Haq evaziga xizmat ko`rsatish
Reja:
1. Hak evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari
2. Haq evaziga xizmat ko`rsatish turlari
3. Auditorlar va auditorlik firmalari
1. Hak evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari
Haq evaziga xizmat ko`rsatish bu aholiga aloqa tashkilotlari orqali xizmat ko`rsatish, tibbiyot xizmati, veterinariya xizmati, auditorlik, maslahat, axborot, ta`lim berish, sayyohlik xizmatlari va shunga o`xshash boshqa xizmatlardir. Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ushbu xizmatlarga bo`lgan ehtiyoji tobora oshib bormoqsa.
Shu sababli xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirkorlikka davlat tomonidan alohida e`tibor berilmoqsa. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 maydagi «Kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida» qabul qilingan qarori bu borada muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish xizmat ko`rsatuvchi tadbirkor bilan shu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar o`rtasida shartnoma tuzish yo`li bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomaning ta`rifi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 703-modsasida berilgan. Bu qonunda belgilanishicha, - haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi buyurtmachining topshirig`i bilan ashyoviy shaklda bo`lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish) buyurtmachi esa bu xizmat uchun haqto`lash majburiyatini oladi...».
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha bir taraf ijrochi, ikkinchi taraf buyurtmachi sifatida ishtiroj etadilar. Ijrochi bo`lib tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan xususiy firmalar, korxonalar, nodavlat korxonalari hamda davlat tashkilotlari ishtirok etadilar. Shuningdek, yakkatadbirkorlar ham ijrochi sifatida xizmat ko`rsata oladilar.
Ijrochi bo`lib shartnomada qatnasha oladigan tashkilotlar, korxonalarning haq evaziga xizmat ko`rsatish faoliyati ularning ustavlarida, nizomlarida ko`rsatilgan bo`lishi, yakka tartibda faoliyat ko`rsatadigan tadbirkorlar esa belgilangan tartibda ruxsat olgan bo`lishlari shart.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa shartnomalardan farqpanadi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan tuziladi. Ularningayrimlari, jumladan, aloqa, tibbiyot va veterinariya, audt-orlik, huquqiy, axborot, ta`lim berish, sayyohlik kabi xizmat ko`rsatish tomonlarning o`zaro kelishuvi bilan tuzilib keyinchalik ijro ztalishi sababli konsensual shartnoma bo`lsa, fukerolarningxat-xabarlarini boshqa joyga jo`natitsqtibbiy ko`riqdan o`tkazib, sorliG`i haqida ma`lumot olish, bir martalik veterinariya xizmati, xuquqiy, maslahat kabi xizmatlarning ayrimlari xaqto`lash bilan bajarilganligi sababli aniq shartnoma hisoblanadi.
2. Haq evaziga xizmat ko`rsatish uchun aksariyat hollarda haq to`lanadi. Ayrim hollarda tekinga xizmat ko`rsatish mumkmn. Bunday hollarda tuzilgan shartnoma tekinga tuzilgan shartnomalar guruhini tashkil etadi.
3. Taraflar o`rtasida shartnoma tuzilgandan so`ng har ikki tarafda ham huquq va shunga yarasha burch paydo bo`ladi. Shu sababli bu ikki tomonlama shartnoma hisoblanady.
Bu shartnoma aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lganligi sababli uning ahamiyati tobora muxlm bo`lib bormokda. Ana shu xususiyatlari tufayli u mutlaqo yangi shartnoma sifatida fuqarolik kodeksida o`z ifodasini topdi,
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi ham, shuningdek, buyurtmachi ham ma`lum bir huquqdarga va burchlarS ega bo`ladi. Binobarin, ijrochi o`zi aybdor bo`lmagan holda xizmatni bajara olmagan taqsirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to`lashi shart. Bunda ijrochining xizmat ko`rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo`lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtma-chining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo`lmay qolgan takdirda, shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, xizmat qiymati butunlay to`lanishi kerak. Shartnoma ijro etilishi bilan bekor bo`ladi. Shuningdek, ijrochi shartnomada belgilangan xizmatni bajarish orqali yoki qisman bajarish bilan shartnoma ijro etilgan xdgsoblanadi. Shartnomada taraflarning javobgarligi Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga ko`ra, «ijrochi haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini umuman yoki tegashli darjada bajarmagan hollarda u keltirgan zararni buyurtmachiga batamom to`lashi shart, lekin bu to`lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar qiymatining ikki baravaridal ortiq bo`lishi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin».
Shartnoma umumiy qoida bo`yicha taraflarning kelishuviga muvofiqo`zgartirilishi yoki bekor bo`lishi mumkin. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini bekor qilishni buyurtmachi xshmatlarning belgilangan bahosini batamom to`lash sharti bilan talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartaoma bekor qilinganda buyurtmachiga yetkaziltn zararning hammasini to`lash sharti bilangana haqevaziga xizmat ko`rsatish shyartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |