Milliy istiqlol g`oyasi fanidan ma'ruza matnlari


 Globalizm va oqsil globalizm



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.10.2019
Hajmi1 Mb.
#22869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanidan maruza matnlari


 
2. Globalizm va oqsil globalizm. 
Hozirgi dazon globallashuv jarayoni o`ta murakkab hodisa. Uning turli 
mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma`naviyatiga o`tkazayotgan ta`siri yana 
ham  murakkab  bo`lgani  sababli  unga  nisbatan  ham  jahonda  bir-biriga 
                                                
3
 Milliy istiqlol g’oyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”, 
2005, 81-b.  

 
29 
nisbatan  raqobatda  bo`lgan  ishni  guruh,  globallistlar  va  aksilglobalimtlar 
guruhlari vujudga keldi.  
Globallashuv  tarafdorlari  globalistlar  deb  ataladi.  Ular  orasida  davlat 
arboblari  siyosatdonlar,  sanoatchi  va  biznesmenlar  ko`proq  uchraydi. 
Globallashuv  muxoliflari  esa  oksilglobalistlar  nomini  olgan  bo`lib,  ular 
orasida ko`proq so`l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining 
vakillari  bor.  MDH  hududida  oksilglobalistlar  Rossiya  federaciyasi 
hududida  faol  harakat  olib  bormoqda.  Bu  erda  ular  turli  anjumanlar 
seminarlar  o`tkazish  uchun  to`planib  turadilar.  Globallashuvning 
tezlashishi  va  kuchayishiga  javob  sifatida  aksilglobalistlarning  faoliyati 
ham  kuchaydi.  Ular  globallashuvning  faqat  salbiy  oqibatlariga  emas, 
umuman  uning  o`ziga  qarshi  chiqa  boshladilar.  Masalan,  Rossiyalik 
faylasuf  va  yozuvchi  A.Zinov`yav  “Aksilglobalizm  vektorlari”  nomli 
anjumanda  so`zlagan  nutqida  shunday  deydi;  Globallashuv  yangi  jahon 
urushidir.  U  yangi  tipdagi  jahon  urushi.  Bu  urushda  tirik  qolishning 
qarshilik ko`rsatishdan boshqa yo`lni ko`rmayapman, faqat qarshilik degan 
edi.  
Aksilglobalizm  vektorlari  anjumanidagi  yana  bir  ma`ruzachi 
A.Porshev  esa  globallashuvga  quyidagicha  ta`rif  beradi.  Aslida, 
globallashuvning 
asosiy 
mazmuni 
boshqa 
mamlakatlarda 
ishlab 
chiqarilgan  mahsulotning  qo`shimcha  qiymatini  dunyodagi  asosiy 
zahiralarini o`zlashtirishdan iborat.  
Tahlil shuni ko`rsatdiki, globallizm tarafdorlri ham, dushmanlari ham 
asosiy 
e`tiborini  iqtisodiy 
sohasiga  qaratiladi. 
Globallashuvning 
ma`naviyatga  ta`siri  va  ma`naviy  globallashuvi  masalalari  sociologiya, 

 
30 
falsafa,  madaniy  antropologiya  fanlarida  o`zining  aksini  etarli  darajada 
topishi kerak. 
 
3. Globallashuv va milliy ma`naviyat. 
Albatta,  globallashuvning  hatto  eng  asosiy  jihatlari  va  yo`nalishlarini 
ham  to`liq  qamrab  olish  qiyin.  Shuning  uchun  mazkur  bo`limda 
globallashuvning milliy ma`naviyatga o`tkazayotgan va o`tkazishi mumkin 
bo`lgan ta`siri haqida fikr yuritamiz, xalos.  
Ma`naviyatni  ham  bir  uyga  to`plangan  boylikka  qiyoslasak 
tashqaridan  kirayotgan  shamol  uy  ichidagi  narsalarni  ostin-ustin  qilib 
tashlashini  hech  bir  xonadaon  sohibi  istamaydi.  Xuddi  shu  kabi  biz  ham 
yot  g’oyalar,  oqimlar  va  mafkuralar  ma`naviyatimizga  vayronkor  ta`sir 
o`tkazishiga  qarshi  himoya  choralari  ko`rishimiz  tabiiy.  Chetdan 
o`tkaziladigan  mafkuraviy  ta`sirga  qarshi  himoya  chegaralari  ko`rishdan 
avval  qanday  ta`sirlarni  ma`qullash  lozimu,  qandaylarini  rad  etish 
kerakligini  aniqlab  olish  lozim.  Hozirgi  kunda  birorta  ham  milliy 
ma`naviyat  yo`qki,  u  boshqa  xalqlar  ma`naviyatidan  to`la  ihotalangan 
bo`lsa,  hatto  Avestraliya  chakalakzorlari,  Afrika  savanalari  va  janubiy 
Amerika changalakzorlarida turmush kechirayotgan qabilalar ham qo`shni 
qabilalar  va  zamonaviy  tamaddun  ta`sirini  o`zida  his  qilib  turadi. 
Qolaversa  tarixni  tahlil  qilish  boshqa  xalqlar  ma`naviyatidan  bahramand 
bo`lgan  xalqlar  ma`naviyati  yuksakliklarga  ko`tarilganidan  guvohlik 
beradi.  
Ajdodlarimiz  tarixi  jahon  xalqlar  ma`naviyatiga  hurmat  bilan  qarash, 
kerakli  joylarni  o`rganib,  ijodiy  rivojlantirish  orqaligina  ma`naviyat 
cho`qqisiga  erishish  mumkinligidan  guvohlik  beradi.  Bizga  ta`sir 

 
31 
o`tkazayotgan  yoki  ta`sir  o`tkazmoqchi  bo`layotgan  g’oyalarning  qay 
birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy 
tahlil  lozim.  Ana  shunday  tahlilni  o`tkazish  uchun  esa  ba`zan 
erinchoqligimizni, ba`zan o`quvsizligimiz xalaqit bermoqda.  
Sho`rolar  davrida  Milliy  qadriyatlarimizni  dunyoga  yoyish  u  yoqda 
tursin,  o`z  yurtimizda  qadrlash  uchun  ham  yo`l  berilmadi,  ko`pchilik 
qadriyatlarimiz  esa  toptaldi.  Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  o`sha 
toptalgan  qadriyatlarimizni  tiklash,  milliy  qadriyatlarimizni  targ’ib  qilish 
imkoniga  ega  bo`ldik.  O`zbek  milliy  kurashini  dunyoga  yoyish  bo`yicha 
qilingan  ishlar,  dunyoning  ko`pchilik  mamlakatlarida  O`zbek  kurashi 
federaciyalarning  tuzilishi  buning  yaqqol  misoli.  Dunyo  bugun 
O`zbekistonni  milliy-madaniy  merosi,  boy  tarixi,  tili  madaniyati,  urf-odat 
va  an`analarining  umuminsoniy  g’oyalar  bilan  mujassamlash,  san`at  va 
arxetektura, fan va madaniyat sohasida  erishayotgan yutuqlari orqali ham 
kashf etmoqda. Demak, biz globallashuv jarayonida passiv qabul qiluvchi 
tomongina bo`lmay, faol targ’ib qiluvchilarga ham aylanishimiz mumkin. 
 
4. Globallashuv va milliy g’oyaga ehtiyoj. 
Milliy ma`navyatimizni va ma`naviy o`zligimizni tahdidlardan himoya 
qilish  uchun  milliy  istiqlol  g’oyasidan  samaraliroq  va  kuchliroq  vosita 
yo`q.  Shu  masalada  milliy  istiqlol  g’oyasidan  samaraliroq  va  kuchliroq 
vositaning  juda  muhim  funkciyasi,  ya`ni  Milliy  va  ma`naviy  o`zlikni 
himoyalash  kabi  muhim  funkciyasi  namoyon  bo`ladi.  Milliy  istiqlol 
g’oyasi  ana  shu  funkciyani  bajarish  uchun  esa  yoshlar  va  aholini  ongida 
faqat bilim tasavvur sifatida emas, ishonch va e`tiqod sifatida shakllanishi 
lozim.  

 
32 
Milliy  istiqlol  g’oyasini  targ’ib  qilishda,  biznicha,  ba`zan  bir 
tomonlamalikka  yo`l  qo`yilmoqda.  Bu  g’oyani  targ’ib  qilishda  ishtirok 
etayotgan  murabbiy  va  o`qituvchilar,  tadqiqotchilarning  chiqishlarida, 
maqola 
va 
risolalarida 
ma`rifatchilik 
bilan 
cheklanish 
ko`zga 
tashlanmoqda.  Holbuki  ma`naviyatni  rivojlantirishda  asosiy  yondashuv 
ma`rifiy yondashuv bo`lsa ham milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda bu 
yondashuv  bilan  cheklanib  bo`lmaydi.  Bu  hol  milliy  istiqlol  g’oyasining 
xususiyatlari bilan bog’liq. 
Milliy  g’oya  jamiyatni  jipslashtiruvchi,  uni  ijtimoiy  taraqqiyot 
ko`ndalang  qo`yayotgan  masalalarni  hal  qilishga,  chetdan  bo`layotgan 
g’oyaviy,  manaviy  taxdidlardan  himoyalashga  qaratilgan  kuchdir. 
Jahondagi  globallashuv  jarayonlari  ana  shu  g’oyaga  bo`lgan  ehtiyojni 
keskin  kuchaytiradi.  Aslini  olganda,  globallashuv  jarayoni  bo`lmasa, 
milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki, globallashuv bo`lmaganda 
har bir xalq va millatning ma`naviyati o`ziga mavjud bo`lar va imkoniyat 
darajasida  rivoj  topardi.  Tashqi  ta`sir  va  taxdidning  yo`qligi  esa  milliy 
g’oyaga  ehtiyojni  ham  dolzarblashtirmas  edi.  Milliy  istiqlol  g’oyasini 
mohiyati  shundaki,  u  odamlar  ongida  xotirasida  g’oyaligiga  qolmay 
amaliyotga,  hayotga  aylangan  taqdirdagina  haqiqiy  milliy  va  haqiqiy 
istiqlol g’oyasi bo`lishi mumkin. 
Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma`naviyatni va ma`naviy 
o`zlikni tashqi nosog’lom g’oyaviy taxdidlardan himoya qiladigan kuchga 
aylanadi.  
 
5.Milliy istiqlol g’oyasi va shaxsiy e`tiqod.  

 
33 
Milliy  istiqlol  g’oyasining  hayotimiz  jarayoniga  singib  ketishini 
ta`minlash  uchun  g’oyalar  amaliy  harakatlarga  aylanishi  jarayonini 
sinchiklab  o`rganish  lozim.  Buning  uchun  dastavval,  g’oya  bevosita 
amaliyotga, amaliyot dasturiga aylanishi mumkinmi? Agar mumkin bo`lsa, 
bu jarayon qanday yuz beradi? degan savollarga javob topish zarur. 
Zamonaviy  psixologiya,  va  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  nuqtai 
nazaridan bu savolga “aylanmaydi” deb javob berish kerak. Chunki inson 
ongida  miyasida  o`nlab,  yuzlab  va  hatto  minglab  g’olar  bo`ladi.  Ularning 
barchasi  ham  amaliyotga  aylanavermaydi.  Chunki,  alohida  inson  ongida 
ayni bir paytning o`zida o`nlab turli xil, jumladan, diniy, axloqiy, siyosiy, 
ilmiy,  badiiy  va  boshqa  xil  g’oyalar  bo`lishi  tabiiy.  Ular  bir-birlarini 
to`lg’azishi  va  ko`pincha  bir-birlariga  to`la  mos  kelmasligi  mumkin. 
Natijada,  shaxs  bu  g’oyalardan  eng  zarurlarini  va  o`zi  eng  to`g’ri,  deb 
bilganlarini  ajratib  hayotga  tadbiq  qiladi  yoki  unga  amal  qiladi.  Ana  shu 
tanlash, ya`ni g’oyaning amaliyotga o`tishidagi muhim bosqichni to`laroq 
va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezonlarini aniqlab olish zarur. 
G’oyalarni  saralashda  shaxs  foydalanadigan  mezonlarning  eng 
muhimlaridan biri, saralab olinayotgan g’oyaning yoki maqsadning shaxs, 
millat,  xalq  yoki  jamiyat  manfaatlariga,  ehtiyojlariga,  qurilmalariga, 
e`tiqodiga mosligidir. Bu hodisalar, ya`ni manfaatlar, ehtiyojlar, e`tiqodlar 
va  ularning  g’oyalar  bilan  o`zaro  aloqadorligi  murakkab. Buning ustiga b 
muammo  jahon  fanida  ham  kam  o`rganilgan.  Mamlakatimiz  psixolog 
olimlari bu muammo ustida endi bosh qotira boshladlar. 
Muammoning  murakkabligini  hisobga  olib  biz  uning  faqat  bir  jihati, 
ya`ni  g’oyalar  va  e`tiqod  aloqadorligi  to`g’risida  fikr  yuritmoqchimiz. 

 
34 
e`tiqod shaxs ongida juda muhim o`rin tutadi, insonning hayot yo`nalishi, 
hayot tarzi, intilishlari uning shaxsiy e`tiqodi bilan belgilanadi.  
Inson  ongiga  yo`l  topayotgan  g’olar  ham  mana  shu  e`tiqod 
chig’irig’idan o`tkaziladi. e`tiqodga mos kelmaydigan g’oyalar rad etiladi. 
Lekin,  g’oya  va  e`tiqod  aloadorligi  faqat  bir  tomonlama  jarayon  emas. 
Ularning  aloqadorligi  faqatgina  e`tiqodning  nazoratchiligi,  g’oyalarni 
o`tkazishi  bilan  cheklanmaydi.  Shunday  holatlar  ham  bo`ladiki,  inson 
ongiga  kirib  kelayotgan  g’oya  undagi  e`tiqodni  mustahkamlaydi  yoki 
bo`shashtiradi, ba`zan esa shu g’oyaning o`zi e`tiqodga aylanadi. 
Mustaqillik  qo`lga  kiritilgach,  mamlakatimizda  keng  qamrovli 
ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  boshlandi.  Bu  islohotlar  jarayonida  mulkni 
davlat  tasarrufidan  chiqarish,  xususiylashtirish,  ijtimoiy-siyosiy  hayotni 
erkinlashtirish  singari  ko`plab  tadbirlarni  amalga  oshirishga  kirishildi. 
Islohot  ijtimoiy  ruhiyat  sohasida  ham  amalga  oshirila  boshladi.  Bu 
sohadagi  eng  muhim  vazifa  odamlarni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish  edi. 
Buning  uchun  esa  ularni  sobiq  sho`rolar  tuzumi  qoliplaridan, 
boqimandalik,  o`zibo`larchilik  kayfiyatidan,  yot  va  begona  g’oyalarga 
bo`lgan  e`tiqoddan  xalos  qilish  kerak  edi.  Bu  yo`nalishda  muayyanishlar 
amalga  oshirildi.  Biroq  bu  jarayon  mamlakatimizda  milliy  istiqlol 
g’oyasining  asosiy  tushunchasi  va  tamoyillari  shakllanishi  bilan  o`zining 
yakunlovchi  pallasiga  kirdi.  Chunki,  tabiatda  bo`lmagani  singari  inson 
ongida  ham  mutlaq  bo`shliq  bo`lmaydi.  Sobiq  totalitar  tuzum  sarqitlarini 
inson  ongidan  supurib  tashlash  uchun  kuchli  ma`naviy  qurol  kerak. 
Bunday  qurol  vazifasini  faqat  milliy  istiqlol  g’oyasi  bajarishi  mumkin. 
Chunki, hayotbaxsh g’oya bilan qurollanmay turib, eski g’oyalar ta`siridan 
to`la qutilish mumkin emas. Shunisi ham borki, milliy istiqlol g’oyasidan 

 
35 
jamiyat  a`zolarining  ko`pchiligi  xabardor  bo`lishi  eski  tuzum  sarqitlarini 
supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi. Milliy istiqlol g’oyasi ishonch va 
e`tiqodgaaylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin.  
SAVOLLAR: 
1.  Sho`rolar davrida Milliy qadriyatlarimizga qanday munosabatda bo`ldi? 
2.  Globallashuv deganda nimani tushunasiz? 
3.  Globallashuvga berilgan ta`riflarga misollar keltiring. 
4.  Globallashuv jarayonini chetlab o`tish mumkinmi? 
 
ADABIYoTLAR: 
1.  O`zbekiston Respublikasi Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003. 
2.  Karimov  I.A.  O`zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  1-
jild. T.: “O`zbekiston”, 1996. 
3.  Karimov  I.A,  Yangicha  fikrlash  va  ishlash  davr  talabi.  5-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 1997.  
4.  Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  yo`lida.  6-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 1997. 
5.  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.: 
“O`zbekiston”, 2001. 
6.  Milliy  istiqlol  g’oyasiga  va  mafkurasi:  falsafiy  va  huquqiy  jihatlar.  T., 
2001. 
7.  Milliy  istiqlol  g’oyasini  shakllantirishda  tashkiliy  –  uslubiy 
yondashuvlar. T.: “Akademiya”, 2002. 
8.  Milliy g’oya – bizning g’oya. T., 2001. 
9.  Milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotining ilmiy asoslari. T., 2002.  
 

 
36 
4. MAVZU: G’OVIY IMMUNITETNI ShAKLLANTIRISh 
XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI. 
REJA:  
1.  Mafkuraviy immunitet xavfsizlikning ma`naviy asosi.  
2.  Mafkuraviy immunitet. 
3.  G’oyaviy malikulyaciya.  
4.  Xavfsizlik va barqarorlik taxdidlar hamda mafkuraviy immunitet.  
5.  Mafkuraviy himoyaning xorij tajribasi namunalari.  
 
1. Mafkuraviy immunitet xavfsizlikning ma`naviy asosi.  
Mustaqillikning  mustahkamlashning  muhim  shartlaridan  biri  bu 
g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot 
va  zararli  g’oyalarga  qarshi  kurashish  uchun  mafkuraviy  immunitetni 
shakllantirish  kishilar  ongiga  bir  xil  g’oyani  zo`r  berib  tiqishtirish  emas, 
balki  odamlarda  oq-qorani  ajratish  zararli  g’oyalarga  qarshi  hushyor  va 
ogoh  bo`lish  xususiyatlarini  tarbiyalash  demakdir.  1999  yil  fevral`,  2004 
yilning  martidagi  Buxoro  va  Toshkent  shahrida  sodir  etilgan  terroristik 
voqealardan  to`g’ri  xulosa  qilish  muhim.  Har  bir  davlat,  jamiyatning 
qudrati  uning  ichki  xavfsizligi  va  barqarorligiga  tayanadi.  Ya`ni  jamiyat, 
millat  o`z  g’oyasida  mustahkam  tursa,  ikkilanmasa,  har  qanday  dushman 
qo`llashi  mumkin  bo`lgan  g’oyaviy  tahdidlardan  qo`rqmasa,  bunday 
millatni  engish  mumkin  emas.  Aksincha,  jamiyat  ichida  g’oyaviy 
parokandalik,  bo`lishlar  bo`lsa,  dushmanlarga  ularning  yot  mafkuralariga 
yo`l ochib beradi. Bunday millatni engish mustamlaka qilish oson kechadi.  
Mamlakatimizning 
xavfsizligi 
barqaror 
taraqqiyoti 
hech 
bir 
O`zbekistonlikni  befarq  qoldirmasligi  kerak.  Chunki  ular  o`z  Vatanining 

 
37 
qanday  mashaqqatli,  azobli  asrlarni  o`tkazib,  mustaqillikka  erishganligini 
yaxshi biladilar. Shunday ekan, har bir O`zbekistonlik millatidan, dinidan, 
tug’ilgan  joyidan  kasbu  yoshidan  qat`iy  nazar  Vatan  posboni  bo`lishi 
lozim.  Demak,  mamlakatimizning  xavfsizligi  uchun  eng  birinchi  kafolat, 
O`zbekistonliklarning  milliy  istiqlol  g’oyasi  atrofidagi  jipsligidir.  Ichki 
tahdidlar  o`z  Vataniga,  Vatandoshiga,  Vatandoshlariga  zarar  etkazishga 
qaratilgan.  G’oya,  fikr,  xatti-harakatlardir.  Nosog’lom  mahalliychilik, 
yondoshlarni  mensimaslik,  Vatandoshlarning  haqqiga  xiyonat  qilish 
ma`naviy  elekraciya,  odamlarni  boy  kambag’alga  bo`lib  muomala  qilish 
poraxo`rlik,  korrupciya,  qo`pollik,  ashaddiy  millatchilik,  ortiqcha  mol-
dunyoga hirs qo`yish, befarqlik, loqaydlik, o`zligini anglamaslik va boshqa 
illatlar  bilvosita  ichki  taxdidlar  vazifasini  bajaradi.  Ular  qancha  keng 
tarqalsa,  O`zbekistonliklarning  g’oyaviy  birligiga  shuncha  ko`p  zarar 
etazadi,  parokanda  qiladi,  hamjihatlik  bo`lmaydi.  G’oyaviy  birligi  mo`rt 
millatning davlat xavfsizligi ham mo`rt bo`ladi.  
Barcha  zamon  va  makonlarda  ma`naviyati  kuchli  ishonch  va  e`tiqodi 
mustahkam  millat  bir  jonu  bir  tan  bo`lib,  muamolarni  tez  va  soz  etgan 
peshqadam bo`lgan. Mafkuraviy birligi ichidan yoki tashqaridagi buzilgan 
millatlar  esa,  mag’lub  bo`lib,  mustamlaka  aylangan.  Mafkura  bo`lmasa 
odam, jamiyat, davlat  o`z  yo`lini  yo`qotishi  muqarrar  ekanligini ko`rsatib 
turadi.  
 
2. Mafkuraviy immunitet 
“Mafkuraviy  immunitet”  -falsafa;  qomusiy  lug’atida  –  ma`naviy 
barkamol  irodasi  baquvvat,  iymoni  butun  shaxsni  tarbiyalashda,  har 
qanday  reakcion,  buzg’unchi  xarakterdagi  g’oyaviy  tashabbuslarga 

 
38 
bardosh  bera  oladigan  yoshlarni  tarbiyalashda  qo`l  keladi,  deyiladi. 
Go`dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi lixonlik ta`sirlardan 
o`zini xavfsiz qilish, saqlash, himoya qilishni bilmaydi.  
O`zini  o`zi  himoya  qilishning  shartli  reflekslari  asta-sekin,  ulg’ayish 
davomida  paydo  bo`ladi.  Natijada,  balog’atga  etgach,  o`spirin  o`zini 
himoya qilishning barcha ko`nikmalariga ega bo`ladi. 
“Immunitet”  so`zining  ma`nosi  O`zbekiston  milliy  enciklopediyasida 
quyidagicha  berilgan:  lot-biron  narsadan  xolos,  ozod  bo`lish,  qutulish  – 
organizmning doimi   ichki barqarorligi saqlash uning turli xususiyatlariga 
va  ta`siridan  himoyalanishi,  qarshilik  ko`rsatishi,  rezistentligi.  Yot 
omillarga  bakteriya  va  ularning  taksinlari,  viruslar,  zamburug’lar,  sodda 
jonivorlar,  gel`mintlar,  ko`chirib  o`tkazilgan  a`zo  va  to`qimalar, 
organizmning  o`zgargan  o`z  xo`jayralari  va  b.q.  kiradi.  Bu  omillar 
organizm  uchun  irsiy  begona  bo`lgan  kimyoviy  oinsylar  –  ontiginlarni 
tutib qoladi.  
Organizmni  infekcion  ogentlar  va  boshqa  yot  moddalardan  himoya 
qilish omillari tabiati bo`yicha uchga bo`linadi:  
Birinchisi  –  filogenetik  immunitet  –  anotomik  va  fizologik  belgilar 
bilan  ta`minlanib,  nasldan-naslga  o`tadigan  alohida  himoya  omillari  yoki 
organizmning  alohida  rezistentligi.  Bu  omillar  potogen  agentlar  bilan 
birinchi  bo`lib  aloqa  qiladi,  shuning  uchun  ularning  faoliyati  hisobiga 
odam  organizmning  ko`pgina  yuqumli  kasallik  qo`zg’atuvchilarga 
chidamliligi ta`minlanadi.  
Ikkinchidan  Tug’ma  immunitet  –  bir  biologik  turning  ma`lum  bir 
agentga nisbatan chidamliliga bo`lib, nasldan-naslga o`tadi.  

 
39 
Uchinchidan  orttirilgan  immunitet  –  hayot  davomida  organizm 
immun  sistemasining  yosh  ontigenlar  bilan  ta`sirlashuvi  hisobiga  yuzaga 
keladigan himoya bo`lib, nasldan naslga o`tmaydi. Mafkuraviy immunitet 
ma`naviy-ma`rifiy,  siyosiy,  iqtisodiy  bilimlarni  oddiygina  qabul  qilib 
olishini  emas,  balki  ularni  ongli  ravishda  tushunib  etishni  bu  bilimlardan 
zamonaviy  ijtimoiy  voqealarga  mafkuraviy  izdoshlar  voqeligidan  kelib 
chiqib,  munosabat  bildirish  ko`nikmalarni  shakllantirish ayrim  nosog’lom 
g’oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatdir.  
Milliy  istiqlol  g’oyalariga  shaxsning  ishonchi,  mustahkam  irodasi 
uning  mafkuraviy  immuniteti  manbai  hisoblanadi.  Bunday  mafkuraviy 
immunitetga  ega  bo`lgan,  shaxs,  yot  mafkuralar  ta`siriga  berilmaydi, 
chunki  milliy    istiqlol  g’oyasi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishda 
o`ziga  xos  imkoniyat  va  xususiyatlarga  ega.  Demak,  mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning o`zi xalqi, Vatan 
manfaatlari  birligidan  kelib  chiqib,  yot  g’oyalarga  qarshi  tura  olish 
malakalaridir.  
 
3. G’oyaviy molikulyaciya.  
Inson  biror  kasallikka  chalinsa  uni  davolash  mumkin.  Millat 
ma`naviyatining  zaifligi,  uning  xarakteridagi  xafsalasizlik,  befarqlik, 
g’ayrotsizlik, o`zaro ichki munosabatlarda aldamchilik, qo`pollik, johillik, 
xudbinlik,  yalqovlik  va  boshqa  nuqsonlarda  namoyon  bo`ladi.  Demak, 
hozirgi  o`zimizni  barkaml  qilishimizga  to`sqinlik  qilayotgan  ma`naviy 
jarohatlarimizni  davolashimiz  uchun  masalaga  aniq,  ya`ni  real  milliy 
xarakterni o`rganish va o`zgartirish omili sifatida yondashmog’imiz zarur. 
G’oyaviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o`zini himoya qiluvchi ham 

 
40 
g’oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu – mafkuraviy tarbiya 
uslublaridir.  Demak,  qaysi  tomonning  engishini,  pirovard  natijada,  ilmga 
asoslangan  targ’ibot  engishini  pirovard  natijada,  ilmga  asoslangan 
targ’ibot  va  tashviqot  hal  qiladi.  Shu  tariqa  mafkuralar  tortishuvi  – 
targ’ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin. 
Shu  sababli  –  milliy  istiqlol  mafkurasi  tom  ma`nodagi  milliy 
mafkuraga aylanishi uchun qator talablarga javob berish zarur. 
Shunday  ekan,  g’oyaviy  manikulyaciyani  mafkuraviy  kurash,  yot 
mafkuralar  tomonidan  qo`llanilayotgan  ta`sir  texnologiyasining  tarkibiy 
qismi,  deb  atash  mumkin.  Ya`ni  monikulyaciya  odamni  u  yoki  bu  ishni 
qilishga  emas,  balki  shu  ishni  qilishga  xohish  istak  uyg’otishga  xizmat 
qiladi.  
G’oyaviy  manikulyaciya  jarayonlari  qanday  kechadi?  Avvalo, 
g’oyaviy  manikulyator  (da`vatchi)  ta`sir  o`tkazmoqchi  bo`lgan  odam, 
tasavvurlarini  o`zgartirishga  olib  keluvchi  bilimlar  bera  boshlaydi. 
Natijada,  ob`ek  (shaxs)ning  dunyo  qarashida  qadriyatlari  tizimida 
da`vatchi  monikulyator  kutayotgan  tartib paydo  bo`ladi  va  etakchilik  qila 
boshlaydi.  Bu  esa  shaxsning  xulq-atvoriga  ta`sir  ko`rsatadi,  shaxs  o`z 
xarakteridagi  o`zgarishlarni  sezmaydi  va  men  to`g’ri  yo`l  tutayapman. 
Chunki degan asosga ega bo`lib qoladi.  
Shu  o`rinda  Preziden  Islom  Karimovning  80-yillarning  oxirida 
mamlakatimizda  o`zini  “do`st”,  “dindosh”  millatdosh  qilib  ko`rsatib, 
go`yo  islom  dinining  sofligi  uchun    kurashga  da`vat  etuvchi  ayrim 
kimsalar  kirib  keldi.  Juda  chiroyli  da`vatlar  bilan  chiqib,  ayrim  yoshlarni 
o`ziga  mahliyo  qilishga  erishdi  ham.  Ular  din  niqobi  ostida  harakat 
qilayotgan  xalqaro  terrorchilik  harakatining  bir  to`dasi  ekani  oshkora 

 
41 
bo`ldi  degan  fikrlarini  eslash  o`rinlidir.  Bu  o`gitlar  bizni  nafaqat 
ogohlikka, balki mafkuraviy kurash shaydosiga chorlamoqda.  
 
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish