§ 2. ARBIY VA MARKAZIY AFRIKA XALQLARI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika boyicha Iqtisodiy komissiyasi taklifiga binoan arbiy va Markaziy Afrikaga tabiati, etnik tuzilishi, tarixi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy xarakteriga qarab 24 ta mamlakat kiritilgan. Etnik jihatdan bu yerda yashovchi xalqlarning kopchiligi arbiy Sudan va Bantu xalqlari degan nom bilan atalgan. Bularning kopchiligi XX asr ortalariga qadar Yevropa davlatlarining mustamlakasi bolib kelgan. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin butun Af-rikani larzaga keltirgan milliy-ozodlik harakati juda kop xalq-larning mustaqil rivojlanishiga yo'l ochib berdi. Tarixiy «Afrika yili» nomi bilan kirgan 1960-yilda arbiy va Markaziy Afrikaning 15 ta mamlakati siyosiy mustaqillikni qolga kiritgan edi. Shulardan eng kattalari Nigeriya va Zoir, keyin Senegal va Mali, Mavritaniya va Benin (ilgarigi Dagomeya), Niger va Yuqori Volta, Fil suyagi sohili va Togo, Chad va Gobon, Marka-ziy Afrika va Kongo xalq respublikasi, Kamerun va S'erra-Leone. 1965-yilda Gambiya, 1968-yili Ekvatorial Gvineya, 1973-yilda Gvineya-Bisau, 1975-yil Yashil orollar buruni va Angola mustaqil respublika deb e'lon qilindi. Bu mamlakatlarda hozir muhim etnik jarayon roy bermoqda.
arbiy va Markaziy Afrika aholisi turli antropologik va lingvistik guruhlardan iborat bolib, ozlarining xojalik faoliya-ti, madaniyati va dinlari bilan biroz ajralib turadilar. arbiy Afrikaning shimolida Mali va Niger hududida yashovchi tuareglar
1QA
katta yevropoid irqining orta yer dengizi tipiga mansub. Yevropoid belgilari Markaziy Afrikaning shimoliy hududlaridagi tubi kanuri kabi elatlarda ham biroz seziladi. Qolgan barcha xalqlar katta negroid irqiga tegishli. Ammo ular ayrim tiplarga bolingan. Masalan, badanining rangi, labining qalinligi, prognatizm, boyi va boshqa belgilari bilan senegal tipi (volof xalqi), niger tipi (mandingo xalqi), chad tipi (xausa xalqi), saxara tipi (sara xalqi), pakana boyli negeril tipi (pigmeylar) bir-biridan ajralib turadilar.
arbiy Afrikaning etnolingvistik qiyofasi juda rang-barang. Bu yerda hozir bir necha til oilalari va juda kop turkumlarga mansub etnoslar yashaydi. Afroosiyo til oilasiga kiradigan bar-bar va tuaregtar hamda chad turkumiga mansub xausalar bilan birga niger-kordofa, nil-saxara, benue-kongolez til oilalariga tegishli juda kop xalq va elatlar keng hududda joylashgan. Mar-kaziy Afrikaning etnolingvistik xaritasi ancha yaxlit, umumiy-likka ega, asosan, bantu tillarida gapiradigan xalqlardan iborat. Bantu xalqlari miloddan avvalgi I ming yillikning ortalarida Markaziy Afrikada paydo bolibj bu yerda qadimdan yashab kelgan pigmey va bushmenlarni siqib chiqarganlar. Hozir Mar-kaziy Afrikada 32 mln. bantu xalqlari yashaydi. Shulardan eng yirigi baluba (4,4 mln., kishi), bakjongo (4,4 mln.), ovim bundu (2,3 mln.), bambundu (1,7 mln.) va hk. arbiy Afrikada xausa va unga yaqin tilda gapiradigan xalqlar 10 mln. kishi, benue-kongolez tilida ham 7 mln., volt tilida 8 mln. g’arbiy atlantik tilida 10 mln.dan ortiq xalq gaplashadi.
Xojalik jihatdan mazkur mintaqa Shimoliy Afrikadan keyin ancha rivojlangan. flu yerda ham qishloq xojaligi iqtisodiyotning negizini hosil qiladijOkeandan uzoqda magistral transport yollari-dan chekkada joylashgan Markaziy Afrika xalqlarining an'anaviy mashg’uloti dehqonchilik v£ chorvachil|ik bolib, 80 foiz aholining hozirgacha asosiy tirikchilik jnanbai hisoplanadi. Qishloq xojaligida jamoachilik munosabatlari saqlanib keljnoqda.
Mahalliy dehqonchilik tjropik iqlimga moslashgan, ormonlarni chopib, ochilgan yerga kul iralash yerga chopqi (butali yog’och xo-daga temir tish kiygizilgan) foilan ishlov berib ekin ekiladi. Boz yerga
_ 1 • r f •! 1 1 1 L. \ \ L\ \ f\ -1J"N__!1J___1 ' A- _1*1_J"
ekin 5-6 yil, ba'zan yer kop Asosiy ekinlardan sholi, ekiladi, tropik ormonlarda 3
bolsa 10-12 yildan keyin qayta ekiladi. kka, suli, batuta, shakarqamish, lobiyo rams, manioka, taru, yeryong’oq (araxis),
197
ijon daraxti, banan, qovun, qovoq, sitrus va meva daraxtlari ostiriladi. Muhim an'anaviy «etnik»mahalliy ekinlardan sholi gvineya-liberiya zonasida yashovchi xalqlarga xos bolib, odatda sug’orilmay ekiladi. Sholikorlik Niger va Gambiya daryolarining sohillarida 3,5 ming yillar muqaddam paydo bolib, boshqa joylarga tarqalgan. Uni daryo yoqasidagi pastlik suv toshqini serob yerlarda yoki kopincha ekvatorial iqlimli namli seryomg’ir tropik ormonlarda ekadilar. arbiy Afrikada sholidan yiliga 400 ming tonnaga yaqin hosil olinadi.
Mustamlakachilik siyosati natijasida ayrim mamlakatlar eksport uchun maxsus ekinlarni ekishga ixtisoslashtirilgan edi. Do-imiy nam iqlimli olkalarda, asosan, shimoliy kenglikning 8 gra-dus janubida joylashgan olkalarda eng foydali eksport ekinlari madaniylashtirilgan. Ayniqsa, Gvineya bog’oziga yaqin joylash-gan mamlakatlarda kakao, kofe, banan, geveya, ananas, kokos palmasi kabi osimliklar ostiriladi. arbiy Afrikada jahonda yetishtiriladigan kokosning 3|2 qismi, butun qifadagi kokosning 90 % i ostiriladi. Gambiyada yeryong’oq, Nigeriya va Dagome-yada xurmo, Fil Suyagi sohilida kofe (jahonda uchinchi orinda, qifaning 90 % hosili), Liberiya va Nigeriya xurmo moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Markaziy Afrikada ham yirik plan-tatsiya xojaliklarida eksport uchun xurmo yog’i, kauchuk, banan, shakarqamish, kofe, kakao, tamaki, yeryong’oq (araxis) va paxta yetishtiriladi. Bu yerda ormon kop bolganligi tufayli qimmat-baho daraxt turlari ham eksport qilinadi (butun qifaning 3|1 qismi Markaziy Afrikada tayyorlanadi). Jahon bozorida okume, maxo-gani, iroko kabi daraxtlar yuqori baholanadi. Yuqori Gvineyaning tropik ormonlarida yashovchi yoruba, ibo, oshanti kabi xalqlar don ekinlariga uncha e'tibor bermaganl^r, asosan, yams, manio-ka, taro, araxis, banan, sitrus va boshqa meva daraxtlari yetishtirganlar. Bolof, ser/er, mandingo, xausa kabi qadimiy dehqonchilik kasbiga ega xaliqlar esa aso^an, don ekinlari —joxori, suli, makka, bug’doy, suv serob jylarda sholi ekkanlar. Chorvachilik sust taraqqiy etgan. Faqat |Xausa, Mandingo sohilla-rida yashovchi ayrim etnik guruhlarda |iy hayvonlari saqlangan. Ular ovchilik va baliqchilik bilan ham stiug’ullanganlar.
Chorvachilik faqat shimoliy vajanubty hududlarda fulbe, tuareg xalqlarida keng tarqalgan. Kochmancljii va yarim kochmanchi turmush tarzida yashovchi bu xalqlar asoSfan, zebu, kichkina hokiz-
198 \
ndama, ot, tuya, qoy va echki boqib kun kechiradilar. Janubiy ken-glikning 10 daraja pastida Gvineya savannasida yirik shohli mol boqish mumkin emas, chunki sese pashshasi molga qirg’in keltiradi. Shuning uchun fulbe xalqlarining kochish hududi ham mazkur kenglikning shimolida cheklangan. Yirik shoxli mollar, asosan, Sudan, sohil mamlakatlari — Mali, Yuqori Volta va Nigeriyada mavjud. Dehqonchilik xojaliklarida ham qisman mol saqlanadi, uni faqat bayramlarda va diniy marosimlarda soyadilar.
arbiy va Markaziy Afrika qishloq aholisining kopchiligi qadimiy davrlardan to hozirgacha barcba ishlab chiqarish qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlarni uyda ishlab chiqarganlar. Ayniqsa, arbiy Afrikada hunarmandchi-lik nihoyatda rivojlangan. Toqimachilik va konchilikda xausa xalqi juda yuksak san'atga ega bolgan. Turli gazlamalar, ajoyib teri mahsulotlari, har xil qop va idishlar, poyabzal, egar, kamar va hk.lar zor mahorat bilan yaratilgan va uzoq yurtlarga chiqarilgan. Fulbe, Mandigo, Xausa xalqlarining temirchi va misgarlari omoch tishi, bolta, bel, ketmon, oroq, pichoq, qilich, xanjar, nayza va har xil bezaklar ishlab chiqarganlar. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan. Gvineya xalqlari, Ganadagi ashanti, Nigeriyadagi yoruba, Kamerundagi bamuma kabi xalqlarda badiiy hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Ular sopoldan, jez va fil suyagidan juda ajoyib haykallar yasaganlar. Benin hunarmandlari hayvonlarning kichkina, podsholar va ajdodlarining yirik hajmdagi haykallarini jezdan quyish malakasiga ega bolganlar. Ular hatto koshk va saroylarni bezaydigan turli rasm, bezak va haykallar yasay olganlar. Bantu xalqlari turli xildagi chipta va savatlar toqishda katta mahoratga erishganlar. Yog’och oymakorligida arbiy Af-rika xalqlaridan oldinga chiqadigani yoq.
Hozir arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning kopligi muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgacha bu yerda og’ir sanoat bolmagan. Mustaqillikka erishil-gandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bola boshlaydi. Masalan, Dakara, Abidjon, Jantil, Luanda, Port-Xarkorte va Zarrida neft isfalab chiqarish zavodlari, Gvineyada alyumin uchun zarur loy t^uproq zavodi, Nigeriyada simob eritish zavodi, Gana va Kamerunda alyumin zavodi, Zoirda tog’ koni sanoati va olmos kavlab olidh korxonalari (jahonda eng katta olmos koni), Kongoda qorg’oshin vla oltin konlari,
100
Gabonda marganes va uran konlari, Kamerunda boksit, Gobon va Kongoda yuqori sifatli temir ishlab chiqarish korxonalari paydo boldi. Nihoyatda boy va rang-barang mineral resurslarning topilishi mazkur mintaqada eng muhim sanoat tarmoqlarining rivojini ta'min qilmoqda. Markaziy Afrikada yog’och ishlab chiqarish, toqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari ham rivojlangan. Og’ir sanoatning asosiy mahsulotlari eksportga ishlaydi.
arbiy va Markaziy Afrika aholisi turmush tarzi va tabiiy sharoitga moslashgan uylarda yashaydilar. Barcha mamlakatlar asosan, agrar xojalikka ega bolganligi tufayli aholining kopchilik qismi qishloqlarga joylashgan. Ammo arbiy Afrika qadimiy shahar madaniyatiga ega bolib, bu yerda orta asrlardayoq 70 ga yaqin shahar mavjud bolgan mintaqada keyingi davrlarda shaharlar kopayib migratsion jarayon ancha kuchaygan. Markaziy Afrikada, aksincha, shaharlar asosan, songgi vaqtlarda paydo bola boshlagan, aholi migratsiyasi juda past. Umuman mintaqaning 70-80 foiz aholisi qishloqda joylashgan, ayrim mamlakatlarda undan ham kop (Chadda 93 %, Angola va Zairda 80-90 %, Niger, Liberiya, Mali, Gvineya-Bisau va Yuqori Voltada 90-95 % aholi qishloqlarda yashaydi).
Turli shakldagi uylar asosan, loy va yog’ochdan quriladi. Man-
de, xausa va g’arbiy bantu xalqlari loydan doirasimon, oynasiz
konus shakldagi somon bilan yopilgan tomli uylarda yashaydi-
lar. Mali va Gvineyada yashovchi mandingo xalqi 30-40 kishilik
ikki-uch avloddan iborat katta oilalar birikib, yog’och devorlar
bilan oralgan bir necha uylarda istiqomat qiladilar. Bunday uy
shamoyili sukala deb ataladi. Hozir ham kochmanchi fulbe qabi-
lalari doira qilib joylashgan, ortasida mol saqlaydigan qoraga
aylangan uylarda qonu qarindoshlar jamlanib, bir oila bolib
yashaydilar. Bunday qurilgan uylarga vuro deb nom berilgan.
Qishloq ortasida odatda jamoa majlislari uchun katta uy tiklan-
gan. Kopincha tropik ormonlarda uchraydigan bunday jamoa
uylarida erkaklar savat, boyra va boshqa buyumlar toqiganlar,
oymakorlik va haykaltaroshlik qilganlar, jamoa sudi va boshqa
muhim masalalarni hal qilganlar. Qishloqlarda 200-300 kishi
yashagan. Niger vohasida mingga yaqin kishilik qishloqlar ham
mavjud. t
Gvineya somilida yashovchi xalqlar yog’ochdan qurilib, loydatt-urilgan tortburchak shaklidagi tekis somon tomli uylarda yashaydi- *
200
lar. Masalan, yorubalarda uylari ichkariga qaratilgan bir necha hovlilar mavjud. Uylarning devorlari bezatilgan, ustunlarga oyma naqshlar berilgan. Gana xalqining uylari ichkari va tashqariga bolingan, hovlilar devor bilan oralgan. Kochmanchi fulbe va tuareglar kochishga qulay teri yoki chipta yopilgan chodirlar tiklaganlar. Malidagi songai xalqlari oziga xos somon chiptalar bilan egilgan chiviqlarga birkitilgan uylarda yashaydilar. Bunday uylar toshqin kelganda kochirishga qulay bolgan.
Mahalliy aholining kiyimlari ham tabiiy sharoitga moslashgan. Sudan sohilliklarining erkaklari keng koylak va sharovar (cholvir), ayollari yubkaga oxshash beldan pasti topiqqacha bir necha marta oralgan rangli chitdan iborat kiyim kiyadilar. Tog’ etaklarida yashovchi fulbe qabilalari sovuqdan koylak-ishton, ustiga jun matodan tikilgan plash yopinganlar. Tropik ormonlarda yashovchi aholining kopchiligi oddiy belbog’ bilan cheklangan. Poyafzal deyarli kiyilmaydi, faqat sahroda issiq qumdagi qabilalar sandal kiyganlar. Tuareglarning erkaklari boshdan oyoq qora matoga oranadilar. Shaharlarda Yevropa kiyimlari tarqalgan.
Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholining taomlari, asosan, guruch, suli, manioka va sabzavotlar, guruch, qoziqorin, sabza-vot, gosht yoki baliq bilan pishiriladi, sulidan atala, maniokadan non pishiradilar. Chorvador fulbe, asosan, sut mahsulotlarini iste'mol qiladilar, suli yoki makkadan atala pishirib, yog’ qoshib yeyiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi xilma-xil. Hatto eng rivojlangan Gvineya turkumiga kiradigan xalqlarda ham urug’chilik tuzumi qoldiqlari saqlangan. Masalan, XVI asrlarda paydo bolgan keyin ingliz mustamlakachilari tomonidan yemirilgan Ashanti davlati bir necha viloyatlarga bolinib ularni podsho tomonidan tayinlangan urug’-jaraoa boshqarib turgan. Jamoa qon-qarindoshlik prinsipi asosida tuzilgan, taxt va oqsoqollar vazifasi ona urug’i tomonidan belgilangan, meros ham patriarxal tipda bolgan. Boshliq (rais) va-fot etsa, uning orniga opasining katta og’li tayinlangan. Diniy e'tiqodga binoan har bir kishiga otadan jon, onadan qon: nasl-nasab otaremish.
Yoruba mamlakatida davlat ishlarida ayollar ishtirok qilgan. Bosh hokim qoshida saroyda oliy maslahatchi bolib, ayol kishi tayinlangan. U «podshoning onasi» deb e'lon qilingan, hokimning chinakam asl onasi esa og’li taxtga chiqishi bilan qatl etilgan. XVII
201
asrda Dagomeyada hatto ayollar gvardiyasi mavjud bolgan. Ayrim olimlarning fikricha, sudan-sohil xalqlarining ancha qismi sinfiy jamiyatga patriarxatni chetlab, tog’ri matriarxatdan otgan. Chunki Atlantik okean sohillari va ormon chekkalaridagi ayrim qabilalarda to XIX asrgacha urug’-qabilaviy tuzumda matriarxat belgilari aniq namoyontiolgan. Patriarxal munosabatlarining tipik shakllari esa XVII asr boshlarida yirik siyosiy birikma — imomat tashkil qilgan kochmanchi fulbe qabilalarida saqlangan.
Ibtidoiy tuzum qoldiqlaridan mintaqada eng kop tarqalgan shakllaridan biri Okeaniyadagi maxfiy ittifoqlardir. Erkaklar-dan tashkil topgan mazkur ittifoqlar dastlab matriarxat urug’i-ga qarama-qarshi tarzda paydo bolib, yangi jamiyatga kelib murakkab funksiyani bajaradi. Maxfiy ittifoqlar jamiyat hayotiga ta'sir korsatib kelgan. Masalan, Liberiyada paydo bolgan Poro nomli erkaklar ittifoqi, Kamerundagi Egba va Ngua ittifoqlari asosan, zodagonlardan tashkil topgan va uning boshida mahalliy qirol turgan. Sinfiy jamiyat sharoitida erkaklar ittifoqi davlat vakolatidagi (sud qilish, politsiya) ayrim vazifalarni ba-jarganlar. Ular qopol kuchga tayanib, din bilan niqoblangan holda har xil hurofiy animistik va sehrgarlik bilan tola maro-simlar otkazib aholini vahimaga solib turganlar, hokimlarga soliq toplash, boylik orttirish, siyosiy dushmanlarni yoqotish-da tayanch bolganlar. Vahimali niqob va kiyimlarda dahshatli arvohlar shaklida kutilmagan paytda paydo bolib, qora niyat-larini amalga oshirganlar.
Maxfiy Ittifoqlarga kirisb murakkab, avvalo, maxsus maktab-larni tugatish zarur. Masalan, Liberiyadagi Poro ittifoqiga 12-14 yoshli bolalar qabul qilingan, maxsus ta'lim-tarbiya berilib, og’ir sinovlardan keyingina a'zolikka otkazilgan. Bola bir necha oy oqitilgan, unga jasorat korsatish, sabr-toqat qilish va boshqa har xil hunarlarni orgatganlar, turli sinovlardan otkazganlar. Qurol ishlatish, ov qilish, baliq tutishni egallaganlaridan song ormonning: eng qalin joyida maxsus marosimlar otkazib fotiha berganlar. Onda-sonda vahimali niqoblangan ittifoq a'zolari shovqin-suron bilan qishloqlarda paydo bolib ajdodlarning arvohlariga bag’ishlab . diniy marosimlar otkazganlar. Liberiya va Sudanda ayollarning ham maxfiy ittifoqi borligi aniqlangan. Unda ham maxsus mak- • tablarda keksa ayollar ta'lim-tarbiya berganlar, marosimlar otkaz* ganlar.
202
Odatda, Afrikani ajdodlar ibodatining klassik namunasi deb hisoblaydilar. Bu bejiz emas, chunki butun Afrikada, ayniqsa, uning g’arbiy va janubiy qismida ajdodlarga sig’inish nihoyatda keng tarqalgan. Ammo bu yerda islom va nasroniy dinlari ham muhim orinni egallaydi. arbiy Afrikaga islom IX-X asrlarda kela boshlagan va mahalliy dinlarni siqib chiqara boshlaydi. Hozir bu yerdagi aholining 32 % i (61 mln.dan ortiq kishi) musulmon, taxminan 18 % (21,4 mln. kishi) nasroniy dinida (XIX asrda tarqala boshlagan), qolgani mahalliy diniy e'tiqodlarga rioya qiladi. Masalan, Liberiyada aholining 4|3 qismi, Fil Suyagi sohilida 3|2 qismi, yuqori Volta va Ganada 4|3 qismi, Nigeriya va Gvineya-Bisauda yarmiga yaqini mahalliy an'anaviy dinlarga, ayniqsa, ajdodlar arvohiga si-g’inadilar. Sunna mazhabidagi islom arbiy Afrikaning asosan, shimolida va sohil zonasida, ayniqsa, Senegal, Gambiya, Gvineya, Mali, Niger kabi mamlakatlarda hukmron dinga aylangan. Masalan, Nigerda 96 % aholi, Sinegal va Gambiyada 80 % aholi musulmon. Mahalliy a'anaviy diniy e'tiqod va ibodatlarga rioya qiluvchilar arbiy Afrikada 38 % (52,3 mln.dan ortiq kishi)ni tashkil qiladi. Markaziy Afrikada esa mahalliy dindagilar 14 % dan ortiq aholi (19,2 mln.kishi)ni tashkil qiladi. Ammo islomga nisbatan nasroniylik koproq tarqalgan va ancha mustahkam saqlangan. Markaziy Afrika aholisining 20 foizdan ortig’i (23,7 mln.kishi) nasroniy dinida. Bu-lardan tashqari mintaqada nasroniy-afrika aralashma diniy e'tiqodlar ham keng tarqalgan. Bunday sinkretik dinlar ta'siriga arbiy Afrikaning 26 foiz aholisi, Markaziy Afrikaning 17 foiz aholisi otgan15.
arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining badiiy hunarmand-chilik san'ati naqadar yuksak bolsa, uning og’zaki ijodi, oyin va musiqa san'ati ham shunchalik rivojlangan. Ajoyib arxitektura namunalari, gozal koshk va saroylar, afsonaviy obrazlar tasviri berilgan haykal va ustunlar, quyma metall va oyma yog’och san'ati namunalari bilan bir qatorda, beqiyos og’zaki adabiy merosni avlodma-avlod saqlab kelgan baxshi (griot)lar, ashula-chi va raqqosalar jahon madaniyatiga munosib hissa qoshib kel-moqdalaf. Hozir ham xalq ijodi zaminida paydo bolgan
15 Barcha raqamlar olingan asar: r.A.IUna*HHKOB. PejiHrHH crpan aphkh. CnpaBoiHHK. — M: «Hayica». 1981.
203
professional arxitektorlar va adabiyotchilar, aktyor va raqqosalar, musiqachi va ashulachilar, rassom va haykaltaroshlar ozlarining gozal san'atlarini Xalqaro festivallarda, konsert dasturlarida namoyish qilmoqdalar, olqishlarga, hurmat-e'tiborga sazovor bolmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |