Shovinizm ba'zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli impеriya doirasida, balki uni urab turgan jug`rofiy - siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon buladi. Davlat yеtakchi mavqе (davlat)ga ega bulgan, uz millatini «oliy» millat dеb e'lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining idеologiyasi va siyosati bulgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan uzaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kеlib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy impеriyalardir. Bu impеriyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog`da buysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g`oya singdirilar edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agrеssiv millatchilik bir-birini tuldiradi, bular uz davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma'naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum urnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatguy qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, uz ta'sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar urtasida uzaro ishonchsizlik tug`dirishda, xalqaro-huquqiy mе'yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni tusishda, yangi mustamlakachilikni zurlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Milliy g oya mohiyatini tushunish bilan bog’liq asosiy metodologik masala – bu uning ijtimoiy g’oyaning boshqa shakllaridan far-qlanuvchi xususiyatlarni ajratish, ta‘rifini ishlab chiqish bilan bog’liqdir. Mazkur masalada bir qator yondashuvlarni ajratish mumkin. Xususan, ―G’oya bir mamlakatning o’ziga taalluqli bo’lsa, uni milliy g’oya deyish mumkin‖ yoki ―Vatanning ilg’or kishilari tomo-nidan ishlab chiqiladigan va hech bo’lmaganda, fuqarolarning ko’pchiligi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan g’oyalarga milliy yoki umummilliy g’oyalar deyiladi, -degan qarashlar shular jumlasidandir.
Muayyan hollarda bir, to’g’rirog’i, butun mamlakatga taalluqlilik ijtimoiy
g’oyaning milliy maqomini ko’rsatuvchi belgilardan biri sifatida chiqishi mumkin.
Ammo bu milliy g’oyaning mohiyatini belgilab beruvchi asosiy mezon bo’la olmaydi. Aks holda, muayyan mamlakatda hukmron bo’lgan agressiv millatchilik yoki irqchilik kabi g’oyalarni ham milliy g’oya sifatida tan olishga to’g’ri keladi.
Ikkinchi yondashuvda esa, milliy g’oyaning mohiyati uning ko’pchilik tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bilan cheklab qo’yilmoqda. Ilmiy g’oyaning olimlarning muayyan qismi tomonidan to’g’ri tushunilmasligi, tan olinmasligi uning ilmiyligini inkor etish uchun asos bo’lmaganidek, milliy g’oyaning mohiyatini ham fuqarolarning ko’pchiligi tomonidan tan olinishi bilan bog’lab qo’yish o’rinli emas. Negaki, ko’pchilik tomonidan tan olinishi milliy g’oyaning
mohiyatini emas, balki uning mavqeini, jamiyatning turli qatlamlari tomonidan
tan olingani, ular orasida nechog’li keng tarqalganini anglatadi. Bizningcha, milliy g’oyaning o’ziga xos xususiyat, uning g’oyaning sub‘ektiga ko’ra ajratiluvchi boshqa shakllardan tub farqi millatning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatidan kelib chiqib belgilanmog’i lozim. Shunday ekan, millatning o’tmishi, buguni va istiq-bolini anglashni o’zida mujassamlashtirgan, uning etnoijtimoiy birlik sifatidagi manfaatlari va maqsadlarni ifodalaydigan, taraqqiyotiga xizmat qiladigan g’oyaga milliy g’oya deyish mumkin.
Masalaga bunday yondashuv, birinchidan, milliy g’oyaning u yoki bu xususiyatlari, tomonlarini birinchi o’ringa chiqarib, uning mazmu-nan kambagallashuvini keltirib chiqaradigan turli ko’rinishdagi ―yig’ma ta‘riflardan
Do'stlaringiz bilan baham: |