Uchinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga xizmat
qiluvchi yangi ma‘naviy – mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib
bordi. Islom Karimov ta‘kidlagani kabi: SSSR parchalanib ketgandan keyin bizning irodamiz yoki intilishimizga bog’liq bо’lmagan holda О’zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg’oniston va Tojikistonda sо’nggi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bо’lgan ikkita tanglik о’chog’i alanga olib turibdi. Afg’onistonda urush alangasi о’chmagani faqat bizning mamlakatimiz uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta xavf – xatarni vujudga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |