Milliy istiqlol g`oyasi fanidan ma'ruza matnlari


 Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar  hamda mafkuraviy



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana02.10.2019
Hajmi1 Mb.
#22869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanidan maruza matnlari


4. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar  hamda mafkuraviy 
immunitet. 
Hozirgi  voqelikda  milliy  istiqlol  g’oyasi  va  yot  mafkuralar  orasidagi 
munosabatlar  mafkuraviy  kurash,  mafkuraviy  qarshi  turish,  psixologik 
urush  shakllarida kechmoqda.  Yosh mafkuralar  mafkuraviy  kurashlarning 
ming  yillik  uslublarini,  shuningdek,  zamonaviylashtirilgan  uslublari, 
axborot  maydonni  egallab  olish;  mafkuraviy  qo`poruvchilik  harakatlarini 
qo`llash orqali xalqimizda O`zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik 
uyg’otishga  davlat  siyosatini  obro`sizlantirishga,  odamlarning  o`zini 
Vatan,  millat  himoyasidan  chetga  tortishga,  loqaydlikka  erishishga 
intiladilar. 
Har  qanday  jamiyat  bunday  makkor  tahdidlarni  engishi  uchun  o`zida 
ogohlik,  mafkuraviy  xavfsizlik,  to`qchillik,  jangovorlik,  safarbarlik, 
umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo`lishi kerak. 
“Xalifa”  so`zining  mug’aviy  ma`nosi  –  “o`rinbosar”  terminologik 
ma`nosi  “musulmon  jamoasi  va  musulmon  davlatining  diniy  hamda 
dunyoviy boshlig’i” deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutloq monarxiya 
tipidagi  davlat  bo`lib,  davlatni  xalifa  boshqaradi.  Xalifalik  davlatini 
boshqaruv  tizimi  Islom  –  shariat  qonunlari  bilan  belgilanadi.  “Hizbut  - 
tahrir”  da`vo  qilgan  xalifalik  davlati  esa  “Islom  nizomi”  nomli  kitobida 
bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi.  
“Hizb  ut-tahrir”  –  sunniylik  doirasidagi  diniy-siyosiy  partiya  bo`lib, 
1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan.  

 
42 
Bu partiya falastinlik Toqiyiddin Noboxoniy (1909-1978) tomonidan, 
“Al-invom  al  muslimon”  rahbari  sayid  qutb  bilan  kelisha  olmay 
qolganlaridan  keyin  tashkil  etilgan.  1952  yilda  Taqiyiddin  KAboxoniy 
tomonidan  er  yuzining  musulmon  davlatlarida  mavjud  bo`lgan  tuzumni 
o`zgartirib,  “Xalifalik”  davlatini  tuzishlik  va  bu  maqsadni  amalga 
oshirishlik  uchun  “Islom  dini  niqobi  ostida  “Hizbut  –  tahrir  partiyasiga 
asos  solinib,  bu  partiyaning  idoraviy  to`plamlari  va  boshqa  qonunlari 
ishlab  chiqilgan  edi.  Uning  a`zolari  yoshlarni  diniy  fonotizm  va 
ekstremizm  ruhida  tarbilashning  barcha  usullari  –  da`vat  ishontirish, 
varaqa  va  mish-mishlar  tarqatish  xalqa  dars  uslublarini  qo`llab  fuqarolar 
o`rtasidagi  davlat  va  shaxs  o`rtasidagi  munosabatlarni  keskinlashtirishga 
harakat qildi.  
Har  bir  kishi  yoki  jamoa,  jamiyat  mafkuraviy  immunitetini  bosh 
darajaga  bo`lib  o`rganish,  baholash  va  shu  asosda  takomillashtirish 
mumkin. Bunda:  
Birinchi ya`ni mafkuraviy immunitetning quyi darajasi – shaxs, jamoa 
jamiyat  yuqoridagi  `ilimlaridan  xabardor  emas,  buzg’unchi  mafkuraviy 
g’oyalarga befarq loqayd; 
Ikkinchi  darajasi  –  bilimlar  bor  lekin  ular  his  qilinmagan 
sistemalashmagan  shu  sababli  ularni  buzg’unchi  mafkuraviy  g’oyalarga 
qarshi ishlatishga tayyor emas; 
Uchinchi daraja – mafkuraviy bilimlarga ega lekin ular nazariy, shaxs 
jamiyat ularni qo`llashga qiynaladi.  
To`rtinchi  daraja  –  asosli  bilimlarga  ega  vaziyatni  to`g’ri  baholay 
oladi:  ichki  va  tashqi  siyosiy  mafkuraviy  ta`sirlarga  qarshi  immuniteti 
shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi. 

 
43 
Beshinchi  –  oliy  daraja  mukammal  g’oyaviy,  siyosiy,  iqtisodiy 
bilimlarga  ega  va  bu  bilimlarni  bemalol  amalda  qo`llab,  buzg’unchi 
mafkuraviy, siyosiy g’oyalarni doimo hamma joyda faol fosh qila oladi. 
 
5.  Mafkuraviy himoyaning xorij tajribasi namunalari. 
Jahonning 
demokratik 
mamlakatlari 
tajribasida 
mafkuraviy 
tarbiyaning  boy  imkonitlari,  turli  namunalari  to`plangan.  Yosh  avlodni, 
butun jamiyatni o`z davlati, mamlakatining mafkurasi ruhida tarbiyalash – 
sociologik, pedagogik, psixologik muammo sifatida faol o`rganilib, tezkor 
zamonaviylashtirilib  kelinmoqda.  O`tgan  asrning  60-70  yillari  G’arbiy 
Evropa  va  AQShda  mafkurasizlashuvga,  ya`ni  ijtimoiy  hayotni 
mafkuradan  xoli  etishga  urindilar.  Lekin  bu  yo`l  bilan  o`zini  oqlamadi. 
Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bo`shliq o`z asoratlarini ko`rsata boshladi. 
Bunday  holat  haqida  nufuzli  nemis  nashrlarida:  “Hozirgi  yoshlarimiz 
o`rtasida  loqaydlik,  ruhsizlik,  befarqlik,  anlanmagan  norozilik,  beqarorlik 
kayfiyatlari  tarzida  namoyon  bo`layotgan  “yoshlar  madaniyati”  deb 
ataluvchi  xatti-harakatlar  kuchaymoqda.  Bu  –  yoshlarning  o`z  ajdodlari 
ijtimoiy 
va 
madaniy 
qadriyatlaridan 
begonalashayotganliklarining 
belgilaridir”,  -  degan  tashvishli  fikrlar  bildirila  boshlandi.  Natijada, 
“mafkuraviy  yangilanish”,  “qayta  mafkuraviylashuv”ga  kuchli  zarurat 
tug’ildi  va  mafkusizlik  xatosini  tuzatishga  kirishildi.  Shu  tariqa,  G’arbiy 
Evropa  va  AQShning  pozitivistik  pedagogikasi  ijtimoiy  qadritlarga 
e`tiborni, mafkuraviy tarbiyani o`z ichiga oluvchi “maktabda o`quvchilarni 
siyosiy  indoktrinaciyalashni  amalga  oshirish”  koncepciyasini  ishlab 
chiqib, amalga oshira boshladi.  

 
44 
Amerika  maktablarida  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  –  o`z 
milliy  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  vosita  sifatida  qaraladi.  Buni 
tushunsa  bo`ladi,  zero,  bugungi  yosh  avlodning  g’oyaviy,  mafkuraviy 
birligi  –  ertaga  Amerika  xalqining  g’oyaviy,  mafkuraviy  birligini 
anglatadi-da!  Shu  sababli  AQShning  “Millat”  (“The  Nation”)  jurnali 
“Agar  ijtimoiy  fan  o`qituvchisi  maktab  sinfidan  o`zining  liberal 
qarashlarini  bildiradigan  joy  sifatida  foydalana  boshlar  ekan,  u  tez  orada 
ishsizga aylanadi”, - deya ogohlantiradi. 
Xullas:  
1.  Diniy  aqidaparastlik  va  boshqa  yot  mafkuralar,  eng  avvalo,  ayrim 
yoshlarning  g’oyaviy-siyosiy  tajribasizligiga  tayanadi.  Yot  mafkura  va 
buzg’unchi ta`sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik 
kayfiyatining  har qanday ko`rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi.  
2.  Qarshi  targ’ibot  samaradorligining  zaruriy  tamoyillaridan  biri  – 
uning  tezkorligida  bo`lib,  unda  muayyan  mintaqaviy  sharoitlarni, 
kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o`quv yurtining  u yoki bu muddatda 
hal  qila  olishi  mumkin  bo`lgan  mafkuraviy  imkoniyatlarini  hisobga  olish 
ko`zda tutiladi.  
3.  Shaxsning  mamlakat  ichkarisida  va  tashqarisida  sodir  bo`layotgan 
voqealarni  mustaqil  tahlil  qila  olishi, 
mafkuraviy  immunitetni 
mustahkamlaydi.  
Chunki mafkuraviy tahdid o`zining mazmuni, tamoyilari, uslublari va 
shakllariga ko`ra murakkab hodisadir. Bu haqda mamlakatimiz rahbarining 
shu  yil  12-13  may  kunlari  Andijon  shahrida  ro`y  bergan  voqealar 
munosabati  bilan  Oq  saroy  qarorgohida,  17  may  kuni  O`zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokuraturasida  mamlakatimiz  va  chet  el  jurnalistlari 

 
45 
hamda  diplomatik  korpus  vakillari  uchun  o`tkazilgan  matbuot 
anjumanlaridagi bayonotlari va muxbirlarning savollariga javoblarida turli 
diniy radikal guruhlarni birlashtirib turgan narsa “biz uchun yot bo`lgan bir 
maqsadni  –  diniy  davlat,  musulmon  xalifaligini  o`rnatishni  targ’ib 
qilmoqda  ularni  birlashtirib  turgan  –  dunyoviy  taraqqiyot  yo`liga  bo`lgan 
nafrat,  g’arblik  jurnalistlar  uchun  yana  bir  bor  aytmoqchiman, 
konstituciyaviy,  dunyoviy  taraqqiyot  yo`lini  qabul  qila  olmaslik,  uni 
ko`rolmaslikdir”
1
  –  deb  ta`kidlagan  edi.  Unga  Mustaqil  O`zbekistonning 
hayotiy  yutuqlarini dadil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan 
mamlakatlarning  hammasida  mavjud  bo`lgan  umumiy  muammolarni 
“faqat  O`Zbekistonga  xos”  deb  talqin  qilish,  erishilayotgan  ijtimoiy-
iqtisodiy  siyosat  yutuqlari  mohiyatini,  hukumatimizning  tashqi  va  ichki 
siyosatini  buzib  ko`rsatish.  Ayrim  mamlakatlar  turmush  tarzi,  siyosiy 
tizimini biryoqlama ko`tarish, milliy g’oyalarimizni obro`sizlantirish; ko`p 
millatli  O`Zbekistonda  aholi  o`rtasida  ijtimoiy  hamkorlikni  buzishga 
qaratilgan  kayfiyatarni  uyg’otish  va  nizolar  keltirib  chiqarishga  urinish; 
odamlarning  diniy  tuyg’ularini  junbushga  keltirish,  diniy  yovqarashni 
paydo qilish kabi yo`nalishlar xosdir.  
 
TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.  Mafkuraviy immunitet nima?  
2.  Hizb ut-tahrir partiyasiga nechanchi yili qaerda asos solingan?  
3.  “Xalifa” so`zining lug’aviy ma`nosi?  
4.  G’oyaviy monikulyaciya jarayonlari qanday kechadi? 
5.  Filogenitik immunitet?  
                                                
1
 Karimov I.A. O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi,  - T.: “O`zbekiston”, 2005, 53-b.  

 
46 
ADABIYoTLAR: 
1.  O`zbekiston Respublikasi Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003.  
2.  Karimov  I.A.  O`zbekiston  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  1-
jild. T.: “O`zbekiston”, 1996. 
3.  Karimov  I.A.  Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir.  3-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 1996. 
4.  Karimov 
I.A. 
Tinchlik 
va 
xavfsizlik 
o`z 
kuch-qudratimiz, 
hamjihatligimiz 
va 
qat`iy 
irodamizga 
bog’liq.  12-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 2004.  
5.  Karimov I.A. O`Zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo`lmaydi. 
T.: “O`zbekiston”, 2005. 
6.  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.:  “Yangi  asr 
avlodi”, 2001. 
7.  Milliy  istiqlol  g’oyasini  shakllantirishda  tashkiliy  –  uslubiy 
yondashuvlar. T.: “Akademiya”, 2002. 
8.  Milliy istiqlol g’oyasi: O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim bakalavriat 
bosqichi uchun darslik. T.: “AKademiya”, 2005.  
9.  Abdurahim  erkaev:  Milliy  g’oya  va  ma`naviyat.  T.:  “Ma`naviyat”, 
2002.   
 
5-MAVZU: O`ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 
MUSTAHKAMLAShDA MILLIY G’OYaNING ZARURLIGI VA 
AHAMIYaTI. 
REJA:  
1.  Mustaqillikni 
mustahkamlashda 
milliy 
g’oyadan 
ko`zlangan 
maqsadlar. 

 
47 
2.  Milliy g’oya – O`zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddolarning 
ifodasi. 
3.  Milliy  istiqlol  g’oyasining  mustaqillikni  mustahkamlashda  namoyon 
bo`lishi. 
4.  Bunyodkor  g’oyalar  va  mafkuralarning  jamiyat  hayotidagi  ijobiy 
ta`siri. 
5.  Vayronkor, yot g’oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta`siri. 
 
1.  Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g’oyadan ko`zlangan 
maqsadlar. 
Mustaqillik  yillarida  erishilgan  yutuqlar,  mavjud  muommolarni 
xolisona  tahlil  qilish,  tegishli  xulosa  hamda  saboqlar  chiqarish  –  milliy 
g’oyaning zarurligi va ahamiyatining tobora ortib borishini ko`rsatmoqda. 
Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  Milliy  istiqlol  g’oyasi  va 
mafkurasini  shakllantirish  zarurati  haqida  mustaqillikning  dastlabki 
yillaridayoq fikr yuritishi tasodifiy hol emas, edi. Negaki, “Milliy mustaqil 
davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an`ana va urf-odatlariga 
tahdid  soladigan,  uni  o`z  ta`siriga  olish,  uning  ustidan  hukmronlik  qilish, 
uning boyliklaridan o`z manfaati yo`lida  foydalanishiga qaratilgan intilish 
va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar”.
1
 
Demak,  milliy  g’oyaning  zarurligi,  eng  avvalo,  mamlakatimiz 
mustaqilligini  mustahkamlash  uchun  zarurdir.  Uning  zarurati  quyidagi 
maqsadlarni amalga oshirish bilan bog’liq holda namoyon bo`ladi: 
- oldimizga qo`ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya`ni ozod va 
obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish;  
                                                
1
 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “O`zbekiston”, 2001. 

 
48 
- eski mafkuraviy asoratlardan batamom xolos bo`lish;  
- g’oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik; 
- uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bo`lgan begona va 
yot g’oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yo`l qo`ymaslik; 
-  xalqimiz  tabiatga  zid  bo`lgan  o`zga  g’oyalardan,  ayniqsa  yosh 
avlodni himoya qilish;  
-  har  qanday  tajovvuzkor  g’oyalarga  qarshi  tura  oladigan,  har 
tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazish zaruriyatining mustaqilligini 
mustahkamlashdagi o`rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bo`lish; 
-  mustaqil  davlatimizning  har  bir  fuqarosida  Vatan  taqdiri  uchun 
mas`ullik tuyg’usi bo`lishi uchun ham zarur. 
 
2.  Milliy g’oya – O`zbekiston xalqining asosiy maqsad va 
muddolarning ifodasi. 
Hayotiy  kuzatishlar  ba`zan  ziyolilarimiz  o`rtasida  ham  bizga  milliy 
g’oya,  milliy  mafkura  nima  uchun,  kim  uchun  kerak,  uning  ma`no-
mohiyati  nimadan  iborat,  degan  muhim  masalaga  yana  bir  bor  oydinlik 
kiritish  zaruratini  yuzaga  keltirmoqda.  Bunda,  ya`ni  milliy  g’oyada 
O`zbekiston  xalqining  mamlakatimiz  ravnaqida  belgilab  olgan  asosiy 
maqsad va muddolarining ifodasi mujassamlashgan. 
Birinchidan,  o`zining  kelajagini  ko`rmoqchi  bo`lgan  har  qanday 
davlat  yohud jamiyat,  albatta,  o`z  milliy  g’oyasiga  suyanishi  va  tayanishi 
zarurligi bilan bog’liq.  
Ikkinchidan  milliy  g’oya  O`zbekiston  xalqining  asosiy  maqsad  va 
muddolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, 
tafakkurini o`zgartirmasdan turib, ko`zlangan oliy maqsad – ozod va obod 

 
49 
jamiyatini  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etib  bo`lmaydi.  Buning  uchun 
esa, odamlar muayyan g’oyaga ishonish va tayanish zarur. 
Uchinchidan  milliy  g’oyaning  zarurligi  millatning  o`zligini  to`la 
anglash jarayoni bilan bog’liq. Negaki, millat o`zligini to`la anglamas ekan 
biron-bir  buyuk  o`zgarishlar  qilib  bo`lmaydi.  Milliy  o`z-o`zini  anglash  u 
yoki bu  millatni  o`zga  milllatlardan ajralib  ketishiga  emas, balki  o`zligini 
anglagan millatlarning ma`rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib 
borishiga xizmat qiladi.  
To`rtinchidan  mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlashda  milliy 
g’oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya`ni bugun bizning tarixiy 
o`zgarishlar  davrida  totalitar  tuzumdan  erkin  demokratik  bozor 
munosabatlariga  asoslangan  demokratik  tuzumga  o`tish  sharoitida 
yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda.  
Bu o`tish davri o`ziga xos, juda katta g’oya va to`siqlarga duch kelishi, 
qattiq  kurashlar  orqali  kechishi  barchamiz  uchun  ayon  bo`lmog’i  darkor. 
Xalqimiz  va  jamiyatimizni  mana  shu  davrida  yangi  ufqlar  sari  boshlash, 
da`vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo`lishi kerak. 
 
3.  Milliy istiqlol g’oyasining mustaqillikni mustahkamlashda 
namoyon bo`lishi. 
Ma`lumki, mustaqillik tufayli boshqa xalqlar qatori biz ham o`z milliy 
tabiatimiz  va  ming  yillik  an`analarimizga,  urf-odatlarimizga  zid  bo`lgan 
soxta  kommunistik  g’oyadan  voz  kechdik.  Lekin  insoniyat  tarixi  shu 
narsani  qat`iy  ravishda  isbotlaganki,  mafkura  dunyosida  bo`shliqqa  yo`l 
qo`yib  bo`lmas  ekan.  Qaerda  shunday  holat  yuz  bergan  taqdirda  bo`sh 
qolgan  mafkura  maydonini  bizga  begona,  orzu-intilishlarimizga  mutlaqo 

 
50 
yot  g’oyalar  egallashga  urinishi  ham  tarixan  isbotlanganligi  shubhasiz. 
Agarda  yon-atrofimizdagi  voqelikka  teranroq  nazar  tashlaydigan  bo`lsak, 
tabiiy  zaxiralarga  boy  ,  geologik  nuqtai  nazardan  g’oyat  qulay  hududda 
joylashgan  yurtimizga  ko`z  olaytiradigan,  bizga  ta`sirini  o`tkazishni 
istaydigan turli nosog’lom kuchlar mavjudligini inkor etolmaymiz.  
- Bugungi kunda odamzod ma`lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning 
manfaatlarigagina  xizmat  qiladigan  olis-yaqin  manbalardan  tarqaladigan 
turli,  ma`no-mazmundagi  mafkuraviy  kuchlarning  ta`sirini  doimiy 
ravishda  sezib  yashashi.  Axborot  asri,  elektronika  asri  deb  atalayotgan 
XXI  asrning  bugungi  kunida  bu  ta`sirlardan  xoli  bo`lish  deyarli 
imkonsizdir. 
-  Agar  harbiy,  iqtisodiy,  siyosiy  tazyiq  bo`lsa,  buni  sezish,  ko`rish, 
oldini  olish mumkin.  Ammo  g’oyaviy  tazyiq,  uning ta`siri  va  oqibatlarini 
tezda ilg’ab etish nihoyatda qiyin. 
-  Milliy  g’oya  –  millat  tafakkuri  va  ongining  mahsuli.  Lekin  ayni 
vaqtda,  siyosiy  ong  darajasi har  bir millatning  rivojini  belgilaydigan  omil 
hamdir.  Demak,  ongni,  tafakkurni  o`zgartirmasdan  turib  hech  bir  jamiyat 
o`zining oliy maqsadiga erisha olmaydi.  
-  jamiyatimizda  bugun  mavjud  bo`lgan  xilma-xil  fikrlar  va  g’oyalar, 
erkin  qarashlardan,  har  qanday  toifalar  va  guruhlarning  intilishlari  va 
umidlaridan,  har  qanday  insonning  e`tiqodi  va  dunyoqarashidan  qat`iy 
nazar, 
ularning 
barchasini 
mushtarak 
milliy 
bayroq 
atrofida 
birlashtiradigan  xalqimiz  va  davlatimizning  daxlsizligini  asraydigan,  el-
yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan milliy istiqlol g’oyasi – 
mafkura bo`lishi kerak. 

 
51 
-  Umumbashariy  tarixiy  taraqqiyot  tahlili  shuni  ko`rsatadiki,  hech 
qanday  jamiyat  mafkurasiz  yashay  olmagan.  Dunyodagi  har  bir 
jamiyatning,  har  bir  davlatning  o`ziga  xos,  o`ziga  mos  keladigan,  uning 
uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan 
mafkurasi bo`lgan.  
-  mustaqil  O`zbekiston  uchun,  milliy  istiqlol  mafkurasining  tarixiy, 
zarurati  shundaki,  demokratik  jamiyat  qurish  uchun  uning  ijtimoiy-
iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy  madaniy-ma`naviy  zaminlarini  yaratish  va 
mustahkamlash  uchun  o`zimizga  xos  va  mos  milliy  mafkura  suv  va 
xavodek zarur. 
 
4.  Bunyodkor g’oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi 
ijobiy ta`siri. 
Bunyodkor  g’oya  –  insonni  ulug’laydigan,  uning  kuch-g’ayrati  va 
salohiyatini  oshirib  xalqi,  Vatani,  butun  insoniyat  uchun  foydali  ishlar 
qilishiga  safarbar  etadigan,  o`zida  taraqqiyot,  ma`rifat,  do`stlik,  tinchlik, 
adolat,  halollik,  poklik  kabi  ezgu  his-tuyg’ularning  urug’ini  mujassam 
etadigan  g’oyadir.  Jahon  tajribasiga  nazar  tashlasak,  butun  dunyo 
taraqqiyotiga  ulkan  ta`sir  ko`rsatgan  nazariy  ta`limot  va  mafkuralarni 
yaratish  uchun  insoniyat  tarixining  turli  davrlarida  ulkan  aqlzakovat, 
iste`dod  va  teran  tafakkur  sohiblari  mislsiz  zahmat  chekkanini  ko`ramiz. 
Suqrot  va  Platon,  Konfuciy  va  Zardusht,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy, 
Maxatma  Gandi  kabi  buyuk  mutafakkurlarning  faoliyati  buning  yaqqol 
tasdig’idir. 
Bunyodkorlik  g’oyalari  yurtni  obod,  xalq  hayotini  farovon  qilishdek 
oliyjanob  hayotini  farovon  qilishdek  oliyjanob  maqsadlar  bilan  ajralib 

 
52 
turadi.  Ular  insoniyat  civilizaciyaga  erishgan  davrlardan  buyon  jamiyat 
hayotining  eng  ezgu  g’oyalari  sifatida  yashab  kelmoqda.  Prezident  Islom 
Karimovning “O`zbek  tom ma`noda bunyodkordir” degan so`zlarida ham 
ana shu boqiy g’oyalarining ma`no-mazmuni o`z ifodasini topgan.  
“Avesto”da  vatanparvarlik  g’oyasi  ulug’lanib,  odamlarni  barkamol 
bo`lishiga  da`vat  etilgan.  “Menga  barkamol  va  dinogoh  vatansevar  va 
anjuman,  ahil,  ezgu  andishali,  zulmatdan,  tanglikdan  qutqaruvchi 
farzandlar bag’ishla.  Toki ular  manzil  shahar,  o`lka  va uning  nom hamda 
ovozasini  ko`tarsinlar”
1
  deyiladi.  Siddxartxa  Gautama  insonni  hayotdagi 
azab-uqubatlardan  qutqarishning  yo`llarini  topish  haqidagi  ta`limotida, 
uning echimi insonning o`ziga bog’liqligini asoslashga urinish inson faqat 
o`z  kuchiga  tayangan  holda  “najotning  olijanob  quyidagi  sakkizlik 
yo`lidan”  ongli  harakati  va  sobitqadamligi  ila  o`z  maqsadiga  erishishi 
mumkin, degan g’oyani ilgari suradi. Buning uchun;  
1.  e`tiqod to`g’ri shakllangan bo`lishi;  
2.  Maqsad sari qat`iy harakat qilishi; 
3.  To`g’ri tafakkur va nutq bo`lishi; 
4.  To`g’ri fe`l-atvor bo`lishi; 
5.  To`g’ri turmush tarzi bo`lishi; 
6.  Kuch-g’ayratning to`g’ri maqsadga qaratilgan bo`lishi; 
7.  Fikr, maqsadning to`g’ri yo`naltirilgan bo`lishi; 
8.  Diqqat  –  e`tiborni  to`g’ri  orzu-qilishga  qaratish  kerakligi 
ta`kidlanadi. 
 
                                                
1
 “Avesto”. Tarixiy – adabiy yodgorlik. A.Mahkam tarjimasi. T.: “Sharq”, 2001, 90-111-betlar.  

 
53 
5.  Vayronkor, yot g’oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy 
ta`siri. 
Vayronkor g’oyalar – jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab 
bo`ladi,  g’ayriinsoniy  maqsadlarga  xizmat  qiladi.  Insoniyat  tarixida 
ezgulik  va  bunyodkorlik  g’oyalari  bilan  yovuzlik  va  buzg’unchilik 
g’oyalari  o`rtasida hamishakurash bo`lganligi  tarixdan  ma`lum.  Yovuzlik 
g’oyalari  tarixda  hamisha  salbiy  va  yovuz  kuchlar  faoliyati  hamda 
hukmronligini  ifodalaydi.  Salbiy  yurishlarga  turtki  bo`lgan  g’oyalarga, 
irqchilik, fashizm, terrorizm, mustamlakachilikni targ’ib qiluvchi g’oyalar 
misol bo`ladi.  
Fashizm (Ital Fasismo – bog’lam, birlashma) – G’arb mamlakatlarida, 
XX asr boshlaridagi og’ir iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy buxronlar davrida 
vujudga  kelgan.  Fashizmning  muhim  xususiyati  –  ochiqdan-ochiq 
shovinizm  va  irqchilik  bo`lib,  uning  mohiyati  jamiyatning  barcha 
taraqqiyparvar qatlamlari, ilg’or fikrli a`zolariga qarshi kuch ishlanishning 
eng  og’ir  va  zararli  shakllarini  qo`llash  jarayonida  yaqqol  namoyon 
bo`ladi.  
Bol`shevizm  mafkurasi  bo`lgan  kommunistik  ta`limot  xalqlarining 
milliy-etnik  o`ziga  xosliklarini  yo`qotish  “proletar  baynalmilalligi”  shiori 
bilan maydonga chiqqan. 
Rasizm  so`zi  “rosa”  (irq)  atamasidan  kelib  chiqqan.  Bu  atama  XVII 
asrdan boshlab Evropada “Insoniyat nasli”ni turli irqiy guruhlar, jumladan, 
“oq”  va  “sariq”  qora  irqqa  ajratish  uchun  qo`llana  boshladi.  Bugungi 
kunda insoniyatga katta tahdid solayotgan yana bir eng yovuz g’oyalardan 
biri  –  terrorizmdir.  Terrorizm  (lat  terror  –  qo`rquv  dahshat)  –  ma`lum 

 
54 
yovuz  maqsad  yo`lida  kuch  ishlatib,  odamlarni  jismoniy  yo`q  qilishdan 
iborat bo`lgan g’oyaga asoslangan zo`ravonlik usuli.  
Buyuk  davlatchilik  shovinizm    -  bir  davlatning  boshqa  davlat  yoki 
davlatlar  ustidan  siyosiy,  mafkuraviy,  iqtisodiy  va  harbiy  hukmronligini 
o`rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot. 
Diniy aqidaparastlik esa – siyosiy maqsadlar yo`lida mavjud ijtimoiy 
muammolarni ilk, ya`ni mazkur din paydo bo`lgan paytdagi fikrlar asosida 
hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. 
Diniy  ekstremizm  –  ma`lum  siyosiy  maqsadlar  yo`lida  va  din  niqobi 
ostida  mutassiblar  yoki  ularning  irodasiga  ko`ra  ish  ko`ruvchi  guruhlar 
tomonidan  olib  boriladigan  o`sha  ashaddiy  harakatlar  va  qarashlar 
majmuini anglatadi. 
Milliy istiqlol  g’oyasiga  zid  salbiy  holatlar befarqlik,  maqtanchoqlik, 
xushomadgo`ylik,  hasadgo`ylik,  manmanlik,  haqiqatni  mensimaslik, 
tanish-bilishlik,  mahalliychilik,  mansabparastlik.  Ularni  bartaraf  etish 
uchun  jamiyada  erkin  fikr  va  fikrlashlar,  g’oyalar  xilma-xilligi,  tanqid  va 
o`z-o`zini  tanqid  muhitini  yaratish,  demokratiya  va  oshkoralik  muhitini 
kuchaytirish sog’lom va erkin raqobat muhitini yuzaga keltirib, jamiyatda 
ilm-ma`rifatning mavqeini yanada oshirish zarur. 
 
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish