Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet111/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

Uchinchidan, milliy о’zlikni anglash omili faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida, uning oldida yuzaga keladigan ichki muammolarni hal qilish hamda millatni birlashtiruvchi va harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu muammolar mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy sohalarda sodir bо’lishi mumkin.

Tо’rtinchidan, milliy о’zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, faqat uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki shular bilan birga uning abadiyligini ta‘minlab turuvchi mustahkam qо’rg’on hamdir. Siyosiy ma‘naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan о’zini о’zi anglab yetgan xalq, millat mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi. Millatning, xalqning kuch qudrati uning soni bilan о’lchanmaydi, balki siyosiy yetukligi, milliy ongning о’sganligi, milliy g’ururi, milliy hissiyoti, milliy tuyg’uning qay darajadaligi, о’z- о’zini anglab yetganligi, milliy uyushganligi bilan belgilanadi. Bunga yana Boltiqbо’yi respublikalari va boshqalarni misol qilib kо’rsatsa bо’ladi. Shunday qilib, milliy о’zlikni anglash millatning eng muhim belgisi, uning rivojlanishi va kelajagini ta‘minlovchi omili hisoblanadi. Mustaqillikni qо’lga kiritish о’zbek xalqi hayotida milliy о’zlikni anglash yо’lidagi buyuk inqilob hisoblanadi. Chunki chorizm tomonidan bu о’lkaning bosib olinishi oqibatida Turkiston xalqlarining ma‘naviyati, ma‘rifatiga yetkazilgan katta zararlar va Rossiyada amalga oshirilgan Oktabr tо’ntarishidan keyin о’rnatilgan Shо’rolar hukumati tomonidan davom ettirilgan zо’ravonlik siyosati xalqimizning g’ururini poymol etishga, uning jahon sivilizatsiyasida tutgan о’rniga salbiy ta‘sir kо’rsatgan edi. Shо’rolar davrida о’zbek millati nomi faqat sobiq SSSR hujjatlarida qayd etilsada, u xalqaro hayotda mustaqil subyekt sifatida tan olinmay kelingan edi. Mustaqillik uchun kurash, garchand chorizmning mustamlakachilik siyosati davridan boshlangan bо’lsa ham, u Shо’rolar tuzumi davrida yanada keskin tus oldi. Ammo о’zbek xalqining kо’zga kо’ringan millatparvar farzandlarining izchillik bilan bosqichma-bosqich qirib yuborilishi milliy о’zlikni anglash jarayonining ommaviy ravishda yuksalish imkonini bermagan edi. 80- yillarga kelib SSSR iqtisodiyotidagi inqiroz, uning siyosatda xalqaro jandarmga aylanishga

intilishi va ma‘naviyat va ma‘rifatdagi qashshoqlashuvi bu tuzumning millatlarni



taraqqiy ettirishga noqobilligini yana bir bor tasdiqlagan edi. Bu jarayon sobiq SSSR tarkibiga kirgan millatlarning mustaqillikka intilishini, о’zlikni anglashning zimdan о’sib borishini tezlashtirib yubordi. 80-yillarning oxiri 90-yilllarning boshlarida millatlararo munosabatlarda turli nizolar hamda fojialarning kelib chiqishi milliy о’zlikni anglashning yashirin qudrati yuzaga qalqib chiqqanligini bildirar edi. Bu qudratli jarayon oqibatida «metindek» mustahkam bо’lgan qudratli SSSR davlati va butun jahon sotsializm tizimi halokatga uchradi. Sobiq xalqlar turmasi о’rnida mustaqil davlatlar vujudga kelib, millatlarning о’zligini anglashga intilishi kuchayib ketdi. Ana shu murakkab kurash jarayonini о’z boshidan kechirgan о’zbek xalqi mustaqillikni qо’lga kiritganidan sо’ng, о’zining mustaqil millat maqomini tiklash uchun dadil harakat qildi. Xususan, mustaqillik yillari bosib о’tilgan tarixan qisqa davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta ishlarni amalga oshirdi. Bu yillarda millatimizning о’zligini anglashi jadal rivojlanib bordi. Bu milliy о’zlikni anglash jarayonining yuksalib boorish xususiyatlari quyidagilarda namoyon bо’ldi: о’zbeklar о’z atrofida yashayotgan boshqa millat va elat vakillariga nisbatan dо’stlik, birodarlik, hamkorlik, о’zbek xalqiga xos mehr-oqibat tuyg’ularini saqlab qola olganligi milliy о’zlikni anglashdagi yana bir xususiyat hisoblanadi. Vaholanki, mustaqillikkka erishgan ayrim respublikalarda mustaqillik sharofati oldida dovdirab, о’z atroflarida yashayotgan, yaqindagina qardoshmiz deb yurgan millat vakillariga hurmatsizlik bilan qarash yuz berganligi sir emas. О’zbekistonda bunday hol yuz bermaganligi, xalqimizning yuksak ma‘naviyatini kо’rsatadi. Islom Karimov ta‘kidlaganlaridek: «Bizning keyingi yillarda erishgan eng katta yutug’imiz - bu umumiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir». Mustaqil О’zbekistonning yuksalishi, о’zbek millati gullab-yashnashining tarafdori bо’lgan har bir О’zbekistonlik fuqaro millatlararo totuvlik, dо’stlik qoidalariga sodiq bо’lishi kerak. Chunki, mustaqil davlatimizning kelajagi birinchi navbatda, о’zbek xalqining milliy о’zligini qanchalik anglab yetganligiga hamda mamlakatimiz hududida о’zbeklar va boshqa millat, xalq vakillari bilan yonmayon istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va e‘tiqodlaridan qat‘i nazar, bir-birining kо’nglini ola bilishiga, ular о’rtasida dо’stona munosabatlarning о’rnatilishiga bog’liq. Hozir О’zbekistonda 136 millat va elat vakillari tinch, farovon hayot kechirmoqda. Ular о‗zbeklar bilan bir qatorda bunyodkorlik ishlari bilan shug’ullanmoqdalar. Mamlakatimizda har bir millatning tili, madaniyati, urfodatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa va munosabatlarni bog’lashga, milliy his-tuyg’ularning namoyon bо’lishiga keng yо’l ochib berilgan.
Bu esa mamlakatimiz barqaror rivojlanishining kafolatidir. Biz yashayot-gan, avlodlarimiz yashaydigan Yer sayyorasi o’nlab millatlar, xalqlar, elatlarning umumiy uyidir. Jahonda, ular taraqqiyotning qaysi bosqichida bo’lmasin, har birining o’z o’rni, qadr-qimmati bor. Masalan, biz hozir taraqqiyotning quyi bosqichidagi insonlar hayotini Afrikadagi hanuz urug’chilik yoki qabilachilik tuzumida yashayotgan odamlar hayotidan bilib olamiz. Odamlar oqilona va bag’rikenglik bilan, hamkorlik bilan yashasa, bu qabilalar ham bir kuni albatta taraqqiyotning yuqori bosqichlariga ko’tarilishiga ishonamiz. ―Har qanday millat, -deydi I. Karimov -u naqadar kichik bo’lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlik-ning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ke-tishi Yer yuzasidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyat-larining qashshoqlashuviga olib keladi.



Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish