida chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan. Asosan qoy, ot, tuya va qisman yirik shoxli mol boqqanlar. Har bir guruh aholi ma'lum bir yerda kochib yurgan. Eski jamoa tuzumi - xoton hozir yangicha ma'no mohiyatiga ega. Kooperativ tipda dehqonchilik paydo bolgan va hozir ancha rivojlangan, hatto xorijga don mahsulotlari sotilgan. Don ekinlardan bug’doy, arpa, suli ekiladi.
Qadimdan erkaklarning sevimli mashg’uloti ovchilik hisoblan-gan: tulki, bori, yumronqoziq kabi hayvonlarga, ilgari jayron (dzeren)ga ov qilganlar. Hozir jayron ovi man qilingan. Mog’ullar metall, teri, yog’och buyumlari yasash, kigiz bosish va toqimachilikni bilganlar.
Koreyslarning asosiy kasbi dehqonchilik. Ular asosan, bug’doy, sholi, arpa, gaolyan, loviya va yog’ ekinlari, kartoshka va batat ekadilar. Texnik ekinlardan paxta, tamaki, jenshen va tut daraxti ostiradilar. Chorva kam rivojlangan, asosan, chochqa, yirik shoxli
169
mol (ishchi kuchi sifatida), parranda, gosht uchun it parvarish qilinadi. Baliqchilik katta rol oynaydi.
Iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan Yaponiyaning yarim aholisi qishloq xojaligida band. Asosiy ekin - sholi, ammo arpa, bug’doy, loviya, batat, har xil sabzavot, bog’dorchilik, gulchilik, pillachilik ham ancha rivojlangan. Irrigatsiya, ximizatsiya, texnikadan keng foydalaniladi. Xokkaydo orolida ot, yirik shoxli mol, chochqa boqiladi. Baliqchilik eng yirik xojalik hisoblanadi. Bu soha jahonda birinchi orinda turadi. Baliq va molluska taomga ishlatiladi. Yaponiyada marvarid ovlash kasbi rivojlangan. U bilan asosan, xotinlar shug’ullanadi. Somon shlapalar toqish, yog’och buyumlar yasash, umuman badiiy hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan.
Sharqiy Osiyo xaJqlarining moddiy madaniyat xususiyatlari ularning xojalik-madaniy tiplari bilan bevosita bog’liqdir. otroq dehqon aholisining turmush tarzi doimiy bir joyda tiklangan qishloq uylarida otsa, kochmanchi chorvador xalqlar esa kochib yurishga qulay bolgan otovlarda istiqomat qilishadi. Xojalik faoliyati va tabiiy geografik sharoitiga qarab uy qurish xomashyolari va shaklida farq bor.
Motadil iqlimdagi qo'1 (chopqi) dehqonchiligi bilan shug’ul-lanuvchi xalqlarda dastlab yarim yertolalar, keyinchalik loydan qurilgan uylar, namli issiq iqlimdagi aholisida yerdan kotaril-gan polli ustunlarga ornatilgan uylar xarakterli. Eng kop tarq-algan ustunli sinch uylar xitoy, koreys, yapon, tay va mon-kxmer xalqlariga xos bolsa, xomg’isht va toshdan qurilgan uylar sinszyan uyg’urlari, tibet va itszu xalqlarida kop uchraydi. Ustunli uylarda loydan qurilgan ochoq, kopchilik qismida (yapon va xitoylarda) doimiy ochoq orniga manqal ishlatiladi, shimol-dagi xitoylar va koreyslarning uylari maxsus morili supa (kan) bilan qizitiladi. Baland tog’larda yashovchi kochmanchi chorva elatlarning uylari asosan, kigiz yoki jun mato bilan qoplangan chodirdan iborat. Kopchilik chorvador kochmanchi aholi yig’-ma yog’och sinchlardan qurilgan va kigiz bilan yopilgan otov-larda yashaydi.
Masalan, xitoylarning uylari yog’ochdan 2-3 xonalik sinch qilib, orasiga xom yoki pishgan g’isht terilgan, tomi va devorlari somon va yaproq bilan yopilgan. Odatda yog’langan qog’oz yopishtiril-gan bir-ikkita oyna qoyilgan. Xitoylarning qishloq uylari fanza
170
deb ataladi. Xona ortasida kichkina devorlari doim isib turadigan ochoqqa qozon qoyiladi. Asosiy rozg’or buyumlari yog’och yoki sopol idishlar, stol, yotib-turish uchun boyra (korpa-toshak ornida)dan iborat. Qishloqlar asosan, yo'1 va suv boyida joylash-gan.
Koreys uylari tabiiy sharoitiga qarab turli xilda: tog’li yerlarda top uylar, vohalarda tog’ri kochali uylar qurilgan. Sinch ustunli uylar kam uchraydi. Tog’li joylarda yog’ochdan, vohada toshdan yoki guvaladan qurilgan 2-3 xonali uylarning oyna, eshiklari romli, qog’oz bilan bekitilgan. Kop uylarda isitiladigan supa (kan), otirib-turish va yotish uchun polda chipta toshalgan, faqat ovqat vaqtida stol kiritiladi. Uy-rozg’or buyumlaridan sopol, yog’och, mis idishlar mavjud. Kiyimlar sandiqda saqlanadi.
Yaponiya shaharlari zamonaviy shaklda qurilgan. Ammo zilzi-laga bardosh beradigan sinch uylar shahar va qishloqlarda kop. An'anaviy uylarning poli odatda yerdan kotarilgan ustunlarga qoqiladi. Ichki tuzilishi bambukli kochma devorlardan qurilgan bolib, zarur vaqtda kengaytirilgan (ya'ni devorlari har tomonga suriladi) xonalari har xil rasmlar bilan bezatiladi. Mebel deyarli yoq, idishlar taxmonlarga joylanadi, uyning bir qismini qog’oz bezaklar, yog’och oymakorligi bezaydi. Yevropa madaniyatining ta'siri kuchli bolsa-da yaponlar milliy an'analarga qafiy amal qilib kelmoqdalar.
Yaponlarning kiyimlari ham xojalik-madaniy xususiyatlariga qarab belgilanadi. Masalan, otga minishga qulay bolgan oddiy shimni kochmanchi chorva xalqlari kashf etgan va keyinchalik butun otroq aholiga tarqalgan. Sharqiy Osiyo kochmanchilarining kiyimlari - chakmon va postin, malaxay va baland teri yoki kigiz etik ham qoshni otroq aholiga otgan. Issiq iqlimli hududda yashovchi xalq erkaklarida etakcha belbog’, ayollarida yubka bolgan. Ammo hozirgi barcha elat va xalqlar milliy kiyimlarini saqlab qolganlar.
Xitoy an'anaviy kiyimlarida erkak va ayollarniki kam farq qiladi. Ular asosan, keng shim (ishton), yaxtak koylak (kofta) va yengsiz kamzul (kurtka) kiyadilar. Qishki kiyimi paxtali shim-kurtka va xalat, bosh kiyimlari esa teri qalpoq, yozda romol yoki shlapadan iborat. Qoshni koreys erkaklari ham keng shim, kurtka, yomg’irda plash, oyog’iga sandal, boshiga somon shlapa kiyadilar. Ayollari esa keng lozim, keng yubka, yaktaksimon kofta, oyog’iga toqilgan yoki kigiz
171
sandal kiyib yuradilar. Qariyalari oq kiyim, yoshlari rang-barang matolardan tikilgan kiyimlar kiyadi. Mog’ullar ham keng shim, uzun xalat va teri etik kiyadilar. Qishda postin, malaxay, junli matodan tikilgan va toqilgan kiyimlar keng tarqalgan.
Yapon erkak va ayollarining asosiy kiyimi uzun, keng yengli, belbog’li xalat (kimono)dan iborat. Ular kopincha boshyalang yuradilar, ba'zan dalada somon shlapa, oyog’iga yog’och tagcharmli poyabzal (geta) yoki sandal kiyadilar. Faqat boy kishilargina teri poyabzal kiyadi. Butun Sharqiy Osiyoda hozirgi yevropacha kiyimlar keng tarqalgan. Milliy kiyimlar asosan, qishloqlarda, toy marosimlari va bayramlarda koproq kiyiladi. Ammo eng taraqqiylashgan, industrial mamlakat hisoblangan Yaponiyada milliy kiyim ancha mustahkam saqlanib kelmoqda.
Sharqiy Osiyo xalqlarining taomlari otroq dehqon aholisi bilan chorvador-kochmanchi xalqlarnikidan ancha farq qiladi. Kochmanchi aholi istiqomat qiladigan joylarda asosan, gosht va sut mahsulotlari muhim orinni egallaydi. Mog’ullarning ta-savvurida ot va qoy «issiq damli» hayvonlar bolganligi sababli odamga ularning goshti juda foydali sanaladi. Sutni xom holda hech vaqt iste'mol qilinmaydi, undan qatiq, qimiz, pishloq, yog’ tayyorlanadi. Xitoyliklarning taomi asosan, guruch har xil don-lardan yorma, turli sabzavotlar, baliq va molluskalardan iborat-dir. Ularda eng sevimli ichimligi choy hisoblanib, u faqat issiq holda ichiladi. Xitoy taomi ikki komponentga bolinadi: chjushi («asosiy taom») va fushi («ikkinchi darajali taom»). Chjushiga turli xamir taomlar (manti, ugra osh, chuchvara, varaqa, patir), guruch, suli va bug’doy yormasi, dukkakli ekinlardan pishiriladi-gan ovqatlar kiradi. Fushiga asosan, sabzavot, gosht va baliq-dan tayyorlanib, chjushiga garnir sifatida tortiladi. Fushiga koproq sabzavot ishlatiladi. Mol, chochqa goshtlari, janubda it (orta asrlarda it goshtidan tayyorlangan taom butun Xitoyda eng sevimli hisoblangan) va qurbaqa goshti keng iste'mol qilinadi. Janubiy Xitoyda baliq va dengiz mahsulotlaridan turli taomlar tayyorlanadi, shuningdek tovuq va ordak goshtini tanovul qilish keng tarqalgan.
Yapon taomining asosini guruch tashkil qiladi. Guruchni koproq hech nima qoshmay (goxan), tuzsiz qaynatib iste'mol qiladilar.. Har xil ugra oshlar (bug’doy unidan - udon, qora bug’doy xamiridan -soba va hokazo) keng iste'molda bolib, u syusyoku, ya'ni «asosiy
172
taom» (xitoylardagi chjushi kabi) deb ataladi. Unga turli qoshim-cha taomlar (fukusyoku) beriladi (ayniqsa, otkir loviya souslari turp bilan aralashtirib). Baliq va boshqa dengiz hayvonlari (krab, dengiz tipratikani, molluska, kalmar, langust, trepanga, sakkizoyoq va hokazo)ni pishirib yeydilar. Mol, qoy, chochqa, parranda va it goshtidan turli qovurma taomlar tayyorlanadi. Ovqatga har xil ziravorlar, tog’ralgan achchiq turp, sarimsoq, xantal, zanjabil va boshqa osimliklar qoshiladi. Yaponlar asosan, kok choy ichadilar, qora (qizil) choy faqat yevropaliklarning ta'sirida tarqalgan. XIX asrning ortalarigacha mol goshti va sut mahsulotlarini iste'mol qilish gunoh hisoblangan.
Koreyslarda ham asrlar davomida asosiy taomi tuzsiz qayna-tilgan guruch (pap) bolgan. Guruchni maxsus idishlarda past olovda pishirib damlaganlar. Mayda guruch (oqishoq), arpa, bug’-doy, tariq, chumiza va makkadan atala pishiradilar. Guruch va bug’doy unidan manti va lag’monga oxshash taom (kuksu) tay-yorlanadi. Loviyaning ayrim turlaridan maxsus ziravorli qayla (chan yoki kanchan) guruchga va boshqa ovqatlarga qoshib beriladi. Gosht va baliqdan turli taomlar tayyorlanadi. Toza baliqni xom holida ham iste'mol qiladilar (qalampir, sirka, loviya qaylasi va ziravorlar qoshilgan xom baliq taomi xve deyiladi). Krab, molluska, trepanga, tipratikan goshti dengiz suvida pishi-riladi yoki yog’da qovuriladi. Sabzavotdan har xil taomlar va salat (chxe) tayyorlanadi, meva, yovvoyi otlar, ildizlar va daraxt gullari oziq-ovqatda muhim orinni egallaydi. Sevimli taomlar-dan biri it shorvasi (kechankuk). Bayramlarda chochqa, mol, it va parranda goshtidan turli ovqat pishirilgan. An'anaviy taom-larga sut mahsuloti kirmagan. Choy ham ilgari uncha ichilma-gan, uning orniga dolana yaprog’i bilan zanjabilni damlab ich-ganlar.
Kochmanchi chorvador xalqlar (mog’ullar, tibetliklar, qirg’iz-lar)ning taomlari asosan, gosht va sut mahsulotlaridan iborat. Yozda koproq sut mahsulotlari, xamir taomlari, qisman sabzavot va baliqdan tayyorlangan mahsulotlar qishga g’amlanadi, qishda esa koproq gosht mahsulotlari, pishloqning har xil turlafi, yog’ va xamir ovqat iste'mol qilinadi. Gosht, qovurilgan va xom holatda ham is-te'mol qilinavergan. Mog’ullar va tibetliklar molning qonini ichganlar, ichak-chovog’idan turli taomlar, qazi, hasip tayyorlagan-lar. Ayniqsa, qirg’izlarda molning qovurg’asidan tayyorlangan qazi
mashhur. Sigir, echki, qoy sutidan uzoq saqlanadigan mahsulotlar (yog’, qurt, pishloq, qatiq, suzma) tayyorlaganlar, tuya va qoy suti choy bilan ichilgan, yilqi sutidan qimiz, tuya sutidan shubet tayyorlanadi. Sut va qimizdan tashqari quwati 9° dan 30° gacha bolgan maxsus aroqlar ham tayyorlangan (mog’ullarda besh xil aroq turi mavjud: arxi, arz, xorz, sharz, dun).
Sharqiy Osiyo xalqlarining kopchiligida yaqin davrlargacha klan (patronomiya) tashkilotlarining qoldiqlari saqlangan bolib, u ijtimoiy ong va oilaviy turmushga zor ta'sir qilib kelgan. XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida Xitoyda patronomiya va patriarxal tartiblari ijtimoiy va oilaviy munosabatlarni belgilab turgan. Qishloq jamoasi tuzumi patronim tashkilot («szunszu») an'analari qavmu qarindoshlar yer mulki, umumiy ajdodlar ibodati bilan xarakterli bolgan. Kopchilik «szunszu» shajara kitobiga ega. Har kishi muayyan «familiya» (sin)ga tegishli hisoblangan. Ularda ekzogam nikoh saqlangan: Sun familiyasidagi yigit Sun familiyasidagi qizni olishga haqqi yoq. «Sin» urug’ («shi»)larga bolingan (asli «shi» katta patriarxal oila tipi), oila boshlig’ining hukmi mustahkam, ayollar esa butunlay erkaklarga qaram bolgan. Nikoh yoshlikda otkazilgan. Ijtimoiy va oilaviy turmushga buddizm, daosizm, konfutsiylik dinlari, qisman tarqalgan islom va nasroniylik ta'sir qilgan. Shaxsiy (individual) ism tartibi koreys va yaponlarda ham mavjud bolib, asli urug’ tuzumini aks ettirgan.
Yaponlarning ijtimoiy tuzumida kichik oila va monogam nikoh hukmron. Feodal-dvoryan tabaqalarining avlodlarida(samuraylar) da an'analar kuchli saqlangan. Hozirgacha ularning hayotida diniy e'tiqodlar va marosimlar keng orin olgan. Yaponlarda mahalliy animistik tasawurlar va shamaniylik ibodati asosida ilk feodalizm davrida sintoizm paydo bolib, ularning milliy diniga aylangan va 1945-yilgacha yapon militarizmining ideologiyasi hisoblangan.
Hozirgi Xitoy Xalq Respublikasi kop millatli, unda xitoylar-dan tashqari juda kop mayda millatlar ham mavjud. Mayda millatlar ozchilikni (umumiy aholining 6,1 foizi) tashkil qilsa ham mamlakat hududining 60 foiziga yaqin qismini egallaydi. Masalan, eng yirik etnoslardan chjuan, bun, tay, itszu (yoki «i») janubda, asosan, tog’li hududlarda, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi yao-myao til turkumiga oid xalqlar (jami 4 mln.) joylashgan. Sinsyanda turkiy til turkumiga oid uyg’urlar (2,5 millionga yaqin), qozoqlar,
174
ozbeklar, qirg’izlar yashaydi. Islom diniga otgan xitoylardan dunganlar (xuey) ham 4 milliondan ortiq. Ular antropologik tuzilishi va tili jihatdan xitoylarga yaqin. Uyg’urlarning asosiy kasbi dehqonchilik va hunarmandchilik. Shimoli-sharqiy Xitoyda manchjurlar joylashgan. Tungus-manchjur til turkumiga oid manchjurlar XVII asrda butun Xitoyni oziga boysundirgan. Sin (manchjur) sulolasi 2,5 asr davomida to 1911-yilgi Xitoy inqilobiga hukmron bolgan. Hozir mazkur etnik guruhdan oz tilini saqlaga-ni 2,9 millionni tashkil qiladi.
Tarixiy etnografik jihatdan oziga xos mintaqani yaratgan tibet xalqlari (4,2 millionga yaqin) Tibet va qoshni viloyatlar (Yunnani, Gansu, Sinchuan)da yashaydilar. Ular asosan, dehqonchilik va chorvachilik (qotos, mayda shoxli mol, yilqi boqish) bilan shug’ullanadilar. Chorvador aholi yaylovlarda kochib yuradi, otroq aholi esa qishloqlarda 1-2 qavatli, ba'zan 3 qavatli uylarda istiqomat qiladi. Kochmanchi xalq chodirlarda yashaydi.
Tibetlik erkak va ayollar teridan tikilgan shim va jun xalat kiyadilar. Ayollari bosh kiyimlariga har xil tangalar, chig’anoqlar qadaydilar. Ularning asosiy taomlari qotos goshtidan pishiriladi va sut mahsulotlari iste'mol qilinadi, don ekinlaridan talqon (szamba) tayyorlanadi, bayramda guruch yoki bug’doy unidan non pishiriladi. Qotos transport vazifasini otaydi. Tibetliklarning sevimli ichimligi choy. Unga eritilgan sariyog’ va tuz solib szamba bilan ichadilar. Har xil hunarmandchilik kasblari - temir va yog’och buyumlar yasash, chit va gilam toqish, oymakorlik (toshga, yog’ochga) keng tarqalgan.
Bu yerda hozirgacha feodal-patriarxal munosabatlar, teokratik boshqarish shakli saqlanib kelmoqda. Har bir tibet oilasi bir bolasini monax qilib monastirga berishi shart bolgan. Buddizmning asosiy tarmoqlaridan biri lamaizm hukmron din hisoblanadi. XVII asrda tibetda lamaizmning «sariq qalpoqliklar» mazhabi hokimiyatni qolga olib, 1951-yilgacha hukmronlik qilgan. Songgi yillarda tibetliklarning sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida ancha ozgarishlar roy berdi.
Butun Sharqiy Osiyoda xalq og’zaki ijodi tadrijiy rivojlanish bosqichlaridan otgan: har xil doston va ertaklar, afsona va latifalar, raqs va qoshiqlar keng tarqalgan. oziga xos teatr, balet va sirk rivojlangan. Musiqa ham oziga xos bolib, masalan, Xitoyda musiqa tarbiyasi davlat ixtiyoridadir. Tasviriy san'at asrlardan-asrlarga
175
gurkirab osgan, rivojlangan, ayniqsa, rassomchilik, gravyura, ba-diiy toqish, haykaltaroshlik qadimdan ma'lum bolib, me'morchi-lik va diniy inshootlarda ozining yorqin ifodasini topgan. Hali-hanuz dostonlardagi qadimiy qahramonlik obrazlariga juda iliq munosa-batda bolinadi. Masalan, mog’ul va turkiy xalqlarning eposida kuy-langan Geserxon yoki jasur bahodir Xon-Xulug bilan Oldoy-margan kurashlari va ular mingan ot obrazlari milavv. I ming yillikka oid «Hayvon stili»dagi dekorativ bezaklarda aks ettirilgan. Xitoy folk-lori («Uchpodsholik» turkumi), inszu («Ashma» dostoni) va boshqa xalqlarning ijodida qahramonlik kurashlari muhim orinni egallay-di. Eng qadimiy antologiya namunalari (xitoylarning «Shitszin» va «Yuefu», yaponlarning «Manyosyu» va «Kokinsyu» toplamlari) xalq og’zaki ijodi yuksak darajaga kotarilganligidan darak beradi. Sharqiy osiyoliklarda xalq poetik ijodi bilan musiqa san'ati uzviy bog’langan. Hozirgacha keng tarqalgan myao xalqlaridagi boy ma-rosim va sevgi qoshiqlarini, muhabbat lirikasini musiqasiz tasawur qilish qiyin.
Sharqiy Osiyo xalqlari eng qadimiy yozuv tizimini yaratganlar. MiLaw. II ming yillikning boshlarida paydo bolgan xitoy iyeroglif yozuvi qoshni mamlakatlarga tarqalib orta asrlarda xalqaro ahamiyatga ega bolgan (Yevropada lotin tili singari) muhim mada-niy vosita rolini oynagan. Xitoy iyeroglif tizimi dastavval ma'noni ifodalovchi belgilardan iborat bolib, ancha yengil va tez tarqalishiga imkon bergan. Shu yozuv asosida vetnamlar, yaponlar va koreyslar oz yozuv tizimlarini kashf etganlar. VI-IX asrlarda turkiy xalqlar runik, keyin uyg’ur alfavitidan foydalanganlar.
Sharqiy Osiyo xalqlarining madaniyatiga beqiyos zor ta'sir otkazgan dinlardan biri buddizm dinidir. U avval Xitoyga, keyin Yaponiya va Koreyaga eramizning birinchi asrlaridayoq tarqal-gan. Nihoyatda yangi sharoitga tez moslashadigan buddizm dini mahalliy vaziyatga qarab ozgarib, yangi, turli mazhablarni yarat-gan. Barcha kelgindi dinlar, shu jumladan, buddizm ham, mahal-liy diniy tasavvurlar bilan chatishib oziga xos sinkretik diniy e'tiqodlarni yuzaga keltirgan. Masalan, xitoy xalq tasavvurlari-da buddizm e'tiqodi qadimiy konfutsiylik - axloq-etika ta'limotining belgilari va kop xudolik - daosizm g’oyalari bilan aralashib ketgan. Yaponiyada mahalliy zaminda yaratilgan sin-toizm dini bilan buddizm ta'limoti qoshilib oziga xos diniy ta-savvurlarni paydo qilgan. Ayrim tungus-manchjur xajqlarida,
176
qisman daxurlar va koreyslarda buddizm va daosizm bilan birga shamanizm ham keng tarqalgan. Tibet va mog’ul xalqlarida hozirgacha buddizm - lamaizm saqlanib kelmoqda. Xuey (dun-gan)larda va turkiy xalqlar (ozbek, uyg’ur, qozoq, qirg’izlar)da islom dini tarqalgan. Janubi-g’arbiy Xitoyda mahalliy qabilaviy dinlar ham saqlangan. Koreyslarda ham diniy e'tiqodlar va ibodatlar turli ibtidoiy tasavvurlar bilan aralashib ketgan. Bu yerda qadimgi tabiatga sig’inish va animistik tasavvurlar shamanizm belgilari bilan chatishib ketgan. Koreyaga IV-VI asrlarda kirib kelgan buddizm X asrda davlat diniga aylanadi. XIV asrga kelib konfutsiylik davlat dini deb e'lon qilinadi. Janubi Koreyada rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, aholining 73 foizi dindor (47 foizi buddist, 19 foizi konfutsiylik va hk.). Yaponiyada (1977-yili) aholining 77,7 foizi ozini sintoist va 76,6 foizi buddist deb hisoblagan (ba'zilari ikki dinga ham yaqin turadi). Aynlar asosan, ozlarining urug’-qabilaviy dinlarini saqlab qolganlar. XVI asrlarga kelib buddizmning lamaizm mazhabi eski dinlarni siqib chiqara boshlaydi. Aytish kerakki, Sharqiy Osiyo xalqlarining taqdirida diniy e'tiqodlar muhim rol oynamagan.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish