Milliy istiqlol g`oyasi fanidan ma'ruza matnlari


 Milliy istiqlol g’oyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana02.10.2019
Hajmi1 Mb.
#22869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanidan maruza matnlari


5. Milliy istiqlol g’oyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi 
va uni o`rganishning ahamiyati. 
Milliy istiqlol g’oyasini faqat shu fanni o`rganish asosidagina egallash 
mumkin  deb  qarash  bir  tomonlama  va  noto`g’ri  tasavvurdir.  Aksincha, 
milliy  istiqlol  g’oyasi  bilan  barcha  fanlar  xususan,  falsafa,  ijtimoiy-
iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  fanlar  uzviy  bog’liq.  Bu  fanlarning  qanday 

 
15 
g’oyaga  asoslanishi,  ularni  o`qitish  asosida  yoshlar  ongi  va  ishonchiga, 
qalbiga  qanday  g’oyalar  singdirilishi  har  qanday  jamiyat  uchun 
ahamiyatlidir.  Ayniqsa  mustabid  tuzum  davrida  bu  fanlarni  o`ta 
mafkuralashtirib,  xalqlar,  mamlakatlar  va  millatlar  taqdiriga,  uning 
rivojlanish  yo`li  milliy  –  madaniy  merosiga,  qadriyatlariga  ham  sinfiy 
“manfaatlar”, 
“kommunistik 
g’oya” 
talablaridan 
kelib 
chiqib 
yondoshilganligini  aniq  hisobga  olish  kerak.  Masalan,  milliy  istiqlol 
g’oyasining  tarixiy  negizlarini-tarix  orqali,  falsafiy  jihatlarini-falsafiy, 
iqtisodiy  asoslarini-iqtisod,  diniy  asoslarini-dinshunoslik,  adabiyot  va 
san`at bilan bog’liq tomonlarini o`rganish orqali milliy g’oya kishilarning 
ishonch va e`tiqodiga aylanib boradi. 
Shu  ma`noda,  milliy  istiqlol  g’oyasi  bilan  bog’liq  bo`lgan 
qonuniyatlarini  o`rganish  uning  o`ziga  xos  jihatlarini  o`rganish,  uning 
o`ziga  xos  jihatlarini  bilish  O`zbekiston  xalqlari  hayotida  muhim 
ahamiyatshga  ega.  U  quyidagi  yo`nalishlarda  o`zining  aniq  ifodasini 
topadi;  
-  Milliy  istiqlol  g’oyasi  O`zbekistonning  har  bir  fuqarosini 
O`zbekiston  xalqlari  O`zbek  xalqi  hayoti,  ma`naviy-ruhiy,  madaniy 
merosi,  milliy  –  ma`naviy  qadriyatlari  bilan  yaqindan  topishtiradi,  uning 
mazmun  va  mohiyatini  anglashga  undaydi.  Bu  g’oya  ularda  Milliy-
ma`naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni qadrlash tuyg’ularini 
shakllantiradi va mustahkamlaydi. 
-  Milliy  istiqlol  g’oyasi  principlarining  har bir  fuqaroning  ishonch  va 
e`tiqodiga  aylanishi,  kishilarning  xatti-harakati  va  faoliyati  orqali 
mamlakat  oldida  turgan  maqsadlarni  birgalikda  amalga  oshirish  uchun 

 
16 
ularni  mushtarak  maqsadlar  atrofida  jipslashtiradi,  ma`naviy-ruhiy  kuch-
quvvat beradi;  
-  Milliy  istiqlol  g’oyasini  o`rganish  orqali  inson  turli  xil  g’oyaviy 
ta`sirlarning maqsad va muddaolarini bir-biridan farqlay oladi; 
- Milliy istiqlol g’oyasini o`rganish, Milliy g’urur, avlodlarga munosib 
vorislar  bo`lish,  ular  bilan  faxrlanish  va  ularga  o`xshab  o`z  Vatanning 
ravnaqiga munosib hissa qo`shish bilan bog’liqdir. 
Prezident  Karimov  I.A.  ta`kidlaganidek,  “endigi  vazifasiz  shundan 
iboratki  Milliy  istiqlol  g’oyasi  tushunchalari  asosida  keng  jamoatchilik, 
ziyolilarimiz,  ilm-fan  va  madaniyat  namoyondalari,  avvalo,  ma`naviy-
ma`rifiy  soha  xodimlari  milliy  mafkurani  takomillashtirish  hamda  uning 
asosiy  tamoyillarini  odamlar  ongi  va  qalbigasingdirishga  qaratilgan 
ishlarni yangi bosqchiga qaratilishi zarur”.
1
  
 
  TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.  Milliy  istiqlol  g’oyasini  o`rganishni  taqozo  etadigan  qanday 
qonuniyatlar mavjud? 
2.  Milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari? 
3.  Milliy  istiqlol  g’oyasini  shakllantirishda  Vatanparvarlik  tuyg’usi 
deganda nimani tushunasiz? 
4.  Milliy  mustaqillik  g’oyasini  singdirishda  ta`lim  tizimida  qanday 
samarali metodlarni qo`llash mumkin? 
 
ADABIYoTLAR: 
                                                
1
 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9-jild. T.: “O`zbekiston”, 2001, 224-b. 

 
17 
1.  Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas`ulmiz.  9-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 2001. 
2.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.: “Sharq”, 1998. 
3.  Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas`ulmiz.  9-jild.  T.: 
“O`zbekiston”, 2006. 
4.  Qurbonov  Sh.,  Seytxalilov  e.,  Quronov  M.,  Ahmedov  R.,  Majidov  I. 
Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. 
T.: “Akademiya”, 2002. 
5.  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.:  “Yangi  asr 
avlodi”, 2001.  
6.  Milliy istiqlol g’oyasi O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalaviriat 
bosqichlari uchun darslik. T., 2005.  
 
 
2-MAVZU: “G’OYa VA MAFKURA” TUShUNChALARNING 
MOHIYaTI MAZMUNI. 
REJA:  
 
1.  “G’oya” tushunchasi, uning mohiyativa mazmuni. 
2.  G’oyalarning namoyon bo`lishi va xilma-xil ko`rinishlari. 
3.  Mafkura tushunchasi uning mohiyati. 
4.  Mafkuralarning namoyon bo`lish xususiyatlari. 
 
1.  “G’oya” tushunchasi, uning mohiyativa mazmuni 
Inson  hayotida  ham,  jamiyat  taraqqiyotida  ham  g’oyalarmuhim  o`rin 
tutadi. Shu ma`noda insoniyat tarixi- g’oyalar tarixidir. e`tibor va ahamiyat 
beriladi?  Ma`lumki, harqanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum 

 
18 
va  davlat  muayyan  bir  tamoyillar  va  qadriyatlar  asosida  hayot  kechiradi 
hamda  o`z  manfaatlari  maqsad-muddaolari    orzu-intilishlarini  ko`zlab 
harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma`lum bir mafkuraga tayanadi.  
“G’oya”    tushunchasi  ma`lumi,  inson  o`zining  aql-zakovati  iymon-
e`tiqodi  va  ijodiy  mohiyati  bilan  boshqa  barcha  tirik  jonzotlardan  farq 
qiladi.  
Inson  –ongli  mavjudot  ongni  shartli  ravishda  ikkita  katta  qismga 
bo`lish  mumkin;  birinchisi  –  insonning  ruhiy  olami;  ikkinchisi  –fikriy 
olam o`z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, his-hayajon, diqqat, 
xotira  va  boshqalarni  qamrab  oladi.  Tafakkurning  mantiqiy    shakllariga 
tushuncha hukm va xulosa kiradi.  
Falsafaning azaliy qoidalaridan biri –til va tafakkur birligidir. Tilning 
eng  birlamchi  ma`suli  so`z  bo`lgani  kabi,  Tafakkurning  dastlabki  shakli 
tushunchadir.  
Ilmiy  adabiyotlarda  “g’oya”,  “mafkura”,  “ideya”  va  “ideologiya” 
tushunchalari  ishlatilmoqda.  Ideya  va  ideologiya  ko`proq  G’arb 
davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi Yunon 
tilidagi “idea”so`zidan olingan bo`lib u ideologiya so`zining o`zagi bo`lib 
hisoblanadi  va  tushuncha  yoxud  fikr  ma`nosini  anglatadi.  Ideologiya 
atamasi esa g’oyalar to`g’risidagi ta`limotni anglatadi va ikki xil ma`noda 
ishlatiladi. 
G’oyalarning  oddiy  fikrlardan  farqi  yana  shundaki,  ular  garchi 
tafakkurda  paydo  bo`lsa-da  inson  ruhiyatiga,  hatto  tub  qatlamlariga  ham 
singib boradi. G’oya shunday quvvatg egaki, u odamning ichki dunyosiga 
kirib  borib,  uni  harakatga  keltiruvchi,  maqsad  sari  etaklovchi  ruhiy-aqliy 
kuchga aylanadi.  

 
19 
G’oya  mohiyatan  ijtimoiy  xarakterga  ega  muayyan  g’oya  odatda 
alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli 
qatlamlariga  tarqaladi,  turli  elat  va  millatlar  orasida  yoyiladi.  Mustaqil 
hayotga  qadam  qo`yayotgan  yangi  avlod  jamiyatda  mavjud  g’oyalar 
ta`sirida  tarbiyalanadi.  Muayyan  qarashlar  va  g’oyalarni  o`z  e`tiqodiga 
singdiradi, o`z navbatida yangi g’oyalarni yaratadi va targ’ib etadi. Har bir 
narsaning  o`z  ibtidosi  va  intihosi,  ya`ni  boshlanishi  va  oxiri  bo`ladi. 
G’oyalar ham o`z “umri”ga ega. Ular ham ma`lum makonda va zamonda 
paydo bo`lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo`shishi, kishilarning ongi 
va  qalbidan  joy  olishi,  o`z  umrini  yashab,  joziba  kuchi  va  quvvatini 
yo`qotmagach,  tarixiy  xotiraga  aylanishi  ham  mumkin.  G’oyaga  ta`rif 
berish  uchun  uning  mohiyatini  namoyon  etadigan  asosiy  xususiyatlarni 
sanab o`tish lozim bo`ladi. G’oyaning eng muhim xususiyati – insonni va 
jamiyatni  maqsad  sari  etaklaydigan  ularni  harakatga  keltiradigan  safarbar 
etadigan kuch ekanidadir.      
Xulosa  qilib  aytadigan  bo`lsak,  g’oya  deb, inson  tafakkurida  vujudga 
keladigan, ijtimoiy xarakatga ega bo`lgan, ruhiyatga kuchni ta`sir o`tkazib, 
jamiyat  va  odamlarni  harakatga  keltiradigan  ularni  maqsad-muddao  sari 
etaklaydigan fikrga aytiladi. 
 
2.G’oyalarning namoyon bo`lishi va xilma-xil ko`rinishlari. 
Tafakkurning  mahsuli  sifatida  g’oya  tevarak  olamni  o`rganish,  bilish 
jarayonida vujudga keladi.  
Mazmuni  va  namoyon  bo`lish  shakliga  qarab,  g’oyalarni  bir  qancha 
turlarga ajratish mumkin. 

 
20 
1.  Ilmiy  g’oyalar;  2.  falsafiy  g’oyalar;  3.  diniy  g’oyalar;  4.  badiiy 
g’oyalar; 5. ijtimoiy-siyosiy g’oyalar; 6. milliy g’oyalar; 7. umuminsoniy 
g’oyalar va hokazo. 
Diniy  g’oyalar  deb,  har  bir  diniy  ta`limot  va  oqimning  asosini,  diniy 
iymon,  e`tiqodning  negizini  tashkil  etuvchi  g’oyalarga  aytiladi.  Ibtidoiy 
dinlar  har  bir  narsaning  jonli  ekani,  jonning  abadiyligi  ,  but  va 
sanamlarning,  ijobiy  jism  va  hodisalarning  ilohiy  quvvatga  egaligi 
to`g’risidagi qarashlarga asoslangan edi.  
Ilohlarning  ko`pligi  haqidagi  fikrga  tayanadigan  politenzm  dinlari 
vaqti  kelib  monotekstik  –  yakkaxudolik  g’oyasi  asosidagi  dinlarga  o`z 
o`rnini bo`shatib bergan. 
Ilmiy  g’oyalar  –  fan  taraqqiyotining  samarasi,  ilmiy  kashfiyotlarning 
natijasi sifatida paydo bo`ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, 
ustuvor  qoidalarni  tashkil  qiladigan  ilmiy  fikrlardir.  Ilm-fan  taraqqiyotni 
atomning  bo`linishini,  koinot  markazi  er  emasligini  ham  ishonchli  dalilar 
bilan  isbotladi;  kvant  mexanikasi,  irsiy  nazariyasi  va  boshqa  ko`plab 
kashfiyotlar qilindi.  
Dunyoga A.eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.Kyuri va boshqalarning 
nomlarini  mashhur  yadro  fizikasi  sohasidagi  kashfiyotlar  ham  ilmiy 
g’oyalar  asosiga  qurilgan.  XX  asrda  insoniyat  nihoyatda  ko`p  ilmiy 
g’oyalarni  amaliyotga  aylantirdi.  Kosmik  raketalar,  komp`yuter  va  uyali 
telefonlar, televidenie va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol 
bo`ladi.  
Falsafiy  g’oyalar  har  bir  falsafiy  ta`limotlarning  asosini  tashkil 
etadigan  olam  to`g’risidagi  eng  umumiy  tushuncha  va  qarashlardir.  Ular 
bizni  o`rab  turgan  dunyoni  bilish  jarayonida,  kishilik  jamiyatining 

 
21 
taraqqiyoti  mobaynida  to`plangan  bilimlarni  umumlashtirish,  inson 
hayotining  ma`no-mazmuni,  uning  baxt-saodati  kabi  masalalar  ustida 
mulohaza yurtish asosida shakllanadi. 
Badiiy  g’oyalar  –  adabiyot  va  san`at  asarining  asosiy  ma`no-
mazmunini tashkil etadigan, undan ko`zlangan maqsadga xizmat qiladigan 
etakchi  fikrlardir.  Ular  hayotdan  olinadi,  badiiy  talqinlar  asosida  bayon 
etiladi,  o`quvchida  muayyan  taassurot  uyg’otadi.  Adabiy  qahramonlarni 
sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ro`y beradi.  
Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-
umidlarini,  maqsad-muddaolarini  ifodalaydi,  erkin  hayot  va  adolatli 
tuzumni  tarannum  etadi.  Ozodlik  va  mustaqillik,  adolat  va  haqiqat, 
tinchliksevarlik  va  insonparvarlik  g’oyalari  shular  jumlasidandir.  Asrlar 
mobaynida  bunday  buyuk,  o`lmas  g’oyalar  xalqlarga  kuch-quvvat  va 
ilhom bag’ishlab, ularni o`z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.  
Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga 
qo`ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir. O`z 
tarixiy va taraqqiyotining tub burilishi davrlarida har qanday millat va xalq 
kelajagini belgilaydi, unga etishishning o`ziga mos yo`llarini tanlaydi. Ana 
shu  jarayonga  xos  ijtimoiy  iqtisodiy,  siyosiy  yo`nalishlar  bilan  barcha 
g’oyaviy  tamoyillarini  ham  belgilab  oladi.  Bunda  butun  millat  uchun 
umumiy bo`lgan g’oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. 
O`zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  tomonidan  nazariy  jihatdan 
asoslab  berilgan  hamda  “Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va 
tamoyillar” risolasida o`z aksini topgan. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq 
farovonligi,  komil  inson,  ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo  hamjihatlik, 

 
22 
diniy  bag’rikenglik  kabilar  ana  shunday  umummilliy  g’oyalar  qatoriga 
kiradi. 
 
 
3. Mafkura tushunchasi, uning mohiyati. 
Har  qanday  nazariya  yoki  ta`limot  bir  tizimga  solingan  g’oyalar 
majmuidan  iborat  bo`ladi.  Dunyo  qarashning  negizini  va  muayyan 
ishonch-e`tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf 
va  qatlamlarning,  millat  va  davlatning  manfaatlari  va  maqsadlari  ham 
g’oyalarda ifoda etiladi.  
Mafkura  –  muayyan  ijtimoiy  guruh  yo  qatlamning,  millat  yoki 
davlatning  ehtiyojlarini,  maqsad  va  intilishlarini,  ijtimoiy  ma`naviy 
tamoyillarini  ifoda  etadigan  g’oyalar,  ularni  amalga  oshirish  usul  va 
vositalari  tizimidir. 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  mafkuraga  shunday  ta`rif  bergan: 
“Odamlarning  ming  yillar  davomida  shakllangan  dunyoqarashi  va 
mentalitetiga asoslangan, ayni  vaqtda    shu  xalq,  shu  millatning kelajagini 
ko`zlagan  va  uning  dunyodagi  o`rnini  aniq-ravshan  belgilab  berishga 
xizmat  qiladigan,  kechagi  va  ertangi  kuni  o`rtasida  o`ziga  xos  ko`prik 
bo`lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.
2
 
Binobarin,  milliy  mafkura  har  qanday  xalqni  xalq  millatni  millat 
qiladigan  uning  yo`li  va  maqsadlarini  aniq-ravshan  jarayon  etadigan 
mayoqdir. Mafkuralar, ma`no-mohiyatiga ko`ra falsafiy dunyoviy, diniy va 
boshqa  turli  ta`limotlar  asosida  yaratiladi.  Xilma-xil  ijtimoiy-siyosiy 
kuchlar  o`z  mafkuralarini  yaratishda  siyosiy  g’oyalar  bilan  birga,  diniy 
                                                
2
 Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T.: “O`zbekiston”, 7-jild, 89-
b.  

 
23 
oqimlar  va  ilm-fan  yutuqlariga  tayanadi,  ulardan  nazariy  asos  sifatida 
foydalanadi.  
Mafkuraning  falsafiy  ildizlari  haqida  fikr  yuritganda,  uning  falsafa, 
ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi.  
Bunga  g’arbdagi  uyg’onish  davrni  hamda  o`rta  asrlarda  o`z  milliy 
davlatchilikni  tiklay  boshlagan  Evropa  xalqlarining  har  biri  o`ziga  xos 
mafkurasini  yaratganini  misol  keltirish  mumkin.  Mazkur  mafkuralar  rim 
imperiyasi  parchalanganidan  keyin  o`z  davlatchiligiga  ega  bo`lgan 
xalqlarning o`ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan 
milliy  faosafalari  asosida  shakllandi.  Shu  bois  o`sha  davrdagi  italiyat, 
ingliz,  francuz  falsafasi  o`z  mansub  bo`lgan  jamiyatni  birlashtirishga 
xizmat qildi.  
Mafkuraning  dunyoviy  ildizlari  ma`rifiy  dunyoga  xos  siyosiy, 
iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  munosabatlar  majmuidan  iboratdir.  Insoniyat 
asrlar  mobaynida  bosqichma-bosqich  dunyoviylik  sari  intilib  keldi. 
Umume`tirof  etilgan  tamoyillar  va  qonun  ustuvorligi,  siyosiy  imoralizm, 
millatlararo  totuvlik,  dinlararo  bag’rikenglik  kabi  xususiyatlar  dunyoviy 
jamiyatning asosini tashkil etadi.  
Mafkuraning  diniy  ildizlari  deganda,  u  inson  ongi  va  ruhiyati  bilan 
uzviy bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta`limotlarga 
borib  tarqalishi  tushuniladi.  Ya`ni  ko`pgina  mafkuralar  Avesto,  Veda  va 
Upanishadilar,  Zabur,  Tavrat,  Injil  va  Qur`on  kabi  ilohiy  kitoblarda  zikr 
etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz.  
Dunyoviy  va  diniy  g’oyalar  bir-birini  boyitib  borgan  sharoitda 
taraqqiyot  yuksak  bosqichga  ko`tariladi.  Bunga  bashariyat  tarixida 
o`chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Motrudiy 

 
24 
va  Abu  Rayxon  Beruniy,  Imom  G’azzomiy  va  Abu  Nasr  Farobiy  singari 
buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko`rsatgan davr yorqin 
misol bo`la oladi. 
Insoniyat  tarixida  o`z  talab  ehtiyojlarini  boshqa  xalqlar  hisobga 
qondirish  isboti  talonchilik  va  bosqinchilik,  buyuk  davlatchilik  va 
tajovuzkor  millatchilik,  fashizm  va  ekstremizm  g’oyalarini  yuzaga 
keltirgan.  Bunday  g’oyalar  xalqlar  boshiga  ko`p  kulfat  va  munosabatlar 
solgan. 
Jahon  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki  ba`zan  buzg’unchi  mafkura 
o`zining soxta jozibasi aldov makri bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda 
hukmron  mavqeini  egallab  olishi  mumkin.  Masalan,  XX  asrning  30 
yillarida  Italiya  va  Germaniyada  fashizmning  g’alaba  qozonishi  nafaqat 
italiyat  va  nemis  xalqining,  balki  dunyodagi  millionlab  insonlarning 
boshiga cheksiz kulfat solgani tarixining achchiq saboqlaridan biridir.  
 
4. Mafkuralarning namoyon bo`lish xususiyatlari.  
G’oyaning yuksak hayotidagi o`rni va ahamiyati juda muhim falsafiy 
masaladir.  Inson o`zi g’oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat oladi. O`zi 
yaratgan  g’oyalar  insonning  ongi  va  shuurini,  tafakkuri  va  e`tiqodini 
egallab,  uning  sohibiga  aylanadi.  Yuksak  g’oyalar  odamlarni  olijanob 
maqsadlar  sari  etaklaydi.  G’oya  etuk  e`tiqodi  butun,  qadriyatlari  yuksak 
insonnigina mardlik namunalarini ko`rsata oladi.  
Toki  dunyoda  taraqqiyotga  intilishi,  bunyodkorlik  hissi  bor  ekan, 
jamiyatda  ilg’or  g’oyalar  tug’ilaveradi.  Buzg’unchi  g’oyalarning  vujudga 
kelishiga  esa  vayronkor  intilishlar  sabab  bo`ladi.  Shunday  ekan,  ularga 
qarshi  kurashga  tayyor  turish,  ya`ni  doimo  xushyor  va  ogoh  bo`lib 

 
25 
yashamoq  hayotning  asosiy  zaruriyati  bo`lib  qolaveradi.  Milliy  g’oya  va 
mafkura  o`zida  gumanizm  talablarini,  xalqning  iroda  va  intilishlarini  aks 
ettirgan  taqdirda  jamiyatni birlashtirib, uning  salohiyati  va  imkoniyatlarni 
to`la  yuzaga  chiqarishda  beqiyos  omil  bo`ladi.  Masalan,  XX  asrda dunyo 
hamjamiyati tomonidan tan olingan Yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. 
Yapon  milliy  mafkurasi  “Milliy  davlatchilik  tizimi  (kokftay)”,  “fuqarolik 
burchi”,  “Yapon  ruhi”,  “tadbirkorlik”,  “umummilliylik”,  “fidoiylik”, 
“vatanparvarlik”,  “poternolizm”,  “jamoaga  sadoqat”,  “modernizaciya” 
kabi  g’oya  va  tushunchalar  ushbu  mamlakatning  bugungi  kunda  erishgan 
yuksak natijalarga poydevor bo`ldi.  
G’oyaviy  zaiflik  va  mafkuraviy  beqarorlik  esa  millatning  birdamligi, 
davlatning  qudratiga  putur  etkazadi,  uning  taraqqiyotini  orqaga  surib 
yuboradi.  Masalan  Chingizxon  bosqini  tor  istilosi  davrlarida  ayrim 
hukmdorlarning 
xalqni 
birlashtirish 
kurashga 
safarbar 
etmagani 
o`tkamizning qaramlik changaliga tushib qolishiga sabab bo`lgan. Xullas, 
insoniyat  tarixi  xilma-xil  g’oya  va  mafkuralarning  vujudga  kelishi, 
amaliyoti,  bir-biri  bilan  munosabatidan  iborat  uzluksiz  jarayondir.  Bu 
jarayonda  turli  g’oyalar  u  yoki  ku  kuchlarga  xizmat  qilishi,  o`ziga 
ishongan kishilarni qanday maqsadlar tomon etaklashiga qarab bir-biridan 
farqlanadi.  
 
SAVOLLAR: 
1.  G’oya  nima?  G’oyalarning  qanday  turlari  mavjud?  Bunyodkorlik 
g’oyalar va vayronkor g’oyalarga misollar keltiring? 
2.  mafkura nima? Mafkuralarning qanday tarixiy shakllari bo`lgan?  

 
26 
3.  Davlatlar  va  millatlarning  yuksalishi  yoki  tanazzulga  uchrashiga 
mafkuraning ahamiyati qanday? 
4.  mafkurasiz millat va g’oyasiz inson bo`lishi mumkinki?  
 
ADABIYoTLAR:  
1.  Karimov  I.A.  Jamiyatning  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni-millat 
qilishiga xizmat etsin // Tafakkur jurnali, 1998, 2-son.  
2.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.: “Sharq”, 1998. 
3.  Karimov  I.A.  O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda.  T.:  “O`zbekiston”, 
2000. 
4.  Karimov  I.A.  Milliy  istiqlol  mafkurasi  –  xalq  e`tiqodi  va  buyuk 
kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi, 2000 yil 8 iyun`. 
5.  Temur  tuzuklari.  T.:  “G’.G’ulom”  nomidagi  nashriyot  –  matbaa 
birlashmasi, 1991.  
6.  Milliy  istiqlol  g’oyasi  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  T.: 
“O`zbekiston”, 2000.  
7.  Milliy  istiqlol  g’oyasi  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar  T.:  “Yangi  asr 
avlodi”, 2001.  
8.  Milliy  istiqlol  g’oyasini  shakllantirishda  tashkiliy  –  uslubiy 
yondashuvlar. T.: “Akademiya”, 2002. 
9.  Milliy istiqlol g’oyasi: O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalavriat 
bosqichlari uchun darslik. T.: “Akademiya”, 2005.  
 
3-MAVZU: GLOBALLAShUV JARAYoNLARIDA MILLIY 
G’OYaGA eHTIYoJNING ORTIShI. 
REJA:  

 
27 
1.  Globallashuv tushunchasi va uning mohiyati. 
2.  Globalizm va aksimlobalizm. 
3.  Globallashuv va milliy ma`naviyat. 
4.  Globallashuv va milliy g’oyaga ehtiyoj. 
5.   Milliy istiqlol g’oyasi va shaxsiy e`tiqod.  
 
1. Globallashuv tushunchasi va uning mohiyati.  
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir 
shu qadar  kuchpayib  ketdiki,  bu  jarayondan  to`la  ihotalanib  olgan  birorta 
ham  davlat  yo`q  deb  to`la  ishonch bilan  aytish  mumkin.  Hattoki,  xalqaro 
tashkilotlardan  uzoqroq  turishga  intilayotgan,  ularga  a`zo  bo`lishni 
istamayotgan  mamlakatlar  ham  bu  jarayondan  mutlaqo  chetda  emas. 
Globllashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar 
ularning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy 
ta`sir esa ko`pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. 
Globallashuvning  turli  mamlakatlarga  o`tkazayotgan  ta`siri  ham 
turlicha.  Bu  hol  dunyo  mamlakatlarining  iqtisodiy,  axborot  ma`naviy 
salohiyatlari  va  siyosati  qanday  ekani  bilan  bog’liq.  Dunyoda  yuz 
berayotgan  shiddatli  jarayonlarning  har  bir  mamlakatga  o`tkazayotgan 
salbiy  ta`sirini  kamaytirish  va  ijobiy  ta`sirini  kuchaytirish  uchun  shu 
hodisaning  mohiyatini chuqurroq  anglash, uning  xususiyatlarini  o`rganish 
lozim.  Mustaqillik  davrida  mamlakatimiz  olimlari  o`tkazgan  va 
o`tkazayotgan 
tadqiqotlar 
tahlili 
bu 
sohadagi 
ishlar 
endigina 
bolanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuv milliy ma`naviyatga ham 
ta`sir  o`tkazadi.  Globallashuvga  berilgan  ta`riflar  to`laroq  qamrab  olgani 

 
28 
bizningcha,  francuz  tadqiqotchisi  B.Bondi  bergan  ta`rif.  Unda 
globallashuv jarayonining uch o`lchovli ekaniga urg’u beriladi;  
- Globallashuv – jahonning universallashuvi jarayoni;  
- Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; 
- Globallashuv – milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni. 
B.Bondi  ta`rifida  keltirilgan  globallashuv  o`lchovlarining  har 
uchalasiga  nisbatan  ham  muayyan  e`tirozlar  bildirish  mumkin.  Lekin 
hahonda  yuz  berayotgan  jarayonlarni  kuzatsak,  ularning  har  uchovi  ham 
unda mavjud ekanini ko`ramiz. 
Globallashuvning  mamlakatlar  iqtisodiy  siyosati  va  ma`naviyatga 
o`tkazishi  mumkin  bo`lgan  ijobiy  va  salbiy  ta`siri  hodisaning  mashhur 
davlat  arbobi,  Mahamata  Gandining  quyidagi  so`zlarida    yaxshi 
ifodalangan: “Men uyimning davroza va eshiklarini doim mahkam bertikib 
o`ta  olmayman,  chunki  uyimga  toza  havo  kirib  turishi  kerak.  Shu  bilan 
birga,  ochilgan  eshik  va  derazalarimdan  kirayotgan  havo    dovul  bo`lib 
uyimni  og’dar-to`ntar  qilib  tashlashi,  o`zimni  esa  yiqitib  yuborishini  ham 
istamayman”.
3
  
Shuning  uchun  ham  milliy  istiqlol  g’oyasi  bugungi  globallashuv 
jarayonida  uyimizni,  hayotimizni  toza  havo  bilan  ta`minlab,  ayni  paytda, 
“Dovullar” dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.  
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish