Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi tamoyili, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligini ta‘minlaydigan ijtimoiy-siyosiy omillar tarkibidagi iqtisodiy determinizm g’oyalaridan tubdan farq qiladi. Zero, mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat oldida turgan vazifalar tizimi va ularni hal qilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan iqtisodiyotni rivojlantirish, birinchi navbatda kun tartibiga qо’yildi. Chunki, iqtisodiyotni mustabid tuzumdan meros qolgan totalitarizm, volyuntarizm, subyektivizmga asoslangan hukmron kommunistik g’oya va mafkuraning, siyosiy tizimning iskanjasidan xalos qilmasdan, Vatan ravnaqini, yurt tinchligini, xalq farovonligini ta‘minlaydigan demokratik islohotlarni amalga oshirish mumkin emas edi. Islohotlarning birinchi bosqichida О’zbekistonning milliy tarixiy taraqqiyot xususiyatlarini, demografik-etnografik, madaniy sturukturasini, ishlab chiqarishning mustabid tuzum sharoitida shakllangan tarkibiy tuzilishini hap tomonlama e‘tiborga olib, iqtisodiyotni erkinlashtirishdan iborat islohotlar — ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni jamiyatning obyektiv qonuniyatlari asosida tashkil qilishi, unda inson omilining rolini oshirish - barqaror rivojlanishning zaruriy sharti edi. Bunda «eng muhim ustuvor masala - bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qо’llab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan ibortdir». Bu sohada qо’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar keyingi yillarning rejalarini tuzish, ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini qidirib topishni taqozo qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning jamiyat siyosiy tizimini о’zgartirishga nisbatan ustuvorligini ta‘minlash, mafkura yakka hokimligidan holi qilish natijasida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasini amalga oshirishning quyidagi imkoniyatlari vujudga keldi. Ya‘ni: 1) jamiyatni boshqarayotgan mavjud siyosiy tizimning parokanda bо’lishi natijasida, muqarrar tarzda, kelib chiqishi mumkin bо’lgan hokimiyat talashish, siyosiy boshboshdoqlik, anarxiya hodisasining oldi olindi, jamiyat ijtimoiy-siyosiy «iqlimining» mо’tadilligi, mamlakatda tinchlik va barqarorlik ta‘minlandi; 2) iqtisodiyotni siyosatdan bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida muqobil mulkchilik shakllarining vujudga kelishi iqtisodiy ishlab chiqarish cohasining tarkibiy о’zgarishlariga asos bо’ldi; 3) siyosiy tizimi shaklidan qat‘iy nazar turlimamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlar o’rnatish, «ochiq eshik» siyosati chet el investitsiyasi kirib kelishiga imkoniyat yaratdi; 4) kishilar ongidagi mustabid tuzumdan qolgan boqimandalik kayfiyati barham topib, tashabbuskorlik, tadbirkorlik sifatlari qaror topdi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini ta‘minlash, uni «erkinlashtirishdagi bosh vazifa — eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini — funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xо’jalik faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat bо’ldi.. Bular о’z navbatida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g’oyasini amalga oshirishning, milliy mustaqillikni mustahkamlashning zaruriy iqtisodiy shart-sharoitlarini yaratib berdi.
Tolerantlik- (lot. chidam, sabr-toqat), bag’rikenglik- o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg’ulari, fikr-mulohazalari, g’oyalari va e’tiqodlariga nisabatan toqatli, chidamli bo’lish. Bu bir-biriga o’xshamagan odamlarning birga axillikda yashashga intilishidir. YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 1995 yilda “Tolerantlik tamoyillari” deklaratsiyasi qabul qilingan. 16 noyabr butun dunyo bag’rikenglik kuni sifatida nishonlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |