Milliy istiqlol g`oyasi fanidan ma'ruza matnlari


 Tarixiy xotira va milliy o`zlikni anglash



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana02.10.2019
Hajmi1 Mb.
#22869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanidan maruza matnlari


3. Tarixiy xotira va milliy o`zlikni anglash. 

 
68 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  o`zining  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak 
yo`q”  asarida  “Tarixiy  xotirasi  bor  inson  –  irodali  inson  tarix  saboqlari 
insonni  xushyorlikka  o`rgatadi.  O`zlikni  anglash  tarixni  bilishdan 
boshlanadi” deb ta`kidlaganlar. 
Demak,  tarixni  bilmasdan,  yaxshi  bilmasdan  turib,  yuksak 
ma`naviyatga  erishish  mumkin  emas.  Sobiq  ittifoq  davrida  millatimiz 
ongiga  shunday  g’oya  singdirildiki,  u  o`z  yurtida  boshini  baland  ko`tarib 
yurishi  taqiqlangan  edi.  Xalqimizning  shunday  ahvolga  tushib  qolishiga 
asosiy sabablardan biri – uning tarixiy xotirasidan judo bo`lishi edi. Milliy 
g’oya  xalqimizga  nafaqat  o`z  tarixini  odilona,  ob`ektiv  va  xolisona 
o`rganish imkoniyatini yaratadi, balki Millat sifatida shakllanish davridagi 
murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko`rsatib beradi. Chunki, 
millat  g’oya  xalqimizning  qadimiy  va  boy  tarixidan,  ulug’  alloma 
ajdodlarimizning 
hikmatlari 
va 
hayotiy 
o`gitlaridan, 
bunyodkor 
g’oyalaridan, yashash iboratidan ozuqa olgan. 
Shuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai 
deyiladi.  Dono  xalqimizning  “Etti  pushtingni  bilgin  –  degan  o`gitlari 
bekorga  kelib  chiqmagan.  Shuning  uchun  ham  qadimgi  Sharq 
donishmandlari  insonni  gavdasi  oldinga,  yuzi  esa  ortga  qaratgan  holda 
tasvirlaganlar.  Ya`ni,  ularning  nazdida  insoniyat  kelajak  sari  intilar  ekan, 
o`tmishni  doimo  yodda  saqlamog’i  shart.  Bu  ko`hna  haqiqatni  teran 
anglagan  Prezident  I.A.Karimov  “O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag’asida: 
xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot  kafolatlari” asarida 
istiqboldagi  vazifalarni  belgilab  berar  ekan:  “Tarix  xotirasi,  xalqning, 
jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash 

 
69 
milliy  o`zlikni  anglashni  ta`bir  joiz  bo`lsa,  milliy  iftixorni  tiklash  va 
o`stirish jarayonida g’oyat muhim o`rin tutadi”
1
, deb ta`kidlaydi. 
Tarixiy  xotira  millatga  kuch-qudrat  bag’ishlaydi,  hayotning  og’ir 
sinovlarini  munosib  engib  o`tishga,  o`zligini  saqlab  qolishga  yordam 
beradi.  Shuning  uchun  ham  o`zga  xalqlarni  tobe  etishga  uringan 
bosqinchilar xalqni ana shu qudrat manbaidan ayirishga, shahar va tarixiy 
obidalari,  madaniy  yodgorliklari  va  ajdodlarning  ma`naviy-merosidan 
mahrum  etish  orqali  tarixiy  xotirasini  zaiflashtirishga  harakat  qilganlar. 
Demak, jamiyat hayotida bunyodkor g’oyalarga tayansagina, taraqqiyotga 
erishadi. Ma`naviy jihatdan yuksaladi. Bunyodkor g’oyalar madaniy meros 
va tarixiy xotiraga tayanadi. 
 
4. Milliy istiqlol g’oyasi – milliy o`zlikni tarbiyalash, qadrlash, 
saqlab qolish omili. 
Inson  “Bir  parcha  go`sht”  bo`lib  dunyoga  keladi  va  u  dastlab  tabiiy 
instinktlar bilan yashaydi. Sekin – asta yashaydigan oila muhiti, keyinroq 
mahalla,  ta`lim  olgan  bilim  dargohi,  jamiyat  ta`sirida  inson  dunyoqarashi 
shakllanadi,  shaxsga  aylanib  boradi.  Jamiyatdan  tashqarida  esa,  u 
hayvonot dunyosining boshqa vakillaridan unchalik farq ham qilmaydigan, 
o`zligini anglashga qodir bo`lmagan oddiy jozodligiga qoladi. Jamiyatdan 
tashqarida o`zining insoniy sifatlarini saqlab qolgan Robinzon Kruzo yoki 
Maugli kabi adabiy qahramonlar faqat hayolat mahsulidir. 
Mashhur  ingliz  yozuvchisi  Doniel`  Defoni  Robinzon  obrazini 
yaratishga turtki bergan real shaxs – Aleksandr sel`kirk tarixi bunga yorqin 
misol bo`la oladi. O`zi bilan ziddiyatga borgan bu matrosni kema kapitani 
                                                
1
 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. 6-jild. T.: “O`zbekiston”, 1998.127-b. 

 
70 
kimsasiz  orolga  tushirib  qoldiradi.  U  atiga  4  yildan  ko`proq  vaqtni 
yolg’izlikda  o`tkazadi.  Ammo  shu  qisqa  vaqt  ichidayoq  u  odamdek 
so`zlashni,  muomala  qilishni  unutadi,  bir  so`z  bilan  aytganda,  butkul 
insoniy qiyofasini yo`qotadi. 
Demak  kishining  inson  martabasiga  erishmog’i,  o`zligini  topishida 
ma`naviy  –  ijtimoiy  muhit  va  jamiyatda  orttirgan  tajribasi,  bilimlari. 
Tarbiyasi  muhimdir.  Inson  tafakkuriga  oila,  jamiyatdagi  tarixiy  shart-
sharoit,  jamiyatdagi  siyosiy,  iqtisodiy  va  mafkuraviy  holatlar  o`z  ta`sirini 
ko`rsatar  ekan,  uning  o`zligini  –  milliy  o`zlikni  anglashda  ta`lim-
tarbiyaning  ahamiyati  benihoya  katta.  “Faqatgina  chinakam  ma`rifatli 
odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so`z bilan aytganda, o`zligini 
anglash,  erkin  va  ozod  jamiyatda  yashash,  mustaqil  davlatimizning  jahon 
hamjamiyatida  o`ziga  munosib,  obro`li  o`rin  egallashi  uchun  fidoyilik 
bilan kurashishi mumkin”.   
Shuning  uchun  ham,  milliy  g’oya  voqelikka  aylanishi,  taraqqiyotga 
xizmat  qilishi  uchun  milliy  ma`naviy  tiklanish  zamirida  fuqarolarimiz 
ongu-tafakkurini o`stirish zarur. 
TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR: 
 
ADABIYoTLAR: 
 
8-MAVZU: MILLIY G’OYa VA MA`NAVIY QADRIYaTLAR. 
REJA:  
1.  Milliy ma`naviy qadriyatlar tushunchasi uning ta`rifi va tavsifi. 
2.  Milliy ma`naviy meros qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari. 
3.  Milliy qadriyatlar – milliy g’oyaning ma`naviy negizi. 

 
71 
4.  Yuksak ma`naviyat engilmas kuch.  
5.  Milliy qadriyatlarni inkor etishning milliy g’oyaga zidligi.  
 
1. Milliy ma`naviy qadriyatlar tushunchasi uning ta`rifi va tavsifi. 
Har  qanday  ijtimoiy  hodisaning,  shu  jumladan,  milliy  g’oyani  va 
milliy-ma`naviy 
qadriyatlarning 
mohiyatini 
ochib 
berish 
uchun 
quyidagilarga  aniqlik  kiritish:  tushunchaning  ta`rifi  (definiciyasi) 
tushunchaning  tavsifi  (harakteristikasi),  milliy  ma`naviy  qadriyatlarning 
mazmuni,  ularning  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  (evolyuciyasi);  ijtimoiy 
maqsadi va vazifalari (funkciyalari); tuzilishi (strukturasi); amal qilish usul 
va 
vositalari 
(texnologiyasi); 
shakllari 
va 
ko`rinishlari 
tasnifi 
(klassifikaciyasi) va nihoyat, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ta`sirini 
bilish lozim.  
“Qadriyat  tushunchasi  –  juda  keng  tushuncha.  Uning  bir  qismi  – 
ma`naviy  qadriyatlardir.  Milliy  –  ma`naviy  qadriyatlar  –  “Milliylik”, 
ma`naviyat”  va  “qadriyat    tushunchalari  kesishgan  nuqtada  jamlangan 
ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.  
“Milliy ma`naviy qadriyatlar” tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish 
mumkin:  
Muayyan  millat  vakillari  uchun  zarur  va  ahamiyatli  aziz  va  ardoqli 
bo`lgan,  manfaati  va  maqsadlariga  xizmat  qiladigan  ma`naviy  boyliklar, 
an`analar  va  tamoyillar,  g’oyalar  va  me`yorlar  milliy  ma`naviy 
qadriyatlardir.  
Har  bir  xalqning  o`zi  uchun  e`zozli,  qimmatli  bo`lgan  ma`naviy 
boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan –avlodga o`tib kelgan, 
hozirgi  kunda  ham  o`zining  ahamiyati  va  qadrini  yo`qotmagan,  shu 

 
72 
xalqning  iftixor  manbaiga aylangan durdonalardir.  Masalan,  Qirg’iz  xalqi 
“Manos”  dostoni  bilan,  Misrliklar  qadimiy  piramidalar,  francuzlar 
Parijdagi Luvr saroyi, O`zbeklar Samarqandu, Buxoro va Xiva bilan xaqli 
ravishda faxrlanadilar. 
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga 
xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va 
holatlarga  yangi  paydo  bo`layotgan  faoliyat  turlari  va  rasm-rusmlariga 
baho beriladi.  
Yosh  avlodning  hayotiy  mo`ljallari  “Zamona  qahramoni”  haqidagi 
tasavvurlari ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. 
 
2. Milliy ma`naviy meros qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari. 
Milliy  ma`naviy  meros  va  qadriyatlar  tushunchasi  keng  qamrovli 
tushuncha bo`lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat. 
-  tarixiy meros va tarixiy xotira; 
-  madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo`lyozmalar;  
-  ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari; 
-  san`at va milliy adabiyot; 
-  axloqiy fazilatlar; 
-  diniy qadriyatlar;  
-  urf-odat, an`ana va marosimlar;  
-  ma`rifat, ta`limtarbiya va hokazolar. 
Milliy  ma`naviy  qadriyatlar  tizimida  tarixiy  meros  va  tarixiy  xotira 
muhimo`rin tutadi. Ma`naviyatni yuksaltirish va xalqning ruhini xotiraning 
juda  katta  ahamiyati  bor.  Tarixni  haqqoniy  o`rganish,  undan  saboqlar 
chiqarish lozim. O`zbek xalqi jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa 

 
73 
qo`shgan  millatlar  qatoridan 
faxrli  o`rnini  egallaydi. 
Madaniy 
yodgorliklar,  me`morchilik  san`ati  namunalari,  qadimiy  qo`lyozmalar  – 
milliy  ma`naviyatning  bebaho  durdonalari,  xalqimiz  uchun  eng  qadrli  va 
muqaddas bo`lgan boyliklaridir. Bularni avaylab-asrash kelajak avlodlarga 
etkazish  ma`naviyat  sohasidagi  eng  dolzarb  vazifadir.  Ilm-fan  va  uning 
yutuqlari  milliy yoki hududiy chegaradan chiqadigan, butun jahon e`tirof 
etadigan,  umuminsoniyatga  xizmat  qiladigan  boylikdir.  Biroq  olimning 
ijodi va uning ilmiy kashfiyoti, avvalo, uning millati va vatanini dunyoga 
tanitadi milliy qadriyatni jami bashariyatning yutug’iga aylantiradi.  
Milliylik xalqning ruhiyati va ma`naviyati, ayniqsa, san`at va adabiyot 
rivojida  yorqin  ifodalanadi.  ezgulik  va  poklikni,  insoniylik  va 
haqqoniylikni  kuylagan  buyuk  asarlar,  qaysi  joyda  yoki  qaysi  tilda 
yaratilganidan  qat`iy  nazar,  jahonga  taniladi,  provardida  yana  shu 
millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi. 
Tarbiya  va  ta`limning  milliy  xususiyatlari  ham  ma`naviy  qadriyatlar 
tizimida  o`z  o`rniga  ega.  Xalqning  kelajagi  yoshlarga  bog’liq  ekanligi 
qanchalik  haqiqat  bo`lsa,  bularni  milliy  ruhni  tarbiyalash  zarurati  ham 
umume`tirof etilganligidir.  
Milliy  tarbiya  xalqning  o`z-o`zini  saqlash  va  istiqbolini  ta`minlash 
omilidir.  Xulosa  qilib  aytganda,  milliy  ma`naviy  qadriyatlarning  har  bir 
tarkibiy  qismi  xalqning  mustaqilligini  mustahkamlash  va  kelajagini 
ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.  
 
3. Milliy qadriyatlar – milliy g’oyaning ma`naviy negizi. 
Milliy  g’oya  –  millat  tafakkurining  mahsuli,  ijtimoiy  ongni  yuqori 
darajadagi  shakli,  xalq  falsafasining  o`zagidir.  Turli  xalqlarning  milliy 

 
74 
g’oyasi  ularning  maqsad-muddaolarini  orzu-umidi  va  ishonch-e`tiqodini 
ifodalaydi.  Ayni  paytda,  muayyan  tamoyil  va  negizlarga  asoslanib 
rivojlanadi.  Tarix  saboqlari  guvohlik  berishicha,  o`tkinchi  manfaat  va 
g’oliz  niyatlarga  tayangan,  o`zga  xalqlar  va  yurtlarga  tajovuz  qilishni, 
bosqinchilikni  ko`zlagan  yovuz  g’oya  va  mafkuralar  millat  va  davlatlarni 
tanazzulga duchor etgan.  
Faqat ezgu g’oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy 
g’oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan.  
O`zbek oilalarida uch-to`rt, hatto besh avlod vakillari o`zaro ahillikda, 
bahamjihat umr kechiradilar. Har bir bug’ining o`z burchi va mas`uliyati, 
o`z erki va mavqei bor.  
Oila – muqaddas. Oila qurish o`ta mas`uliyatli ishdir. “Oila – eskilik 
unsuri  emas”.  U  muqaddas,  oilada  millat  kelajagi  mujassam  yoshlarni 
tarbiyalash,  kamolotga  etkazish,  ilm-hunar  berish,  uyli-joyli  qilish-
aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir. 
Mahalla  –  o`z-o`zini  boshqarishning  o`zbek  xalqi  yaratgan  eng  katta 
yutug’i,  oqilona  shaklidir.  Mahalla  –  tarbiya  maskani,  har  bir  oilaga 
tayanch  va  suyanch  ekanligi  ko`pchilikka  ayon.  O`zbek  xalqining  hayoti, 
kundalik  turmushi,  qadriyatlari  bilan  tanishgan  xolis  fikrli  xorijliklar 
mahallani noyob qadriyat, buyuk kashfiyot sifatida e`tirof etmoqdalar. 
Qo`ni-qo`shnichilik  munosabatlari  uzoq  tarixga  ega  bo`lib,  asrlar 
davomida  b  borada  muayyan  qadriyatlar  shakllangan.  Jahon  tarixining 
oxirgi bir necha asrida hukmron bo`lgan begonalashuv jarayoni bu sohaga 
ham o`z ta`sirini o`tkazgan. 
Keksalarga  hurmat  –  inson  hayotiy  tajribasi  davomida  shakllangan 
qadriyat  nomli  tabiatda  hayot  uchun  kurash  qonuniyati  mavjud.  Nasl 

 
75 
qoldirish, yangi avlodga mehr qo`yish, uni oyoqqa turg’uzguncha jon fido 
qilish  hollari  aksariyat  hayvonlarda  kuzatiladi.  Ammo,  qadriyatlarni 
e`zozlashi, 
keksalarga 
ehtirom, 
mehr-muruvvat 
ko`rsatish-insoniy 
fazilatdir. 
Ayol zotiga ehtirom – insoniyatning yarmidan ko`pini tashkil etadigan 
xotin-qizlarga  bo`lgan  munosabatning  eng  yuqori  cho`qqisidir.  Tarixda 
ayollar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan hukmron bo`lgan davr matriarxat deb 
atalgan.  Hukmronlik  erkaklarga  o`tgan  davrlarda  ayolning  haq-huquqlari 
va  erkinliklari  kamsitadigan  munosabatlar  joriy  etilgan.  Demakratiyaning 
eng  mhim  yutug’i  –  har  ikki  jinsning  teng  huquqli  va  erkin  bo`lishini 
ta`minlashdir. 
Onaga bo`lgan hurmat va sadoqat eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun 
Vatanga,  milliy  tilga  nisbatan  berilganda,  ona  nomi  qo`shiladi.  Milliy 
istiqlol  g’oyasi  onalar  uchun,  jamiyatdagi  barcha  ayollar  uchun  farovon 
hayot,  go`zal  turmush  yaratishni  aqsad  qilib,  xotin-qizlarning  erkinligi  va 
o`z  qadr-qimmatini  anglab  etishiga,  o`z  salohiyat  va  imkoniyatlarini 
yuzaga chiqarishiga sharoit yaratishni bosh g’oyasida mujassamlashtirgan. 
 
4. Yuksak ma`naviyat engilmas kuch. 
Insoniyatning  ko`p  asrlik  tarixini  shundan  dalolat  beradiki,  bu 
dunyoda  o`zining  milliy  davlatini  qurishga  azmu  qaror  qilgan  har  qaysi 
xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish shu yo`lda odamlarni birlashtirish 
va  safarbar  qilish,  ularning  qalbida  ishonch  uyg’otish,  eski  ijtimoiy 
tuzumdan mutlaqo yangi tzumga o`tishda o`ziga qo`shimcha kuch-quvvat 
va  madad  topishda  umumiy  yagona  maqsad  va  orzu-intilish  ifodasi 
bo`lgan milliy g’oyani tayanch va suyan deb biladi.  

 
76 
Milliy  g’oya  deganda,  ajdodlardan  avlodlarga  o`tib,  asrlar  davomida 
e`zozlab  kelinayotgan,  shu  yurtda  yashayotgan  har  bir  inson  va  butun 
xalqning  qalbida  chuqur  ildiz  otib,  uning  ma`naviy  ehtiyojni  va  hayot 
talabiga  aylanib  ketgan,  ta`bir  joiz  bo`lsa,  har  qaysi  millatning  eng  ezgu 
orzu-intilish  va  umid-maqsadlarini  o`zimizga  tasavvur  qiladigan  bo`lsak, 
o`ylaymanki,  bunday  keng  ma`noli  tushunchaning  mazmun-mohiyatini 
ifoda qilgan bo`lamiz.  
endilikda  oldimizda  turgan  eng  muhim  vazifa  –  ana  shu  yuksak 
tushunchalar  bilan  birga  milliy  g’oyamizning  uzviy  tarkibiy  qismlarini 
tashkil  qiladigan  komil  inson,  ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo  totuvlik, 
dinlararo  bag’rikenglik  kabi  tamoyillarning  ma`no-mohiyatini  bugungi 
kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim-tarbiya 
ishlarining  markaziga  qo`yish,  ularni  yangi  bosqichga  ko`tarish,  yosh 
avlodimizni  har  tomonlama  mustaqil  fikrlaydigan  etuk  dunyoqarash 
egalari qilib tarbiyalashdan iborat.  
Bugungi  kunda  mamlakatimizda  yangi  hayot  yangi  jamiyat 
poydevorini  barpo  etishda  erkin  fuqaro  ma`naviyatni  shakllantirish 
masalasi  biz  uchun  g’oyat  dolzarb  ahamiyatga  ega.  Bugungi  kunda 
oldimizda  turgan  eng  muhim  vazifalarni  ko`z  o`ngimizdan  o`tkazar 
ekanmiz,  aholining  kundalik  ehtiyojlariga  bevosita  daxldor,  dolzarb 
masalalarni  hal  qilish  bilan  bir  qatorda  biz  eski  tuzum  davrida  inson 
hayotining  negizi  a  murakkab  tomonlari  milliy  qadriyatlar,  tarixiy 
an`analar,  umuminsoniy  ma`naviy  boyliklar  bilan  hisoblashmaslik 
jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak.  
Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo`lishi lozxim?  

 
77 
Birinchi  navbatda  milliy  madaniyatimiz  xalq  ma`naviy  boyligining 
ildizlariga  e`tibor  berish  zarur.  Bu  xazina  asrlar  davomida  misqollab 
to`plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o`tgan. Insonlarga og’ir damlarda 
madad  bo`lgan.  Bizning  vazifamiz-shu  xazinani  ko`z  qorachig’imizdek 
asrash va yanada boyitish. 
 
5. Milliy qadriyatlarni inkor etishning milliy g’oyaga zidligi. 
Milliy  qadriyatlar  ba`zilari  o`tmish  mustabid  tuzum  sharoitida  tazyiq 
va  tahqirga  uchragan,  ularga  “eskilik  sarqiti”,  “o`tmishning  qoldig’i” 
degan tamg’alar bosilgan edi. Hatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, 
maxsi-kavush  kiyish,  oyoqni  sandalda  issiq  tutish  kabi  beg’ubor  odamlar 
ham shu tahqirdan chetda qolmagan. 
Mustamlakachilik  siyosati  soxta  qadriyatlar,  begona  taomillarni 
zo`rlab  kiritishga  urindi.  Xalqimizning  ruhi  va  tabiatiga  zid  bo`lgan  – 
chikilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota 
boshladi.  Milliy  ma`naviy  qadriyatlarni  himoya  qilish  millatchilik  deb 
baholandi. 
O`zbekistonning  mustaqilligi  ma`naviy  qadriyatlarni  yuksaltirish 
uchun mustaqhkam poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g’oyasi bu qadritlarni 
tiklashni yanada yuqori bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi. 
I.Karimov:  “Ota-bobolarimizdan  qolgan  ezgu  udumga  muvofiq, 
keksalarga hurmat, kichiklarga izat ko`rsatishdek noyob insoniy qadriyatni 
yangi  mazmun  va  amaliy  ishlar  bilan  boyitish  va  mustahkamlash  zarur”, 
deb ta`kidlaydi. “Nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimizga hamisha 
hurmat-ehtirom  bilan  munosabatda  bo`lish,  ularning  xizmatini  qilib, 
duosini  olish,  jajji  go`daklarga,  aziz  farzandlarimizga  g’amxo`rlik  qilish, 

 
78 
ularni  ardoqlashdek  xalqimizga  xos  bo`lgan,  asrlar  davomida  saqlanib 
kelayotgan  olijanob  odatga  har  birimiz  sodiq  bo`lishimiz,  uni  asrab-
avaylashimiz,  rivojlantirishimiz  ham  farz,  ham  qarzdir”.  Lekin  bu 
hammaga  ham  bir  xilda  xush  kelmayotir.  Bizni  o`zimizga  xos 
qadriyatlardan  mahrum  etishga  urinishlar  hozir  ham  davom  etmoqda. 
“An`anaviy qadriyatlar”ni yo`q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan 
g’oya xavflidir. 
“Nur  borki  –  soya  bor”  deganlaridek,  o`z  farzandlik  yoki  ota-onalik 
burchlarini  unutayotgan,  muqaddas  milliy  qadriyatlarimizni  oyoq  osti 
qilayotgan  ayrim  kimsalar  ba`zan  uchrab  turibdi.  O`zlarini  dunyoga 
keltirgan  otalari  yo  volidalarini  “Qariyalar  uyi”ga  joylaydigan, 
farzandlarini  “tirik  etim”  qilib,  “Mehribonlik  uyi”ga  tashlab  ketadigan 
kimsalarda  nafaqat  milliy  or-nomus,  oddiy  inson  va  vijdon,  umuman, 
odamgarchilik yo`qligi milliy qadriyatlarimizga zid bo`lgan achinarli hol.  
O`zbekiston  davlati  qariyalarni  qadrlash,  yoshlarga  g’amxo`rlik 
ko`rsatishni  o`z  taraqqiyotining  ustuvor  tamoyili  qilib  belgilagan. 
Binobarin,  turli  sabablarga  ko`ra  boquvchisiz  qolgan  keksayu,  yosh  hech 
mahal  mehr-muruvvatdan  chetda  qolmasligi  aniq.  Ayni  paytda,  milliy 
istiqlol  g’oyasi  har  bir  vatandoshlarimizning  o`z  fuqarolik  burchlarini 
chuqur  anglab  etishini,  insoniylik  va  mehribonlikni  eng  ezgu  qadriyat 
sifatida e`tirof etiladi. Dahshatli urush yillarida yuz minglab etim bolalarni 
asrab  olib,  milliy  bag’rikengligimizni  dunyoga  tanitgan  insonlarga 
munosib bo`lish – milliy g’oyaga sadoqatning amaliy ifodasidir. 
Milliy  g’oya  ruhiga  yot  bo`lgan  salbiy  hislatlardan  biri  – 
boqimandalik,  loqaydlik  bo`lib,  bu  mehnat  kishilarining  g’ayratini, 

 
79 
tashabbusini bo`g’ib kelgan o`tmish tuzumdan meros bo`lib o`tdi va hozir 
ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta`sirini o`tkazmoqda. 
Mustabid  tuzum  sharoitida  xalqning  kundalik  ongi,  ijtimoiy  ruhiyati 
bilan  rasmiy  mafkura  orasida  keskin  tafovut,  ziddiyat  vujudga  kelgan. 
Munofiqlikka  asoslangan,  yakka  hukmronlikni  da`vo  qilgan  rasmiy 
mafkura  real  hayotni.  Odamlarning  his-tuyg’ulari  va  orzu-niyatlarini  aks 
ettirmay  qo`ygan  edi.  Ijtimoiy  ongdagi  bu  uzilish  natijasida  odamlarda 
ichki  norozilik  ortar,  vaziyatdan  chiqish  yo`li  yo`qligi  uchun  tushkunlik, 
umidsizlik kayfiyati kuchayar edi. Ayrimlar bu soxta g’oyaga ishonar edi.  
 
SAVOLLAR: 
1.  Milliy  ma`naviy  qadriyatlar  tushunchasiga  qanday  ta`rif  berish 
mumkin? 
2.  O`zbek mahallasi haqida gapiring? 
3.  Ta`lim inson tarbiyasida qanday o`ringa ega? 
4.  Milliy g’oya va ma`naviy hayot deganda nimani tushunasiz? 
ADABIYoTLAR: 
1.  O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003. 
2.  Karimov  I.A.  Yangicha  fkrlash  va  ishlash  –  davr  talabi.  5-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 1997. 
3.  Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas`ulmiz.  9-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 2001. 
4.  Karimov  I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish 
va  yangilash,  mamlakatni  modernizaciya  va  isloh  etishdir.  T.: 
“O`zbekiston”, 2005. 

 
80 
5.  Karimov  I.A. O`zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo`lmaydi. 
T.: “O`zbekiston”, 2005. 
6.  Karimov  I.A.  Yuksak  ma`naviyat    -  engilmas  kuch.  T.:  “Ma`naviyat”, 
2008. 
7.  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.: 
“O`zbekiston”, 2001. 
8.  Milliy istiqlol g’oyasi O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalavriat 
bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”,2005. 
9.  Milliy g’oya – bizning g’oya. T., 2001. 
10.  Milliy  stiqlol  g’oyasi  va  mafkurasi;  falsafiy  va  huquqiy  jihatlar.  T., 
2001. 
11.  Milliy  g’oya:  targ’ibot  texnologiyalari  va  atamalar  lug’ati.  T.: 
“Akademiya”, 2007.  
 
9 – MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G’OYaSINING BOSh 
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish