Targ‘ibot-tashviqot – insonni biror xarakatga rag‘batlantirish va kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltirish.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, istiqlol ma‘naviyati sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqidagi orzular rо’yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratdi. Zero, haqiqiy farovon jamiyatning a‘zolari ham yetuk ma‘naviyat sohibi bо’lishi shart. Chunki о’zligini anglagan inson, о’zgalar hamda millat, jamiyat, Vatan oldidagi burch va ma‘suliyatini ham anglaydi. Uning qalbi, tafakkuri va ruhiyatida bunday ulug’vor fazilatlar oson va samarali kamol topadi. Ma‘naviy yetuk, ruhi sog’lom insonning jismoniy mehnati, turmush tarzi, orzu-intilishlari ezgulikka tomon yо’nalgan bо’ladi. Mustaqillik yillarida odamlarni g’oyaviy tarbiyalash va jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarimizning о’zligini anglash, qadr-qimmat, iymon e‘tiqod, ona- Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat e‘tibor
tuyg’ularni о’stirib borish yо’lidagi harakatlar о’zining samarasini bera boshladi. Odamlarning ruhiyati, dunyoqarashi ijtimoiy hayotga munosabati, amaliy faoliyatida tub о’zgarishlar yuz bermoqda, ularning tafakkuri uyg’onmoqda.
Bugungi kunda milliy g’oyani har bir inson, ayniqsa yosh avlod qalbi va
ongiga singdirish hayot taqazosiga aylandi. Shu bilan birga, mafkura sohasida yanada samarali va izchil ish olib borish, mafkuraviy targ’ibotni takomillashtirish, ushbu soha xodimlari malakasini oshirish, mavjud muammolarini hal qilish uchun
amaliy seminarlar, anjumanlar, muloqotlar tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Bu о’rinda qabul qilinayotgan Farmonlar, qonunlar va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan g’oyalarni keng xalq ommasi ongiga yetkazishning benihoya dolzarbligini ta‘kidlash lozim. Chunki, huquqiy jamiyat va yuksak ma‘rifatli, ezgu g’oyali inson tushunchalari biri–biridan ajralmasdir. Madaniy bozorni ham, ma‘naviy sog’lom jamiyatni ham ana shunday kishilargina yarata oladilar. Ularni voyaga yetkazmay turib milliy g’oya tamoyillarining amalga
oshganligi tо’grisida fikr yuritish qiyin.
Manipulatsiya- farnsuzcha manipulus-hovuch, ma’nus-qo’l so’zlaridan olingan bo’lib, noqonuniy operatsiya, 1969 yil Nyu-Yorkda chop etilgan”Zamonaviy sotsialogiya lug’ati’ da esa “boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o’zi istagan xulq-atvorni shakllantish” deb ta’riflangan.
Milliy g’oyaning amal qilish tamoyillari mamlakatimizda yashaydigan kishilarning tinch–totuvligi, ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy baraqarorlikning qadriga yetishi, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bо’lgan tahdidlarga qarshi siyosiy, huquqiy hushyorligi bilan uzviy bog’liq. Chunki, hozirgi davrda tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas‘ul bо’lgan kishilar ana shunday jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yо’q. I.Karimovning milliy g’oya konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e‘tiborning kо’pligi О’zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yоl-yо’riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir. О’zbekiston Respublikasi kо’p millatli davlat bо’lib, aholining tо’rtdan uch qismi о’zbeklar va qolgan qismi turli millat va elatlarga mansub fuqarolar hisoblanadi. Mamlakatga о’z nomini bergan millatning boshqa etnik birliklarga bо’lgan munosabatlariga qarab milliy munosabatlar shakllanadi. О’zbeklar qadimqadimdan boshqa xalqlarga nisbatan bag’rikenglik kо’rsatib dunyoga tanilgan xalqdir. Chunki Buyuk ipak yо’lida joylashgan Vatanimiz hududida azal-azaldan kо’plab etnik guruhlar yonma-yon yoki aralash yashab kelganlar. Shuning uchun ham diniy va milliy bag’rikenglik (tolerantlik) hech mubolag’asiz millatimizning muhim belgilaridan bо’lib qolgan. I.Karimov kо’pgina asarlarida milliy totuvlik muhiti ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlab beruvchi eng asosiy kafolat ekanligini ta‘kidlab keldi. U о’z asarlarida kо’p millatlilik har bir millatning milliy ehtiyojlarini inobatga olib siyosat olib borilgan taqdirda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, demokratik jarayonlar jadallashishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur‘atining о’sishi yuz berishiga asos bо’lishi mumkinligi tarixda isbot qilingan haqiqat ekanligi tо’girisida gapirib о’tadi. Har qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy rivojlanish darajasini belgilashda mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib, millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan mentalitetiga, manfaatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g’oyasi bilan bevosita bog’liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini, subyektiv omillarini, chuqur о’rganish hamda nazariy-konseptual asoslarini ishlab chiqish g’oyat dolzarb ilmiy muammodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |