Mavzu: janubi-sharqiy osiyo xalqlari reja: Osiyo xalqlari va etnogenezi Janubiy osiyo tabiiy sharoiti



Download 36,3 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi36,3 Kb.
#598075
  1   2
Bog'liq
JANUBI-SHARQIY OSIYO XALQLARI


Mavzu: JANUBI-SHARQIY OSIYO XALQLARI
Reja:
1.Osiyo xalqlari va etnogenezi
2. Janubiy osiyo tabiiy sharoiti
3. Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari aholisi

Yevroosiyo qifasining janubi-sharqiy qismidagi Hindixitoy yarim orolida va qo’shni Malayya arxipelagi orollarida o’ziga xos madaniyatga ega bo’lgan turli elatlar yashaydi. Taxminan 4,6 mln. km2 hududda bir necha yirik mustaqil davlatlar joylashgan. Uning aholisi 324 mln.dan ortiq. Eng katta yarim orol (jahonda maydoni jihatdan uchinchi o’rinda) hisoblangan Hindixitoydagi Vetnam (53 mln.), Laos (3,7 mln.), Kambodja Xalq Respublikasi (4,5 mln.), Bir-ma (32,6 mln.) va Tailand qirolligi (46 mln.) joylashgan. 15 ming-

dan ortiq orollardan tashkil topgan Malayya arxipelagida esa katta hududni egallagan Indoneziya (148 mln.) va Filippin (45 mln.) res-publikalari, Malayziya Federatsiyasi (13,5 mln.), Singapur Respub-likasi (2,4 mln.) kabi davlatlar mavjud.

Janubi-sharqiy Osiyoning materik va orol qismlari tabiati va iqlimi jihatdan bir oz farq qiladi. Uning ko’p qismi namli tropik bog’lamadagi ekvatorial va subekvatorial (musson) iqlimli, tog’li qismi esa bir oz qurg’oq iqlimlidir. Kontinental qismida Mekonga, Menama, Irovadi, Soluen kabi daryolar, orollarda juda mayda daryolar, ko’llar va botqoqliklar mavjud. Ko’p daryolar, ayniqsa, sersuvli Mekonga daryosi bir necha mamlakatlarni bosib o’tib juda ko’p tarmoqlari bilan (uzunligi 4500 km) dehqonchilikda hayot manbasi bo’libgina qolmay, muhim o’zaro aloqa yo’li va katta gidroenergetika zaxirasiga ham ega. Malayya arxipelagi orollarida ham transport va irrigatsion ahamiyatga ega bo’lgan bir necha sersuv daryolar mavjud. Region ko’pgina qazilma boyliklarga ega: neft, qo’rg’oshin, volfram, xromit, uran va boshqalar. Janubi-sharqiy Osiyo hozirgi davrda xromit va qo’rg’oshin qazib olishda jahonda peshqadamlardan hisoblanadi. Ammo haligacha ko’p mineral boyliklar o’rganilmay yer bag’rida xazina bo’lib saqlanmoqda. Faqat Kalimantan sohillarida va Sumatrada endigina yirik neft quduqlari ochilgan. Vetnamda katta ko’mir koni topilib ishga tusha boshladi.

Hindixitoy va Malayya arxipelagi jahonda eng ko’p turli o’simlik dunyosiga ega. Masalan, birgina Kalimantan orolida 11 mingdan ortiq gullaydigan o’simlik turlari (qiyos qilib olinganda butun Afrika qifasida atigi 13 ming turi bor) mavjud. Abadiy yashil o’rmonzor va butazorlar mintaqaning eng katta boyligidir. Mangrovo o’simliklarining ayrim turlari balandligi 30 metrgacha yetadi, ba'zi past bo’yli palma daraxtlar uzunligi 5,5 metrgacha yetadigan yaproqqa ega, ayrim mana o’simliklarining uzunligi esa 200-300 metr keladi. Tropik xazonrezlik o’rmonlar ham ancha yerni egallaydi (ayniqsa, Birma, Tailand va Hindixitoy yarim orolining sharqiy qismi). Malayya arxipelagining sharqiy orollarida evkalipt o’rmonlari, ayniqsa, bambuk ko’p o’sadi (bu yerda yuzga yaqin bambuk turlari ma'lum). Bir vaqtlar butun Janubi-sharqiy Osiyo hududining yarmidan ko’p qismini egallagan o’rmonzorlarda qimmatbaho daraxt turlari ko’p o’sgan (masalan, muhim xo’jalik ahamiyatiga ega turlaridan temir, qora, qizil, sandal, eben, kamfora,
tik kabi daraxtlar). Hozirgi paytga kelib bunday o’rmonlar ancha kamayib qolgan.

Turli o’simliklarga boy o’rmonzorlarda o’ziga xos h^yvonot dunyosi ham yaratgan. Bu yerda sutemizuvchilardan maymun-larning har xil turlari (orangutan kabi yirik odamsimon maymun-lardan tortib yarim maymun hisoblangan lemurg va boshqa may-da turlari ko’p), qisman fil, yo’lbars, karkidon, tapir; har xil ilonlar, toshbaqa, timsohlar uchraydi. Ayniqsa, rang-barang qush-lar va kapalaklarning turlari ko’p. Tinch va Hind okeani suvlari bilan har tomondan yuvilib turgafi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining sohil bo’ylari nihoyatda baliqqa boy. Baliq va dengiz mahsulotlari mahalliy aholining taomida muhim o’rinni egallaydi.

Tabiiyki, bunday o’lkalar qadimdan mustamlakachilarning diqqatini doimo o’ziga jalb qilib kelgan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini bosib olib boylik orttirish manbaiga aylantirishni yirik davlatlar mustamlakachilari orzu qilib kelgan. Oqibatda XVI-XIX asrlar mobaynida butun mintaqa yirik kapitalistik mamlakatlar tomonidan mustamlaka qilingan.

Tarixiy-geografik jihatdan ham Janubi-sharqiy Osiyo o’ziga xosdir. Hali to’liq o’rganilmagan bo’lsa-da, mezolit davridayoq bu yerda muayyan madaniy birlik paydo bo’lgan. o’tkazilgan tadqi-qotlardan ma'lum bo’ldiki, Tailandning tog’ vodiylari (arvohlar g’ori)da mil.aw. IX-VIII ming yilliklarda ilk dehqonchilik xo’jaligi bo’lganligi aniqlandi. Odamlar tog’ vodiylarini, dengiz sohillaridagi tekislikni sholikorlik dehqonchiligi uchun qulay bilib, u yerlarni egallay boshlaganlar. Bunday xo’jaliklar dastlab neolit davridayoq qifaning sharqiy qismida paydo bo’ladi, birinchi marta sholikorlik madaniyati qifada tay va avstroneziya xalqlari tomonidan egallangan va qo’shni o’lkalarga ham tarqalgan. Sug’orishga asoslangan qo’shli omoch dehqonchiligi eramizning boshlariga kelib butun mintaqada tarqalgan. Bronza tishli omoch asli dongshon nomli madaniyat (mil. aw. VIII-VII asrlar) obidalarida topilgan. Hozirgi moddiy va ma'naviy madaniyat xususiyatlari ham o’sha davrlardan shakllana boshlagan va hozirgacha o’z xususiyatlarini asosan, saq-lab qolgan.

Antropologik jihatdan Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining deyarli hammasi mongoloid tipidagi Janubiy Osiyo kichik irqiga oid. Paleoantropologik ma'lumotlarga qaraganda paleolit va mezolit

davrlarida mahalliy aholining bir qismi avstroloid guruhini tashkil qilgan yoki o’ziga xos aralashma tipidan iborat bo’lgan. Shuning uchun ham hozirgacha Janubi-sharqiy Osiyo aholisining etnik qiyofasi ancha murakkab.

Qifa qismida yashovchi eng katta etnos - vetnamlik (vet)lar 40 mln.dan ortiq kishidan iborat. Tili va madaniyati jihatidan ularga yaqin bo’lgan mianglar respublikaning turli vohalarida joylashgan. Vetlarning g’arbi, butun Hindixitoy yarim orolida tay tilida so’zlashadigan xalqlarining katta guruhi yashaydi. Shulardan eng ko’p sonlilari kxontanlar yoki Tailand siamlari (21 mln.), lao (laoslik) va shan (birmalik) xalqlardir. Vetlar va taylarga irqiy, xo’jalik va madaniy belgilari bilan (taxminan 1 mln. kishi) myao-yao guruhiga oid xalqlar yaqin turadi. Bularning hammasi lingvistik jihatdan mon-kxmer til oilasiga kiradi. Asli kxmer tillarida Kambodjaning tub aholisi, Vetnam, Laos va Tailand kxmerlari, Birma va qisman Tailandda yashovchi mon (talain)lar, Malakkadagi senon va semanglar so’zlashadi. Xitoy-tibet til oilasiga oid katta til guruhining vakillaridan birmaliklar (23 mln.) va ularga yaqin koren, kaya, kachin va boshqa xalqlardir. Maxsus adabiyotda avstroneziya yoki malayya-polineziya til oilasiga kiritilgan avstroosiyo til guruhiga eng ko’p millatli Indoneziya xalqlari kiritilgan. So’nggi lingvistik ma'lumotlarga qaraganda bu yerda 300 dan ortiq tillar va 1000 ga yaqin shevalar mavjud bo’lib, shularning 96 foizi avstroneziya til oilasiga tegishli. Yavaliklar (60 mln.) sundlar, madurlar, minengkabau, bugi, makasara, filippin-lardan tagal, ilok, bilok, visayya kabilar ham shu til oilasi vakilla-ridir. Til va millatlarning shakllanish jarayoni mustamlakachilik davrida bir oz sustlashgan bo’lsa-da, ammo har holda davom qilib kelgan.

Faqat XX asrning 40-50-yillaridan boshlab, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan ko’pchiligi mustaqillikka erishgandan so’ng bu jarayon ancha- kuchaydi. Yirik millatlar shakllana boshlab hozirgi etnik qiyofa paydo bo’ldi. Mintaqaning tub aholisidan tashqari kelgindi xalqlar ham anchagina qismni tashkil etadi. Masalan, turli mamlakatlardan kelib joylashib qolgan xitoylar (14 mln.ga yaqin), tamillar va boshqa dravid xalqlarining vakillari, bengalliklar va boshqa hindariy xalqlar, butun mintaqadagi mamlakatlarda tarqoq holda o’rnashgan 1,2 mln.dan ortiq Malayziya, Birma va singapur-


liklar va boshqalar. Bu yerlarga yevropaliklar juda kam darajada kirib kelganlar.

Qadimiy tarixiy davrlarda Osiyo qifasi Avstraliya bilan birikkan bo’lib beshinchi qit'aga odam o’sha tabiiy ko’prik orqali ko’chib tarqagan. Mahalliy xalqlarning etnogenezi ham uzoq o’tmishdagi etnik guruhlarning migratsiyasi bilan bevosita bog’-liqdir. Hindixitoy yarim orolida qadimiy davrlarda hozirgiga nisbatan mon-kxmer tilida so’zlashadigan qabilalar ko’proq bo’lgan. Indoneziya va Filippin orollarida negro-avstroloid xalqlar joylashgan bo’lib papuas va melaneziya tiplari bilan chatishib ketgan. Eramizning boshlarida shimoli va sharqiy to-mondan ko’plab kela boshlagan mongoloid elatlar mon-kxmer-larni siqib chiqara boshlaydi va hozirgi vet, tay, lao va birma tillariga asos soladi. o’z navbatida, Malakka va Indoneziya orollarining aborigen aholisini qifadan bir necha to’lqinda ko’chib kelgan mongoloid aralash qabilalar sohillardan ichki o’rmonzorlarga ko’chishga majbur qilgan. Yava va Sumatra orol-lariga eramizning boshlarida Janubiy Osiyodan kelib joylashgan kelgindilar mahalliy xalqlarning siyosiy va madaniy hayotida muhim rol o’ynagan edi. Ular induizm va buddizm dinlari, yozuv va boshqa madaniy an'analarning keng tarqalishiga sabab bo’lgan. o’sha davrlardayoq bu yerda dastlabki davlatlar paydo bo’ladi, bu davlatlar o’rta asrlarga kelib ancha taraqqiy etadi va dehqonchilik, savdo, hunarmandchilik, fan va san'at ancha rivojlanadi. VII-VIII va ayniqsa, XIV asrlarda Indoneziya va Malayziyaga qisman Filippinga (moro xalqiga), Vetnam va Kambodja (tyamlar)ga islom dini tarqala boshlagan.

XVI asrdan boshlab Hindixitoyga dastlab portugaliyaliklar, keyin gollandlar va inglizlar keladi. XIX asrda Indoneziyaning ko’p qismi Gollandiyaning mustamlakasiga aylanadi: Malakka, Birma, Kalimantanning shimoliy qismini Angliya; Vetnam, Kampuchiya, Laosni esa Fransiya bosib oladi. Mustamlakachilik davrida missionerlar nasroniy dinini o’rnatishga intilib Filippin orollarida ma'lum darajada muvaffaqiyat ham qozonganlar.

Janubi-sharqiy Osiyoning serunum tuprog’i, namli va issiq iqlimi qadimiy davrlardan dehqonchilik xo’jaligini, ayniqsa, sholikorlikni keng tarqalishiga sabab bo’lgan. Yuqorida qayd qilinganidek, sholikorlik bu yerda neolit davrida paydo bo’lib, dastlab uni tay va avstroneziya xalqlari egallagan. Endi sug’or-


ma omoch dehqonchiligi Janubi-sharqiy Osiyo aholisining asosiy mashg’uloti bo’lib, ular ko’p joyda yiliga ikki marta hosil oladi-lar. Ular sholidan tashqari dukkakli va ildizmevali ekinlar, makka, bog’dorchilik va sabzavot ekinlar yetishtiradilar. Texnik ekinlardan kauchuk va kofe daraxtlari, kokos palmasi ham ekiladi. Ishlab chiqarish qurollari deyarli bir xil: oddiy yog’och omoch va tishli mola bilan yerga ishlov beradilar, haydalgan yerga yog’och bilan kovlab urug’ soladilar yoki tayyor ko’chat ekiladi, hosilni o’roq yoki pichoq bilan o’rib, xirmonni tayoq bilan yoki mol yuborib yanchadilar. Asosiy ekinlardan, masalan, Vetnamda, sholi, makka, kauchuk daraxti, ildizmevali ekinlar, choy va paxta ekiladi. Laosda qizil shilliq sholi, bog’dorchilik, sabzavotchilik, qisman chorvachilik va baliqchilik rivoj topgan. Birmada poliz ekinlari, bog’dorchilik qishloq xo’jaligining asosini tashkil qiladi, sholidan tashqari ba'zi joylarda choy, kofe daraxti, shakarqamish, kokos palmasi va banan ekiladi. Kambodjada sholikorlik bilan baliqchilik muhim soha bo’lsa-da, kauchuk kabi qimmatbaho daraxtlar ham yetishtiriladi. Indoneziya va Filippinda sholi, makka, loviya, baliq, sabzavot, meva, shakarqamish, kofe kabi ekinlar keng tarqalgan. Orollarida baliqchilik muhim rol o’ynaydi. Guruch, baliq, sabzavot, meva, o’simlik yog’i kabi mahsulotlar butun mahalliy aholining tirikchiligidir. Go’sht kam, asosan, bayramlarda iste'mol qilinadi, ko’proq parranda, nomusulmon aholi esa cho’chqa go’shtini iste'mol qiladi.

Ko’p joylarda chopqi dehqonchiligi hozirgacha saqlanib kelmoq-da. Janubiy Osiyodagi singari bu yerda ham o’rmon va butazorlarni chopib, qurigandan keyin kuydirib kuliga urug’ sepadilar. Urug’ni chopqi yoki tayoq bilan kovlab ko’milgan, ba'zi qabilalar esa (Kalimantandagi dayaklar va boshqalar) chuqurchalarga tashlab ketaverganlar. Shundan so’ng bu ekinga boshqa hech qanday ishlov berilmagan, oqibatda juda past hosil olingan. Kuydirilib ekiladigan dalalar ikki-uch yildan so’ng yangilangan. Ular qo’shimcha ovchilik, baliqchilik\a terimchilik bilan ham shug’ullanganlar. Ayniqsa, ilon ovi ancha daromad keltirgan. Ilonni tutib, terisini ishlab qimmat bahoga sotganlar. Uy hunarmandchiligi ham ularga qo’shimcha daromad manbai bo’lgan.

XIX asrning oxirlari va XX asr boshlarida kpij) orollarning botqoq va tog’li joylarida daydi ovchi va terimchi guruhlar yasha-gan. Malakkadagi semangi va senonlar, Sumatradagi kubu va
qisman sakaya, Kalimantandagi punan va bukitlar, Filippindagi aeta va boshqa qabilalarning asosiy tirikchiligi tropik o’rmonlardagi yemishli o’simliklarni terib-termachlab, mayda hayvonlarni ovlashdan iborat bo’lgan. Nihoyatda og’ir sharoitda yashagan daydi qabilalar siyrak yemishli o’simlik va ildizmeva-lar va boshqa turli oziq-ovqat axtarib doimo harakatda bo’lgan-lar. Har bir guruh muayyan hududda ko’chib yurgan. Ular ovchi-lik va termachilikdan tashqari uy-ro’zg’or buyumlari, oddiy qurol, bezaklar, chipta va bo’yra ishlab chiqarish bilan ham shug’ullan-ganlar. Metallni va kulolchilikni bilmaganlar, ammo qo’shni xalqlardan savdo-sotiq orqali olganlar. Savdo-sotiq «gung» holatda o’tkazilgan, ya'ni daydi qabilalar o’z mahsulotlarini muayyan joyga qo’yib ketgan, qarama-qarshi guruh kelib, zarurini olib o’rniga o’z mahsulotini qoldirgan. Hozir bunday qabilalar kam saqlangan, ancha qismi o’troq turmush tarziga o’tib, chopqi dehqonchiligi bilan shug’ullana boshlagan.

Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining mustaqillikka erishishi ularning xo’jalik faoliyatida ham ancha erkinlik tug’dirdi. So’nggi yillarda o’tkazilgan bir necha agrar islohotlar va boshqa tadbirlar qishloq xo’jaligi rivojini ta'min etdi. Ayniqsa, Vetnam, Laos va Birmada o’tkazilgan agrar tadbirlar hosildorlikni bir necha baravarga ko’payishiga sabab bo’ldi.

Bugungi kunda ham ushbu mintaqa jahondagi plantatsion xo’jalikning eng rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda dunyoda tayyorlanadigan kokos yong’og’ining yarmi, kopraning 70 foiz, natural kauchukning deyarli o’ndan to’qqiz qismi ishlab chiqariladi. Kauchuk asosan, Malayziya va Indoneziyada yetishtiriladi. Jahon bozorida yog’ palmasi, shakarqamish, choy, kofe, har xil ziravorlr muhim ahamiyatga ega. Aholining ko’p qismi plantatsiya xo’jaliklarida band, ular davlatga katta daromad keltiradi. Eksport mahsulotlari yirik plantatsiyalardan tashqari mayda xo’jaliklarda ham yetishtiriladi. Masalan, Malayziyada ishlab chiqariladigan kauchukning 50 foizini, Indoneziyada 70 foizdan ortig’ini mayda dehqon xo’jaliklari yetishtirib beradi.

Yaylovlar yetishmasligi tufayli Janubi-sharqiy Osiyoda chorva-chilik sust rivojlangan. Ammo baliqchilik, dengiz xo’jaligi hozirgacha muhim soha hisoblanadi. Ushbu mamalakatlarda o’rmonchilik katta daromad beradigan xo’jalik tarmoqlaridan biri.


Masalan, Birma va Filippin eksport daromadining to’rtdan bir qismini yog’och mahsuloti egallaydi.

Hunarmandchilik hozirda ham keng tarqalgan. Vetnamda har xil mehnat qurollari, ro’zg’or buyumlari, gazlama, badiiy buyum-lar, lak va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish, chipta, yelpig’ich, shlapa to’qish kabi kasb-hunarlar qadimdan mashhur. Laos va Tailandda paxta va ipak gazlama, chipta buyumlar yasash, badiiy haykaltaroshlik ancha rivojlangan. Maxsus milliy mato - batik faqat Yavada zo’r mahorat bilan to’qiladi. Balida o’ymakorlik mashhur. Hozir chopqi dehqonchiligi xo’jaliklarida ishlatiladigan ko’p asbob-uskunalar, ro’zg’or buyumlari an'anaviy tarzda mayda hunarmandlar tomonidan yasaladi.

Dehqon xo’jaligidagi taomlar asosan, o’simlik mahsuloti (guruch, tariq, makkajo’xori, sabzavot)dan tayyorlanadi. Guruch turli usulda pishiriladi, katta idishlarga suzilib, qayla bilan tortiladi va qo'1 bilan yeyiladi. Mintaqada go’sht kam iste'mol qilinadi. Hindixitoy aholisi it go’shti, baliqdan pishirilgan taomlarni iste'mol qiladi. Sut va sut mahsulotlari deyarli iste'mol qilinmaydi. Qishloqlar (Tailand)da qurbaqa, ko’rshapalak, ilon, qisqichbaqa, ipak qurti kabi jonivorlarni ham iste'mol qiladilar. Orolliklar ko’proq o’simlik, baliq, parranda va turli mevalarni iste'mol qiladilar. Nosvoyga o’xshash betelni kap otish keng tarqalgan14.

Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining uy-joylari, qishloq va qarorgohlari har xil. Ko’l, dengiz, daryo sohillarida joylashgan dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi rejali qurilgan qishloqlar-da yashaydilar. Hozirgacha aholining bir qismi suvdagi kemalarda istiqomat qiladilar, Tog’li joylarda yashovchi aholi atrofi bambuk yoki tikanli devor bilan o’ralgan kichkina qishloqlarda joylashgan. Ko’p xalqlarning uylari umumiy xarakterda bo’lib, bambuk va xurmo yog’ochlaridan tiklangan, turli yaproqlar bilan yopilgan va yerdan birmuncha ko’tarilgan poldan iborat. Betak, dayak kabi qabilalarda katta oila, ba'zan jamoa joylashadigan hashamatli uylar bo’lgan. Filippinda ilgari maxsus jamoaning kengash uylari qurilgan. Uylar asosan, polga to’shalgan chipta, devorlarga osilgan ro’zg’or buyumlari bilan jihozlangan. Shaharda yashovchi boy oilalarning uylarida zamonaviy mebellar ham bor. Tog’ va botqoqlik


o’rmonlarda daydi ovchi va terimchi qabilalar bambuk va xashaklardan tiklangan yengil uylarda yoki pono qo’yib istiqomat qiladilar.
Azaldan janubi-sharqiy osiyoliklarda o’rama kiyim keng tar-qalgan. Masalan, ilgari Vetnamda belbog’, keng shim, kalta kurtka yoki xalat erkaklarning an'anaviy kiyimi bo’lgan bo’lsa, hozir ko’pchilik yevropacha kiyimga o’tgan. Ayollar ko’kragi ochiq kofta, uzun ishton, qishda kurtka yoki xalat, boshiga somon shlapa, oyog’iga esa sandal kiyganlar. Laosliklar asosan, xitoycha kiyingan, kalta keng shim, kurtka va sandal, ayollari esa to’pig’i-dan qo’ltig’igacha mato bilan o’rab belbog’ boylagan. Tailandlik-lar keng matoni belga o’rab, uchini butini orasidan o’tkazib ishtonga o’xshatib kiygan, birmaliklarning erkak va ayollari keng matoni yubka qilib o’ragan, ustiga yaxtak ko’ylak yoki kurtka kiygan, boshiga shlapa yoki qiyiqcha yopingan, oyog’iga teri sandal kiyishgan yoki umuman yalangoyoq yurganlar. o’rmonlarda yashovchi ovchi-terimchi qabilalar asosan, dub daraxtidan to’qilgan etakcha belbog’ yoki yubka kiyganlar. Barcha xalqlarda turli bezaklar, ayniqsa, elatlarda esa tatuirovka qilish, tishni qoraga bo' yash kabi pardozlar bo' Igan.
Oilaviy turaiush va ijtimoiy tuzumi jihatidan mazkur xalqlar har xil darajada turgan. Uzoq vaqtlar Hindixitoy va Indoneziyaning ko’p qismida patriarxal oila va turmush munosabatlari saqlanib kelgan. Ijtimoiy tuzumga va oilaviy turmushga din (buddizm, islom, nasroniy) zo’r ta'sir qilgan. Ayrim qoloq elatlar - ovchi-terimchi qabilalarda urug’-jamoa munosabatlari hali ham mustahkam saqlangan. Ular ma'lum hududga ega bo’lib, urug’chilik hatto ona urug’i qoldiqlarini saqlab qolgan, ijtimoiy va oilaviy munosabatlarni qabila boshliqlari va jamoa boshqargan.

Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati, san'ati va folklori juda boy. Ma'lumki, bu yerda o’rta asrlar-dayoq ma'rifat ancha taraqqiy qilgan, diniy va badiiy adabiyot tarqalgan. Ammo mustamlakachilik siyosati tufayli an'anaviy madaniyat inqirozga uchragan edi. Qadimdan Vetnamda har xil epik asarlar, musiqa, raqs va qo’shiqlar rivoj topgan. Tailandda har xil xalq teatrlari - imo teatri, qo’g’irchoq va niqob teatrlari tarqalgan. Kambodjada va Birmada balet juda mashhur, epos janriga asoslangan xalq tomoshalari va soya teatri (ayniqsa, Indoneziyada vayang-nurvo nomli) katta obro' qozongan.

An'anaviy xalq tabobati hozirgacha o’z ta'sirini yo’qotmagan: har xil tabiiy o’t-o’lanlar bilan davolash, xalq xirurgiyasi usul-lari va boshqa tibbiy faoliyatga sehrarlik bilan yondashuv mavjud.

Buddizm butun Hindixitoy yarim orolida eng keng tarqalgan diniy tasavvurdir. Birma aholisining 83 foizi, Kampuchiya va Laosda taxminan 90 foiz, Tailandda esa 94 foizini buddistlar tashkil etadi. Vetlarning ham ko’pchiligi buddizm diniga bo’ysu-nadi. Buddistlar bir necha mazhablarga bo’lingan (xinoyana, maxayana va bir necha mayda guruhlar). Maxayana bilan boshqa sharqiy dinlar va nasroniylikning aralashmasidan ikkita yirik sinkretik mazhablar paydo bo’lgan (kao-day va xoa-xao). Filippin aholisining 90 foizi nasroniy diniga o’tgan, ko’pchiligi (84 %) katoliklar. Indoneziyada islom dini hukmron, ya'ni aholi-sining 94 % i musulmon, 4 % i nasroniy, qolgani induistlar va buddistlardan iborat. Malayziyada ham ko’pchilik aholi musul-monlar, ammo konfutsiylik, buddizm, daosizm, induizm va nasroniy dinidagilar ham ancha qismni tashkil qiladi. g’arbiy Malayziyaning yarmidan ko’pi islom diniga itoat qilsa, sharqiy qismdagi aholisining ko’pchiligi mahalliy urug’-qabilaviy diniy tasavvurlarga ega. Ibtidoiy diniy e'tiqodlar qisman Birma (ka-chin, naga, china, lisu, karen, kaya, tog’li monlar), Tailand, Vetnam (tog’li tay, kxmer va monlar), Laos (tay, mon, myao, yao) va Sharqiy Timorda hozirgacha saqlangan. Sumatra, Kalimantan va Filippinning ayrim orollarida urug’-qabilaviy dinlar haligacha uchraydi.

Shuni alohida qayd qilish lozimki, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari orasida hukmron bo’lgan eng yirik dinlarning barchasi mahalliy diniy e'tiqodlar, xalq urf-odatlari va milliy bayramlaridan keng foydalanib ularga diniy tus bergan. Masalan, butun mintaqada tarqalgan qishloq xo’jaligi bayram marosimlari, bahor faslida ajdaho shaklidagi kemalarda o’tkaziladigan poygalar, dehqonning yordamchisi sabr-toqatli va mehnatkash qo’tos obrazi, mard va topqir quyon sujeti (yo’lbars va timsohlar ustidan g’olib chiqadigan) diniy tasavvurlar bilan chatishib ketgan. Oilaviy va ijtimoiy bayramlar doimo turli taomlar, rang-barang kuy va raqslar, ommaviy tomoshalar bilan nishonlangan.


Download 36,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish