Milliy istiqlol g`oyasi fanidan ma'ruza matnlari


TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana02.10.2019
Hajmi1 Mb.
#22869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanidan maruza matnlari


TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.  Milliy g’oya zarurmi? 
2.  G’oyaviy  bo`shliq  paydo  bo`lishiga  yo`l  quymaslik  uchun  qanday 
ishlarni amalga oshirishimiz zarur?  
3.  Milliy g’oya yoshlarimizga qanday ta`sir ko`rsatishi kerak? 
ADABIYoTLAR:  

 
55 
1.  O`zbekiston Respublikasi Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003. 
2.  Karimov  I.A.  Biz  tanlagan  yo`l  –  demokratik  taraqqiyot  va  ma`rifiy 
dunyo bilan hamkorlik yo`li. 11-jild. T.: “O`zbekiston”, 2003. 
3.  Karimov  I.A.  Tinchlik  va  xavfsizlik  o`z  kuch-qudratimiz, 
hamjihatligimiz 
va 
qat`iy 
irodamizga 
bog’liq.12-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 2004. 
4.  Karimov 
I.A. 
Bizning 
bosh 
maqsadimiz 
– 
jamiyatni 
demokratlashtirish  va  yangilash  mamlakatni  modernizaciya  va  isloh 
etishdir. T.: “O`zbekiston” , 2005, 96-b. 
5.  Karimov  I.A.  O`zbek  xalqi  hech  qachon  hech  kimga  qaram 
bo`lmaydi. T.: “O`zbekiston”. 2005, 160-b. 
6.  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.: 
“O`zbekiston”, 2001. 
7.  Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi: falsafiy  va huquqiy jihatlar. T., 
2001. 
8.  Milliy g’oya – bizning g’oya. T., 2001. 
9.  Milliy  istiqlol  g’oyasi  O`zbekiston  Respublikasi  oliy  ta`lim 
bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”, 2005. 
 
6-MAVZU: MILLIY G’OYa – XALQNING IShONChI VA 
e`TIQODI. 
REJA: 
1.  Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylanish zarurligi.  
2.  Milliy g’oyaning ishonch va e`tiqodga aylanish shart-sharoitlari. 
3.  Milliy g’oyani xalq ishonchi hamda e`tiqodiga aylantirish vazifalari. 
4.  Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirish mezonlari. 

 
56 
5.  Milliy  g’oyaning  ishonch  hamda  e`tiqodga  aylanishida  ob`ektiv  va 
sub`ektiv omillar.  
 
1. Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylanish zarurligi. 
Milliy  g’oya  xalqning  ishonch  va  e`tiqodiga  aylansa,  u  o`zining 
kutilgan  samarasini  beradi.  Shuning  uchun  ham  ishonch  va  e`tiqod 
masalasi milliy g’oyada muhim mezon hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari, 
“Fidokor”  gazetasi  muhbirining  savollariga  bergan  javoblarida  “mafkura 
faqat  bugun  emas,  balki  hamma  zamonlarda  ham  eng  dolzarb  siyosiy  – 
ijtimoiy  masala,  har  qanday  jamiyatni  sog’lom,  ezgu  maqsadlar  sari 
birlashtirib, uning  o`z  muddaolariga erishish uchun ma`naviy-ruhiy  kuch-
quvvat 
beradigan 
poydevor 
bo`lib 
kelgan” 
deb 
ta`kidlaydi. 
O`zbekistonning  hozirgi  davlat  hududida  yashagan  xalqlarning  uch  ming 
yillik  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo`lsak,  aksariyat  hollarda  bosqinchilar 
zulmi ostida engilmaganligini ko`ramiz. 
Darhaqiqat,  eramizdan  avval  VI  asrda-eronlik  ahmoniylar,  Ivasrda  – 
yunon bosqinchilari Aleksandr makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida 
–  xitoyliklar,  VII  asrlarda  –  arab  badaviylari,  XII  asrlarda  mo`g’ul 
istilochilari,  XIX  asrdan  boshlab  avval  Chor  Rossiyasi  keyin  “Qizil 
imperiya”  iskanjasida  ezilib  yashaganligiga  ko`hna  tariximiz  guvoh 
bo`lgan.  Shulardan  kelib  chiqib  fikr  qiladigan  bo`lsak,  ezilib  yashagan, 
sababi  nima,  degan  savol  tug’iladi.  Uning  turli  sabablari  faylasuflar, 
tarixchilar, siyosatshunoslar tomonidan u yoki bu tarzda izohlangan. Lekin 
uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi – millatning g’oyaviy 
tarqoqligi,  parokandaligidir.  Zero  milliy  tariximizda  ozodlik,  mustaqillik 
uchun kurashib yorqin iz qoldirgan; Shiroq, tumaris, Spitamen, Muqanna, 

 
57 
Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Temur Malik 
va  boshqa  buyuk  milliy  qahramonlar  xalqni  ozodlik,  mustaqillik 
g’oyalariga  sobit  ergashtirishga  harakat  qilganlar.  Milliy  g’oyaning, 
jamiyat  mafkurasining  xalq  ishonchi,  mukammal  e`tiqodiga  to`la 
aylanmaganligi sababli mag’lub bo`lganlar.  
Mamlakat  yovlar  oyog’i  ostida payhon  bo`lgan,  millat  g’ururi,  sha`ni 
toptalgan.  Bizning  eng  ulug’  maqsadimiz,  eng  ulug’  g’oyamiz:  eng  ulug’ 
shiorimiz  shuki,  O`zbekistonning  bitta  yo`li  bor:  mustaqillikni 
mustahkamlab,  istiqlolni  mustahkamlab  olg’a  yurish.  Mafkuramiz,  tutgan 
yo`limiz,  bor  g’ayratimiz  ana  shu  ulug’vor  niyatga  yo`nalitirishi  kerak. 
Xalqimizni,  barcha  siyosiy  kuchlarni,  jamiyat  tashkilotlarini  yakdil,  bir 
jon, bir tan qiladigan g’oya ham aslida shu.  
  
2.Milliy g’oyaning ishonch va e`tiqodga aylanish shart-sharoitlari. 
Milliy  istiqlol  mafkurasi  xalq  e`tiqodi  va  buyuk  kelajakka  ishonchini 
ortirishning ilmiy-nazariy  yo`nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uning 
shart-sharoitlari,  jarayonga  ta`sir  ko`rsatuvchi  omillarning  xilma-xil 
ekanligini hisobga olish muhim. Ayni paytda, bu jarayonning eng muhim 
jihati  shundan  iboratki,  har  qaysi  fuqaro,  har  qaysi  inson  jamiyat 
taraqqiyotining  yo`nalishiga  nisbatan  o`z  munosabatini  aniqlab  olishi 
zarur.  Insonning  mohiyatini  uning  ijtimoiy  ehtiyojlari  tizimi,  narsa  va 
hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki 
boyitish  e`tiqodi,  orzu-umidlari  ijtimoiy  mavjudotligining  ma`no-
mazmunini  belgilaydigan  sifat  ko`rsatkichidir.  Ularni  shartli  ravishda 
ilohiy va dunyoviy yo`nalishlarga ajratish an`anasi mavjud. 

 
58 
Jamiyatning  mafkurasi,  turli  ijtimoiy  ong  shakllari  va  amaliyot 
yo`nalishlari,  ta`lim  –  tarbiya,  fan  va  ilmiy  muassasalar,  madaniyat  va 
ma`naviy-ma`rifiy,  adabiyot  va  san`at,  din,  jismoniy  tarbiya  va  sport 
sohalarida integraciyalashgan kompleks-sistemali faoliyatini taqozo qiladi. 
Bu vazifaning murakkabligi;  
Birinchidan  uzoq  tarixiy  davrlarda  davom  etgan  mustamlakachilik 
siyosati  xalqni  tarixiy  xotiradan,  milliy  qadriyatlardan  mahrum  qilish 
chegarasiga keltirib qo`ygan edi. 
Ikkinchidan  shu  davrlarda  totalitarizm,  valyutarizm  siyosatining 
tashkiliy-institucional  tuzimi  xalq  ongida  mustamlakachilikka  nisbatan 
“ko`nikish  effektini”  vujudga  keltirib;  bo`ysunuvchanlik,  qullik 
stereotigenlarini  shakllantirgan.  Boshqacha  qilib  aytganda  “uzoq  yillar 
davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo`rlab bo`ysundirilgani uchungina 
emas, balki jamiyat zo`rlik yo`li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani 
u ham totalitar deb atalib kelindi.  
Uchinchidan  yangi  vujudga  kelgan  mustaqil  davlatlar  ustidan 
hukmronlik  qilishning  mukammal  mafkuraviy  usullaridan  vositalaridan 
foydalanishga  tayyor  turgan  davlatlarining  “g’oyaviy  emonsipaciyasi”, 
“mafkuraviy  agressiyasi”  keng  miqyosda  hujum  boshlashi  bilan 
xarakterlanadi.  
  
3. Milliy g’oyani xalq ishonchi hamda e`tiqodiga aylantirish vazifalari. 
Mamlakatimizning  bozor  iqtisodiyoti  ijtimoiy-siyosiy,  ma`naviy 
hayotini  erkinlashtirmoqda.  Ma`lumki,  jamiyatni  tashkil  qilgan  ijtimoiy-
siyosiy  qatlamlarning  manfaatlaridagi  xilma-xillik  qonuniy  tarzda  ular 
o`rtasidagi  manfaatlar  xilma-xilligini  namoyon  etish  bilan  birga  erkin  va 

 
59 
mushtarak  maqsadlarni  ham  keltirib  chiqaradi.  Jahondagi  rivojlangan 
davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar mushtarakligini o`z vaqtida, 
oqilona  hal  qilishning  yo`llarini,  vositalarini  topish  jamiyatning  barqaror 
taraqqiyoti  garovi  ekanligini  va  aksincha,  mamlakatlarning  g’oyaviy 
ojizligi,  noshudligi  milliy  parokandalikka  g’oyaviy  ojizligi,  noshudligi, 
milliy  parokandalikka  olib  kelib,  xalqni qullikka  mahkum qilishini qayta-
qayta  isbotlab  bergan.  Ana  shu  holatni  oldini  olishda  mamlakat  ichida 
xalqning  milliy  g’oyaga  bo`lgan  ishonch  va  e`tiqodi  ularni  umummilliy 
maqsad yo`lida jipslashtiradi.  
Shuning  uchun  ham  Prezidentimiz  I.A.Karimov  mustaqillikning 
dastlabki  yillaridanoq,  mamlakatimizda  yashayotgan  barcha  ijtimoiy-
siyosiy  qatlamlari,  tabaqalarni,  millat  va  elatlarni  Vatan  ravnaqi,  yurt 
tinchligi,  osoyishtaligi,  xalq  farovonligi  g’oyasi  atrofida  jipslashtirishga 
alohida  e`tibor  berib  kelinmoqda.  Bu  milliy  rivojlanishning  istiqbollarini 
kafolatlaydi.  Buning  asosiy  omili,  umumiy  nuqtasi  –  mamlakatimizda 
yashayotgan  barcha  fuqarolarni,  millatidan  irqidan,  diniy  e`tiqodigan, 
iqtisodiy  ahvolidan,  siyosiy  mavqeidan,  qaysi  partiyalarga  mansubligidan 
qat`iy  nazar,  umummillat  manfaatlarini  ifodalaydigan  istiqlol  g’oyalari 
ularning  ishonch  va  e`tiqodidan  joy  olishi  hamda  shu  g’oya  asosida 
birlashtirishdan  iborat.  Bu  vazifani  bajarish  mamlakatimizda  demokratik, 
adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo`lib 
qolmoqda.  
Mustaqillikka  erishgandan  keyin  milliy  qadriyatlarning  muqaddas 
dinimizning  tiklanishi  milliy  taraqqiyot  uchun  ma`naviy  muhitni  yaratib 
bermoqda. 
Buyuk 
ajdodlarimizning 
ma`naviy 
merosi 
g’oyaviy 

 
60 
barkamollik  uchun  oziq  bo`lmoqda.  Lekin  shuni  ham  aytish  kerakki, 
bizning tariximizga mahliyo bo`lib, kelajakni unutishga haqqimiz yo`q.  
 
4.Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirish mezonlari. 
Milliy  g’oyani  “tashuvchilarning”  ehtiyojlari  va  manfaatlari 
umumiyligiga  qaramasdan  ularning  har  biriga  individual  va  differencial 
yondoshishgan holda, uni xalqning ishonch va e`tiqodiga aylantirilishning 
o`ziga xos mezonlari mavjud.  Ya`ni:  
-  Millatning  o`zligini,  jahon  umumiy  tarixiy  taraqqiyotiga 
mansubligini anglashi ayni tarixiy jarayonga qo`shayotgan hissasini e`tiroq 
qilinishi; 
- Millatning ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy-mafkuraviy mustaqilligi va uni 
mustahkamlash imkoniyatlarining yaratilishi. Vatanga sadoqati; 
-  Jahon  hamjamiyatidagi  mavqeini  mustahkamlanishi  o`ziga  xos  va 
mos nufuzga ega bo`lishi; 

Milliy 
taraqqiyotning 
istiqbollarini 
belgilaydigan 
faoliyat 
strategiyasini  ishlab  chiqishda  va  uni  amalga  oshirishning  taktikasini 
belgilashda milliy-ma`naviy qadriyatlarga va umuminsoniy madaniyatning 
uyg’unligiga  milliy  istiqlol  g’oyasining  negizlari  sifatida  qarash 
zaruriyatini hisobga olish. 
Ma`lumki  mamlakatlar  o`rtasidagi  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 
madaniy 
munosabatlarning 
samaradorligi, 
eng 
avvalo 
g’oyaviy 
qarashlarning  mutanosibligiga  bog’liq  bo`ladi.  Bunda  ikki  tomonlama 
manfaatdorlik umumiy munosabatlarning samaradorligini belgilaydi. 
Sobiq  socialistik  tuzum  emirilishi,  xususan  bu  sistemada  siyosiy-
mafkuraviy gegemonlik rolini bajarib kelgan SSSrning parchalanib ketishi 

 
61 
bilan  jahon  mafkuraviy  jarayonida  quyidagi  xususiyatlar  namoyon 
bo`lmoqda: 
Birinchisi  –  milliy  mustaqillikka  erishgan  davlatlarning  ijtimoiy, 
iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  mafkuraviy  va  boshqa  sohalarda  hamkorlik 
qilish  mumkin  bo`lgan  mamlakatlarni  tanlashdagi  muayyan  qiyinchiliklar 
bilan  bog’liq  edi.  Chunki  biz  bilan  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida 
hamkorlik  qilishni  xohlagan  davlatlarning  o`z  manfatlari  bo`lib,  ular 
hamma  vaqt  ham  tomonlarning  manfaatdorligiga  muvozanatni  o`zlari 
tomonga og’dirishga moyil ekanligi sir emas.  
Ikkinchisi  -    hozirgi  davrda  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  millatlararo 
munosabatlarning 
texnik-texnologik 
asoslarini, 
aloqa 
vositalarini, 
ommaviy  axborot  infrostrukturasini  va  murakkab  kommunikaciyasini 
vujudga 
keltirishi 
bilan 
xalqaro 
mafkuraviy 
munosabatlarni 
intensivlashtirib, 
universallashtirib 
yubordi. 
Xususan, 
axborot 
ayirboshlashning komp`terlashtirib; elektron pochta, internet, kosmik tele-
radio  aloqa  tizimlarning  rivojlanishi,  bu  sohalarda  intellektual 
salohiyatning 
miqdor 
va 
sifat 
o`zgarishlari 
bilan 
mafkuraviy 
munosabatlarning globallashuv jarayoni vujudga keldi. 
Uchinchisi – birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqqan bo`lib, 
millatning  tarixiy  xotirasi,  an`analari,  ma`naviy  merosi  asosida 
jamiyatning  hozirgi  davr  rivojlanish  darajasiga,  istiqbol  tendenciyalariga 
xos  ongini,  tafakkurini  shakllantirish  va  mustahkam  ishonch  –  e`tiqodga 
aylantirish  vazifasidir.  Chunki  g’oyat  xilma-xil  “axborot  bosimi” 
tarkibidan  milliy  taraqqiyot  manfaatlariga  mosini  tanlab  olish  ishonch-
e`tiqodga aylantirish muayyan nazariy metodologik bilimlarni talab qiladi.  
 

 
62 
5.  Milliy g’oyaning ishonch hamda e`tiqodga aylanishida ob`ektiv va 
sub`ektiv omillar. 
Milliy  g’oyani  xalqning  ishonchi,  e`tiqodiga  aylantirish  asoslarini, 
shartli  ravishda,  ob`ektiv  shart-sharoitlar  va  sub`ektiv  omillarga  ajratish 
mumkin.  
Milliy  g’oyani  xalq  ishonchi  va  e`tiqodiga  aylantirishning  ob`ektiv 
shart-sharoitlari  sifatida:  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  negizlari,  madaniy 
hayotni rivojlantirish manbalari, inson salohiyati, millatning tarixiy merosi 
va  unga  bo`lgan  munosabat;  xalq  yashayotgan  hududning  tabiiy  – 
jo`g’rofiy  joylashishi  hamda  tabiiy  resurslari;  millatning  tarixiy 
shakllangan mentalitetiga xos xususiyatlar; jamiyatning demografik holati, 
etnik  tuzilishi;  xalqaro  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  munosa`atlardagi  o`rni 
va mavqei va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni ko`rsatish mumkin.  
Sub`ektiv  omillar  jumlasiga  esa,  milliy  g’oyani  xalq  ishonch  va 
e`tiqodiga aylantirishga yo`naltirilgan insonlar, turli ijtimoiy guruhlar, oila, 
mahalla,  milliy  –  madaniy  markazlar,  siyosiy  partiyalar,  jamoat 
birlashmalari, 
xalqning 
intellektual 
salohiyatini 
yuksaltirishga 
yo`naltirilgan  ta`lim-tarbiya  tizimining  qonuniy  huquqiy  asoslari  va 
dasturlari;  ommaviy  axborot  vositalari; umuman,  jamiyat  milliy  g’oyasini 
shakllantirish  va  uni  xalq  ishonch  e`tiqodiga  aylantirishning  ma`naviy-
ma`rifiy kompleksi bilan bog’liq omillarni o`z ichiga oladi.  
Bu  omillarning  har  biri  milliy  g’oyani  keng  jamoatchilik  ongiga 
singdirishda  muhim  o`rin  tutadi.  Masalan,  hozirgi  zamon  ta`lim-tarbiya 
tizimining  asosiy  vazifalaridan  biri  turli  fan  yo`nalishlari  orqali  yoshlar 
ongida  Milliy  istiqlol  g’oyasini  izchil  shakllantirishdan,  xalqning  ishonch 
va  e`tiqodiga  aylantirishdan  iborat.  Chunki,  har  qanday  ta`lim-tarbiya 

 
63 
sohasining 
markazida 
turuvchi: 
insonparvarlik, 
vatanparvarlik, 
millatparvarlik  g’oyalari,  eng  avvalo,  Milliy  istiqlol  g’oyasi  doirasida  o`z 
mazmunini  konkretlashtiradi  va  namoyon  qiladi.  Zero,  insonning  har 
qanday  ezgu  g’oyalari  –  Ona  –  Vatanga  muhabbat,  uning  mustaqilligini 
mustahkamlash g’oyalaridan tashqarida ijtimoiy-ma`naviy ahamiyatga ega 
bo`lish mumkin emas.  
 
SAVOLLAR: 
1.  Milliy g’oya jamiyat taraqqiyotida qanday yaratuvchilik rolini o`ynashi 
mumkin? 
2.  Milliy  g’oya  qaysi  tamoyillarga  amal  qilishi,  kimning  irodasi, 
intilishlari va maqsadlarini ifodalanishi kerak? 
3.  Odamlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashda qanday targ’ibot-
tashviqot va ma`rifat vositalarini qo`llash maqsadga muvofiq? 
 
ADABIYoTLAR: 
1.  O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003. 
2.  Karimov  I.A.  Imperiya  davrida  bizni  ikkinchi  darajali  odamlar,  deb 
hisoblashar  edi.  Prezident  Islom  Karimovning  “Nezovisimoya”  gazeta 
muxbirining savollariga javoblari. T.: “O`zbekiston”, NMIU, 2005. 
3.  Karimov  I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish 
va  yangilash,  mamlakatni  modernizaciya  va  isloh  etishdir.  T.: 
“O`zbekiston”, 2005. 
4.  Karimov  I.A. O`zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo`lmaydi. 
T.: “O`zbekiston”, 2005. 

 
64 
5.  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.: 
“O`zbekiston”, 2001. 
6.  Milliy istiqlol g’oyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim bakalavriat 
bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”, 2005.  
7.  Azizxo`jaev  A.A.  Mustaqillik,  kurashlar,  iztiroblar  va  quvonchlar.  T.: 
2001.  
8.  Murtazo Qarshiboy. Bunyodkor xalq g’oyasi. T.: “Ma`naviyat”, 2001.  
9.  Milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotining ilmiy asoslari. T., 2002.  
 
7-MAVZU: MILLIY G’OYa – O`ZLIKNI ANGLASh VA TARAQQIYoT 
OMILI. 
REJA: 
1.  Milliy g’oya o`zlikni anglash omili. 
2.  O`zlikni anglashning turli talqinlari. 
3.  tarixiy xotira va milliy o`zlikni anglash. 
4.  Milliy  istiqlol  g’oyasi  –  milliy  o`zlikni  tarbiyalash,  qadrlash  saqlab 
qolish omili.  
 
1.  Milliy g’oya o`zlikni anglash omili. 
Insoniyatning  tarixiy  taraqqiyoti  o`z-o`zini  anglash,  eng  avvalo, 
insoniy mavjudlikning mohiyatini ma`naviy voqelik, sha`ni, qadr-qimmat, 
obro`-e`tibor, or-nomus orqali namoyon bo`lishini ko`rsatadi. 
Hayotning  ma`no-mazmunini,  maqsadini  tushinib  etish,  o`zlikni 
anglashdan  boshlanadi.  Milliy  g’oyada  uning  negizlari  mujassam 
bo`lganligi  uchun  ham  o`zlikni  anglashga  xizmat  qiladi  va  bir-biri  bilan 
uzviy bog’liq. 

 
65 
“O`zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz 
kim  ekanini,  kimlarning  vorisi  ekanligimizni  anglab  etishni  tushunaman” 
deydi 
I.A.Karimov. 
O`zbekistonda 
fuqarolik 
jamiyati 
asoslarini 
shakllantirish  davlat  va  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalarini  yanada 
demokratlashtirish,  avvalambor,  har  bir  fuqaroning  va  butun  jamiyatning 
oliy  maqsadlarini  o`zida  mujassam  etgan.  Milliy  g’oya  atrofida  jipslasha 
olishi, o`zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligi anglab etishiga ham 
bog’liq.  Zero,  buyuk  bobokolonimiz  Amir  Temur  o`git  berganlaridek: 
“Birliksiz  kuch  bo`lmas”  binobarin,  “Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va 
farovon  hayot”  ko`rishdek  ulug’  ish  avvalo,  o`zlikni  anglamagan  joyda 
amalga  oshmaydi.  Milliy  birligida  insonni  o`zlikni  anglash  omili  alohida 
o`ringa  ega.  Prezident  I.A.Karimov  ta`kidlaganidek;  “Chinakam  insoniy 
fazilatlarga  ega  bo`lgan  yoki  ega  bo`lishga  intilgan  odam  demokrtiya 
ne`matlarining  oddiy  iste`molchisi  emas,  balki  ularning  faol  yaratuvchisi 
va  himoyachisiga  aylandi.  Demokratiya,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini 
amalda  barpo  etish,  inson  haq-huquqlari  va  erkinliklarini  ta`minlashi 
mumkin  bo`ladi.  Shundagina  inson  o`z  mamlakatning  tom  ma`nodagi 
munosib fuqarosi bo`la oladi”
1
. O`zlikni anglash “Milliy o`zlikni anglash” 
va  nihoyat  “Umumbashariy  o`zlikni  anglash”  tushunchalari  bir-biridan 
ayri emas, balki bir-biri bilan uzviy aloqador, bir-birini taqozo etadi. Zero, 
inson  ota-ona,  oila,  millat,  ahli  bashar,  boringki  butun  borliq  bilan 
munosabatlar  asosida  o`zining  kim  ekanligini  anglab  boradi.  Ayni  shu 
munosabatlar  zaminida  shakllangan  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 
asosida milliy g’oya tamoyillari shakllangan va o`z navbatida, milliy g’oya 
ularni zamon talablari asosida boyitib beradi.  
                                                
1
 Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l – demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li. 2-jild. T.: 
“O`zbekiston”, 2003, 34-b. 

 
66 
 
2. O`zlikni anglashning turli talqinlari. 
Insoniyat  falsafiy  tafakkuri tarixida  o`zlikni anglash  masalasi  turlicha 
talqin  etilgan.  Inson  jismining  o`tkinchiligi  ruhning  esa  abadiyligi 
masalani  zohiriy  talqin  etganlar  inson  o`zligini  dunyodan  yuz  o`girib, 
yolg’izlikda ibodat bilan kun o`tkazgandagina, oddiy so`z bilan aytganda, 
tarkidunyo qilgandagina topishi mumkin degan fikrga keladilar. 
Islom  sharqida  dunyoni  o`tkinchi  bo`lib,  ijtimoiy  faollikdan  qochish, 
faqat  olloh  zikri  bilan  yashash  tamoyili  alohida  o`ringa  ega.  Ularning 
falsafasida  “tarki  dunyochilik  g’oyasini  targ’ib  etib,  ijtimoiy  faollikdan 
butunlay  chetlashganlar,  surunkali  taxt-ibodat  bilan  shug’ullanganlar. 
“Tasavvufdagi” uzlatga chekinish” g’oyasini ham ba`zan to`g’ridan-to`g’ri 
tarkidunyochilik  ma`nosida  talqin  etishga  urinishgan.  Ammo  “O`zlikni 
anglash”  bosh  maqsadi  bo`lgan  tasavvuf  ahli  va  tasavvuf  g’oyalaridan 
quvvat  olgan  ulug’  mutafakkirlarimiz  insonni  insonga,  Vatanga,  xalqiga 
bo`lgan, har qanday g’arazdan holi, pok mehrni targ’ib qilganlar. 
Xususan,  ulug’  mutasavvuf  alloma  Bahouddin  Naqshband  inson  o`z-
o`zini  anglab  etish  orqali  haqni,  haqiqatni  taniydi,  Alloh  vasliga  etishadi 
deydi.  Ammo  hayotining  yakuniy  maqsadi  bu  emas.  Dilida  Alloh  jo 
bo`lgan  kishi  ishga  kirishmog’i,  ezgu  ishlariga  qo`l  urishi  lozim.  U  aslo, 
eldan,  xalqdan  o`zini  ayirmasligi  aksincha,  orif  odam  haqni  dilda  tutgan 
holda xalq bilan birga bo`lishi lozim.  
Shu  nuqtai  nazardan,  Fariddiddin  Attor  dunyoni  qaynab  turgan 
qozonga  mingazob,  insonni  ana  shu  “qozon”da  qaynashga  undagan  edi. 
Shundagina  inson  pishib  etiladi,  komillikka  erishadi.  Najmiddin  Kubro, 
Alisher  Navoiy,  Bobur  Mirzo  va  yurt  qayg’usida  yashagan  jadid  ziyolilar 

 
67 
yana o`nlab, yuzlab ulug’ ajdodlarimiz hayoti, o`z taqdirlarini xalq, millat, 
butun  insoniyat  taqdiri  bilan  uzviy  bog’liqlikda  ko`rganlar.  Insonning 
komillik  darajasi  uning  jamiyatdagi  o`z  o`rnini  qanchalik  bilgani,  o`zini 
jamiyatning  ajralmas  qismi  ekanligini  qanchalik  his  etishi  bilan 
belgilanadi. Shundagina inson o`zining qadr-qimmati xalqning, millatning 
qadr-qimmati bilan nechog’lik bog’liq ekanligini, jamiyatda, yurtida sodir 
bo`layotgan voqealarga daxldorligini anglaydi. Yurtimiz mustamlakachilik 
asoratiga  tushgan  XX  asr  boshlarida  yurt  qayg’usida  yotgan  Fitrat 
o`lkaning boshiga yozilgan balolarga avvalo o`zini aybdor deb hisoblagani 
bejiz  emas.  Amir  Temur  ruhiga  murojaat  etib,  u  shunday  yozgan  edi: 
yuqorida aytdikim ishlarning hammasiga o`zim sabab bo`ldim, barchasini 
o`zim qildim. 
Sening turoningni o`zim talatdim, 
Sening Turkligingni o`zim ezdirdim, 
Sening omonatlaringa xiyonat o`zim qildim. 
Shu elmasmi komillikning belgisi? 
Milliy o`zligini anglagan insongina,  
Fitrat kabi;  
“turonim,  sendan  ayriomoq  –  mening  uchun  sening  uchun  o`lmoq  – 
mening  tirikligimdir”  deb  baralla  ayta  oladi,  Najmiddin  Kubro  singari 
jonini saqlashni emas, yovbosgan  yurtini himoya qilib jon taslim berishni 
afzal ko`radi. 
Bu  o`zlikni  anglashning  aniq  ifodasi,  yurt,  Vatan  uchun  o`zini 
bag’ishlash hamdir. 
 
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish