Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet120/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

Tо’rtinchidan, О’zbekiston о’zining iqtisodiy salohiyati, xom ashyo resurslarga boyligi, ishchi kuchi va demokratik imkoniyatlari, kо’p jihatdan geopolitik joylashuviga kо’ra ham, mintaqada yetakchi о’rinda turganligi bilan ajralib turadi. Binobarin, О’zbekistonga nisbatan bо’ladigan har qanday xavf – xatar, albatta, butun mintaqaga ta‘sir qiladi. Shu ma‘noda ham turli siyosiy kuchlar va harakatlar Afg’onistondagi urush olovini kuchaytirish va mintaqadagi vaziyatni murakkablashtirish hamda mintaqa davlatlarini unga jalb qilishning turli yо’llarini va uslublarini ishga solmoqda. Buning esa mafkuraviy usullar bilan amalga oshirishga e‘tibor ortib bormoqda..

Islom Karimov ma‘naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta‘kidlab о’tadiki: ―Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о’ta tor tushunish bо’lur edi, ya‘ni, bu о’rinda sо’z faqat bizning ma‘naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо’q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо’lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о’rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir‖. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо’lgani yо’q. I.A.Karimovning о;zi ham eslab о’tganidek, bizning ulug’ ajdodlarimiz barchasi ―о’z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig’idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо’st-birodar bо’lib yashashga‖ da‘vat etib kelganlar. Insonning qalbi va ongiga jo bо’lgan milliy ma‘naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bо’lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qо’shishga, о’zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. I.A.Karimov doimo ta‘kidlab kelganidek: ―...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, о’z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bо’lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir‖ Vatanimiz kelajagi bо’lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma‘naviyatli, ongi harqanday salbiy ta‘sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish – bugungi kun ta‘lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar. I.A.Karimovning ―...Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qо’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan sо’zlari ayni shu ma‘noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamoloti, g’oyaviy chiniqishiga, har hil buzg’unchi g’oya va mafkuralarga qarshi murosasiz



kurashchi ruhida tarbiyalashga mas‘uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta‘minlaydi. Buning uchun ularni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir. Turli millatlar ma‘naviyatining о’ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bо’lib, ular bir-birini tо’ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir sо’z bilan aytganda, ma‘naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat о’z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va о’zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, о’zaro ma‘naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi. Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning о’zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bо’lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qо’shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri о’zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, urf-odat va an‘analarning о’ziga xos uyg’un bir tizimlarini vujudga keltirganki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog’i lozim. Dushmanlik, g’ayr kо’zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug’ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo о’zgani tushunish uchun, о’zgaga mehr kо’zi bilan boqish uchun, avvalo, inson о’zligini anglab yetmog’i kerak. О’zligini anglamagan zot hech qachon о’zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma‘naviyatimizga bugungi ayricha e‘tibor ham ushbu о’zligimizni anglab yetishga bо’lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bо’lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg’unlikda olib qaramog’imiz talab etiladi. Agar shu uyg’unlikka mohiyatan muvofiq bо’lsa, yoxud loaqal unga zid bо’lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug’dirsa, nifoq solsa, yoki о’zga shaxs erkini bо’g’sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bо’lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma‘naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bо’layotganidek, о’zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib о’zligimizga qaytish, о’zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. ―Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma‘naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о’sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Shu о’rinda savol tug‗iladi: befarqlik, loqaydlik bilan yovuzlik orasidagi munosabat qanday? Tan olish kerakki, dunyoda son jihatidan olinsa, mutlaq yovuz odamlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Ular aslida odam ham emas, sunami, tо’fon yoki zilzila kabi ―xudoning bir balosi‖. Shunday ekan, qanday qilib juda ozchilik bо’lgan bu toifa ba‘zan millionlab insonlar ustidan о’z hukmini yurgiza boshlaydi? Ayni yuqorida aytilgan hayotning ma‘no-mazmuni haqida bosh qotirishni oshiqcha ish deb biladigan, Alloh va bashariyat oldidagi о’z burchini eslashni ham istamaydigan, faqat nafs qayg’usi va о’tkinchi hoyu havasga berilib kun kechiradigan odamlarning befarq va loqaydligi tufayli bunday yovuz kuchlar о’z makru hiylalarini bemalol amalga oshirishga muvaffaq bо’ladilar. Chunki bunday kimsalar kо’pincha о’zlari sezmagan holda yovuzlik kuchlariga xizmat qiluvchi dahshatli qurolga aylanib qoladilar. Shu sababli Islom Karimovning yangi «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida befarqlik va loqaydlik asl insoniylikka zid turuvchi qusur sifatida qattiq qoralanadi1. Aytilganlarga eng yorqin misol sifatida bugungi kunda butun dunyodagi fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan ―ommaviy madaniyat‖ hodisasining kelib chiqishiga e‘tibor qarataylik. Bu hodisa bugun butun dunyoga kо’proq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan mamlakatlaridan tarqalayotganini hisobga olib, ushbu mintaqalardagi hozirgi ma‘naviy-axloqiy muhitning shakllanish tarixiga qisqa (eng umumiy bir tarzda) tо’xtab о’tish kerak bо’ladi. Ma‘lumki, shu kungacha jahon ilmida ―ma‘naviyat‖ hodisasi yaxlit tushuncha sifatida izchil ilmiy tahlilga tortilmadi. Bu sohaga oid mavjud izlanishlar boshqacha tushunchalar va tizimlar doirasida kechdi. Xususan, Yevropada inson ma‘naviyatiga oid bahslar falsafa va uning tarkibiy qismi hisoblangan axloqshunoslik ilmi doirasida rivojlandi. Inson axloqi aslida zohiriy, aniqrog’i, ikkilamchi hodisa bо’lib, shaxs ma‘naviyatining insonlar aro munosabatlarda namoyon bо’lishidir. Uning botinida ma‘naviy omillar yotgani tufayli faylasuflar asosan axloqning botiniy omillariga e‘tibor qaratganlar. Agar bu sohadagi Yevropa an‘anasini umumiy bir tarzda kо’zdan kechiradigan bо’lsak, axloqshunoslik ilmi kо’proq insonning iroda erkinligi, aql va bilim, baxt va lazzatlanishga intilish, manfaatdorlik kabi masalalarga e‘tibor qaratganligini kо’ramiz. Aksariyat holatlarda mas‘uliyat va burch masalalari ham inobatga olinadi. Axloqning imonga bog’liq jihatlari xristian axloqida alohida ta‘kid etilsada, Yangi davrda bu masala kо’pincha aktuallashmaydi. Umuman, insonning dunyoviy maqsadlariga alohida e‘tibor qaratilishi Yevropa axloq ilmining ustivor jihati deyish mumkin. Milliy ma‘naviyatimiz an‘analarida shaxs ma‘naviyatining asosiy jihatlari – iymon, ilm, mas‘uliyat, mehrning о’zaro uyg’unligi masalasi ustivor yо’nalish ekanligi ma‘lum. Muayyan tarixiy sabablarga kо’ra Yevropa axloq ilmida ayni shu о’zaro mutanosiblikka yetarli e‘tibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib, ushbu mintaqada ma‘naviy-axloqiy sohada juda og‗ir muammolar kelib chiqmoqda I.A.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida1 muallifning ota-onalar mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan say-harakati millat taqdirini о’z taqdiri deb bilish, millat farzandlariga o’z farzandi kabi qarash tuyg’ularidan kelib chiqadi. Muallif farzand tarbiyasida hushyor bо’lishga chaqirar ekan, ota-onalar о’z farzandlarining qiziqish va intilishlariga, ularning ongu tafakkurida har kuni bir

О’zgarish rо’y berib, kо’zida yangi-yangi savollar paydo bо’layotganiga ahamiyat

berishlarini astoydil xohlaydi. Xonadondagi har bir narsa – daraxt va о’simliklar bо’ladimi, turli о’yinchoqlar, uy hayvonlari bо’ladimi – bularning barchasi bolaning kо’ziga gо’yoki olamning beqiyos mо’jizasi bо’lib kо’rinadi va shu tariqa u yorug’ dunyoni о’zi uchun kashf qiladi, deydi muallif. Darhaqiqat, bolalarga milliy qahramonlarimiz haqida ertaklar aytib berish, milliy ideallarimizni о’zida ifodalagan о’yinchoqlar taqdim etish ularning murg’ak ongiga о’z xalqidan g’ururlanish tuyg’usini о’stirish yо’lida qadalgan ilk urug’ emasmi? yosh avlodning bolalikdan Alpomish kabi yengilmas bahodir bо’lish tuyg’ulari bilan yashashini orzu qiladi. Ota-onalarni Alpomish timsolida Vatanimizni yomon kо’zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, bu yо’lda jonini ham fido qilishga tayyor bо’lgan azamat о’g’lonlarni tarbiyalash uchun ma‘naviy tarbiya bilan astoydil shug’ullanishga chaqiradi. Oilada davr va zamon, davlat va jamiyatning deyarli barcha muammolari ochiq muhokama etiladi. «Qush uyasida kо’rganini qiladi» deydilar. Ota-onaning ma‘naviyati farzandlarda aks etmasdan qolmaydi, albatta. Oilada to'g’ri yо’lga qо’yilgan tarbiya maktabga katta yordam beradi va aksincha, oilada tarbiya yaxshi yо’lga qо’yilmagan bо’lsa, maktab va ta‘limning yuqori bosqichlaridagi ta‘lim-tarbiy ishlarini qiyinlashtiradi. Oiladagi ma‘naviy muhit va ta‘lim muassasasidagi ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning bir butunlikni tashkil etishi jamiyat birdamligi, ma‘naviy-g’oyaviy birlikning yuzaga chiqishida bosh omil hisoblanadi.

Bola maktabga bora boshlagach, ta‘lim muassasasi zimmasiga unga yetarli bilim berish bilan birga, uning ma‘naviyatini rivojlantirishdek ulkan mas‘uliyat tushadi. Zero, yoshlarning bilim va tafakkur doirasi kengayib borgan sari, har bir narsa, voqeahodisaning g’oyaviy mohiyatini anglashga bо’lgan qiziqishi va intilishi tobora ortib boraveradi. Ayni shu jarayonda ustozlarning tarbiyachi sifatidagi faoliyati har qachongidan muhim ahamiyatga ega bо’ladi. «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani ta‘limdan ajratib bо’lmaydi, degan chuqur mazmunga ega falsafiy fikr bildiriladiki, bu aynan deputatlarimiz yelkasidagi yuknechog’li zalvorli ekanligiga bir ishoradir. Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning оzi yoxud bir ayolning о’zi oila bо’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan tashqari erning ota-onasi, ya‘ni qaynota va qaynona, farzandlar, uka a singillardan iborat kо’p bо’g’inli xonadon. Uning har bir a‘zosi о’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga bо’ysunib yashaydi. Shu ma‘noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning о’z saltanati bor: bunda minglb tasodiflar jarayonida erxotin muhabbati sinovdan о’tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni о’rniga quyadigan bо’ladi, bir-birlariga kechirimli bо’lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu-havas kо’radi. Shu ma‘noda oila inson hayotiga tо’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oilani boshqarish jamiyat hayotini boshqarishning oila a‘zolari о‗rtasidagi yaqinlik ishonch, hurmat, samimiylik, burch, talabchanlikdan yoshlarning ichki shakllanishiga ta‘sir etadigan muhim omillardandir. Jamiyat rivojlangan sari ma‘naviy omillarning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga e‘tibor xam kuchayib boradi. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta‘minlaydigan, yangi alodni dunyoga keltirib, uni ma‘naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng gо’zal mо’jizalaridan biri bо’lib, u insonlrga xos ―tabiiy-biologik‖, iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.

Ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu sayharakatlarimiz samarali bо’lishining ishonchli kafolatidir. Ammo har bir ishda yolg’on qadamlardan, oson yechimlar qidirishdan ehtiyot bо’lmog’imiz juda muhim. Har bir ishda qiyinchilikni bо’yniga olgan odam haqiqiy yutuqqa erishadi. Ayniqsa, biz ziyolilar, yosh avlod tarbiyachilari о’z vazifamizga mas‘uliyat bilan yondoshsak,

―farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash‖dan, shu yо’l bilan ular ongida

―mafkuraviy immunitet‖ hosil qilishga urinishdan harchamasak, millatimiz yana buyuk millat bо’ladi, avlodlarimiz ajdodlarimizga munosib qudrat kasb etadi. Muallimning mehnati samarasi uzoq kelajakka ulanib ketadigan ezgu mehnat. Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida

unga qarshi immunitet hosil qilinadi, deyiladi I.A.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida. Shunday ekan, yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz lozim. Toki, yoshlarimiz milliy о’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо’lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, bizga mutlaqo begona g’oyalari ham ularga о’z ta‘sirini о’tkaza olmaydi.





Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish